Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti Pedagogika va psixalogiya yo’nalishi Boshqaruv va Marketing psixologiyasi fanidan tayyorlagan refarati Mavzu



Download 48,59 Kb.
bet1/7
Sana16.03.2022
Hajmi48,59 Kb.
#497177
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MAKTABGACHA TARBIYA YOSHI DAVRIDA 11


Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti Pedagogika va psixalogiya yo’nalishi


Boshqaruv va Marketing psixologiyasi fanidan
tayyorlagan refarati


Mavzu:Maktabgacha tarbiya yoshida bilish jarayonlarini rivojlanishi
2-kurs sirtqi ta’lim 207-guruh talabasi Madinabonu Murodbekova



Mavzu:Maktabgacha tarbiya yoshida bilish jarayonlarini rivojlanishi


KIRISh
1.Maktabgacha tarbiya yoshi davri psixologiyasi
2.Maktabgacha yoshdagi bolalar bilish jarayonlarining rivojlanishi
3.Maktabgacha tarbiya yoshida rivojlantiruvchi va psixokorreksion
ishlarni tashkil etish
4. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni maktabga tayyorlash muammolari, psixologik korreksiyasi
Xulosalar
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

KIRISH

Psixologiya fanining tobora ijtimoiy hayotda barkaror, ustuvor ahamiyat kasb etishi munosabati bilan korreksion psixologiyaning roli ortib bormoqda, natijada nazariyot bilan amaliyot o’rtasidagi jips aloqa uyg’unlikka ega bo’lmoqda. Psixologik xizmat ikki muxim


funksiya bajarish bilan boshqa psixologiya soxalaridan farqlanib turadi, shuningdek, u tarmoqlarning sintezi sifatida gavdalanadi. Uning asosiy funksiyasidan biri – ijtimoiy hayotning turli jabxalarida (ta’lim tizimi, tibbiyot muassasalari, sanoat, kishlok xujaligi, sport, transport va
xokazo) psixologik amaliy xizmatni tashkil qilishdir. Psixologik xizmatning ikkinchi funksiyasi u yoki bu muassasa xususiyatidan kelib chiqib ilmiy-tadqiqot ishlarini o’tkazish, natijalarni taxlil
qilish, psixologiya fanini yangi ma’lumotlar, qonuniyatlar bilan boyitishdir. Psixologik xizmatning tatbiqiy jixatlari halq ta’limi tizimi, ishlab chiqarish korxonalari, tibbiyot muassasalari, transport (xavo yullari, avtomobil, temir yul va suv transporti va boshqalar), oila,
sport qo’mitasi singari tashkilotlarda o’z ifodasini topmoqda. Xuddi shu maqsad moxiyatiga ko’ra, psixologiya bo’yicha bakalavrlar, magistrlar tayyorlash uchun tashkiliy psixologiyadan saboq berish, amaliy ko’nikmalar shakllantirish davr talabiga aylanib qolmoqda. O’zbekiston Respublikasining universitetlarida psixolog mutaxassislar tayyorlashda ilg’or jaxon amaliyotidan foydalanish, etnopsixologik, xududiy xususiyatlarni hisobga olgan holda muayyan ilmiy
nazariyalar ishlab chiqish, insonlarga ta’sir o’tkazishning yangi texnologiyasini yaratish maqsadga muvofiq.
Inson psixologiyasini tushunish, tahlil qilish va rivojlantirishga jiddiy e’tibor berish masalasi hamma zamonlarda va hamma davlatlarda ham ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning yetakchi vazifalaridan biri bo‘lib kelgan.
XX asr bo‘sag‘asida psixologiya fani va uning ilg‘or vakillari o‘zlarining navbatdagi jahonshumul ilmiy maqsadlari - insonga, ayni paytda, jamiyatga psixologik xizmat ko‘rsatish
tizimining muqarrarligini nazariy-ilmiy jihatdan asoslab berishga muvaffaq bo‘ldilar. Umuman, psixologik xizmat ko‘rsatish muammosi ma’lum ma’noda, ilmiy psixologiyaning yetakchi yo‘nalishlaridan biri sifatida ko‘p bor munozaralar manbai bo‘lgan. Ayniqsa, I.V.Dubrovina (Moskva) va X.Y.Leymets, Yu.L.Sierd (Tallin) larning ko‘p
yillik tadqiqotlari natijasi o‘laroq, umumta’lim maktablarida psixologik xizmatning joriy etilishi bu boradagi MDX mamlakatlarida qo‘yilgan ilk qadam ekanligini alohida qayd etish mumkin. Qolaversa, o‘zbek olimlaridan E.G‘oziev, M.G.Davletshin, G‘.B.Shoumarov,
B.R.Qodirov, R.Gaynutdinov, V.M.Karimova, N.A.Sog‘inovlarning ham O‘zbekiston o‘rta
umumta’lim maktablari va oila tizimlarida psixologik xizmatni joriy etish borasida olib borayotgan qator nazariy-ilmiy va amaliy-uslubiy ishlari Respublikamizda psixologik xizmatni joriy etish va rivojlantirish uchun ma’lum darajada asos bo‘lmoqda. Shunday bo‘lsada, 4 shuni alohida kayd etish kerakki, hanuzgacha O‘zbekistonda mukammal dasturga va amaliy tajribalar yakuniga asoslangan yagona psixologik xizmat tizimini boshqaruvchi rasmiy maqomga ega bo‘lgan Markazning mavjud emasligi va ayni paytda, psixologik xizmat tizimining bugungi holati va uning amaliy faoliyat yo‘nalishlarini har tomonlama, chuqur tahlil
qiluvchi va shu tahlillar asosida psixologik xizmatning istiqbollarini ochib beruvchi maxsus tadqiqotlarning taqchilligi nihoyatda dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Demak, tabiiyki, mazkur
muammoni bartaraf etish uchun, O‘zbekistonda psixologik xizmatning joriy etilishi, bugungi holati va istiqbollarini o‘rganishga, tahlil qilishga va izohlashga bag‘ishlangan psixologik va sotsial-psixologik tadqiqotlarning olib borilishi kelajagi buyuk bo‘lgan O‘zbekistonimiz ravnaqi uchun kechiktirib bo‘lmas davr va davlat taqozosidir.


Download 48,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish