Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/269
Sana14.07.2022
Hajmi3,45 Mb.
#793604
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   269
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
 
Ma’lumki, mamlakatlarda matematik va tabiiy-ilmiy ta’limning rejalashtirilgan maqsadlari va 
mazmuni o‘quv rejalari, dasturlari va boshqa rasmiy hujjatlarda o‘z aksini topgan. Ular, shuningdek, 
darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarida, imtihonlar va o‘qituvchilar malakasini oshirish kurslarida amalga 
oshiriladi. 
TIMSS tadqiqotida ta’limni rejalashtirish darajasi o‘qitish mazmuni, faoliyati va o‘quvchilar 
o‘rtasidagi munosabatlar nuqtayi nazaridan tavsiflangan. Xuddi shu yondashuv matematik va fan 
ta’limi maqsadlari va mazmunini aniqlashda TIMSSda ishtirok etgan ko‘plab mamlakatlarda 
qo‘llanilgan. Bu – mamlakatlarni taqqoslashda ishonchli natijalarga erishish uchun yaxshi asos edi. 
TIMSS tadqiqotida qo‘llaniladigan yondashuvning tavsifi har bir o‘quv sikli uchun ishlab 
chiqilgan bir qator hujjatlarda keltirilgan “Curriculum Frameworks for Mathematics and Science” 
(Robitaille et al., 1993 − Matematika va fan uchun o‘quv dasturlari) (Robitaille va boshqalar, 1993) 
ushbu seriyadagi birinchi hujjat edi. 
Ta’lim amalga oshirish darajasi bilan bog‘liq ikkinchi guruh masalalariga quyidagi jihatlar 
kiritilgan: 
- O‘quvchilar matematika va tabiiy fanlarni o‘qitishda qanday imkoniyatlarga ega bo‘ladi? 
- Dunyoning turli mamlakatlarida matematika va tabiiy fanlarni o‘qitish amaliyotida qanday 
asosiy farqlar mavjud? 
- Ushbu farqlarni qanday omillar aniqlaydi? 
Ta’limni amalga oshirish darajasi bevosita o‘qituvchi tomonidan sinfda olib boriladigan o‘quv 
jarayonida rasmiy yo‘naltirilgan hujjatlar: dastur va darsliklar bilan tavsiflanadi, ya’ni ta’limning 
rejalashtirilgan darajasi belgilanadi. Biroq bu hatto markazlashtirilgan ta’limni boshqarish sharoitida 
ham mos kelmaydi. Buning sababi, ta’lim mazmuni o‘quvchi oldida jamiyat va ta’lim tizimi 
tomonidan belgilanadigan shaklda emas, balki o‘qituvchi talqinida paydo bo‘ladi, bu yerda uning 
bilimlari, tajribasi, qiziqishlari va boshqalar katta rol o‘ynaydi. 
Ta’limni amalga oshirish darajasini o‘rganish quyidagi savollar doirasiga qaratilgan: “O‘qitishni 
kim amalga oshiradi?” va “O‘quv jarayoni qanday tashkil etilgan?”. Ta’kidlash joizki, lokal darajada 
o‘qitishning tashkiliy tizimiga ko‘plab omillar: maktab va uning atrofi, o‘quvchilar oilasi va boshqalar 
katta ta’sir ko‘rsatadi. TIMSS tadqiqotidagi ushbu ta’sir o‘quvchilar, o‘qituvchilar va maktab 
ma’muriyati uchun maxsus ishlab chiqilgan anketalar yordamida aniqlandi. 
Ta’limni rejalashtirish va amalga oshirish darajasini taqqoslash yakunida, shuningdek, ta’lim 
mazmuni, o‘quvchilar faoliyati va ularning o‘zaro munosabatlari atamalarida tavsiflangan. 
Ta’limning erishilgan darajasini aks ettiruvchi uchinchi guruh savollar quyidagi ko‘rinishda 
taqdim etiladi: 
- matematika va tabiiy fanlarni o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda qanday bilim, ko‘nikma va 
munosabatlar shakllantiriladi? 
- o‘quvchilarning o‘quv muvaffaqiyatlari bilan o‘quv jarayonida bilimlarni egallash 
imkoniyatlari o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor? 
Ta’limning erishilgan darajasi (o‘quvchilar nimalarni bilib oldilar?) o‘quvchilarning shaxsiy 
yutuqlari kontekstida: ularning bilimlari, egallash uchun bo‘lgan harakatlari, darsda va uyda o‘z 
o‘quv faoliyatini tashkil etish nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqilgan. Erishilgan bilim darajasining asosiy 
xususiyatlari nafaqat olingan bilimlarning hajmi, balki o‘quvchilarning ushbu o‘quv faniga bo‘lgan 
munosabati, ushbu fan bilan shug‘ullanish istagi, ushbu fan bo‘yicha taraqqiyotni baholash, 
kutilganlik darajasi (ushbu o‘quv fanini o‘rganish bilan bog‘liq istiqbollar) bilan belgilanadi. Ta’limni 
rejalashtirish va amalga oshirish darajalari singari, erishilgan darajasi o‘quvchilar tomonidan qabul 
qilingan o‘quv mazmuni, faoliyati va munosabatlari bo‘yicha belgilandi. 
To‘rtinchi guruhga ta’limning rejalashtirish, amalga oshirish va erishish darajalari o‘rtasidagi 
munosabatlarni o‘rnatishga qaratilgan savollar kiritilgan: 


19 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish