Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet222/292
Sana17.09.2021
Hajmi3,76 Mb.
#177106
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   292
Bog'liq
2 5370612658095525129

 
 
 
XVIII BOB. BANK INQIROZLARI 
 
18.1. Bank inqirozlarining kelib chiqish sabablari 
 
Har  qanday  inqiroz  shuningdek,  bank  inqirozi  ham  iqtisodiy  ja-
rayonlarning buzilishi natijasida yuzaga keladi. U  milliy daromadlarni 
yo‘qotilishi natijasida iqtisodiy va  moliyaviy  mexanizm funksiyalarini 
samarali  amal  qilishiga  salbiy  ta’sir  ko‘rsatadi.  Bank  tizimi  istalgan 
iqtisodiyotning  pul,  moliya,  kredit  tizimlarining  bir  qismi  hisoblanib, 
unda  inqirozlar  ichki  va  tashqi  omillar  yoki  boshqa  tizimlar  ta’sirida 
yuzaga kelishi mumkin. 
Bank  inqirozlarining  kelib  chiqish  sabablari  bir  qator  olimlar 
tomonidan uzoq yillar mobaynida turilicha muhokama qilinib kelingan. 
Bu  xususida  ilk  qarashlar  asosan  omonatchilar,  bank  mijojozlari  va 
aksiyadorlari  tomonidan  vahima  (panika)  qilish  natijasida  pul  mab-
lag‘lari  (omonatlari)ni  banklardan  yoppasiga  olish  orqali  banklarning 
likvidlilik darajasiga asossiz ravishda ta’sir etishi bilan bog‘liqdir.  
Omonatchilar,  bank  mijojozlari  va  aksiyadorlarning  bunday 
harakati  banklar  likvidlilik  holatiga  salbiy  ta’sir  etadi.  Natijada 
banklarga jiddiy moliyaviy bosim oqibatida banklar aktivlarni sotishga 
majbur  bo‘ladi.  Agarda  mavjud  siyosatni  o‘zgartirish  orqali  bank 
inqirozlarining  oldi  olinmasa,  ular  tizimli  hamda  tashqi  omillar  ta’siri 
ostiga ham tushib qolishi ehtimoldan holi emas. 
Bank  inqirozlari  xususidagi  keyingi  qarashlar  banklarning  to‘lov 
qobiliyatiga  ega  bo‘lmaslik  holatini  keltirib  chiqaruvchi  balans  aktiv 
qismidagi  yo‘qotishlarga  asoslanadi.  Banklar  aktivlari  sifatida  uzoq 
muddat  davomida  yo‘qotishlarning  mavjud  bo‘lishi,  odatda  noho‘sh 
makroiqtisodiy  jarayonlar,  bozor  tangligi,  hukumat  siyosati  (yoki 
aralashuvi)  va  firibgarliklar  bilan  bog‘liqdir.  Shuningdek,  mazkur 
qarashlarning aksariyati iqtisodiyot tamoyillaridagi o‘zgarishlar hamda 
biznes sikllarining tabiiy mahsuli ekanligiga asoslanadi. 
Bank  inqirozlarining  makroiqtisodiy  nuqtai-nazardan  kelib 
chiqishi  nobarqaror  makroiqtisodiy  siyosat,  global  moliyaviy  shart-
sharoitlar  va  valyuta  kurslari  ayriboshlash  mexanizmiga  oid  muam-
molarga  bog‘liq.  Haddan  ortiq  pul-kredit  ekspansionistik  siyosati  va 


309 
fiksal  siyosat  kredit  inqirozini,  qarzlarni  haddan  ortiq  ko‘p  jalb  qilish 
va  real  aktivlarga  investitsiyalarni  safarbar  qilish  bank  aktivlari 
sifatining pasayishiga olib keladi.  
Amerikalik iqtisodchi olimlar Karmen M. Reynxart va Kennet S. 
Rogoff  bank  inqirozlari  kelib  chiqishining  ilk  sabablari  sifatida  kredit 
inqirozlari  va  aktivlar  narxi  bilan  bog‘liq  pufak  (ko‘pik)larning 
vujudga  kelishini  ko‘rsatib  o‘tadilar.
85
  Bu  kabi  makroiqtisodiy  tang-
likni  iqtisodiyoti  rivojlanayotgan  mamlakatlarda  kuzatish  mumkin. 
Iqtisodiyoti rivojlanayotgan mamlakatlar boshqa mamlakatlardan qisqa 
muddatli  xorijiy  valyutadagi  qarzlarni  jalb  qilish  orqali  valyuta 
kursining qadrsizlanishi, xalqaro bozorda foiz stavkalarining oshishi va 
xalqaro  savdo  shartlarining  o‘zgarishi  natijasida  yuqori  kredit  riskini 
vujudga keltiradi. 
Misol  uchun,  1980  yillarda  G‘arb  mamlakatlari  banklari  Lotin 
Amerikasi  mamlakatlariga  iqtisodiy  o‘sishni  ta’minlash  va  joriy 
operatsiyalar  bo‘yicha  defitsitni  qoplash  maqsadida  katta  miqdorda 
qarzlar  (AQSh  dollarida)ni  ajratadi.  Katta  miqdordagi  xorijiy 
mablag‘larning  oqib  kelishi  qarzdor  mamlakatlarda  real  amalmashuv 
kursining keskin oshishiga olib kelib, bir qancha qarzdorlarning defolt 
holatiga  kelishiga  sabab  bo‘ldi.  Natijada  mazkur  inqiroz  800  mlrd. 
AQSh  dollaridagi  umumiy  qarz  mablag‘larining  250  mlrd.  AQSh 
dollaridan voz kechish orqali yakun topdi. 
Bank  inqirozlari  kelib  chiqish  sabablarini  bir  qancha  omillar 
orqali yaqqolroq yoritib o‘tishga harakat qilamiz. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish