Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


 Узбекистан  Республикасининг  Фукаролик  хукуки  (Н-к;исм)  (мазкур  боб  муаллифи



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet215/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

Узбекистан  Республикасининг  Фукаролик  хукуки  (Н-к;исм)  (мазкур  боб  муаллифи

-   Б.Ибратов).  -Т.:Адолат 1999.-335  б.

2  Окю лов  О.  Интеллектуал  мулк  хукукий  макомининг  назарий  ва  ам алий 

муаммолари.-  Т.:ТДЮИ.2004.-277  б.

www.ziyouz.com kutubxonasi




Pudratchi  bilan  tuzilgan  shartnoma  tadqiqot  olib  borish,  nam unalar 

ishlab  chiqish  va  tayyorlashning  butun  jarayonini  ham,  ularning  ayrim  

bosqichlarini  (elementlarini)  ham   qam rab  olishi  mumkin.

Mazkur  shartnom ada  bir  vaqtning  o'zida  bir-biridan  farq  qiluvchi, 

lekin  m uayyan  um um iylikka  ega  bo'lgan  bir  necha  faoliyat  turi  va  u  

asosida  amalga  oshirilishi  kerak  bo'lgan  ishlar  ko'rsatib  o'tilgan.  Y a’ni:

-  ilmiy-tekshirish  ishlari;

-  tajriba-konstrutorlik  ishlari;

-  texnologiya  ishlari.

Fuqarolik  qonunchiligida  faoliyat  m azkur  turlarining  tushunchasi 

berilmagan.  Biroq,  ilmiy-tekshirish,  tajriba-konstruktorlik,  texnologiya, 

ilmiy-tadiqoqot  faoliyatiga  quyidagicha  ta ’rif  berish  mumkin:

ilmiy  (ilmiy-tadqiqot)  faoliyat  -   yangi  bilimlar  yaratishga  va  ularni 

tatbiq  etishga  yo'naltirilgan  faoliyat  bo'lib,  ular  jumlasiga:

-  fundam ental  ilmiy  tadqiqotlar  -   inson,  jam iyat  va  atrof  tabiiy 

m uhitning  tuzilishi,  am al  qilish  va  rivojlanishining  asosiy  qonuniyatlari 

to'g'risidagi  yangi  bilim larni  yaratishga  qaratilgan  eksperim ental  va 

nazariy  faoliyat;

-  amaliy  ilmiy  tadqiqotlar  —  amaliy  maqsadlarga  erishish  va  aniq 

amaliy  vazifalar  yechimini  topish  bo'yicha  eng  maqbul,  yangi  bilimlarni 

qo'llashga  qaratilgan  faoliyat.

Ilmiy-texnikaviy  faoliyat  -   texnologik,  injenerlik,  iqtisodiy,  ijtimoiy, 

insonparvarlik  va  boshqa  muammolarning  yechimini  topish,  fan,  texnika 

va ishlab chiqarishni yagona tizim sifatida amal qilishini ta ’minlash bo'yicha 

yangi  bilimlarni  yaratish  va  qo'llashga  qaratilgan  faoliyat.

ITTKTP shartnomasi o'zning huquqiy tabiatiga ko'ra, ikki tomonlama, 

konsensual  va  haq  baravariga  tuziladigan  shartnom a  hisoblanadi.

ITTKTP  shartnomasini  tartibga  solishda  intellektual  mulk  huquqi 

qoidalari  qo'llaniladi.  Zero,  m azkur  shartnom a  asosida  pudratchi  amalga 

oshirayotgan  ishlar  ilmiy-ijodiy  faoliyat  hisoblanadi,  yaratilgan  natijalar 

esa aksiriyat hollarda intellektual mulk obyektlari jumlasiga kiradi. FKning 

702 -m o d d asig a  m u v o fiq ,  ilm iy -te k s h iris h   ish la ri  yoxud  t a jr ib a -  

konstruktorlik va texnologiya ishlari shartnomalari asosidagi m unosabatlar 

FK   bilan  b ir  q a to rd a ,  ilm iy -te k sh irish ,  ta jrib a -k o n s tru k to rlik   va 

texnologiya  ishlari  shartnom alari  to'g'risidagi  qonun  hujjatlari  bilan  ham  

tartibga  solinadi.

U shbu  sh a rtn o m a d a   p u d ratc h i  sifatida  odatda  ilm iy-tekshirish 

institutlari,  universitet  va  institutlar,  tajriba-konstruktorlik,  ixtirochilik 

byurolari,  ilmiy  xodim lar,  m u ayy an   bilim  va  m alakaga  ega  bo'lgan

www.ziyouz.com kutubxonasi




fuqarolar ishtirok etishlari mumkin. Hozirgi kunda mamlakatimizda ilmiy- 

tadqiqot  ishlari  asosan  O'zbekiston  Respublikasi  Fanlar  A kadem iyasi 

qoshidagi  ilm iy-tekshirish  institutlari  tomonidan  amalga  oshirilmoqda. 

Shu  bilan  birga  Fanlar  akademiyasi,  uning  tasarrufidagi  tashkilotlar  va 

m uassasalar  amaldagi  qonunchilik  asosida  aksiyadorlik  jam iyatlari  va 

boshqa xo'jalik jam iyatlari va shirkatlam ing  muassislari bo'lish  huquqiga 

egadirlar  (O'zbekiston  respublikasi  Fanlar  Akademiyasi  Ustavining  66- 

bandi).


Qonun  hujjatlarida  mazkur  shartnom a  subyektlari  doirasi  bevosita 

cheklanmagan.  Biroq,  m uayyan  turd ag i  ilm iy-tekshirish  ishlarini  olib 

borish uchun tegishli litsenziyaga ega bo'lish talab etiladi. Masalan,  «Amalga 

oshirilishi  uch u n   litsenziyalar  ta la b   qilinadigan  faoliyat  tu rla rin in g  

ro'yxati»ga muvofiq, ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bilan muomalada 

bo'linadigan  sohalardagi  ilmiy-tadqiqot  va  tajriba-konstruktorlik  ishlari, 

ionlashtiruvchi  nurlanish  m anbalarini  loyihalashtirish,  barpo  etish  va 

u larga  xizm at  k o 'rsa tish ,  u lar  u c h u n   texnologik  asb o b -u sk u n a la r, 

radiatsiyadan himoyalanish vositalarini yasash va tayyorlash uchun tegishli 

litsenziyaga  ega  bo'lish  talab  etiladi.

Shu bilan birga b a ’zi holatlarda amalga oshirilishi ko'zda tutilayotgan 

ilmiy-tekshirish ishlari uchun tegishli litsenziyaga ega bo'lishi yoki vakolatli 

davlat  organlarining  topshirig'i  asosida  am alga  oshirilishi  ko'zda  tutiladi. 

Masalan,  Rossiya  Federatsiyasining  1996-yil  5-iyuldagi  «Gen  injeneriyasi 

sohasidagi  faoliyatni  davlat  tomonidan  tartib ga  solinishi  to'g'risida»  gi 

qonuniga  muvofiq,  gen  injeneriyasi  sohasida  ilmiy-tekshirish  va  ilmiy- 

tadqiqot  ishlari  olbi  borish  uchun  litsenziya  olish  talab  qilinadi.

ITTKTP  shartnomasining  predm etini  ilmiy  tekshirishlarni  amalga 

o shirish,  y an g i  b u y u m   n a m u n a sin i,  u n g a   teg ish li  k o n s tru k to rlik  

hujjatlarini,  yangi  texnologiyani  ishlab  chiqish  yoki  nam una  nusxasini 

tayyorlash  ishlari  tashkil  etadi.

Pudratchi  ilmiy  tekshirishlarni  shaxsan  o'zi  olib  borishi  shart.  Agar 

ilmiy-tekshirish  ishlari  pudrat  shartnom asida  boshqacha  tartib  nazarda 

tutilmagan bo'lsa, u buyurtm achining roziligi bilan shartnom ani bajarishga 

uchinchi shaxslarni jalb qilishga  haqli.

Pudratchi tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlarini bajargan 

vaqtida,  agar  shartnom ada  boshqacha  tartib   nazarda  tutilm agan  bo'lsa, 

uni bajarishga uchinchi shaxslarni yordamchi pudratchi sifatida jalb qilishga 

haqli.  Bunday  hollarda  pudratchi  bosh  pudratchi  hisoblanadi.

A g ar  ilm iy -tek sh irish   ish lari  y o x u d   ta jrib a -k o n s tru k to rlik   va 

texnologiya  ishlari  p u d ra t  shartnom asida  boshqacha  ta rtib   n azarda

www.ziyouz.com kutubxonasi




tutilm agan  bo'lsa,  taraflar  shartnom a  narsasiga,  uni  bajarish  jarayoni  va 

olingan natijalarga doir m a’lumotlarning maxfiyligini ta ’minlashlari shart. 

M axfiy  deb  hisoblanadigan  m a’lumotlar  hajm i  shartnom ada  belgilab 

qo'yiladi.  P u d ra tc h i  b u y u rtm a ch in in g   yozma  roziligi  bilan  m azku r 

shartnom alar bo'yicha bajarilgan ishlarning natijalarini patentlashga haqli.

Ilmiy-tekshirish,  tajriba-konstruktorlik va  texnologiya ishlari pudrat 

shartnom alaridagi  ta ra fla r  ish  natijalaridan,  shu  jum ladan  huquqiy 

muhofazaga  loyiq  natijalardan  shartnomada  nazarda  tutilgan  doirada  va 

shartlarda  foydalanish  huquqiga  ega.

Agar  shartnom ada  boshqacha  tartib  nazarda  tutilgan  bo'lmasa, 

buyurtm achi  o'ziga  pudratchi  tomonidan  berilgan  ish  natijalaridan,  shu 

jum ladan  huquqiy  muhofazaga  loyiq  natijalardan  foydalanish  huquqiga 

ega,  p u d ra tc h i  esa  o'zi  olg an   n a tija la rd a n   o'z  e h tiy o jla ri  u c h u n  

foydalanishga  haqli.

Pudratchiga  (ijrochiga)  texnikaviy  topshiriq  berish,  ishni  qabul  qilib 

olish va uning haqini to'lash bilan birga, ITTKTP shartnomasiga muvofiq 

buyurtm achining  m ajburiyatlari  yana  quyidagilardan  iborat  bo'ladi:

-  pudratchiga  texnikaviy topshiriq berishi va  u bilan ishlar dasturini 

(texnika-iqtisodiy  param etrlam i)  yoki  mavzusini  kelishib  olishi;

-  pudratchiga  ishlarni  bajarish  uchun  zarur  axborotni  topshirishi;

-  bajarilgan  ishlarni  qabul  qilib  olishi  va  ularning  haqini  to'lashi 

shart.


M azk u r  s h a rtn o m a d a   p u d ra tc h in in g   m a jb u r iy a tla ri  s ifa tid a  

quyidagilar  nazarda  tutilishi  mumkin:

-  b u y u r tm a c h i  b ila n   k e lis h ilg a n   d a s tu r   ( te x n ik a - iq tis o d iy  

param etrlar)ga  yoki  m avzuga  muvofiq  ishlarni  bajarishi  va  natijasini 

shartnom ada  nazarda  tutilgan  m uddatda  buyurtm achiga  topshirishi;

- intellektual m ulkni huquqiy muhofaza qilish bilan bog'liq talablarga 

rioya  etishi;

-  b a ja r ilg a n   i s h l a r d a   o 'z in in g   a y b i  b ila n   y o 'l  q o 'y ilg a n , 

b uyurtm achining  texnikaviy  topshirig'ida.  yoki  shartnom ada  nazarda 

tutilgan texnika-iqtisodiy param etrlardan chekinishga olib kelishi mumkin 

bo'lgan  kamchiliklarni  o'z  kuchi  bilan  va  o'z  hisobidan  bartaraf  etishi;

-  kutilayotgan natijalarni olish mumkin emasligi yoki ishlarni davom 

ettirish   m aqsadga  m uvofiq  emasligi  aniqlangan  taqdirda,  bu  haqda 

buyurtm achini  darhol  xabardor  qilishi;

-  bunday  sh artn o m alar  asosida  topshirilgan  natijalarga  uchinchi 

shaxslarda alohida huquqlar yo'qligi haqida buyurtm achiga kafolat berishi 

shart.

www.ziyouz.com kutubxonasi




Agar  ilmiy-tekshirish  yoxud  tajriba-konstruktorlik  va  texnologiya 

ishlari  shartnom alarida  boshqacha  ta rtib   nazarda  tu tilg a n   bo'lm asa, 

pudratchi:

-  ishlarni  b ajarish  jarayonida  qo'lga  kiritilgan  ilm iy-texnikaviy 

natijalarni  buyurtm achining  roziligisiz  e ’lon  qilmasligi;

-  ishlarni  bajarish  jarayonida  qo'lga  kiritilgan  huquqiy  muhofazaga 

loyiq  n a tija la rn i  him oya  qilish  c h o ra la rin i  k o 'ris h i  v a  b u   h a q d a  

buyurtm achini  xabardor  qilishi;

- buyurtm achiga bajarilgan ishlarda qo'llanilgan huquqiy muhofazaga 

loyiq  ilm iy -te x n ik a v iy   n a tija la rd a n   fo y d ala n ish   h a q id a g i  m ax su s 

litsenziyani  berishi  shart.

Agar ilmiy-tekshirish ishlari jarayonida pudratchiga bog'liq bo'lmagan 

holatlar  oqibatida  natijaga  en sh ish   m um kin  emasligi  m a ’lum   bo'lsa, 

buyurtm achi shartnom ada nazarda tutilgan natijalarga erishib bo'lmasligi 

aniqlaguncha  amalga  oshirilgan  ishlar  qiymatini  to'lashi  shart,  am m o  bu 

qiymat shartnom ada ko'rsatilgan ishlar bahosining tegishli qism idan ortiq 

bo'lmasligi  lozim.

A gar  tajrib a-k o n stru k to rlik   va  texnologiya  ishlarini  bajarish 

jarayonida  p u d ratc h i  aybdor  bo'lm agani  holda  ishni  davom   e ttirish  

m um kin  em asligi  yoki  m aqsadga  m uvofiq  em asligi  m a ’lum   bo'lsa, 

buyurtm achi  pudratchining  xarajatlarini  to'lashi  shart.

Pudratchi  ilm iy-tekshirish  ishlari  yoxud  tajriba-konstruktorlik  va 

tex n o lo g iy a  ish la ri  s h a rtn o m a s in i  u m u m a n   va  te g is h li  d a ra ja d a  

bajarm aganligi  uchun,  agar  shartnom aning  buzilishida  o'zining  aybi 

yo'qligini  isbot  qilmasa,  buyurtm achi  oldida  javobgar  bo'ladi.

A gar  sh a rtn o m a d a   o'zgacha  ta r tib   n azard a  tu tilm a g a n   bo'lsa, 

buyurtm achining  ishlar qiymati  doirasida  ko'rgan  real  zararini  pudratchi 

qoplashi  shart.

www.ziyouz.com kutubxonasi




Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish