Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi dori turlari texnologiyasini rivojlantirish istiqbollari


Antioksidantlarning farmatsiya ishlab chiqarishda quyidagi talablar



Download 6,38 Mb.
bet75/208
Sana08.01.2022
Hajmi6,38 Mb.
#333271
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   208
Bog'liq
ДТТРИ МАЖМУА 20-21 25.09

Antioksidantlarning farmatsiya ishlab chiqarishda quyidagi talablar

Antioksidantlarni belgilangan dozada ishlatishda

1.bezarar bo‘lishi, qitiqlovchi, allergik reaksiya chaqirmasligi, ularning metabolitlari dori tarkibini o‘zgartirmasiligi kerak;

2. past konsentratsiyada samarali bo‘lishi.;

3. oksidlanishdan ximoyalovchi maxsulotga yaxshi erishi kerak.

1-Bevosita ta’sirli antioksidantlar- ular kuchli qaytaruvchilar bo‘lib, dori moddadan ko‘ra yuqori oksidlanish xossasini namoyon qiladilar. Antioksidantlarga rongalit, natriy sulfit, natriy metabisulfit, askorbin kislotasi, fenil-alfa-naftilamin, propilgallat, gidroxinon, askorbilpalmitat, alfa-tokoferol xosilalari, sistein, metionin, letsitin va boshqalar kiradi. Bu moddalarning stabillash mexanizmi shundan iboratki, ular moddadan ko‘ra engilroq oksidlanib eritmada erigan kislorod stabilizatorni oksidlanishiga sarf bo‘ladi va o‘z navbatida preparatni oksidlanishdan himoya qiladi.

Engil oksidlanuvchi moddalar farqlanishida askorbin kislota, adrenalin gidrotartrat, etilmorfin gidroxlorid, vikasol, novonkainamid, fenotiazin unumlari va boshqa preparatlar bular karbonil, fenol, spirt aminogurux saqlaydi ularning xarakatchan vodorod atomi mavjud. In’eksion eritmalar tayyorlash jarayonida dori modda tarkibidagi eritma kislorodi ishtirokida dori tarkibida oksidlanish jarayonini issiq sterillash vaqtida kechadi.

Moddalarning turg‘unlashtirishda ishlatiladigan ingibitorlarni mexanizmi bo‘yicha uch guruxga bo‘lishimiz mumkin.

I.Alkil radikali bilan ketadigan reaksiya zanjirini buzuvchi ingibitorlari. Bunaqa ingibitorlar xinon, nitroksil radikallar, nitrobirikmalar, yod.

II. Peroksid radikali bilan ketadigan reaksiya zanjirini buzuvchi ingibitorlar. Bularga fenollar, naftollar, aromatik aminlar aminofenollar kiradi.

III.Gidroperekislarni buzilishida ishlatiladigan ingibitorlar Na sulfat, Na metabisulfat, rongalit, sistein. Bularga birikma xolidagi oltingugurt, fosfor, azot, margimush.

Ayrim paytlarda yuqorida keltirilgan antioksidantlarning majmuasi qo‘llanilishi mumkin va muxim samara beradi.

Misol: apomorfin 1% ineksiya eritmasi. Apomorfin 2-ta fenol gidroksiliga ega bo‘lgani sababli xavodagi kislorod bilan oson va tez oksidlanishidi va yashil rangga bo‘yaladi.Misol uchun uni turg‘unlashtirish uchun kompleks stabilizator analgin 0,5, (peroksidlarni xosil bo‘lishini oldini oladi). Gidroksil ionlarining katalitik tasirini bartaraf etish uchun 0,1 m HCl (40ml) ishlatiladi. (1 litrga)

2.Bilvosita antioksidantlar eritmaga dori moddadan tushib qolgan, oksidlanish jarayoni uchun katalaizator bo‘lib xizmat qiladigan metall kationlarini (Su2+, Fe3+, Mn2+, Cr) amalda dissotsiyalanmaydigan birikmalar xolida biriktirib qo‘yadigan moddalardir. Masalan, salitsilatlarda eritma rangining o‘zgarib qolishi marganets ionlari ishtirokida fenol gidrooksidining oksidlanish natijasidir. Og‘ir metal ionlari oksidlanish –qaytarilish zanjir reaksiyasida qatnashib eritmadagi turli xil ionlardan elektronlarni tortib olib, ularni radikallarga aylantirib qo‘yadi:

Cu2+ + RCOO- _____ Cu++RCOO. Cu2++ROOH------ R.

Hosil bo‘lgan radikal kislorod bilan reaksiyaga kirishib peroksid radikaliga aylanadi. Peroksid radikali keyingi zanjir reaksiyada qatnashadi. Qisman qaytarilgan og‘ir metall ioni kislorod bilan oson oksidlanib dastlabki xoliga qaytadi va jarayon takrorlanadi:

Cu2+ __O2_____ Cu2+

Og‘ir metall ionlarining katalitik ta’siri eritmada ularning miqdori juda oz bo‘lgandagina (mkg) namoyon bo‘ladi. Ko‘pincha ular asbob-anjom, shishadan yoki dori moddadan eritmaga o‘tib qolishi mumkin. Oson oksidlanuvchi moddalardan turg‘un eritmalar tayyorlash uchun og‘ir metall ionlaridan qutilish kerak. Hozirgi vaqtda suv va eritmalarni og‘ir metall ionlaridan tozalash uchun ularni faollashgan ko‘mir qatlami yoki oksidlangan sellyulozaning natriyli shakli orqali filtrlanmoqda .

Bilvosita antioksidantlar kompleks xosil qiluvchi moddalardir. Ularga ko‘p asosli karbon kislotalari, oksikislotalar (limon, salitsil, vinnokamennaya kislotalari), etilendiamintetrasirka kislotasining dinatriyli tuzi (Trilon B), trilon B ning kalsiyli tuzi (tetatsin), unitiol hamda aminokislotalar, tiomochevina va hokazolar kiradi.

Unitiol bilan eritmalarni barqarorlashga 3 va 6%li tiaminbromid hamda 2,5 va 5% li tiaminxlorid eritmalari misol bo‘ladi. Bu eritmalarga 0,2% unitiol qo‘shib turg‘unlashtiriladi. 5%li salyuzid eritmasi ,0,5% lipoevaya kislota eritmalariga 0,01% Trilon B, 0,7% siklobutoniy eritmasiga 0,05% TrilonB qo‘shib barqarorlashtiriladi.

Yog‘li eritmalarda yog‘da eruvchi antioksidantlar qo‘shiladi.

1.Butiloksitoluol (BOT) butiloksianizol (BOA)

2.Tokoferol, propilgallat askorbil palmitat, nordigidrogik, kversetin va uning sintetik aralashmalari.

Tez oksidlanuvchi moddalarni turg‘unlashtirishda YuMB larni (poliglyukin, polietilenglikol, propilenglikol, va xokazo) qo‘llashni ham tavsiya etilgan. Bunday moddalar molekulalari ichiga dori moddasining kirib olishi uning reaksiyaga kirishish xossasini kamaytirsa kerak, deb taxmin qilinadi. Dorilarni oksidlanishdan saqlash uchun sensibillash omillarini (nur, harorat) bartaraf etish usulidan ham foydalaniladi. Masalan, fenotiazin eritmasi qizil nurda(pri krasnom svete) tayyorlanadi. Ba’zi eritmalar quyosh nuridan saqlovchi shishadan tayyorlangan flakonlarda tayyorlanadi.




Download 6,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish