Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar


 Tijorat banklarning funksiyalari



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/292
Sana17.09.2021
Hajmi3,76 Mb.
#177106
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   292
Bog'liq
2 5370612658095525129

15.2. Tijorat banklarning funksiyalari 
 
Tijorat  banklarning  mohiyati  ularning  funksiyalarida  yanayam 
yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Banklarning funksiyalari ularning nazariy 
masalalari sifatida e’tirof etiladi. Shu bois ham banklarning mohiyatini 
yoritishda  vujudga  kelgan  qator  mulohazali  holatlar  ularning  funk-
siyalarini  yoritishda  ham  mustasno  emas.  Xususan,  iqtisodiy  adabi-
yotlarda  banklarning  funksiyalari  haqida  qator  mulohazali  va  tushun-
movchilik holatlar mavjud. Masalan, ayrim manbalarda banklar bajara-
digan operatsiyalar ularning funksiyalari sifatida qayd etiladi. Bu erda 
bank  faoliyati  natijasida  ular  tomonidan  amalga  oshiriladigan  operat-
siyalari  nazarda  tutiladi.  Biroq,  shuni  ta’kidlash  joizki,  banklarning 
barcha  operatsiyalari  ham  ularning  funksiyalari  bo‘la  olmaydi.  Bank 
funksiyasi uning ma’lum ko‘rinishdagi faoliyatini ifodalaydigan iqtiso-
diy kategoriya bo‘lishi lozim. 
Shunga  qaramasdan,  ayrim  iqtisodiy  manbalarda  banklar  to‘lov 
aylanmasi,  kassaga  naqd  pullarni  qabul  qilish  va  berish,  kredit  berish, 
qimmatli qog‘ozlarni saqlash va boshqarish, naqd va naqdsiz ko‘rinish-
da xorijiy valyutani sotish va sotib olish, shuningdek, bank tomonidan 
bajaraladigan  boshqa  operatsiyalar  ularning  funksiyalari  sifatida 
ta’kidlanadi.  
Bundan  tashqari,  iqtisodiy  adabiyotlarda  banklarning  qimmat-
baho  metallar  va  buyumlarni  saqlash  uchun  maxsus  seyflar  berish, 
xo‘jalik  yurituvchi  subyektlarning  kapitalini  shakllantirishda  ishtirok 
etishi,  kreditlash  uchun  resurslarni  jalb  etish  va  boshqa  shu  kabi 
operatsiyalari  ularning  funksiyalari  sifatida  talqin  etiladi.  Albatta,  bu 
banklarning  pul  – kredit  siyosatini  amalga  oshiruvchi  muassasa  sifati-
dagi  faoliyatini  aniqroq  tushinishda  va  ularning  imkoniyatlari 
kengligidan  dalolat  beradi.  Biroq,  ushbu  operatsiyalarning  barchasi 
banklarning  funksiyalari  bo‘lib  hisoblanmaydi.  Chunki  yuqorida 
ta’kidlaganimizdek,  banklarning  har  –  bir  operatsiyasini  ularning 
funksiyalari sifatida e’tirof etadigan bo‘lsak, demak zamonaviy banklar 
300 dan ortiq funksiyani bajaradi degan fikr paydo bo‘ladi.  
Tijorat  banklarning  funksiyalari  haqida  gap  ketganda,  bu 
jarayonni  nafaqat  banklar  nuqtai  nazaridan,  balki  uning  mijozlari 
manfaatlaridan  ham  kelib  chiqib  so‘z  yuritish  lozim.  Shu  jihatdan 
banklarning  funksiyalarini  o‘rganishda  ularni  quyidagi  mezonlariga 
e’tibor qaratish lozim:  


271 
 makroiqtisodiy darajada, banklar va real sektor ishtirokchilari 
o‘rtasida iqtisodiy munosabatlar; 
 banklarning  tashkiliy  –  huquqiy  va  mulkiy  shakli  jihatidan 
amal  qilishi  (Markaziy  bank,  tijorat  banki,  ixtisoslashgan  bank  va 
boshqalar). 
Banklarning  funksiyalari  to‘g‘risida  fikr  yuritganda  quyidagi 
masalalarni  e’tibordan  chetda  qoldirish  kerak  emas.  Birinchidan, 
banklarning funksiyalari ularning mohiyatini kengroq ochishga xizmat 
qilishi lozim, ikkinchidan, banklarning funksiyasi sifatida ta’kidlangan 
iqtisodiy  kategoriya  barcha  moliyaviy  institutlarning  xususiyatlariga 
xos  bo‘lgan  jarayon  emas,  balki  faqat  banklargagina  xos  bo‘lgan 
iqtisodiy kategoriya bo‘lishi lozim. 
Ma’lumki,  banklarning  asosiy  operatsiyalaridan  biri  iqtisodi-
yotdagi  bo‘sh  pul  mablag‘larini  tegishli  shartlar  asosida  o‘ziga  jalb 
etishga  qaratilgan.  Bu  banklarning  funksiyasi  bo‘la  oladimi,  degan 
savol  tug‘iladi.  Markaziy  bankda  tijorat  banklarining  majburiy  zaxi-
ralari  jamg‘ariladi,  banklarda  esa  aholi  va  mijozlarning  vaqtinchalik 
bo‘sh  pul  mablag‘lari  jamg‘ariladi.  Iqtisodiyotda  vaqtinchalik  bo‘sh 
pul mablag‘larni jamg‘arish banklarning qadimiy operatsiyalaridan biri 
hisoblanadi.  Bu  erda  asosiy  masala  shundan  iboratki,  vaqtinchalik 
bo‘sh  pul  mablag‘larni  jamg‘arish  faqatgina  banklarga  xos  bo‘lgan 
operatsiya  emas,  ushbu  operatsiyani  jismoniy  shaxslar  yoki  boshqa 
yuridik  shaxslar  ham  amalga  oshirishi  mumkin.  Chunki,  har  qanday 
subyekt  u  yoki  bu  obyektni  moliyalashtirish  uchun  dastlab  ma’lum 
miqdordagi moliyaviy mablag‘larni jamg‘arishi lozim. Biroq, masalaga 
yanayam chuqurroq yondashadigan bo‘lsak, banklar ushbu operatsiyani 
bajarganda  boshqa  xo‘jalik  yurituvchi  subyektlar  bajaradigan 
operatsiyalardan  jiddiy  farq  qiladi.  Ular  asosan  quyidagi  holatlarda 
namoyon bo‘ladi: 

  banklar  pullarni  jalb  etganda  o‘z  pullarini  emas,  balki  begona 
shaxslarning mablag‘larini jamg‘aradi; 

  banklar  jamg‘argan  mablag‘larni  o‘zining  ehtiyoji  uchun  emas, 
balki boshqa shaxslarning ehtiyojlari uchun sarflaydi (qayta taqsimlash 
asosida). 
Tijorat banklarning funksiyalari xususidagi mulohazalarni chuqur-
lashtirish  fikridan  yiroq  ekanligimizni  ta’kidlagan  holda,  ularning 
quyidagi funksiyalari mavjudligini qo‘llab – quvvatlaymiz. 


272 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish