Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti sharq filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI



Download 43,23 Kb.
bet2/12
Sana10.02.2022
Hajmi43,23 Kb.
#441200
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
@@@Risboyeva Zilola XX asrning ikkinchi yarmida Afg\'oniston

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI ............................................38

KIRISH
O’rganilayotgan mavzuning dolzarbligi. Afg’oniston Markaziy Osiyo va O’rta Sharqda joylashgan muhim strategik va geosiyosiy mavqega ega mamlakatdir. Uning tarixiga nazar tashlar ekanmiz, har bir davrda turli qarama-qarshiliklar, harbiy va siyosiy mojarolar nuqtasi bo’lib kelganligining, turli bosqinchilar bu mamlakatni va uning jafokash xalqini o’z mustamlakasiga aylantirishga uringanligining guvohi bo’lamiz. Prezidentimiz Islom Karimov o’zlarining har bir asarlarida va ma’ruzalarida janubiy qo’shnimiz bo’lgan Afg’onistonda 30 yildan beri davom etib kelayotgan inqirozga alohida to’xtalib o’tadilar. Mintaqaviy mojarolarga alohida urg’u bergan birinchi prezidentimiz ta’kidlaganlaridek “Afg’onistondagi urush mamlakatning shundoq ham rivojlanmagan iqtisodiyotini boshdan-oyoq vayron qildi. Bu urush hozirgi vaqtda Markaziy Osiyo davlatlariga “iliq dengizlar”dagi portlarga chiqish va shu yo’l bilan jahon xo’jalik aloqalari tizimiga qo’shilish imkonini beradigan yangi transport kommunikatsiyalarini ochish yo’lida asosiy g’ov bo’lmoqda.”1
Zamonaviy Afg’oniston hududi o’z davrining yirik saltanatlari bo’lmish – Ahamoniylar davlati, Makedoniyalik Aleksandr davlati, Kushonlar imperiyasi, Eron sosoniylari, islom dini kirib kelgach esa bir qator musulmon davlatlari tarkibiga kiritilganligi tarixdan ma’lum. XV asrda temuriylar saltanati tarkibida bo’lgan Afg’oniston madaniy-ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy jihatdan o’zining eng gullagan davrlaridan birini yashagan desak mubolag’a bo’lmaydi. Hirot temuriylar saltanatining ikkinchi yirik madaniy markazi bo’lgan. Keyinchalik Hindistonda o’z davlatini tashkil etgan Zahiriddin Muhammad Bobur ham dastlab Kobuldan turib o’z rejalarini amalga oshirgan. Shu davrdan to mustaqil Afg’oniston davlati tashkil topgunga qadar bu mamlakat goh Eron Safaviylari goh Hindiston Boburiylari hukmronligi ostida bo’lib kelgan. XVIII asr birinchi yarmida Afg’onistonda mustamlakachilarga qarshi xalq ozodlik harakatlari kuchayib bordi.
Bu milliy davlatchilikka qo’yilgan dastlabki qadamlar edi. 1747-yilda Eron hukmdori Nodir-shoh vafotidan keyin, pushtunlarning abdali qabilasi yetakchisi Ahmad-shoh Durroniy mustaqil Afg’oniston davlatiga asos soldi. Shu davrdan boshlab bu mamlakat xalqi o’z taqdirini o’zi belgilash imkoniyatiga ega bo’ldi.
XIX asrdan boshlangan Angliyaning Afg’onistondagi mustamlakachilik siyosati, ingliz-afg’on urushlari, XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Afg’onistondagi ingliz-rus raqobati bu mamlakatning erkin taraqqiy etishiga yetarlicha to’siq bo’lib keldi. Faqatgina amir Abdurahmon-xon davridan (1880-1901) Afg’oniston nisbatan mustaqil tashqi siyosat olib bordi, yangi hududlar egallandi, Abdurahmon-xon ingliz-rus raqobatidan ustalik bilan foydalandi. Shuni qayd etish lozimki, Abdurahmon-xon davrida Afg’onistonda parlament va konstitutsiya ishlab chiqishga ilk harakatlar bo’lgan. Omonulla-xon, Nodir-shoh va Zohir-shoh hukmronliklari davrida afg’on jamiyatini zamonaviylashtirish borasidagi islohotlar qaysidir ma’noda o’z natijasini bergan bo’lsada, afg’on jamiyati, ayniqsa Omonulla-xonning radikal islohotlariga hali tayyor emasdi. Shu sababli ham diniy ruhoniylar yordamiga suyangan Bachai Sakao hokimiyatni o’z qo’liga oldi. Afg’onistonda Omonulla-xon, Nodir-shoh va uning o’g’li Zohir-shoh davri monarxik davr deb e’tirof etiladi. Omonulla-xon davrida boshlangan islohotlar, keyinchalik Zohir-shohning liberal va demokratik islohotlarida ham o’z ifodasini topdi. Ko’pgina G’arb tadqiqotchilarining fikricha aynan XX asrning ikkinchi yarmidan oldingi davrida Afg’oniston o’zining eng osuda davrini boshdan kechirgan.
XX asr Afg’onistonning ichki va tashqi siyosati tarixining o’rganilishi bu davrning Afg’onistonning eng yangi tarixida muhim ahamiyat kasb etishi va Afg’onistonda monarxiya tugatilgandan keyingi jarayonlarga bevosita ta’siri nuqtai nazaridan dolzarbdir.

Download 43,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish