Toshkent davlat iqtisodiyot


Ilmiy kashfiyotlar, uning ob’ektlari ehm uchun dastur va ma’lumot bazalari



Download 400,3 Kb.
bet11/70
Sana26.04.2022
Hajmi400,3 Kb.
#583833
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   70
Bog'liq
D6Q6GURDQ9aiR7n9627

Ilmiy kashfiyotlar, uning ob’ektlari ehm uchun dastur va ma’lumot bazalari





      1. “Ixtirolar, foydali modellar va sonoat namunalari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni.

      2. Ilmiy kashfiyotlar. Kashfiyot ob’ektlari. Kashfiyotni aniqlash tartiblari.

      3. “EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarini huquqiy muhofaza qilish to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Qonuni.

      4. EHM uchun dasturlar. EHM ma’lumotlar bazalari. Mualliflik huquqining buzilishi. Dasturlar yoki ma’lumotlar bazalarini ro’yxatga olish uchun talabnoma.




      1. “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni.

O’zbekiston Respublikasining “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to’g’risida”gi Qonuni 06.05.1994 yilda qabul qilingan va mazkur qonunga 30.07.2008 da o’zgartirish kiritilgan. Ushbu Qonunning asosiy maqsadi O’zbekiston Respublikasidagi ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalarini huquqiy muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Sanoat mulki ob’ektlari to’g’risidagi qonun hujjatlari va boshqa hujjatlardan iborat. O’zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi sanoat mulki ob’ektlarini huquqiy muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosatining amalga oshirilishini ta’minlaydi.


Patent idorasi sanoat mulki ob’ektlariga patent berish haqidagi talabnomalarni ko’rib chiqish uchun qabul qiladi, ular bo’yicha davlat ekspertizasini o’tkazadi, ularni davlat ro’yxatiga oladi, sanoat mulki ob’ektlariga patentlar beradi, rasmiy axborotnoma nashr etadi, sanoat mulki ob’ektlari to’g’risidagi qonun hujjatlarining qo’llanilishiga doir qoidalar qabul qiladi va tushuntirishlar beradi hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Patent idorasi to’g’risidagi nizomga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Davlat byudjeti mablag’lari, patent bojlari, shuningdek Patent idorasi tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlar va taqdim etiladigan materiallar uchun to’lanadigan haq Patent idorasi faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
Patent idorasining Apellyastiya kengashi qarorlar qabul qilishda mustaqildir va o’z faoliyatida ushbu Qonun hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Apellyastiya kengashi:
Patent idorasining talabnomada ko’rsatilgan sanoat mulki ob’ektlari xususidagi qarori ustidan;

  • sanoat mulki ob’ektlariga patent berilganligiga qarshi manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan;

  • sanoat mulki ob’ektlari patentlarining haqiqiyligiga qarshi berilgan apellyastiyalarni ko’rib chiqadi.

Apellyastiya kengashi o’z vakolatlari doirasida apellyastiyalarning boshqa turlarini ham ko’rib chiqishi mumkin.
Apellyastiya kengashi to’g’risidagi nizom O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Sanoat mulki ob’ektiga bo’lgan huquq muallifga (hammualliflarga) yoki uning (ularning) huquqiy vorisiga (huquqiy vorislariga) tegishli bo’ladi va patent bilan tasdiqlanadi.
Agar sanoat mulki ob’ektini bir nechta shaxs bir-biridan mustaqil ravishda yaratgan bo’lsa, patent olish huquqi patent berish haqidagi talabnomani Patent idorasiga birinchi bo’lib topshirgan shaxsga tegishli bo’ladi.
Muallif (hammualliflar), agar o’zi (o’zlari) yaratgan sanoat mulki ob’ektini boshqalar g’ayriqonuniy o’zlashtirib olishi natijasida bu ob’ektga talabnoma topshirilgan yoki patent olingan bo’lsa, patent berilganligiga qarshi e’tiroz bildirish yoxud patent egasi sifatida o’ziga (o’zlariga) patentning o’tkazilishini sud tartibida talab qilish huquqiga ega.
Sanoat mulki ob’ektining patenti davlat ekspertizasi o’tkazilganidan keyin beriladi.
Sanoat mulki ob’ektining patenti sanoat mulki ob’ekti ustuvorligini, unga mualliflikni va patent egasining sanoat mulki ob’ektiga egalik qilish, undan foydalanish hamda uni tasarruf etishga doir mutlaq huquqini tasdiqlaydi.
Foydali model patenti foydali modelning yangiligini, uning haqiqiyligini va patent egasining foydali modelga egalik qilish, undan foydalanish hamda uni tasarruf etishga doir mutlaq huquqini tasdiqlaydi.
Sanoat namunasi patenti sanoat namunasining yangiligi va o’ziga xosligini, uning haqiqiyligini hamda patent egasining sanoat namunasiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etishga doir mutlaq huquqini tasdiqlaydi.
Sanoat mulki ob’ekti patentining to’la hajmdagi huquqiy muhofazasi yoki bu muhofazaning faqat bir qismi haqiqiy emasligini isbotlash vazifasi patentni haqiqiy emas deb da’vo qilayotgan taraf zimmasiga yuklanadi.
Patent egasining mutlaq huquqi sanoat mulki ob’ekti ro’yxatga olinganligi to’g’risidagi ma’lumotlar Patent idorasining rasmiy axborotnomasida e’lon qilingan sanadan e’tiboran amalda deb hisoblanadi.
Patent idorasiga patent berish haqidagi talabnoma topshirilgan sanadan e’tiboran hisoblaganda ixtiro patenti yigirma yil mobaynida, sanoat namunasi patenti o’n yil mobaynida, foydali model patenti besh yil mobaynida amal qiladi.
Ixtiro patentining amal qilishi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda patent egasining iltimosnomasiga binoan Patent idorasi tomonidan ko’pi bilan besh yil muddatga uzaytirilishi mumkin. Bunday ixtiro patentining amal qilishini uzaytirish tartibi Patent idorasi tomonidan belgilanadi.
Sanoat namunasi patentining va foydali model patentining amal qilish muddati patent egasining iltimosnomasiga binoan Patent idorasi tomonidan tegishincha besh yilga hamda uch yilga uzaytirilishi mumkin.
Ixtiro hamda foydali model patenti ta’minlaydigan huquqiy muhofaza hajmi ularning formulasi bilan, sanoat namunasi patenti ta’minlaydigan huquqiy muhofaza hajmi esa buyumning (maketning, rasmning) tasvirida aks ettirilgan muhim belgilari va (yoki) ularning kombinastiyasi (bundan buyon matnda uning muhim belgilari majmui deb yuritiladi) bilan belgilanadi.
Sanoat mulki ob’ekti patenti, shuningdek uni olish huquqi meros bo’lib
o’tadi.
Agar ixtiro sifatida ko’rsatilgan ob’ekt yangi, ixtirolik darajasiga ega va
uni sanoatda qo’llash mumkin bo’lsa, u huquqiy muhofaza qilinadi.
Agar ixtiro texnika taraqqiyoti darajasidan ma’lum bo’lmasa, u yangi deb hisoblanadi.
Agar ixtiro texnika taraqqiyoti darajasi haqidagi ma’lumotlardan yaqqol ayon bo’lmasa, u ixtirolik darajasiga ega bo’ladi.
Texnika taraqqiyoti darajasi ixtiro ustuvorligi sanasiga qadar jahonda ommaga oshkor bo’lgan har qanday ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.
Ixtironing yangiligini aniqlash chog’ida birmuncha oldin ustuvorlikka ega bo’lgan holda topshirilgan va chaqirib olinmagan patent berish haqidagi talabnomalar ham hisobga olinadi.
Agar ixtirodan sanoat, qishloq xo’jaligi, sog’liqni saqlash va boshqa sohalarda foydalanish mumkin bo’lsa, u sanoatda qo’llash mumkin deb hisoblanadi.
Ixtiroga taalluqli axborotning muallif, talabnoma beruvchi yoki ulardan bevosita yoxud bilvosita shu axborotni olgan har qanday shaxs tomonidan ommaviy tarzda oshkor etilishi, agar ixtiroga patent berish haqidagi talabnoma axborot oshkor etilgan sanadan e’tiboran ko’pi bilan olti oy ichida Patent idorasiga topshirilgan bo’lsa, ixtironing patentga layoqatliligini tan olishga ta’sir ko’rsatadigan holat sifatida e’tirof etilmaydi. Bunda ushbu holni isbotlab berish vazifasi muallif, talabnoma beruvchi zimmasida bo’ladi.
Har qanday sohada:
mahsulotga (xususan, qurilma, modda, mikroorganizm shtammi, o’simliklar yoki hayvonlar xujayralarining turlariga);
usulga (moddiy vositalar yordamida moddiy ob’ekt ustida xatti- harakatlarni amalga oshirish jarayoniga) taalluqli bo’lgan texnik echim ixtiro sifatida e’tirof etiladi.
Quyidagilar ixtiro sifatida e’tirof etilmaydi: ilmiy nazariyalar va matematika usullari; tashkil etish va boshqarish usullari;
shartli belgilar, jadvallar, qoidalar;
aqliy operastiyalarni bajarish qoidalari va usullari;
elektron hisoblash mashinalari uchun algoritmlar va dasturlar;
binolar, inshootlar, hududlarni rejalashtirish loyihalari va chizma tarhlari; estetika talablarini qanoatlantirishga yo’naltirilgan, buyumlarning faqat
tashqi ko’rinishiga oid echimlar;
integral mikrosxemalarning topologiyalari; o’simlik navlari va hayvon zotlari;
jamoat manfaatlariga, insonparvarlik va axloq qoidalariga zid echimlar.

Agar foydali model sifatida ko’rsatilgan ob’ekt yangi bo’lsa va uni sanoatda qo’llash mumkin bo’lsa, u huquqiy muhofaza qilinadi.


Agar foydali modelning muhim belgilari majmui texnika taraqqiyoti darajasidan ma’lum bo’lmasa, u yangi deb hisoblanadi.
Texnika taraqqiyoti darajasi talabnomada ko’rsatilgan foydali model amalga oshirishi mumkin bo’lgan vazifalarni bajara oladigan vositalar haqidagi O’zbekiston Respublikasida hamma foydalana oladigan barcha ma’lumotlarni, shuningdek ularni qo’llashga doir ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.
Foydali model, agar undan amalda foydalanish mumkin bo’lsa, sanoatda qo’llash mumkin deb hisoblanadi.
Foydali modelga taalluqli axborotning muallif, talabnoma beruvchi yoki ulardan bevosita yoxud bilvosita shu axborotni olgan har qanday shaxs tomonidan ommaviy tarzda oshkor etilishi, agar foydali modelga patent berish haqidagi talabnoma axborot oshkor etilgan sanadan e’tiboran ko’pi bilan olti oy ichida Patent idorasiga topshirilgan bo’lsa, foydali modelning patentga layoqatliligini tan olishga ta’sir ko’rsatadigan holat sifatida e’tirof etilmaydi. Bunda ushbu holni isbotlab berish vazifasi muallif, talabnoma beruvchi zimmasida bo’ladi.
Qurilmalarning konstruktiv yo’l bilan bajarilishi foydali modellarga taalluqlidir.
Agar sanoat namunasi sifatida ko’rsatilgan ob’ekt yangi va original (o’ziga xos) bo’lsa, u huquqiy muhofaza qilinadi.
Agar sanoat namunasining muhim belgilari majmui sanoat namunasiga ustuvorlik berish sanasiga qadar jahonda ommaga oshkor bo’lgan ma’lumotlardan ayon bo’lmasa, u yangi deb e’tirof etiladi.
Sanoat namunasining yangiligini aniqlash chog’ida birmuncha oldin ustuvorlikka ega bo’lgan holda topshirilgan va chaqirib olinmagan patent berish haqidagi talabnomalar ham hisobga olinadi.
Sanoat namunasi, agar uning muhim belgilari majmui buyum xususiyatlarining ijodiy jihatlari bilan bog’liq bo’lsa, original deb e’tirof etiladi.
Sanoat namunasiga taalluqli axborotning muallif, talabnoma beruvchi yoki ulardan bevosita yoxud bilvosita shu axborotni olgan har qanday shaxs tomonidan ommaviy tarzda oshkor etilishi, agar sanoat namunasiga patent berish haqidagi talabnoma axborot oshkor etilgan sanadan e’tiboran ko’pi bilan olti oy ichida Patent idorasiga topshirilgan bo’lsa, sanoat namunasining patentga layoqatliligini tan olishga ta’sir ko’rsatadigan holat sifatida e’tirof etilmaydi. Bunda ushbu holni isbotlab berish vazifasi muallif, talabnoma beruvchi zimmasida bo’ladi.
Buyumning tashqi ko’rinishini ifodalaydigan badiiy-konstruktorlik echimi sanoat namunalari jumlasiga kiradi.
Quyidagilar sanoat namunalari deb e’tirof etilmaydi: matbaa mahsulotlari;
arxitektura ob’ektlari (kichik arxitektura shakllaridan tashqari), sanoat, gidrotexnika inshootlari va boshqa stastionar inshootlar;
suyuq, gazsimon, sochiluvchan yoki shunga o’xshash moddalardan iborat o’zgaruvchan shakldagi ob’ektlar;
buyumning faqat texnik vazifasi bilan bog’liq bo’lgan echimlar;
jamoat manfaatlariga, insonparvarlik va axloq qoidalariga zid echimlar.
Ijodiy mehnati bilan sanoat mulki ob’ektini yaratgan jismoniy shaxs shu ob’ektning muallifi deb e’tirof etiladi.
Agar sanoat mulki ob’ekti bir nechta jismoniy shaxsning birgalikdagi ijodiy mehnati asosida yaratilgan bo’lib, ular o’rtasida tuzilgan shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilgan bo’lmasa, ularning barchasi shu ob’ektning teng huquqli hammualliflari deb e’tirof etiladi.
Mualliflik huquqi boshqaga o’tkazilmaydigan va topshirilmaydigan shaxsiy nomulkiy huquqdir.
Sanoat mulki ob’ektining patenti quyidagilarga beriladi:
sanoat mulki ob’ektining muallifiga (hammualliflariga) yoki uning (ularning) merosxo’riga (merosxo’rlariga);
muallif yoki uning merosxo’ri tomonidan patent berish haqidagi talabnomada yoki sanoat mulki ob’ekti ro’yxatdan o’tkazilgunga qadar Patent idorasiga topshirilgan talabnoma beruvchini o’zgartirish haqidagi arizada ko’rsatilgan yuridik va (yoki) jismoniy shaxslarga (ularning o’zi rozi bo’lgan taqdirda);
ushbu moddada nazarda tutilgan hollarda ish beruvchiga.
Xodim tomonidan o’z xizmat vazifalarini yoki ish beruvchidan olgan aniq topshiriqni bajarish munosabati bilan yaratilgan sanoat mulki ob’ektining patentiga bo’lgan huquq, agar bu hol ular o’rtasida tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan bo’lsa, ish beruvchiga tegishli bo’ladi.
Agar ish beruvchi bilan muallif (hammualliflar) o’rtasidagi shartnomada ushbu moddaning ikkinchi qismidagi qoidalar nazarda tutilgan bo’lmasa, u holda muallif (hammualliflar) talabnoma topshirish va sanoat mulki ob’ektining patentini o’z nomiga olish huquqiga ega bo’ladi. Bunda ish beruvchi patent egasiga shartnomada belgilanadigan miqdorda tovon to’lab, o’z ishlab chiqarishida tegishli sanoat mulki ob’ektidan foydalanish huquqiga ega bo’ladi.
Ish beruvchi sanoat mulki ob’ektini sir saqlagan taqdirda muallifga (hammualliflarga) mutanosib ravishda haq to’lashi shart, haq miqdori shartnomada belgilanadi.
Agar sanoat mulki ob’ektidan o’z xohishicha foydalanish boshqa patent egalarining huquqlarini, shu jumladan, boshqa shaxslarning mazkur ob’ektdan foydalanishini taqiqlab qo’yish huquqini buzmasa, bunday foydalanish patent egasiga tegishlidir, shu zaylda foydalanish ushbu Qonunga muvofiq patent egasining huquqini buzish deb hisoblanmaydigan hollar bundan mustasno.
Bir nechta patent egasiga qarashli bo’lgan sanoat mulki ob’ektidan foydalanish borasidagi o’zaro munosabatlar ular o’rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Bunday kelishuv bo’lmagan taqdirda, har bir patent egasi muhofaza qilinayotgan sanoat mulki ob’ektidan o’z xohishicha foydalanishi mumkin, lekin qolgan patent egalarining roziligisiz ob’ektga mutlaq litsenziya berishga yoki patentni o’zga shaxsga topshirishga haqli emas.
Patent egasi patent bilan tasdiqlangan sanoat mulki ob’ektiga bo’lgan huquqni patentdan o’zganing foydasiga voz kechish to’g’risidagi shartnoma bo’yicha yoki sanoat mulki ob’ektidan foydalanish huquqini litsenziya shartnomasi bo’yicha har qanday yuridik yoxud jismoniy shaxsga (shaxslarga) topshirishi mumkin. Patentdan o’zganing foydasiga voz kechish to’g’risidagi shartnoma va litsenziya shartnomasi Patent idorasida ro’yxatdan o’tkazilishi kerak.
Patent egasi foydalanilayotgan sanoat mulki ob’ektlari patentlanganligini ko’rsatuvchi ogohlantirish tamg’asidan foydalanishi mumkin.
Patent egalari patent ro’yxatga olingan sanadan boshlab uch yil mobaynida sanoat mulki ob’ektidan foydalanmasa yoki etarli darajada foydalanmasa, ushbu muhofaza etilayotgan sanoat mulki ob’ektidan foydalanishni xohlovchi va foydalanishga tayyor har qanday shaxs, patent egasi litsenziya shartnomasi tuzishdan bosh tortgan taqdirda, o’ziga majburiy nomutlaq litsenziya berishni so’rab sudga iltimosnoma bilan murojaat qilishi mumkin.
Quyidagi hollar patent egasi mutlaq huquqining buzilishi sifatida e’tirof etilmaydi:
O’zbekiston Respublikasida muhofaza qilinayotgan sanoat mulki ob’ektlaridan tarkib topgan qurilmalarni Sanoat mulkini muhofaza qilish bo’yicha Parij konvenstiyasi ishtirokchisi bo’lgan boshqa davlatning transport vositasida mazkur vosita vaqtincha yoki tasodifan O’zbekiston Respublikasi hududida turgan vaqtda, basharti bu qurilmalardan faqat mazkur vositaning ehtiyojlari uchun foydalaniladigan bo’lsa, qo’llash;
patentlar bilan muhofaza qilinayotgan sanoat mulki ob’ektlaridan tarkib topgan vositalar ustida ilmiy tadqiqot yoki tajriba o’tkazish;
patentlar bilan muhofaza qilinayotgan sanoat mulki ob’ektlaridan tarkib topgan vositalarni tabiiy ofatlar, halokatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda holatlarda qo’llash;
patentlar bilan muhofaza qilinayotgan sanoat mulki ob’ektlaridan tarkib topgan vositalarni, agar bu vositalar fuqarolik muomalasiga qonuniy yo’l bilan kiritilgan bo’lsa, qo’llash;
patentlar bilan muhofaza qilinayotgan sanoat mulki ob’ektlaridan tarkib topgan vositalarni daromad olmay shaxsiy maqsadlarda qo’llash;
dorixonalarda shifokor restepti bo’yicha dorilarni bir marotabalik tayyorlash.

Patent bilan muhofaza qilinayotgan sanoat mulki ob’ektlaridan ushbu Qonunning 11 va 32-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga xilof ravishda foydalanayotgan har qanday shaxs patent egasining mutlaq huquqini buzuvchi hisoblanadi.


Tegishli patentlangan sanoat mulki ob’ektini o’z ichiga olgan mahsulot yoki buyumni ruxsatsiz tayyorlash, qo’llash, import qilish, sotishga taklif etish, sotish, fuqarolik muomalasiga boshqa yo’sinda kiritish yoki shu maqsadda saqlab turish, shuningdek ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usulni qo’llash yoxud ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usulda bevosita tayyorlangan mahsulotni fuqarolik muomalasiga kiritish yoki shu maqsadda saqlab turish patent egasi mutlaq hukuqining buzilishi deb e’tirof etiladi. (O’zR 30.07.2008 y. O’RQ- 164-son Qonuni taxriridagi qism), (Oldingi taxririga qarang)
Sanoat mulki ob’ektidan patent egasining mutlaq huquqini buzgan holda foydalanayotgan shaxslar patent egasining talabiga ko’ra:
patent egasining mutlaq huquqini buzuvchi harakatlarni to’xtatishlari; patent egasiga etkazilgan zararning o’rnini qonun hujjatlariga muvofiq
qoplashlari shart.
Patent berish haqidagi talabnoma muallif, ish beruvchi yoki ularning huquqiy vorisi (bundan buyon matnda talabnoma beruvchi deb yuritiladi) tomonidan Patent idorasiga topshiriladi.
Patent berish haqidagi talabnomalarga belgilangan miqdorda patent boji to’langanligini yoki patent boji to’lashdan ozod qilishning yoxud uning miqdori kamaytirilishining asoslarini tasdiqlaydigan hujjat ilova qilinadi.
Patent berish haqidagi talabnoma hujjatlariga doir talablar Patent idorasi tomonidan belgilanadi.
Patent berish haqidagi talabnoma shaxsan, patent vakili yoki ishonchli shaxs orqali topshirilishi mumkin.
Ixtiroga patent berish haqidagi talabnoma (bundan buyon matnda ixtiro haqidagi talabnoma deb yuritiladi) bitta ixtiroga yoki yagona ixtirochilik fikrini (ixtiro birligi talabini) tashkil etgan tarzda bir-biri bilan uzviy bog’langan ixtirolar guruhiga taalluqli bo’lishi kerak.
Ixtiro haqidagi talabnoma:
ixtironing muallifi (hammualliflari) va kimning nomiga patent berish so’ralayotgan bo’lsa, ana shu shaxs, shuningdek ularning turar joyi yoki joylashgan manzili ko’rsatilgan patent berish haqidagi arizani;
ixtironing uni amalga oshirish uchun etarli bo’lgan darajada to’liq ochib berilgan tavsifini;
ixtironing mohiyatini ifodalovchi hamda uning tavsifiga to’la muvofiq bo’lgan formulasini;
agar ixtironing mohiyatini tushunish uchun zarur bo’lsa, chizmalar va boshqa materiallarni;
ixtiro referatini o’z ichiga olishi lozim.
Foydali modelga patent berish haqidagi talabnoma (bundan buyon matnda foydali model haqidagi talabnoma deb yuritiladi) bitta foydali modelga yoki yagona ijodkorlik fikrini (foydali model birligi talabini) tashkil etgan tarzda bir-biri bilan uzviy bog’langan foydali modellar guruhiga taalluqli bo’lishi kerak.
Foydali model haqidagi talabnoma:
foydali modelning muallifi (hammualliflari) va kimning nomiga patent berish so’ralayotgan bo’lsa, ana shu shaxs, shuningdek ularning turar joyi yoki joylashgan manzili ko’rsatilgan patent berish haqidagi arizani;
foydali modelning uni amalga oshirish uchun etarli bo’lgan darajada to’liq ochib berilgan tavsifini;
foydali modelning mohiyatini ifodalovchi hamda uning tavsifiga to’la muvofiq bo’lgan formulasini;
agar foydali modelning mohiyatini tushunish uchun zarur bo’lsa, chizmalar va boshqa materiallarni;
foydali model referatini o’z ichiga olishi lozim.
Sanoat namunasiga patent berish haqidagi talabnoma (bundan buyon matnda sanoat namunasi haqidagi talabnoma deb yuritiladi) bitta sanoat namunasiga taalluqli bo’lishi kerak va u shu namuna variantlarini (sanoat namunasi birligi talabini) qamrab olishi mumkin.
Sanoat namunasi haqidagi talabnoma:
sanoat namunasining muallifi (hammualliflari) va kimning nomiga patent berish so’ralayotgan bo’lsa, ana shu shaxs, shuningdek ularning turar joyi yoki joylashgan manzili ko’rsatilgan patent berish haqidagi arizani;
buyumning tashqi ko’rinishi haqida to’la-to’kis, bor tafsiloti bilan tasavvur qilish imkonini beruvchi buyum aks ettirilgan tasvirlar turkumini, maket yoki rasmni;
agar sanoat namunasining mohiyatini ochib berish uchun zarur bo’lsa, buyum umumiy ko’rinishining chizmasi, ergonomik sxemasi, konfekstion xaritasini;
sanoat namunasining undagi muhim belgilar majmuini aks ettirgan tavsifini o’z ichiga olishi lozim.
Sanoat mulki ob’ekti ustuvorligi patent berish haqidagi talabnoma Patent idorasiga topshirilgan sanaga ko’ra belgilanadi.
Sanoat mulki ob’ekti ustuvorligi:
Sanoat mulkini muhofaza qilish bo’yicha Parij konvenstiyasi ishtirokchisi bo’lgan boshqa davlatda (konvenstiya ustuvorligi) topshirilgan birinchi talabnoma qayd etilgan sana bo’yicha, agar mazkur sanadan e’tiboran ixtiro haqidagi talabnoma va foydali model haqidagi talabnoma o’n ikki oy ichida, sanoat namunasi haqidagi talabnoma esa olti oy ichida Patent idorasiga kelib tushgan bo’lsa, belgilanishi mumkin. Agar konvenstiya ustuvorligi so’ralgan talabnoma uni beruvchiga bog’liq bo’lmagan holatlarga ko’ra belgilangan muddatda topshirib ulgurilmasa, bu muddat Patent idorasi tomonidan ko’pi bilan ikki oyga uzaytirilishi mumkin. Konvenstiya ustuvorligi huquqidan foydalanish istagidagi talabnoma beruvchi o’zining ana shu istagini talabnomani topshirish chog’ida ko’rsatib o’tishi va (yoki) zarur materiallarni talabnoma topshirilgan sanadan e’tiboran ko’pi bilan uch oy ichida Patent idorasiga taqdim etishi shart;
qo’shimcha materiallar topshirilgan sana bo’yicha, agar talabnomaga ilova qilingan qo’shimcha materiallar talabnomada ko’rsatilgan sanoat mulki ob’ekti mohiyatini o’zgartirib yuboradi deb topilishi munosabati bilan ularni qabul qilish mumkin emasligini Patent idorasi talabnoma beruvchiga bildirgan sanadan
e’tiboran uch oy muddat tugagunga qadar bu qo’shimcha materiallar talabnoma beruvchi tomonidan mustaqil talabnoma sifatida rasmiylashtirilgan bo’lsa, belgilanishi mumkin; (O’zR 30.07.2008 y. O’RQ-164-son Qonuni taxriridagi xat boshi)
shu talabnoma beruvchining Patent idorasiga birmuncha oldin taqdim etgan, ushbu sanoat mulki ob’ektining mohiyatini ochib beruvchi talabnomasi topshirilgan sana bo’yicha, agar bunday ustuvorlik so’ralayotgan talabnoma birmuncha oldin berilgan ixtiro haqidagi talabnoma va foydali model haqidagi talabnoma kelib tushgan sanadan e’tiboran o’n ikki oy ichida va birmuncha oldin berilgan sanoat namunasi haqidagi talabnoma kelib tushgan sanadan e’tiboran olti oy ichida topshirilgan bo’lsa, belgilanishi mumkin. Bunda birmuncha oldin topshirilgan talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi.
Sanoat mulki ob’ekti ustuvorligi oldin topshirilgan bir nechta talabnoma yoki ularga doir qo’shimcha materiallar asosida bu talabnomalar va qo’shimcha materiallarga nisbatan ushbu moddada belgilangan shartlarga rioya qilingan holda belgilanishi mumkin. (O’zR 30.07.2008 y. O’RQ-164-son Qonuni taxriridagi qism)
Agar davlat ekspertizasi jarayonida patent berish haqidagi o’xshash talabnomalar ayni bitta ustuvorlik sanasiga ega ekanligi aniqlansa, u holda patent Patent idorasiga oldinroq sana bilan jo’natilganligi isbotlangan talabnoma bo’yicha, basharti jo’natilgan sanalari ham bir xil bo’lib chiqsa, qaysi birida Patent idorasining ro’yxatga olish kirim raqami oldin qayd etilgan bo’lsa, shu talabnoma bo’yicha beriladi.
Sanoat mulki ob’ekti ustuvorligi birmuncha oldin ustuvorlik so’ralgan, chaqirib olingan patent berish haqidagi talabnoma kelib tushgan sanaga ko’ra belgilanishi mumkin emas.
Patent berish haqidagi ajratilgan alohida talabnoma bo’yicha sanoat mulki ob’ekti ustuvorligi Patent idorasiga topshirilgan dastlabki talabnoma sanasiga ko’ra belgilanadi.
Talabnoma beruvchi patent berish haqidagi qaror qabul qilingunga qadar ixtiro haqidagi talabnomani foydali model haqidagi talabnoma, foydali model haqidagi talabnomani esa ixtiro haqidagi talabnoma qilib o’zgartirishga haqlidir. Bunday o’zgartirishlar chog’ida birinchi talabnomaning ustuvorligi saqlanib qoladi.
Talabnomalarni o’zgartirish tegishli patent boji to’langandan so’ng amalga oshiriladi.
Patent idorasi patent berish haqidagi talabnoma bo’yicha rasmiy ekspertiza, foydali model haqidagi talabnoma ekspertizasi hamda ixtiro haqidagi talabnomaning yoki sanoat namunasi haqidagi talabnomaning mohiyati bo’yicha ilmiy-texnika ekspertizasidan iborat bo’lgan davlat ekspertizasini o’tkazadi.
Talabnoma beruvchi patent berish haqidagi talabnoma topshirilgan sanadan e’tiboran ikki oy mobaynida talabnomada ko’rsatilgan sanoat mulki ob’ektining mohiyatini o’zgartirmagan holda unga tuzatishlar, aniqliklar yoki qo’shimcha materiallar kiritish huquqiga ega. Patent berish haqidagi talabnoma bo’yicha tuzatishlar, aniqliklar yoki qo’shimcha materiallar patent boji to’langan
taqdirda, ko’rsatilgan muddat o’tganidan keyin, lekin Patent idorasi patent berish haqida qaror qabul qilguniga qadar taqdim etilishi mumkin.
Belgilangan talablar buzilgan holda rasmiylashtirilgan patent berish haqidagi talabnoma yuzasidan talabnoma beruvchiga so’rov yuborilib, unda shu so’rov yo’llangan sanadan e’tiboran uch oy ichida tuzatishlar kiritilgan yoki etishmayotgan materiallarni taqdim etish taklif qilinadi. Agar talabnoma beruvchi so’ralgan materiallarni yoki belgilangan muddatni uzaytirish to’g’risidagi iltimosnomani ko’rsatilgan muddatda taqdim etmasa, patent berish haqidagi talabnoma chaqirib olingan hisoblanadi. Belgilangan muddat talabnoma beruvchining iltimosnomasiga ko’ra shu muddat o’tgan sanadan keyin ko’pi bilan o’n ikki oyga uzaytirilishi mumkin.
Sanoat mulki ob’ekti birligi talablari buzilgan holda topshirilgan patent berish haqidagi talabnoma yuzasidan talabnoma beruvchiga tegishli so’rov unga yuborilgan sanadan e’tiboran uch oy muddat ichida ushbu ob’ektlardan qaysi biri ko’rib chiqilishi lozimligini xabar qilish hamda tegishincha talabnoma hujjatlariga aniqliklar kiritish taklif qilinadi. Dastlabki talabnoma materiallariga kiritilgan boshqa ob’ektlar alohida talabnomalarga ajratilishi mumkin. Agar talabnoma beruvchi ushbu ob’ektlardan qaysi birini ko’rib chiqish zarurligini xabar qilmasa va aniqlik kiritilgan materiallarni taqdim etmasa, ixtiro, foydali model formulasida yoki sanoat namunasi tavsifida birinchi qilib ko’rsatilgan ob’ekt davlat ekspertizasidan o’tkaziladi.
Davlat ekspertizasi so’rovi bo’yicha materiallarni taqdim etishning talabnoma beruvchi tomonidan o’tkazib yuborilgan muddatlari, belgilangan muddatlarni uzaytirish muqarrarligini taqozo etgan sabablar tasdiqlangan va patent boji to’langan taqdirda, Patent idorasi tomonidan tiklanishi mumkin. O’tkazib yuborilgan muddatlarni tiklash to’g’risidagi iltimosnoma talabnoma beruvchi tomonidan o’tkazib yuborilgan muddat tugagan kundan boshlab ko’pi bilan o’n ikki oy ichida topshirilishi mumkin.
Talabnoma beruvchi sanoat mulki ob’ekti tegishli davlat reestrida davlat ro’yxatidan o’tkazilgunga qadar davlat ekspertizasining istalgan bosqichida patent berish haqidagi talabnomani chaqirib olishi mumkin.
Patent berish haqidagi tapabnoma materiallaridagi ma’lumotlar Patent idorasi tomonidan sir saqlanishi kerak va ular haqidagi axborot talabnoma beruvchi yoki patent egasining roziligisiz berilmaydi. Talabnoma materiallaridagi axborotni ixtiro haqidagi talabnoma to’g’risidagi yoki foydali model va sanoat namunasi davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi ma’lumotlar rasmiy ravishda e’lon qilingunga qadar oshkor etganlik qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo’ladi.
Agar ixtiro haqidagi talabnoma yoki foydali model haqidagi talabnoma materiallarida davlat sirlarini tashkil qilgan ma’lumotlar mavjud bo’lsa, bunday talabnoma bo’yicha ish yuritish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Patent idorasi tomonidan ko’rib chiqish uchun qabul qilib olingan patent berish haqidagi talabnomalar talabnoma beruvchilarga qaytarilmaydi.
Rasmiy ekspertiza patent berish haqidagi talabnoma topshirilgan sanadan boshlab ikki oy o’tgandan keyin Patent idorasi tomonidan o’tkaziladi. Talabnoma
beruvchining iltimosnomasiga binoan rasmiy ekspertiza ko’rsatilgan muddat o’tmasidanoq boshlanishi mumkin. Bu holda talabnoma beruvchi iltimosnoma topshirilgan paytdan boshlab qo’shimcha patent boji to’lamasdan talabnoma materiallariga o’z tashabbusi bilan qo’shimchalar, tuzatishlar va aniqliklar kiritish huquqidan mahrum bo’ladi.
Rasmiy ekspertiza mobaynida taqdim etilgan taklifning huquqiy muhofaza ta’minlanadigan sanoat mulki ob’ektlariga qay darajada muvofiqligi ko’rib chiqiladi. Rasmiy ekspertiza natijalari bo’yicha Patent idorasining qarori talabnoma beruvchiga ma’lum qilinadi.
Talabnoma beruvchi Patent idorasining qarori ustidan qaror yuborilgan sanadan e’tiboran uch oylik muddat ichida Apellyastiya kengashiga apellyastiya berishi mumkin. Apellyastiya kengashi apellyastiya kelib tushgan sanadan e’tiboran ikki oylik muddat ichida uni ko’rib chiqishi lozim.
Apellyastiya kengashining qarori ustidan qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran olti oy ichida sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Ixtiro haqidagi talabnoma to’g’risidagi ma’lumotlar ko’rib chiqish uchun qabul qilingan talabnoma topshirilgan sanadan e’tiboran o’n sakkiz oy o’tganidan keyin rasmiy axborotnomada e’lon qilinadi. E’lon qilinadigan ma’lumotlar tarkibi Patent idorasi tomonidan belgilanadi.
Talabnoma beruvchining iltimosnomasiga ko’ra Patent idorasi ko’rib chiqish uchun qabul qilingan ixtiro haqidagi talabnoma topshirilgan sanadan e’tiboran o’n sakkiz oy o’tguniga qadar ixtiro haqidagi talabnoma to’g’risidagi ma’lumotlarni e’lon qilishi mumkin.
Ixtiro haqidagi talabnoma to’g’risidagi ma’lumotlar e’lon qilinganidan keyin har qanday shaxs ushbu talabnomaga doir hujjatlar bilan tanishib chiqishga haqli. Ixtiro haqidagi talabnomaga doir hujjatlar bilan tanishib chiqish tartibi Patent idorasi tomonidan belgilanadi.
Patent idorasi patent boji to’langan taqdirda foydali model haqidagi talabnomani ekspertizadan o’tkazadi. Patent boji rasmiy ekspertizaning talabnoma ko’rib chiqishga qabul qilingani to’g’risidagi qarori talabnoma beruvchiga yuborilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida to’lanishi mumkin. Ko’rsatilgan muddat o’tkazib yuborilgan taqdirda talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi.
Ekspertiza o’tkazilayotganda talabnomada ko’rsatilgan ob’ektning ushbu Qonun 7-moddasida belgilangan patentga layoqatlilik shartlariga muvofiqligi tekshiriladi.
Agar ekspertiza natijasida talabnoma foydali modellar sifatida muhofaza qilinadigan ob’ektlarga taalluqli bo’lmagan taklif to’g’risida ekanligi aniqlansa, Patent idorasi patent berishni rad etish haqida qaror qabul qiladi, talabnoma beruvchi bundan xabardor qilinadi.
Agar talabnoma ekspertizasi natijasida foydali model haqidagi talabnoma materiallari qo’yilgan talablarga mos ekanligi aniqlansa, Patent idorasi foydali modelga patent berish to’g’risida qaror qabul qiladi, talabnoma beruvchi bundan xabardor etiladi.
Foydali model sifatida talabnomada ko’rsatilgan ob’ektning patentga layoqatlilik shartlariga muvofiq emasligi aniqlangan taqdirda Patent idorasi foydali
modelga patent berishni rad etish to’g’risida qaror qabul qiladi, talabnoma beruvchi bundan xabardor etiladi. (O’zR 30.07.2008 y. O’RQ-164-son Qonuni taxriridagi qism)
Talabnoma beruvchi Patent idorasining qarori ustidan qaror yuborilgan sanadan e’tiboran uch oylik muddat ichida Apellyastiya kengashiga apellyastiya berishi mumkin. Apellyastiya kengashi apellyastiya kelib tushgan sanadan e’tiboran ikki oylik muddat ichida uni ko’rib chiqishi lozim.
Apellyastiya kengashining qarori ustidan qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran olti oy ichida sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Patent idorasi patent boji to’langan taqdirda, talabnoma beruvchining yoki har qanday shaxsning iltimosnomasiga ko’ra ixtiro haqidagi talabnomaning mohiyati bo’yicha ilmiy-texnika ekspertizasi o’tkazadi. Iltimosnoma talabnoma topshirilayotganda yoki ko’rib chiqish uchun qabul qilingan talabnoma topshirilgan sanadan e’tiboran uch yil ichida topshirilishi mumkin. Talabnoma beruvchi kelib tushgan iltimosnomalar haqida Patent idorasi tomonidan xabardor qilinadi.
Ixtiro haqidagi talabnomaning mohiyati bo’yicha ilmiy-texnika ekspertizasi o’tkazish to’g’risidagi iltimosnomani topshirish muddati bunday iltimosnoma bilan birgalikda patent boji to’langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan taqdirda, talabnoma beruvchining talabnoma topshirilgan sanadan e’tiboran uch yil o’tguniga qadar topshirilgan iltimosnomasiga ko’ra Patent idorasi tomonidan ko’pi bilan ikki oyga uzaytirilishi mumkin.
Ixtiro haqidagi talabnomaning mohiyati bo’yicha ilmiy-texnika ekspertizasi o’tkazish to’g’risidagi iltimosnoma uch yillik muddatda kelib tushmagan taqdirda, ixtiro hakidagi talabnoma chaqirib olingan hisoblanadi.
Patent idorasi patent boji to’langan taqdirda, sanoat namunasi haqidagi talabnomaning mohiyati bo’yicha ilmiy-texnika ekspertizasi o’tkazadi. Patent boji rasmiy ekspertizaning patent berish haqidagi talabnoma ko’rib chiqish uchun qabul qilinganligi to’g’risidagi qarori talabnoma beruvchiga yuborilgan sanadan e’tiboran uch oy muddat ichida to’lanishi mumkin. Ko’rsatilgan muddat buzilgan taqdirda, talabnoma chaqirib olingan hisoblanadi.
Agar ixtiro haqidagi talabnomaning yoki sanoat namunasi haqidagi talabnomaning mohiyati bo’yicha ilmii-texnika ekspertizasi natijasida talabnoma beruvchi taklif qilgan formula bilan ifodalangan ixtiro sifatida talabnomada ko’rsatilgan ob’ektning yoki muhim belgilari majmui bilan ifodalangan sanoat namunasi sifatida talabnomada ko’rsatilgan ob’ektning belgilangan talablarga mosligi aniqlansa, Patent idorasi patent berish haqida qaror qabul qiladi.
Ixtiro yoki sanoat namunasi sifatida talabnomada ko’rsatilgan ob’ektning patentga layoqatlilik shartlariga mos emasligi aniqlangan taqdirda, Patent idorasi patent berishni rad etish haqida qaror qabul qiladi.
Talabnoma beruvchi Patent idorasining qarori ustidan qaror yuborilgan sanadan e’tiboran uch oylik muddat ichida Apellyastiya kengashiga apellyastiya berishi mumkin. Apellyastiya kengashi apellyastiya kelib tushgan sanadan e’tiboran to’rt oy ichida uni ko’rib chiqishi lozim.
Apellyastiya kengashining qarori ustidan qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran olti oy ichida sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Ixtiroga ixtiro haqidagi talabnoma to’g’risidagi ma’lumotlar e’lon qilingan sanadan ixtiro davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi haqidagi ma’lumotlar e’lon qilinadigan sanaga qadar vaqtinchalik huquqiy muhofaza beriladi.
Agar ixtiro haqidagi talabnoma chaqirib olingan bo’lsa yoki ushbu talabnoma bo’yicha Patent idorasi tomonidan patent berishni rad etish to’g’risida qaror qabul qilinib, bu qaror ustidan shikoyat berish imkoniyati tugagan bo’lsa, vaqtinchalik huquqiy muhofaza yuz bermagan hisoblanadi.
Ixtirodan uning vaqtinchalik huquqiy muhofazasi davrida foydalanayotgan shaxs ixtiroga patent olinganidan keyin patent egasining talabiga ko’ra unga miqdori patent egasi bilan kelishuv asosida belgilanadigan pul tovoni to’lashi shart.
Patent idorasi patent berish to’g’risida qaror qabul qilganidan so’ng sanoat mulki ob’ektini tegishincha Davlat ixtirolar reestrida, Davlat foydali modellar reestrida yoki Davlat sanoat namunalari reestrida davlat ro’yxatiga oladi.
Patent idorasi sanoat mulki ob’ektlari ro’yxatga olinganligi to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan rasmiy axborotnoma nashr etadi. E’lon qilinadigan ma’lumotlarning to’liq ro’yxati va tarkibi Patent idorasi tomonidan belgilanadi.
Sanoat mulki ob’ektiga patent berish ob’ekt ro’yxatga olinganligi haqidagi ma’lumotlar rasmiy axborotnomada e’lon qilingan sanadan e’tiboran o’n kun o’tganidan keyin Patent idorasi tomonidan amalga oshiriladi.
Sanoat mulki ob’ekti patenti O’zbekiston Respublikasi nomidan beriladi va Patent idorasi rahbari tomonidan imzolanadi.
Sanoat mulki ob’ekti patenti bir nechta kishi nomiga so’ralganda ularga bitta patent beriladi.
Sanoat mulki ob’ekti patentining shakli va unda ko’rsatiladigan ma’lumotlar tarkibi Patent idorasi tomonidan belgilanadi.
Berilgan sanoat mulki ob’ekti patentidagi ko’zga yaqqol tashlanib turgan va texnik xatolar patent egasining talabiga ko’ra Patent idorasi tomonidan tuzatiladi.
Sanoat mulki ob’ekti patenti Apellyastiya kengashiga berilgan apellyastiya bo’yicha istalgan vaqtda huquqiy muhofazaning to’liq hajmida yoki uning faqat bir qismi bo’yicha quyidagi asoslarga ko’ra haqiqiy emas deb e’tirof etilishi mumkin:
muhofaza qilinadigan sanoat mulki ob’ekti patentga layoqatlilik shartlariga mos emasligi;
ixtiro, foydali model formulasida yoki sanoat namunasining muhim belgilari majmuida talabnomaning dastlabki materiallarida bo’lmagan belgilarning mavjudligi.
Sanoat mulki ob’ekti patentining to’la hajmdagi huquqiy muhofazasi yoki bu muhofazaning faqat bir qismi haqiqiy emasligini isbotlash vazifasi patentni haqiqiy emas deb da’vo qilayotgan taraf zimmasida bo’ladi.
Sanoat mulki ob’ektiga patent berish Apellyastiya kengashiga apellyastiya topshirilishi munosabati bilan to’xtatib turilishi mumkin.
Apellyastiya kengashining qarori ustidan qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran olti oy ichida sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Agar nizo sudda ko’rib chiqiladigan bo’lsa, nizo hal etilguniga qadar sanoat mulki ob’ektiga doir ishni yuritish Patent idorasi tomonidan to’xtatib turiladi.
Sanoat mulki ob’ekti patentining amal qilishi uning ushbu Qonunga muvofiq belgilangan amal qilish muddati o’tganidan keyin tugatiladi.
Sanoat mulki ob’ekti patentining amal qilishi:
patentni o’z kuchida saqlab turganlik uchun patent bojlari belgilangan muddatda to’lanmaganda;
patent egasi Patent idorasiga topshirgan arizaga asosan muddatidan ilgari tugatiladi.
Sanoat mulki ob’ekti patentining amal qilishi muddatidan ilgari tugatilganligi to’g’risidagi ma’lumotlar Patent idorasining rasmiy axborotnomasida e’lon qilinadi.
Patentni o’z kuchida saqlab turganlik uchun patent boji belgilangan muddatda to’lanmaganligi sababli amal qilishi tugatilgan sanoat mulki ob’ekti patentining amal qilishi patent egasining iltimosnomasiga ko’ra tiklanishi mumkin. Bunday iltimosnoma patentning amal qilishi tugatilgan sanadan e’tiboran uch yil muddat ichida, biroq patentning ushbu Qonunda nazarda tutilgan amal qilish muddati tugaguniga qadar Patent idorasiga topshirilishi mumkin.
Patent egasining iltimosnomasiga patentning amal qilishini tiklash uchun belgilangan miqdordagi patent boji to’langanligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinishi kerak.
Sanoat mulki ob’ekti patentining amal qilishi tiklanganligi to’g’risidagi ma’lumotlar rasmiy axborotnomada e’lon qilinadi.
Sanoat mulki ob’ekti patentining amal qilish muddati tugatilgan sana bilan patentning amal qilishi tiklanganligi to’g’risidagi ma’lumotlar e’lon qilingan sana oralig’idagi davrda sanoat mulki ob’ektidan foydalanishni boshlagan yoki buning uchun zarur tayyorgarlik ko’rgan shaxs ishlab chiqarish hajmlarini kengaytirmagan holda sanoat mulki ob’ektidan bepul foydalanish huquqini saqlab qoladi.
Patent egasi yozma ariza berib, sanoat mulki ob’ekti patentidan voz kechish huquqiga ega.
Bir nechta patent egalaridan birining sanoat mulki ob’ekti patentidan voz kechishi patentning amal qilishi tugatilishiga olib kelmaydi.
Sanoat mulki ob’ekti patentidan voz kechish Patent idorasi patent egasidan yozma ariza olgan sanadan e’tiboran amal qila boshlaydi.
Patent egasi sanoat mulki ob’ekti patentidan voz kechish niyati to’g’risida muallifni xabardor qilishi shart. Muallif bunday holda patentga egalik qilishda ustuvor huquqqa ega bo’ladi.
Agar sanoat mulki ob’ekti patenti litsenziya shartnomasining ob’ekti bo’lsa, shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, patentdan litsenziya egasining roziligi bilangina voz kechish mumkin bo’ladi.
Mahsulotda (buyumda) ixtironing, foydali modelning formula mustaqil bandiga kiritilgan har bir belgisi yoki unga muodil bo’lgan belgi qo’llanilgan bo’lsa, bu mahsulot (buyum) patentlangan ixtiro, foydali modeldan foydalanilgan
holda tayyorlangan, ixtiro patenti bilan muhofaza etiladigan usul esa, qo’llanilgan deb e’tirof etiladi.
Mahsulotni olish usuliga berilgan patentning amal qilishi aynan shu usul yordamida olingan mahsulotga ham tatbiq etiladi. Bunda aksini isbotlovchi dalillar bo’lmasa, bu yangi mahsulot patentlangan usulda olingan deb hisoblanadi.
Agar mahsulotda patent berilgan sanoat namunasining muhim belgilari majmui bo’lsa, u patentlangan sanoat namunasidan foydalanilgan holda tayyorlangan deb e’tirof etiladi.
Sanoat mulki ob’ekti ustuvorligi belgilangan sanaga qadar uning muallifidan mustaqil tarzda aynan o’xshash bo’lgan echimdan foydalangan yoki shunga etarli darajada tayyorgarlik ko’rgan har qanday yuridik yoki jismoniy shaxs ishlab chiqarish hajmini kengaytirmagan tarzda, keyinchalik ham undan bepul foydalanish huquqini saqlab qoladi.
Avval foydalanganlik huquqi boshqa yuridik yoki jismoniy shaxsga faqat aynan o’xshash echimdan foydalanilgan yoki shunga etarli darajada tayyorgarlik ko’rilgan ishlab chiqarish bilan birgalikda topshirilishi mumkin.
Patent egasi bo’lmagan har qanday shaxs patent bilan muhofaza qilingan sanoat mulki ob’ektidan faqat patent egasining ruxsati bilan litsenziya shartnomasi asosida foydalanishga haqli.
Patent egasi sanoat mulki ob’ektidan foydalanish huquqini har qanday shaxsga berish to’g’risida (ochiq litsenziya) Patent idorasiga ariza topshirishi mumkin. Bu holda patentni o’z kuchida saqlab turganlik uchun undiriladigan patent boji shunday ariza to’g’risidagi ma’lumotlar Patent idorasi tomonidan e’lon qilinganidan keyingi yildan boshlab ellik foizga kamaytiriladi.
Ochiq litsenziyani olish istagini bildirgan shaxs patent egasi bilan nomutlaq litsenziya berish to’g’risida shartnoma tuzishi shart. Shartnoma shartlari bo’yicha nizolar sud tomonidan ko’rib chiqiladi. Patent egasining ochiq litsenziyaga nisbatan huquq berish haqidagi arizasi chaqirib olinmaydi.
Sanoat mulki ob’ektidan patent egasining roziligisiz mutanosib miqdorda unga tovon to’lagan holda foydalanilishiga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ruxsat berishi mumkin.
Agar patent egasi sanoat mulki ob’ektidan uning tarkibida boshqa yuridik yoki jismoniy shaxsga qarashli muhofaza qilinayotgan o’zga ob’ekt qo’llanilishi tufayli foydalana olmasa, patent egasi mazkur shaxsdan bu ob’ektdan shartnomada nazarda tutilgan shartlar asosida foydalanish uchun litsenziya berishni talab qilishga haqlidir.
Mualliflarga va sanoat mulki ob’ektlaridan foydalanuvchi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga soliq solish va kredit berishda imtiyozli shartlar belgilanadi, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa imtiyozlar beriladi.
Sanoat mulki ob’ektlariga huquqiy muhofaza berish bilan bog’liq yuridik ahamiyatga ega harakatlarni bajarganlik uchun patent bojlari undiriladi. Patent bojlari Patent idorasiga to’lanadi.
Patent bojlarining miqdori va ularni to’lash muddatlari, ularni to’lashdan ozod qilish, to’lov miqdorlarini kamaytirish yoki ularni qaytarib berish uchun
asoslar, shuningdek patent bojlaridan foydalanish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Patent bojlari talabnoma beruvchi, patent egasi va boshqa manfaatdor shaxs tomonidan to’lanadi.
Patentni o’z kuchida saqlab turganlik uchun patent bojini to’lash maqsadida qo’shimcha patent boji to’langan taqdirda, patent egasiga olti oylik imtiyozli muddat beriladi.
Agar patentni o’z kuchida saqlab turganlik uchun patent boji va qo’shimcha patent boji imtiyozli muddat mobaynida to’lanmasa, patentning amal qilishi belgilangan muddatda patent boji to’lanmagan kundan e’tiboran tugatiladi.
Patent vakili yuridik va jismoniy shaxslarning Patent idorasi oldidagi vakillik huquqini amalga oshiradi.
O’zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan O’zbekiston fuqarosi patent vakili bo’lishi mumkin. Patent vakillariga qo’yiladigan malaka talablari, ularni attestastiyadan o’tkazish va ro’yxatga olish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashovchi jismoniy shaxslar yoki chet ellik yuridik shaxslar sanoat mulki ob’ektlarini patentlash bo’yicha ishlarni va ular bilan bog’liq bo’lgan yuridik ahamiyatga ega harakatlarni Patent idorasida ro’yxatga olingan patent vakillari orqali amalga oshiradilar.
O’zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan, biroq vaqtincha uning hududidan tashqarida turgan jismoniy shaxslar sanoat mulki ob’ektlarini patentlash bo’yicha ishlarni va ular bilan bog’liq yuridik ahamiyatga ega harakatlarni O’zbekiston Respublikasi doirasida yozishmalar olib borish uchun manzilni ko’rsatgan holda, patent vakilisiz amalga oshirishlari mumkin.
Patent vakilining vakolatlari ishonchnoma bilan tasdiqlanadi.
O’zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari sanoat mulki ob’ektlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa davlatlarda patentlash huquqiga ega.
Davlat sirlarini o’z ichiga olmaydigan ixtirolar va foydali modellarni boshqa davlatlarda patentlash tegishli talabnoma Patent idorasiga topshirilgan kundan e’tiboran uch oy o’tganidan keyin amalga oshirilishi mumkin.
Chet ellik yuridik va jismoniy shaxslar ushbu Qonunda nazarda tutilgan huquqlardan O’zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari bilan teng ravishda yoki kelishuv prinstipi asosida foydalanadilar.
Sanoat mulki ob’ektlarini huquqiy muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Sanoat mulki ob’ektlari to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo’ladilar.



      1. Ilmiy kashfiyotlar. Kashfiyot ob’ektlari. Kashfiyotni aniqlash tartiblari.

Kashfiyot deb bilim darajasiga tubdan o’zgartirish olib kiradigan ilgari noma’lum bo’lgan, ammo ob’ektiv mavjud bo’lgan moddiy nuqtaning xodisa,


xossa va qonuniyatlarini tushuntirib beruvchi ta’limotga aytiladi.
Kashfiyotni himoya qilish maqsadi:

        • Ilmiy mazmun ishonchliligini tasdiqlash uchun;

        • Muallif va davlat ustunligini o’rnatish;

        • Kashfiyot muallifining xususiyatlarini tan olish va unga tegishli imtiyozlar berish;

        • Kashfiyot bilan bog’liq ilmiy-texnologik masalalarni hal qilishda ko’maklashish;

        • Fan va texnikada, foydalanish uchun kashfiyotlarni davlat tomonidan ma’lumot uchun qabul qilinishi va xisobga olinishi;

Kashfiyot quyidagi hollarda e’tirof etiladi:

        • Ilgari noma’lum bo’lgan, agar birinchi topilgan kungacha davlatimizda yoki xorijda e’lon qilinmagan bo’lsa, uchinchi shaxsga etkazilmagan bo’lsa;

        • Agar jiddiy xususiyatga ega bo’lib dunyoni ilmiy o’rganishga muhim hissa qo’sha olsa, bilim darajasiga tubdan o’zgartirishlar olib kirsa shu jumladan fan va texnika ravnaqi borasidagi yangi yo’nalishlar va yangi texnika echimlarga asos solsa;

        • Ilgari ma’lum bo’lgan nazariy tushunchalarni umuman o’zgartirib yuborsa;

        • Ilgari ilmiy jihatdan tushuntirilmagan ilmiy haqiqatlarni izohlay olsa. Kashfiyot quyidagi hollarda e’tirof etilmaydi:

        • Foydali qazilmalar ijtimoiy fanlar sohasidagi jo’g’rofiy arxeologik kashfiyotlar tan olinmaydi.

Kashfiyotni himoya qilish maqsadi.

        • Ilmiy mazmun ishonchlilikni tasdiqlash uchun;

        • Mualliflik va davlat ustunligini o’rnatish;

        • Kashfiyot muallifining xizmatlarini tan olish va unga tegishli imtiyoz berish;

        • Kashfiyot bilan bog’liq ilmiy texnik masalalarni hal qilishda ko’maklashish;

        • Fan va texnikada foydalanish uchun kashfiyotlarni davlat tomonidan ma’lumot uchun qabul qilinishi va hisobga olinishi.

Kashfiyot ob’ektlari–xodisa, xossa va qonuniylikdir:

        • Xodisa deb ilgari noma’lum bo’lgan bilim darajasini tubdan o’zgartirishga olib keladigan ob’ektiv mavjud bo’lgan moddiy dunyo mohiyatining nomoyon bo’lish shakliga aytiladi.

        • Xossa deb, ilgari noma’lum bo’lgan bilim darajasini tubdan o’zgartirishga olib keladigan moddiy dunyoni borlig’ining ob’ektiv mavjud sifatli tomoniga aytiladi.

        • Qonuniylik deb, ilgari noma’lum bo’lgan bilim darajasini tubdan o’zgartirishga olib keladigan moddiy dunyo hodisalari va xossalari o’rtasidagi ob’ektiv mavjud bo’lgan barqaror munosabatiga aytiladi.

Kashfiyot ustunligi ilmiy qoidaning birinchi marta ta’riflab berilgan kunidan, uning matbuotda e’lon qilingan vaqti va uchinchi shaxsga etkazilgan
kundan belgilanadi.
Kashfiyotni aniqlash tartiblari.
Kashfiyotlarni aniqlash deb–insonlarga javob beruvchi muhim ilmiy qoidalarni ma’lum qilmoq ilgari noma’lum bo’lgan ob’ektiv mavjud bilim darajasiga tubdan o’zgartirish kiritadigan ilmiy dalillarni belgilashga aytiladi.
Kashfiyotni aniqlash to’rt bosqichda o’tkaziladi:

        1. - bosqich – asos qidiruv tadqiqotni ilmiy amaliy ijenerlik tadqiqotdan ajratish lozim. Tadqiqotning ob’ekti tabiiy yoki texnik bo’lishi mumkin va uni tartibli amalga oshirish kerak.

        2. - bosqichda – Kashfiyot predmeti xodisa, xossa, qonuniylikni oldindan belgilashga aytiladi.

        3. - bosqichda – Kashfiyot shakliga muvofiq kashfiyot predmeti qat’iy shakllanadi.

        4. – bosqich – Bunda ilmiy qoida jamoatchilik tomonidan muhokama qilinadi.

Kashfiyot mualliflariga Diplom beriladi. Diplom quyidagilarni tasdiqlaydi:

        • Taklifning kashfiyot deb tan olinishini;

        • Mualliflik xuquqi;

        • Qanday, qachon yaratilganligini;

        • Qanday hodisa, xossa qonuniyatni tushuntirib berishini.




      1. “EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarini huquqiy muhofaza qilish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni.

O’zbekiston Respublikasining “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to’g’risida”gi Qonuni 06.05.1994 yilda qabul qilingan va 05.04.2002 va 30.08.2002 yillarda o’zgartirishlar kiritilgan.


Ushbu Qonun EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalarini yaratish, ularning huquqiy himoyasi va ulardan foydalanish bilan bog’liq munosabatlarni O’zbekiston Respublikasida tartibga soladi.
Qoraqalpog’iston Respublikasida EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi borasidagi munosabatlar Qoraqalpog’iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari yoki bitimlarida ushbu Qonunda nazarda tutilganidan o’zgacha qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma yoki bitim qoidalari qo’llaniladi.
Ushbu Qonun EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarini mualliflik huquqi ob’ektlari sirasiga kiritadi.
Vazifasi va afzalliklaridan qat’i nazar, ob’ektiv shaklda ifodalangan, bosib chiqarilgan hamda bosib chiqarilmagan, muallif (hammualliflar) ijodiy faoliyatining natijasi bo’lgan, EHM uchun yaratilgan har qanday dasturlar va ma’lumotlar bazalariga nisbatan mualliflik huquqi tatbiq etiladi. EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasiga mualliflik huquqi toki aksi isbotlanmagunga qadar saqlanib qolaveradi.
Ushbu Qonun bilan beriladigan huquqiy himoya:
har qanday dasturlash tilida va har qanday shaklda ifodalanishi mumkin bo’lgan EHM uchun yaratilgan dasturlarning barcha xiliga (shu jumladan, operastiya tizimlari va dasturiy majmualarga) nisbatan, boshlang’ich matn va ob’ekt kodiga nisbatan ham, shuningdek ma’lumotlarni tanlash va tashkil etish bo’yicha ijodiy mehnatning natijasi bo’lgan ma’lumotlar bazalariga nisbatan tatbiq etiladi;
EHM uchun yaratilgan dasturlar yoki ma’lumotlar bazalari yoxud ularning biron-bir qismiga asos bo’lgan g’oyalar va prinstiplarga, shu jumladan, interfeys hamda algoritm tashkil qilish g’oyalari va prinstiplariga, shuningdek dasturlash tillariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
EHM uchun dasturlar yoki ma’lumotlar bazalariga nisbatan mualliflik huquqi ular yaratilgach yuzaga keladi. EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasiga bo’lgan mualliflik huquqi e’tirof etilishi va ro’yobga chiqarilishi uchun ro’yxatdan o’tkazish yoki o’zga rasmiyatchiliklarga rioya etish talab qilinmaydi.
Mualliflik huquqi ob’ekti bo’lmagan materiallardan (asarlardan) tarkib topgan ma’lumotlar bazasiga nisbatan mualliflik huquqi ma’lumotlar bazasini yaratgan shaxslarga tegishli bo’ladi.
Boshqa shaxsning mualliflik huquqi ob’ekti bo’lgan materiallarni o’z ichiga olgan ma’lumotlar bazasiga bo’lgan mualliflik huquqi bunday materiallarning har biriga nisbatan mualliflik huquqiga rioya qilingan taqdirdagina e’tirof etiladi.
Ma’lumotlar bazasiga kiritilgan materiallarning har biriga nisbatan mualliflik huquqi saqlanadi. Bu materiallar ma’lumotlar bazasidan qat’i nazar ishlatilishi mumkin.
Ma’lumotlar bazasiga bo’lgan mualliflik huquqi boshqa shaxslarning ushbu ma’lumotlar bazasiga kirgan materiallar va asarlarni mustaqil ravishda tanlashi va tashkil etishiga monelik qilmaydi.
Huquq egasi o’z huquqlaridan xabardor qilish maqsadida EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasining birinchi bor bosib chiqarilishidan e’tiboran mualliflik huquqining uch qismdan: doira yoki kichik qavs ichiga olingan "S" harfi; huquq egasining nomi (ismi); EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasi birinchi bor bosib chiqarilgan yil ko’rsatilgan yozuvdan tarkib topgan himoya belgisini qo’llashi mumkin.
EHM uchun yaratilgan dasturlar yoki ma’lumotlar bazalariga bo’lgan mualliflik huquqi ularning moddiy ashyosiga nisbatan mulk egaligi huquqi bilan aloqador emas. Moddiy ashyoga nisbatan bo’lgan huquqlarni o’zgalarga har qanday tarzda berish EHM uchun yaratilgan dasturlar yoki ma’lumotlar bazalariga bo’lgan mualliflik huquqlaridan birortasining o’zgalarga o’tib qolishiga sabab bo’lmaydi.
EHM uchun yaratilgan dasturlar yoki ma’lumotlar bazalariga bo’lgan mualliflik huquqining amal qilish muddatlari qonun hujjatlarida ko’zda tutilgan mualliflik huquqi normalariga muvofiq belgilanadi.
EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasiga mualliflik, shuningdek muallifning (mualliflarning) yoki o’zga huquq egasining shaxsiy va mulkiy huquqlari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadi. EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasining muallifi (mualliflari) yoxud o’zga huquq egasi EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasini modifikastiyalashni, shu jumladan, dasturni bir dasturlash tilidan boshqa tilga o’tkazishni amalga oshirish va (yoki) amalga oshirishga ruxsat etish borasida mutlaq huquqqa ham egadir.
EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasiga bo’lgan mulkiy huquqlar shartnoma bo’yicha o’zga jismoniy yoki yuridik shaxslarga to’liq yoki qisman o’tkazilishi mumkin. Shartnoma yozma shaklda tuziladi va unda albatta quyidagilar belgilab qo’yiladi: EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasidan foydalanish hajmi va usullari, haq to’lash tartibi va mukofot puli miqdori, shartnomaning amal qilish muddati.
EHM uchun yaratilgan dasturlar yoki ma’lumotlar bazasiga bo’lgan mulkiy huquqlar qonunda belgilangan tartibda meros bo’lib o’tadi.
Xizmat vazifalarini bajarish tartibida yoki ish beruvchining topshirig’iga binoan yaratilgan EHM uchun dastur yoki ma’lumotlar bazasiga bo’lgan mulkiy huquqlar ish beruvchiga, basharti u bilan muallif o’rtasidagi shartnomada o’zgacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, tegishli bo’ladi.
Haq to’lash tartibi va mukofot puli miqdori muallif bilan ish beruvchi o’rtasidagi shartnomada belgilab qo’yiladi.
EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasiga nisbatan mulkiy huquqlarga ega bo’lgan tashkilot yoki korxona (mulkchilik shaklidan qat’i nazar) qayta tashkil qilinsa, tarqatib yuborilsa yoki tugatilsa, barcha mulkiy huquqlar tegishli ravishda sudning yoki tugatish komissiyasining qaroriga ko’ra muallifga (mualliflarga), davlatga yoki boshqa huquqiy vorisga o’tkazilishi mumkin.
EHM uchun yaratilgan dasturlar yoki ma’lumotlar bazalariga nisbatan barcha shaxsiy va mulkiy yoki shartnomaga ko’ra faqat mulkiy huquqlarga ega bo’lgan O’zbekiston Respublikasining, boshqa davlatlarning jismoniy yoki yuridik shaxslari dasturlar yoki ma’lumotlar bazalarini ro’yxatdan o’tkazish huquqiga egadirlar. Huquq egasi EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasini bevosita yoki o’z vakili orqali Dasturiy mahsullar davlat reestri yoki Ma’lumotlar bazalari davlat reestrida (matnda bundan buyon Reestr deb yuritiladi) O’zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasiga (bundan buyon matnda Patent idorasi deb yuritiladi) talabnoma berish orqali ro’yxatdan o’tkazadi.
EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasini rasmiy ro’yxatdan o’tkazish so’ralgan talabnoma (matnda bundan buyon ro’yxatdan o’tkazish talabnomasi deb yuritiladi) EHM uchun yaratilgan bitta dastur yoki bitta ma’lumotlar bazasiga taalluqli bo’lishi kerak. Ro’yxatdan o’tkazish talabnomasini rasmiylashtirish qoidalarini Patent idorasi belgilaydi.
Ro’yxatdan o’tkazish talabnomasi kelib tushgach, Agentlik kerakli hujjatlarning bor-yo’qligi va qoidalarning talablariga qanchalik muvofiqligini tekshirib chiqadi. Tekshirish natijasi ijobiy bo’lsa, Patent idorasi EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasini tegishli Reestrga kiritadi, talabnoma
beruvchiga rasmiy ro’yxatdan o’tkazilganlik to’g’risida guvohnoma topshiradi hamda ro’yxatdan o’tkazilgan EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalariga doir ma’lumotlarni Patent idorasi rasmiy axborotnomasida e’lon qiladi.
Talabnoma beruvchi Patent idorasi so’roviga ko’ra yoki o’z tashabbusi bilan ma’lumotlar rasmiy axborotnomada bosib chiqarilguniga qadar talabnoma materiallarini to’ldirish, ularga aniqlik kiritish va ularni tuzatishga haqlidir. Tekshirish natijasi salbiy bo’lsa, Patent idorasi talabnoma beruvchiga rasmiy ro’yxatdan o’tkazish rad etilganligini bildiruvchi hujjat topshiradi.
Rasmiy ro’yxatdan o’tkazish tartibini, rasmiy ro’yxatdan o’tkazilganlik to’g’risidagi guvohnoma shakllarini, ularda ko’rsatiladigan ma’lumotlar tarkibini Patent idorasi belgilaydi. Rasmiy axborotnomada e’lon qilinadigan ma’lumotlar ro’yxati ham Patent idorasi tomonidan belgilanadi.
Ro’yxatdan o’tkazilgan EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasiga bo’lgan barcha mulkiy huquqlar butunlay o’zgalarga berilishi to’g’risidagi shartnoma Patent idorasida ro’yxatdan o’tkazilishi lozim. EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasiga bo’lgan mulkiy huquqlarning o’zgalarga o’tkazilishi to’g’risidagi shartnomalar tomonlarning kelishuviga binoan Patent idorasida ro’yxatdan o’tkazilishi mumkin.
Reestrga kiritilgan ma’lumotlar toki aksi isbotlanmagunga qadar to’g’ri deb hisoblanadi. Ko’rsatilgan ma’lumotlarning to’g’riligi uchun talabnoma beruvchi javobgar bo’ladi.
EHM uchun yaratilgan dasturlar yoki ma’lumotlar bazalarini ro’yxatga olish hamda EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalaridan foydalanishga bo’lgan mulkiy huquqlarni boshqa shaxsga o’tkazish to’g’risidagi shartnomalarni ro’yxatga olish bilan bog’liq yuridik ahamiyatga ega harakatlarni bajarganlik uchun patent bojlari undiriladi. Patent bojlari Patent idorasiga to’lanadi. Patent bojlarining miqdori va ularni to’lash muddatlari, ularni to’lashdan ozod qilish, to’lovlarning miqdorini kamaytirish yoki ularni qaytarib berish asoslari, shuningdek patent bojlaridan foydalanish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
O’zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari EHM uchun yaratilgan dasturlar yoki ma’lumotlar bazalarini boshqa davlatlarda ro’yxatdan o’tkazishga yoki ularni xalqaro miqyosda ro’yxatdan o’tkazishga haqlidirlar.
EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasini O’zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari tomonidan boshqa davlatlarda ro’yxatdan o’tkazish Patent idorasiga talabnoma topshirilganidan keyin amalga oshiriladi.
EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasidan boshqa shaxslarning (foydalanuvchilarning) foydalanishi huquq egasi bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi, ushbu Qonunning 13-moddasida ko’rsatilgan hollar bundan mustasno.
EHM uchun yaratilgan dasturlar yoki ma’lumotlar bazalari sotilganda yoxud ommaviy foydalanuvchilar uchun berib qo’yilganda shartnomalar tuzishning alohida tartibi qo’llanishi, xususan EHM uchun yaratilgan dasturlar
yoki ma’lumotlar bazalarining berilayotgan nusxalarida shartnomaning tipik talablari bayon etib qo’yilishi mumkin.
EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasining nusxasiga qonunan ega bo’lgan shaxs huquq egasidan qo’shimcha ravishda ruxsat olmagan holda EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasi o’z vazifasiga monand ishlashi bilan bog’liq har qanday harakatlarni amalga oshirishga, shu jumladan, EHMga yozib qo’yish va uning xotirasida saqlashga, shuningdek aniq ko’rinib turgan xatolarni tuzatishga haqlidir. EHMga yozib qo’yish va uning xotirasida saqlashga, basharti, huquq egasi bilan tuzilgan shartnomada o’zgacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, bitta EHM yoki shoxobchadagi bitta foydalanuvchiga nisbatan yo’l qo’yiladi.
EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasining nusxasiga qonunan ega bo’lgan shaxs huquq egasining roziligini olmay va unga qo’shimcha haq to’lamay turib (basharti, shartnomada o’zgacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa), quyidagi harakatlarni amalga oshirishga haqlidir: EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasini adaptastiyalashga; EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasi nusxasini, ushbu ko’chirma nusxa arxiv maqsadlarigagina mo’ljallangan taqdirda va qonuniy tarzda olingan nusxani almashtirish uchun kerak bo’lib qolgan (EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasining asl nusxasi yo’qolib qolgan, yo’q qilingan yoki yaroqsiz holga kelgan) taqdirda o’zlari tayyorlashga yoki tayyorlash uchun topshiriq berishga. Bunda EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasining ko’chirma nusxasidan yuqorida aytib o’tilgan maqsadlardan bo’lak maqsadlarda foydalanilishi mumkin emas va EHM uchun yaratilgan ushbu dasturdan yoki ma’lumotlar bazasidan bundan buyon foydalanish qonuniy bo’lmay qolsa, ular yo’q qilinishi lozim.
EHM uchun yaratilgan dastur nusxasiga haqli ravishda egalik qilayotgan shaxs mazkur dasturning kodlanishi va tuzilishini o’rganish maqsadlarida uni muallifning yoki o’zga huquq egasining yozma roziligi bo’lgan taqdirda yoki quyidagi hollarda bunday rozilik bo’lmasa ham dekompilyastiya qilishi mumkin, agar:
dekompilyastiya qilish natijasida olingan hamda mazkur shaxs tomonidan ishlab chiqilgan dasturning EHM uchun yaratilgan boshqa dasturlar bilan o’zaro hamkor ishlashi uchun zarur axborotni boshqa manbalardan olish mumkin bo’lmasa;
EHM uchun yaratilgan dasturning faqat bunday hamkor ishlashini yo’lga qo’yish uchun zarur bo’lgan qismlarining o’zi dekompilyastiya qilinayotgan bo’lsa;
dekompilyastiya natijasida olingan axborotdan ifodasiga ko’ra EHM uchun yaratilgan, dekompilyastiya qilinayotgan dasturga juda o’xshash bo’lgan EHM dasturi ishlab chiqish, ishlab chiqarish yoki tarqatish uchun foydalanilmasa yoxud bunday axborot mualliflik huquqini buzadigan boshqa har qanday harakatni amalga oshirish uchun ishlatilmasa. (O’zR 05.04.2002 y. 364-II-son Qonuni tahriridagi qism)
EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasi nusxasiga bo’lgan egalik huquqi yoki o’zga mulkiy huquqlar ushbu nusxaga egalik huquqi birinchi
marotaba sotilganidan keyin yoki boshqacha tarzda o’zgaga o’tkazilganidan keyin, huquq egasining roziligini olmay va unga qo’shimcha haq to’lamagan holda olib sotilishiga yoki boshqacha usulda o’zgalarga o’tkazilishiga yo’l qo’yiladi.
EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasining muallifi va o’zga huquq egalari:
huquqlari tan olinishini;
huquq buzilishiga qadar mavjud bo’lgan holat tiklanishini va huquqni buzayotgan yoki uning buzilishi xavfini tug’dirayotgan xatti-harakatlar to’xtatilishini;
etkazilgan zarar uning miqdoriga huquqbuzar tomonidan g’ayriqonuniy olingan daromad summasini qo’shgan holda qoplanishini;
foyda ko’rgan huquqbuzardan etkazilgan zarar qoplanishi o’rniga eng kam oylik ish haqining tegishli sud qarori bilan belgilanadigan yigirma barobaridan ming barobarigacha bo’lgan miqdorida tovon to’lanishini;
ularning huquqlari muhofaza qilinishi bilan bog’liq qonunlarda nazarda tutilgan o’zga choralar ko’rilishini talab qilishga haqlidir.
EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasi muallifi va o’zga huquq egalari o’z huquqlari muhofaza qilinishini so’rab tegishli sudga murojaat etishlari mumkin.
Sud EHM uchun yaratilgan dasturlar yoki ma’lumotlar bazalarining mualliflik huquqi buzilgan holda tayyorlangan nusxalarini musodara etish va ularni yo’q qilib yuborish to’g’risida qaror chiqarishi mumkin. EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasidan bunday nusxalar olishda foydalaniladigan materiallar va uskunalar sudning qarori bilan byudjet daromadiga o’tkazilishi yoxud da’vogarning iltimosiga binoan zararlarni qoplash hisobiga berilishi mumkin.
Huquq egalarining mutlaq huquqlariga taalluqli ushbu Qonun talablarining jismoniy yoki yuridik shaxs tomonidan bajarilmasligi mualliflik huquqining buzilishi hisoblanadi.
EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasini o’zganing nomi bilan chiqarish yoxud undan g’ayriqonuniy ravishda nusxa olish yoki bunday asarlarni tarqatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ma’muriy yoxud jinoiy javobgarlikka sabab bo’ladi.
Tayyorlanishi yoki ulardan foydalanilishi mualliflik huquqi buzilishiga olib keladigan EHM uchun yaratilgan dasturlar yoki ma’lumotlar bazalarining nusxalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olib qo’yilishi lozim.
Chet ellik yuridik va jismoniy shaxslar ushbu Qonunda nazarda tutilgan huquqlardan O’zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari bilan teng ravishda yoki o’zarolik prinstipi asosida foydalanadilar.



      1. EHM uchun dasturlar. EHM ma’lumotlar bazalari. Mualliflik huquqining buzilishi. Dasturlar yoki ma’lumotlar bazalarini ro’yxatga olish uchun

talabnoma.

Kompyuterlar va axborot texnologiyalari hayotimizning barcha jabhalariga jadal sur’atlarda kirib kelmoqda. Bugungi kunda inson faoliyatining elektron hisoblash mashinalari (EHM)dan foydalanmaydigan sohalari deyarli qolmadi. Agar 80-yillarning o’rtalarigacha EHMdan faqat fan va ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalanilgan bo’lsa, shaxsiy kompyuterlarning paydo bo’lishi bilan EHMlarning keng tarqalish davri boshlandi. Hozir hech amaliy masalani EHMsiz hal qilib bo’lmaydi, fan va ishlab chiqarish sohasidan tashqari, deyarli barcha korxona va tashkilotlarning ish yuritishi EHMdan keng foydalanishga asoslangan.


Bugungi kunda kompyuter insonlarning o’zaro munosabatlari, axborot bilan almashishning bosh vositasiga aylandi.
Kompyuter har qanday ishda insonning eng yaqin yordamchisidir. Lekin kompyuterning o’zi to’laqonli yordamchi emas. Uning qandaydir masalani hal qilishdagi foydaliligi to’laligicha u ishlaydigan dasturga bog’liqdir. Dasturiy ta’minot kompyuterning jonidir.
Har qanday EHMni ikki qismga bo’lish mumkin: apparat-texnik (hardware) va dasturiy ta’minot (software).
Dasturiy ta’minot yoki EHM uchun dastur bu EHM, uning tarmoqlari va boshqa kompyuter vositalarining muayyan natijalar olish maqsadida ishlash uchun mo’ljallangan ma’lumotlar va buyruqlar majmuidir.
Ma’lumotlar bazalari bu ma’lumotlar (masalan, maqolalar, hisob-kitoblar) majmui bo’lib, u shunday tartibga solinganki, elektron hisoblash mashinalari yordamida ularni topish va ishlov berish mumkin. Bugungi kunda dasturiy ta’minot EHMning muhim tarkibiy qismi bo’lib, EHMni qo’llash sohasi, u yoki bu muayyan masalani hal qilish qobiliyatini belgilab beradi. Shunga muvofiq EHM va ma’lumotlar ba’zalari uchun dasturlar ishlab chiqarish katta intellektual sarf- xarajatlarni talab qiladi va katta tijorat qimmatiga ega. Lekin har qanday intellektual mulk ob’ekti kabi bu ob’ektlarning tijorat qimmati ham ularning huquqiy muhofazasiga bevosita bog’liqdir.
Bugungi kunda jahonning 30 dan ortiq mamlakatida EHM va ma’lumotlar bazalari dasturlari va algoritmlari huquqiy jihatdan himoyalangan.
Barcha dasturlar va ma’lumotlar bazasi dastlabki matn shaklida dasturlashtirishning biror-bir tilida yaratiladi.
Dasturlashning biror-bir tilida yaratilgan va biror-bir kompyutor bilan qayta ishlanmagan matn dastlabki matn hisoblanadi.
Lekin, EHM dastlabki matnni bevosita qabul qilmaydi, balki ob’ektga kodini

  • dastlabki matnni mashina kodiga aylantirish natijasida olingan dasturni qabul qiladi.

Birinchi marta 1972 yil Jenevada EHM dasturlarini huquqiy muhofazalash bo’yicha ekspertlar guruhining birinchi sessiyasida Parij va Bern konvenstiyalarining qoidalari EHM dasturlarini muhofazalashni kafolatlay olmasligi ta’kidlandi. EHM dasturlarining huquqiy muhofazasini ta’minlaydigan va mualliflik huquqlari to’g’risidagi qonunchilikka asoslanadigan hamda maxfiy ishlab chiqarishlar va noqonuniy raqobatning oldini olish to’g’risidagi
qonunchilikni hisobga oladigan maxsus qonuniy hujjatlarni joriy etish to’g’risida kelishib olindi.
Keyinchalik jahon amaliyotida EHM ob’ektlarini muhofazalash masalalarini hal qilishda ikki yo’nalish keng tarqaldi:

    • mualliflik huquqi to’g’risidagi mavjud qonunchilikka o’zgartirishlar kiritish;

    • EHM dasturlari uchun mualliflik huquqi to’g’risida maxsus qonun ishlab chiqish.

Bu yo’nalishlar O’zbekiston qonunchiligida o’z aksini topdi. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi va “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to’g’risida”gi qonuniga muvofiq EHM va ma’lumotlar bazalari uchun dasturlar mualliflik huquqi ob’ektlariga kiritilgan. Demak, tegishlicha EHM va ma’lumotlar bazasi uchun dasturlarga mualliflik huquqining barcha tamoyillari tarqaladi.
Shuni qayd etib o’tamizki, mualliflik huquqi ijodiy faoliyat natijasi bo’lgan va ob’ektiv shaklda taqdim etilgan EHM va ma’lumotlar bazalari uchun har qanday dasturlarga, ularning maqsadi va qimmatidan qat’iy nazar, tarqaladi. EHM yoki ma’lumotlar bazasi uchun dasturlarga mualliflik huquqi uning aksi isbotlanmaguncha tarqaladi.
EHM yoki ma’lumotlar bazalari uchun dasturlarni noqonuniy ko’chirib olish yoki tarqatish, shu jumladan o’zgalarning nomi bilan chiqarish mualliflik huquqining buzilishi hisoblanadi.
EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalarining nusxalariga qonuniy egalik qiluvchi shaxslarga huquq egasidan qo’shimcha ruxsatnoma olmasdan dasturning maqsadiga muvofiq ravishda ishlashini ta’minlash bilan bog’liq har qanday harakatlarni amalga oshirish, shu jumladan EHMga yozish va xotirasida saqlash, shuningdek uning ko’rinib turgan xatolarini tuzatish huquqi beriladi. Bunda agar huquq egasi bilan tuzilgan shartnomada boshqa holat ko’zda tutilmagan bo’lsa, qonun bilan faqat bitta EHM yoki tarmoqdagi bitta foydalanuvchining dasturlarni yozib olishi va xotirada saqlashiga yo’l qo’yiladi. O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish uchun bu ob’ektlarni huquqiy muhofazalashning muhimligi va o’ziga xosligini hisobga olgan holda “Elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalarini huquqiy muhofazalash to’g’risida”gi qonun bilan EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazasiga mualliflik huquqlari (mualliflik huquqining boshqa har qanday ob’ektlari kabi) ular yaratilgandan so’ng vujudga keladi va qandaydir ro’yxatga olish yoki boshqa rasmiyatchiliklarga rioya qilishni talab qilmaydi. Muallif o’z dasturini o’z istagiga ko’ra va faqat o’z mualliflik huquqining muhofaza darajasini oshirish maqsadida ro’yxatdan o’tkazishi mumkin. Masalan, dasturlarni davlat ro’yxatiga olish nizoli holatlarda, ishni sudda ko’rishda (asl variant (dastlabki matn)ni aniq belgilash zaruriyati tug’ilgan va hokazo) o’z mualliflik huquqi hajmlarini identifikastiyalashni osonlashtiradi.
EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalarini ro’yxatga olish uchun Davlat patent idorasida EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalarini huquqiy muhofazalash agentligi (bundan keyin-Agentlik) tashkil etilgan.
O’z dasturi yoki ma’lumotlar bazasini ro’yxatdan o’tkazish uchun muallif
(yoki boshqa huquq egasi) Agentlikka tegishli talabnoma berishi zarur.
Bunday talabnoma bitta EHM uchun dastur yoki ma’lumotlar bazalariga taalluqli bo’ladi va quyidagi hujjatlarni o’z ichiga oladi:

    • huquq egasi, muallifi, asar nomi va boshqa belgilangan ma’lumotlarni ko’rsatgan holda EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalarini rasmiy ro’yxatga olishga talabnoma;

    • dastur yoki ma’lumotlar bazalarini anglantiruvchi va dastur yoki ma’lumotlar bazasining maqsadi, qo’llanish sohasi va funkstional imkoniyatlari ko’rsatilgan referatni o’z ichiga olgan deponentlangan materiallar, shuningdek dastur yoki ma’lumotlar bazasining dastlabki matni listing (bosma nusxasi)ning dastlabki 25 va oxirgi 25 beti. Listingga dasturni identifikastiyalash uchun zarur boshqa materiallar, masalan displey ekranida olinadigan tasvirning qog’ozga bosib chiqarilgan nusxalari (standart videokassetalardagi yozuvlar yoki fotografiyalar berilishi mumkin) ilova qilinishi mumkin.

    • dasturlar yoki ma’lumotlar bazalarini ro’yxatga olish uchun tegishli ro’yxatga olish bojlari to’lanadi.

Agentlik ro’yxatga olish uchun buyurtma tushgandan so’ng rasmiy ekspertiza o’tkazadi (bunda zarur hujjatlarning mavjudligi hamda qoidalarda belgilangan talablarga muvofiqligi tekshiriladi) va tekshirish natijalari ijobiy bo’lsa, Agentlik EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalari EHM uchun dasturlar yoki ma’lumotlar bazalarini tegishlicha Dasturiy maxsulotlar davlat reestri yoki Ma’lumotlar bazalari davlat reestriga kiritadi, buyurtma beruvchiga dastur yoki ma’lumotlar bazalarining rasmiy ro’yxatga olinganligi to’g’risida guvohnoma beradi hamda Agentlikning rasmiy byulletenida ro’yxatga olingan EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalari to’g’risidagi ma’lumotlarni e’lon qiladi.
Agentlik shuningdek EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalariga mulkiy huquqlarni boshqa shaxslarga berish to’g’risidagi shartnomalarni ham ro’yxatga oladi. Bunda qonun bilan bunday shartnomalarni tomonlarning roziligi bilan ro’yxatga olish mumkinligi belgilab qo’yilgan, ro’yxatga olingan dasturlarga mulkiy huquqlarning to’laligicha boshqa shaxslarga berilishi to’g’risidagi shartnomalar belgilangan tartibda ro’yxatga olinishi shart.
Xulosada yana bir bor shuni ta’kidlab o’tamizki, hisoblash texnikasi ob’ektlarini (EHM uchun dasturlar va algoritmlar va ma’lumotlar bazalari) huquqiy muhofazalash fan-texnika taraqqiyoti rivojlanishi va demak, davlatimiz iqtisodiy farovonligi oshishiga ko’maklashuvchi omildir.
EHM sanoat asosida ishlab chiqarila boshlangan sanadan (1951 yil, Remington Rand Cor.) boshlab hisoblash texnikasi ob’ektlarini muhofazalash muammolarini hal qilishda ikki yo’nalish: patent va mualliflik huquqi keng tarqaldi. Bu EHMni muhofazalash ob’ektlarining dastlab ixtiro sifatida patent huquqi bilan himoyalanadigan apparat-texnika ob’ektlari hamda mualliflik huquqi bilan himoyalanadigan dasturiy ta’minot ob’ektlariga bo’linganligi bilan bog’liqdir. Keyinchalik bu ob’ektlarning har biri etarli darajada mustaqil toifalarga bo’linadigan bo’ldi. EHM apparat-texnik qismining rivojlanishida sifat jihatidan birmuncha yangi bosqichlar yoki boshqacha aytganda EHMning yangi avlodi
vujudga keldi. EHMning integral mikrosxemalarga o’tishi bilan apparat-texnika qismidan mustaqil ob’ekt - integral mikrochizmalar (IMS) topologiyasi ajralib chiqdi.
EHMning apparat-texnika qismini muhofazalash masalalari bilan shug’ullanadigan Patent huquqi instituti quyidagi sabablarga ko’ra IMS topologiyalarini huquqiy himoyalash masalalarini hal qila olmaydi:
IMS topologiyalarining muhofaza qilishga yaroqliligini baholash uchun ixtironing patentga layoqatliligi mezonlarini qo’llanish imkoniyati yo’k, chunki:
IMS topologiyasining IMS integrastiya darajasiga bog’lik bo’lgan (IMS ayrim elementlari topologiyasining ijro shakli va o’zaro joylashishi hamda ularning o’zaro aloqasini aks ettiruvchi) ko’plab belgilar shunchalik katta (yuz minglab atrofida) bo’lishi mumkinki, shu kabi cheklanmagan miqdordagi echimlarni qiyosiy tahlil qilish (buyurtmada ko’rsatilgan IMS topologiyasining “yangiligini” baholash) juda sermashaqqat va samarasiz ishdir;
Topologiyalarning standart (kutubxona) elementlar, avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari va ularni sintez qilishning boshqa ma’lum qoidalarini qo’llanib yaratilishi buyurtma berilgan topologiyaning “ixtiro darajasi” mezonlariga muvofiqligini baholashni muammoli masala qilib qo’yadi.
Texnikaning hozirgi davrdagi rivojlanish darajasida ixtiroga patent muhofazasi olish jarayoni davom etadigan muddat IMS topologiyalari ma’naviy jihatdan eskirib qoladigan o’rtacha muddatga tengdir.
Bundan tashqari, ixtiro – texnik echim bo’lib, uni ifodalash shakllari turlichaligi bilan ajralib turadi (bunda muhim belgilari majmui o’zgarishsiz qoladi), IMS topologiyasi esa faqat bitta ifoda shakliga (faqat shu IMSning o’zini) ega bo’lgan echimdir, ya’ni boshqa IMS har doim ham boshqa topologiyaga ega bo’ladi.
IMS topologiyasi ob’ekti shuningdek “sanoat namunasi” ob’ektiga ham to’g’ri kelmaydi, chunki uning tashqi ko’rinishi texnik estetika talablari bilan emas, balki IMSning faqat talab etiladigan texnik xususiyatlari va funkstional maqsadi bilan belgilanadi va ishlatish jarayonida uni ko’z bilan ko’rib bo’lmaydi.
IMS topologiyasini muhofazalash uchun mualliflik huquqi me’yorlarini qo’llanish ham ancha qiyin, chunki Bern konvenstiyasining 2(1)-moddasida keltirilgan mualliflik huquqi bilan muhofazalanadigan ob’ektlar ro’yxatiga muvofiq IMS topologiyasini mualliflik huquqining hech bir ob’ekti bilan identifikastiyalash mumkin emas.
Ushbu vaziyatlar munosabati bilan integral mikrosxemalar topologiyasini muhofazalash bo’yicha maxsus qonun qabul qilish zarurligi ayon bo’lib qoldi.
Birinchi marta 1986 yilning dekabrida Yevropa iqtisodiy hamjamiyati (EIH)ga a’zo mamlakatlar Yarimo’tkazgichli buyumlar topologiyasini huquqiy muhofazalash to’g’risidagi bitimni qabul qildilar.
Ushbu Bitim yarimo’tkazgich buyum, yarimo’tkazgich buyum topologisi, tijorat maqsadlarida foydalanish kabi tushunchalarni belgilab beradi va har bir ishtirokchi mamlakat ushbu Bitim qoidalariga muvofiq ravishda topologiyalarga mutloq huquqlarni belgilovchi huquqiy me’yorlarni qabul qilish yo’li bilan IMS topologiyasining huquqiy muhofaza qilishini ta’minlashi zarurligini ko’zda tutadi.
1989 yilning may oyida Vashingtonda mikrosxemalarga nisbatan intellektual mulk to’g’risida shartnoma tuzildi.
IMS topologiyasini huquqiy muhofazalashning asosiy o’ziga xos hususiyatlari quyidagilardan iborat:
Muhofaza hujjati egasi sanoat mulki ob’ektiga mutloq huquqlar kabi IMS topologiyasiga ham mutloq huquqlarga ega bo’ladi. Bunda faqat topologik sxemaning o’zi muhofaza ob’ekti hisoblanadi. Beriladigan muhofaza topologiyada mujassamlashgan g’oya, usul, tizim, texnologiya yoki kodlangan axborotga tarqalmaydi.

    • IMS topologiyasini huquqiy muhofazalash mezoni uning o’ziga xosligi, ya’ni originalligi hisoblanadi. Bunda muallifning ijodiy faoliyati natijasida yaratilgan topologiya original hisoblanadi.

    • IMS topologiyalari Patent idoralari tomonidan rasmiy ekspertiza o’tkazilgandan so’ng ro’yxatga olinadi va muhofaza hujjati beriladi, IMS topologiyasining o’ziga xosligi (originalligi) uning aksi isbot etilmaguncha tan olinadi;

    • Huquq muhofazalashning o’rtacha muddati turli mamlakatlarda o’n yilga teng bo’lib, bu sanoat namunasi ob’ektini muhofazalash muddatiga yaqin;

    • Ko’p qonunlarda “huquqlarning tugashi” tamoyili mavjud bo’lib, unga muvofiq integral mikrosxema yoki undan foydalanib tayyorlangan buyumning qonuniy egasi bo’lgan har qanday shaxs undan erkin foydalanishi, shuningdek huquq egasining hech qanday maxsus ruxsatnomasini olmasdan uni uchinchi shaxslarga berishi mumkin.

    • qonuniy yo’l bilan sotib olingan integral mikrosxemalar yoki tarkibida shunday mikrosxemalar bo’lgan buyumlardan foydalanish, agar foydalanayotgan shaxs bu integral mikrosxemalar va buyumlar topologiyalardan fodalanish bo’yicha mutloq huquqlar buzilgan holda tayorlanganligi va tarqatilganligi haqida bilmasa (yoki ogohlantirilmagan bo’lsa), mutloq xuquqlarning buzilishi deb tan olinmaydi (atayin buzmaslik tamoyili);

    • Boshqa muallif tomonidan mustaqil ravishda yaratilgan xuddi shunga o’xshash o’ziga xos topologiyadan foydalanish bo’yicha harakatlar ham topologiyadan topologiyadan foydalanishga mutlaq huquqlarning buzilishi deb tan olinmaydi.

O’zbekistonda 2001 yilning may oyida “Integral mikrochizmalar topologiyasini huquqiy muhofazalash to’g’risida”gi qonun qabul qilindi, unda topologiyalarni muhofazalashning yuqorida ko’rsatilgan o’ziga xos xususiyatlari o’z aksini topdi.
Bunda topologiyadan foydalanishga mutlaq huquqlar quyidagi sanalarning eng birinchisidan boshlab 10 yil mobaynida amal qiladi:

    • topologiya xo’jalik oborotiga kiritilganligi hujjatlar bilan qayd љilingan eng oldingi sana bo’yicha belgilanadigan topologiyadan birinchi marta foydalanish sanasi;

    • topologiya ro’yxatga olinganligi to’g’risidagi ma’lumot rasman e’lon qilingan sana.

Qayd qilamizki, topologiyani ro’yxatga olish (ro’yxatga olinganligi
to’g’risidagi guvohnoma berish) uchun talabnoma Davlat patent idorasiga topologiyadan birinchi marta foydalanish sanasidan boshlab ikki yil mobaynida muallif, ish beruvchi yoki ularning vorislari tomonidan berilishi mumkin. Hozirgi vaqtda (2001 yil 1 may) topologiyalarni ro’yxatga olish uchun talabnomalarni rasmiylashtirish uchun zarur hujjatlarga qo’yiladigan talablar ishlab chiqilmoqda.
Xulosada shuni ta’kidlab o’tamizki, integral mikrosxemalar topologiyasini huquqiy muhofazalash to’g’risidagi qonunning qabul qilinishi O’zbekistonda intellektual mulk ob’ektlarini muhofazalash tizimini rivojlantirish yo’lidagi yana bir muhim qadam bo’ldi.



Download 400,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish