Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti



Download 17,58 Kb.
Sana03.06.2022
Hajmi17,58 Kb.
#633656
Bog'liq
odam savdosi


Toshkent davlat yuridik universiteti
Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti
Samatova Muhlisa Xusniddinovna
B potok 2-guruh

Odam savdosi – davr muammosi


Tinchlik –osoyishtalik har bir insonga daxldor bo’lgan hayotiy
zaruratki,uni saqlash shu yurtda yashaydigan har bir fuqoroning
muqaddas burchi bo’lmog’i kerak.
Shavkat Mirziyoyev.

Odam savdosi – insonni hayoti, erkinligi va huquqilaridan mahrum qilib, birovlarning qo`lida qul bo`lishga mahkum etish, insonlar umriga zomin bo`lish, ularning erki, taqdiri va kelajagini oyoq osti qiishdek eng og`ir va jirkanch jinoyatlardan sanaladi. Insonni begona yurtlarda birovga sotib yuborish, xorijiy davlatlarga qul sifatida jo`natish, yosh bolalarni o`g`irlab boshqa nopok shaxslarga pullash kabi mudxish voqealar jamiyatimizda tez-tez uchrab turibdi. Bunday ayanchli holatlar, odam savdosi bilan bog`liq jinoyatlar hozirgi kunda ko`plab mamlakatlarda keng tarqalib borib dunyo hamjamiyatini tashvishga solmoqda.


Insniyat tarixidagi eng mudhish qullik tushunchasi o’tmishda qolib ketgani yo’q,u hamon turli shakl-shamoyillarda davom etmoqda.Endi kimningdir qo’liga kishan solib ,yelkasiga qamchi urush shart emas.Zamonaviy qullar zo’ravonlik ,qo’rqitish va tahdidlar osdida uy xizmatchilik ,fohishalik,og’ir sharoitlarda ishlashga majbur qilmoqda.
Dunyo bo`yicha turli manbalardan olingan ma`lumotlarga qaraganda, odam savdosidan jabr ko`rganlar soni salkam 200 millonga etgan, deb qayd qilinmoqda. BMT ma`lumotlariga ko`ra esa, har yili dunyoda o`rtacha 2,5-3 million kishi odam savdosining qurboniga aylanmoqda. Har yili qariyib 1 million yaqin ayollar va bolalar aldov yo`li bilan chet ellarga olib ketilib sotib yuborilmoqda.
Mamlakatimizning o`zida tirikchilik qilish imkoniyati bo`la turib, ba`zi yurtdoshlarimizning xorijga olib ketib sotilishi, xo`rlanishi, qullikka yollanishi na bizga, na millatimizning ma`naviy qadriyatlariga to`g’ri kelmaydi. Fikrimizcha, fuqarolarimizning ushbu jinoyat qurboniga aylanishining bir necha sabablari bor bular:
Birinchidan: odamlarimizning soddaligi va ishonuvchanligi;
Ikkinchidan: tez vaqt ichida moddiy muammolarni hal etish ilinji;
Uchinchidan: engil ish topish orzusi;
To`rtinchidan: huquqiy bilimlarga ega bo`lmaslik;
Beshinchidan: ayrim nopok hamyurtlarimizning g’ayriinsoniy va g’ayriqonuniy harakatlari;
Oltinchidan: jinoyatdan jabrlanganlarning dunyoqarashining torligi, sayozligi;
Ettinchidan etarli darajada ta`sirchan targ’ibot-tashviqot ishlarini olib bormaslik
Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir ishlar samaradorligini yanada takomillashtirish, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy o`zgarishlar bilan uyg’un ravishda huquqiy bilimlarini oshirib borishning zamonaviy usullarini joriy etish, shuningdek, aholini, ayniqsa, yoshlarni ongida bu kabi salbiy xolatlarga qarshi huquqiy immunitetni shakllantirish barchamizning vazifamiz.
Insonning nechog’lik qadri baland va ulug’ mavjudot ekanligi ma'lum. U tabiat boyliklaridan lazzatlanishi, sog’-salomat, kuchli va aqlli bo’lishi uchun, o’zini-o’zi asrab avaylashi, himoya qilishi hamda shaxsiy huquq va erkinliklarini muhofaza qilishi lozim. Mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati barpo etish sharoitida xavfsizligimizga hamda ijtimoiy-ma'naviy barqarorligimizga rahna soluvchi illatlardan biri bo’lgan odam savdosi – bugungi kunning dolzarb muammolaridan biriga aylandi. Bunday holat millatimizning fojiasidir.
Keyingi yillarda odam savdosi tufayli yuzaga kelayotgan global xavf qanchalik ortib borayotgan bo’lsa, dunyoning qator mamlakatlarida bu jinoyatga qarshi kurashishga qaratilgan chora-tadbirlar ko’lami ham shunchalik kengaymoqda. Oradan yillar o’tgan sari odam savdosiga qarshi kurash dunyoning barcha mamlakatlarida amalda bo’lmasin, bu muammo bizni hozirgi kunda ham qattiq tashvishga solmoqda.
Inson bu bir buyum emaski, uni har kim xohlagan ko`yga solsa, bu kabi rivojlanib borayotgan odam savdosini oldini olish uchun hamma birgalikda harakat qilish kerak deb o`ylayman. Dunyo miqiyosidagi muammolar bir inson bilan hal bo`lib qolmaydi hamma bir yoqadan bo’sh chiqarish kerak, shundagina biror-bir natija bo`ladi. Yurtimizdagi qator islohotlar o`z natijasini yildan-yilga ko`rsatib bormoqda.
Download 17,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish