Toshkent farmasevtika instituti toksikologik kimyo kafedrasi



Download 8,99 Mb.
bet8/177
Sana27.01.2022
Hajmi8,99 Mb.
#412680
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   177
Bog'liq
GMT o\'quv uslubiy qo\'llanma

Tayanch iboralar: Giyohvandlik, konvensiya, qonunlar, fenantrenizoxinolin, benzilizoxinolin, opiy, omnapon, alkaloidlar, tahlil usullari

Giyohvandlikka qarshi kurash bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biriga aylandi. BMT ma’lumotlariga qaraganda, dunyoda hozir 9 mln. kishi geroin, 200 mln. dan ziyod kishi esa turli xil giyohvand moddalarni iste’mol qiladi. Buning oqibatida 20 ming kishi zaharlangan. Kezi kelganda shuni alohida ta’kidlash joizki, rivojlangan davlatlarda giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlar ko‘paymoqda.


Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasidagi ma’ruzasida (1993 yil, 28 senyabr) bu masalaga barchaning e’tiborini jalb etib, "Birinchi navbatdagi muammolar orasida narkobiznesga qarshi qaratilgan umumiy sa’y-harakatlarni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratishni istardim. Biz ana shu illatga qarshi kurashda keng ko‘lamda hamkorlik qilish tarafdorimiz. Jahonda ishlab chiqarilayotgan va iste’mol qilinayotgan Giyohvand moddalarning talaygina qismi Markaziy Osiyoda tayyorlanayotganligi yoki u orqali tashib o‘tilayotganligi sir emas. Narkobiznesning tranzit yo‘nalishlari bir mintaqada jamlanishining o‘ziyoq mana shu dahshatli hodisani tugatishda jahon hamjamiyati o‘z imkoniyatlarini jamlab ishga solishi uchun etarli asos bo‘ladi. O‘zbekiston barcha manfaatdor mamlakatlar va tashkilotlar bilan bu borada hamkorlik qilishga tayyor” deb ta’kidlagan edi.
Giyohvandlik - narkomaniya - bangilik - Giyohvand moddalarga o‘rganib qolish, ruju qilish, aniqrog‘i tabiiy yoki sintetik zaharli moddalar (ayrim dori moddalari)ni vaqtincha yoki surunkasiga iste’mol qilish natijasida kelib chiqadigan kasallik holati. Giyohvandlik organizm somatik va ruhiy holatining chuqur o‘zgarishiga sabab bo‘ladi va giyohvandni tanazzulga olib boradi. 
Manbalarda qayd qilinishicha, Giyohvand moddalardan foydalanish ko‘hna zaminlardan beri ma’lum. Qadim zamonlarda marosimlarda, sig‘inishlarda, shuningdek xalq tabobatchiligida ishlatilgan. Taxmin qilishlaricha, nashaning kayf beruvchi Giyohvand ta’siri o‘simlikni yoqishdan, uning tutunini hidlashdan bilingan bo‘lishi mumkin. Bundan necha asrlar burun Misrda nashadan Giyohvand modda sifatida foydalanilgan. Gerodot o‘z asarlarida O‘rta Osiyo ko‘chmanchi qabilalari hayoti to‘g‘risida to‘xtalar ekan, shunday lavha keltiradi: ko‘chmanchilar katta gulxan atrofida o‘tirishib, o‘tga nasha tashlashar va uning hididan, go‘yoki ellinlar vinodan mast bo‘lganidek, mast bo‘lishar ekan.
Suqrot hakim (Gippokrat) asarlarida qayd qilinishicha, hind nashasi Evropaga skiflar tomonidan Troyan urushigacha bo‘lgan vaqtlarda keltirilgan.
Buyuk ensiklopedist olim Abu Ali ibn Sino o‘zining "Tib qonunlari" asarining ikkinchi jildida nashaning salbiy ta’sirini ko‘rsatib o‘tgan. Jumladan, 634-ko‘rsatkich maqolada "...nasha urug‘ini ko‘p iste’mol qilinsa, erlik urug‘ini qirqadi" deydi. SHuningdek, 689-maqolada nasha a’zolarni susaytirishi, ko‘zni xiralashtirishi, me’daga zarar etakzishini ko‘rsatib o‘tgan. 

Download 8,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish