Toshkent davlat pedagogika universiteti fizika-astranomiya fakulteti 101-guruh talabasi Xadichabonu To’g’onboyevaning Kimyo fanidan yozgan inshosi



Download 17,41 Kb.
Sana30.12.2021
Hajmi17,41 Kb.
#198022
Bog'liq
kimyo


Toshkent davlat pedagogika universiteti

fizika-astranomiya fakulteti 101-guruh talabasi

Xadichabonu To’g’onboyevaning

Kimyo fanidan yozgan inshosi

INSHO.

Mavzu:Kimyo fani predmeti va asosiy vazifalari.Kimyoviy reaksiyalarning asosiy turlari va anorganik moddalarning sinflari.



REJA:

1.Kimyo faniga kirish (predmeti va vazifalari).

2.Kimyoviy reaksiya turlari.

3.Anorganik moddalarning sinflari haqida.



1.Kimyo - tabiat fani hisoblanadi.U borliqda mavjud bo’lgan barcha tirik jonlarning turli xil ko’rinishdagi kimyoviy moddalardan tarkib topganligiga asoslangan holda ularni bir turdan boshqa turga o’zgarish qonuniyatlarini va hossalarini o’rganuvchi aniq fandir.Kimyo fanining predmeti barcha tabiiy va sintetik moddalardir.Bu kabi moddalardan kimyoviy usullar yordamida insoniyat uchun kerak bo’lgan ko’plab narsalar olinadi.Masalan,oziq-ovqat mahsulotlari,kiyim-kechaklar,uy-ro’zg’or buyumlari,turli xil dorilar va shu kabilar.Bularning hammasi ishlatilmoqchi bo’lgan har qanday moddalarning kimyoviy va fizikaviy xossalarini o’rganish orqali amalga oshiriladi.Shu sababli, moddalarning kimyoviy va fizikaviy xossalarini o’rganish kimyo fanining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Bizning kundalik hayotimizda ishlatadigan har bir narsamizni kimyoga bog’lasak bo’ladi.Chunki har tongda birinchi bo’lib ishlatadigan suvimiz, kiyadigan kiyimimiz, taomlanadigan mahsulotlarimiz, olayotgan nafasimiz ham- kimyo.Agar biz aynan kimyo emas boshqa soha vakili bo’lsak ham bu fanni chuqur o’rganib olishimiz kerak sababi, hayotimizda kerakli bo’lgan barcha narsalarda bu fanning ahamiyati asosiy va katta.

2.Kimyoviy reaksiyalar –bir turdagi kimyoviy moddalarning tarkibi va xossalari jihatidan farq qiladigan ikkinchi turdagi moddalarga aylanish jarayoni.Kimyoviy reaksiyalar ko’rinishini kimyoviy tenglamalar orqali ifodalash mumkin.Kimyoviy reaksiyalarda atomlar o’zgarmaydi,bir birikmadan ikkinchisiga o’tadi,xolos.

Kimyoviy reaksiya turlari:

1.Birikish reaksiyalari

2.Parchalanish reaksiyalari

3.O’rin olish reaksiyalari

4. Almashinish reaksiyalari

1. Birikish reaksiyalarida ikki yoki undan ortiq moddadan bitta yangi modda olinadi: A+B+…=C;

2Cu + O2=2CuO; CaO + CO2=CaCO3; 2H2 +O2=2H2O;

2.Parchalanish reaksiyalarida bitta moddadan bir necha yangi moddalar hosil qilinadi:C=A+B+…;

2CuO=2Cu+O2; CaCO3=CaO+CO2;

3.O’rin olish reaksiyalarida oddiy modda murakkab moddaning tarkibiy qismi o’rnini oladi,natijada yangi oddiy va murakkab moddalar hosil bo’ladi.C+AB=CB+A;

Fe+CuSO4=FeSO4+Cu; Zn+2HCl=ZnCl2+H2;

4.Almashinish reaksiyalarida murakkab moddalarning tarkibiy qismlari o’zaro o’rin almashadi:AB+CD=AD+CB;

BaCl2+Na2SO4=BaSO4+2NaCl; NaOH+HCl=NaCl+H2O;

Kimyoviy reaksiyalarda ajralib chiqadigan energiyaga kimyoviy energiya deyiladi.Reaksiyalar sodir bo’lishini osonlashtirish uchun moddalarning bir-biriga tegib turadigan yuza sathi kata bo’lishi,qattiq moddalar maydalanishi yoki zarurat bo’lganda kukun holiga keltirilishi kerak.

3.Kimyoviy elementlar 200 mingdan ortiq anorganik birikma hosil qiladi.Anorganik moddalarga ,xususan og’ir metallar –oltin ,kumush,temir,mis,simob,qalay,qo’rg’oshin,metallmaslardan uglerod va oltingugurtlar misol bo’la oladi. Anorganik moddalar ikkiga bo’linadi:oddiy moddalar va murakkab moddalar.Tarkibi faqat bir xil element atomidan tashkil topgan moddalar oddiy moddalar deyiladi.Bularga misol qilib davriy sistemadagi barcha elementlarni aytishimiz mumkun.Masalan,K,Na,Al,H2,O2.Oddiy moddalar tarkibiga ko’ra bir atomli(He,Ne,Ar) ,ko’p atomli(H2,O2,O3,P4).Oddiy moddalar 2ta guruhga bo’linadi:metallar va metallmaslar.

Murakkab moddalar molekulasining tarkibi har xil element atomlaridan tuzilgan.Masalan, KOH,H2SO4,H2O,HCl,Al2O3 kabilar.Barcha murakkab moddalar asosan 4 sinfga bo’linadi:oksidlar,kislotalar,asoslar va tuzlar.

1.Oksidlar –biri kislorod bo’lgan ikki element atomlaridan tashkil topgan murakkab moddalar.Oksidlarni nomlashda kimyoviy element nomi,kichik qavs ichidan valentligi va oksidi deb nomlanadi.CuO2- mis(1)oksidi,CuO- mis(2) oksidi.Oksidlar 4 turga bo’linadi:asosli,kislotali,amfoter va betaraf yoki tuz hosil qilmaydighan oksidlar.

2.Kislotalar.Tarkibida vodorod atomi va kislota qoldig’I tutgan murakkab moddalar kislotalar deyiladi.Kislotalarning umumiy formulasi HnR.R- kislota qoldig’I,n-kislota qoldig’i valentligi yoki kislotalarning asosliligi.Kislotalar eritmada dissotsialanib vodorod kationlarini va kislota qoldig’ini hosil qiladi.

3.Asoslar metallar va gidroksil guruhidan tashkil topgan muirakkab moddalardir.Ularning umumiy formulaSI Me(OH)n. Me metal atomi, n- metallning valentligi.Elektrolit sifatida asoslarning dissossiyalanishida metall kationi va gidroksikl anioni hosil qiladi.



4.Tuzlar quyidagi turlarga bo’linadi:o’rta tuzlar,nordon tuzlar,asosli tuzlar,qo’sh va kompleks tuzlar.O’rta tuzlar tarkibiga ko’ra faqat metall atomi va kislota qoldig’idan tuzilgan.Ular to’la dissotsiyalanadi.Nordon tuzlar tarkibida metal atomi,vodorod atomi,kislota qoldig’I bo’ladi.Bunday tuzlar ko’p asosli kislotalardsan hosil qilinadi.Asosli tuzlart tarkibida metal atomi ,gidroksil guruhi va kislota qoldig’i bo’ladi. Asosli ytuzlar bir kislotali asoslardan hosil bo’lmaydi. Qo’sh tuzlar o’z tarkibida bir paytnin o’zida ikkita har xil metal kationi ushlab turadi.Qo’shaloq tuzlar ko’p asosli kislotalardagi vododrod atomlarini har xuil metallarga almashinishi tufayli hosil bo’ladi.

Kompleks birikmalar tarkibida kompleks hosil qiluvchi va ligandlar tutgan moddalar.Eritmada eriganda kompleks kation ,anion yoki neytral zarrachalar nhosil qiladigan murakkab moddalar kompleks birikmalarga kliradi.
Download 17,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish