Toshkent moliya instituti ―bank ishi‖ kafedrasi


-jadval .  Svop va fyuchers bitimlarining farqli jihatlari



Download 1,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/78
Sana08.06.2022
Hajmi1,75 Mb.
#642935
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   78
Bog'liq
bank ishi

-jadval

Svop va fyuchers bitimlarining farqli jihatlari 
Taqqoslash belgilari 
Fyuchers
Svop
Bitim tuzilish hajmi 
Standartlashgan
10 mlndan yuqori hohlagan 
summada 
Belgilanadigan vaqti
Qat‘iy belgilangan vaqtda 
Hohlagan paytda. 
Boshqarishning qiyinlik 
darajasi 
Murrakab
Oddiy
Pozitsiyani tugatish 
Qarama-qarshi bitim bilan. 
Aksi yoki sotish. 
Bitimni tugatish 
birjada
Tijorat va investitsion banklar. 
Valyuta fyuchers operatsiyalarining mohiyati shundan iboratki, bunda 
standartlashtirilgan miqdordagi chet el valyutasini shartnomalar asosida kelgusida 
ma‘lum vaqtda AQSH dollariga almashinuv tarzida etkazilib beriladi. Lekin valyuta 
fyuchers shartnomalari ham, tovar fyuchers shartnomalari singari qayta-qayta sotilishi 
mumkin, ya‘ni shartnoma ijro qilinish muddati kelgunga qadar bir haridordan ikkinchi 
haridorga o‗tib turadi. Fyuchers shartnomalari bilan savdo qilish jarayonida ikki 
qoidaga qat‘iy rioya qilish muhim hisoblanadi: 1-qoida: valyuta kursining kelgusidagi 
o‗zgarishini ko‗ra bilish; 2-qoida: fyuchers shartnomasining amal qilish vaqtida 
valyuta kursining o‗zgarishini doimiy ravishda kuzatib borish. 
Fyuchers shartnomasi egasi yuqoridagi qoidalar asosida valyuta bozorida 
nomaqbo‗l jarayon vujudga kelishi mumkinligini ko‗ra bilishi natijasida, 
shartnomadan o‗z vaqtida qutilish (ya‘ni sotib yuborish) choralarini ko‗radi, aks holda 
u katta miqdorda zarar ko‗rishi muqarrar. 
Valyuta fyuchers operatsiyalari ikki vazifani bajaradi: birinchidan, fyuchers 
shartnomalari investorlarga valyuta kursining bozordagi nomaqbo‗l ravishda 
o‗zgarishi tufayli vujudga keladigan riskdan himoyalanish imkoniyatini bersa, 
ikkinchidan, birjadagi broker va shu kabi qatnashchilarga fyuchers shartnomalari bilan 
savdo qilish natijasida foyda olishga yordam beradi.
YUqoridagi fikrdan shunday xulosa qilish mumkinki, agar valyuta kursi 
qanchalik o‗zgaruvchan (tebranuvchan) bo‗lsa, fyuchers bozorida himoyalanishga 


«Bank ishi» fani. «Bank ishi» kafedrasi. TMI-2015. Tel:+(998)71 234-43-42, email: 
kbni@tfi.uz
ehtiyoj shuncha ko‗p bo‗ladi. Valyuta kursining turli omillar ta‘sirida tinmay o‗zgarib 
turishi natijasida yuzaga keladigan riskka javoban, ya‘ni undan himoyalanish 
maqsadida valyuta fyuchers operatsiyalari joriy qilingan.
Valyuta fyuchers operatsiyalari amaliyotda keng qo‗llaniladigan forvard 
shartnomalarining bir ko‗rinishi hisoblanadi. Bu ikki shartnomalarning asosiy farqi 
shundan iboratki, forvard operatsiyalari birjadan tashqarida amalga oshirilsa, fyuchers 
shartnomalari esa tartibli birjalarda amalga oshiriladi. 
Valyuta fyuchers operatsiyalari orqali xedjirlash usulini eksport-import bitimlari 
misolida ko‗rib chiqamiz.
Eksport-import 
operatsiyalari bilan faoliyat ko‗rsatuvchi kompaniya 
YAponiyaning tashqi savdo firmasidan yirik partiyadagi yapon soatlarini sotib olish
maqsadida muzoqaralar olib bormoqda, deb faraz qilaylik. YApon firmasi etkazib 
beriladigan soatlar uchun hisob-kitoblar YAponiyaning pul birligi hisoblangan ienada 
amalga oshirishni talab qilmoqda, chunki shartnomaga asosan yapon soatlari uchun 
hisob kitoblar yapon ienasida emas, AQSH dollarida amalga oshiriladigan bo‗lsa, u 
holda YAponiya kompaniyasi valyuta kursining tebranishi tufayli yuzaga keladigan 
risk natijasida moliyaviy talofatga uchrashi mumkin. 
Tuzilgan shartnomaga ko‗ra har bir yapon soatining narxi 2850 ienadan 
belgilanib, 15000 dona soatni haridorga 7 oydan so‗ng 42750000 yapon ienasi 
miqdoridagi to‗lovni amalga oshirib berishi zarur bo‗ladi.
Quyida shartnoma tuzilgan kundagi AQSH dollarining yapon ienasiga 
almashtirish kurslarining joriy stavkalari keltirilgan: 
1.
Joriy naqd almashtirish kursi 0.004173 
2.
Iyun fyuchers shartnomasi bo‗yicha almashtirish kursi 0,004200 
3.
Sentyubr fyuchers shartnomasi bo‗yicha almashtirish kursi 0.004237 
4.
Dekabr fyuchers shartnomasi bo‗yicha almashtirish kursi 0.004265
YUqorida keltirib o‗tilgan kurslardan foydalangan holda, harid qilinayotgan 
yapon soatlarining qiymatini aniqlashimiz mumkin. Joriy almashtirish kursi bo‗yicha 1 
AQSH dollari 0.004173 yapon ienasiga teng bo‗lgan sharoitda, harid qilinayotgan 
15000 dona yapon soatining qiymati 178.396 AQSH dollariga ega bo‗ladi.


«Bank ishi» fani. «Bank ishi» kafedrasi. TMI-2015. Tel:+(998)71 234-43-42, email: 
kbni@tfi.uz
Agar fyuchers bozoridagi valyuta kurslarini bo‗lajak almashtirish kurslari deb 
qarasak, bunda AQSH dollarining yapon ienasiga nisbatan kursi pasayish ehtimoldan 
holi emas. Dekabr fyuchers shartnomasi bo‗yicha 1 AQSH dollari qiymati 0.004265 
yapon ienasiga teng bo‗ladi deb olsak, u holda 15000 dona yapon soatining qiymati 
182.329 AQSH dollariga teng bo‗ladi.
SHartnomaga asosan soatlarni etkazib berish va ular bo‗yicha hisob-kitoblar 
dekabr oyida amalga oshirilishini e‘tiborga olsak, yapon soatlarini import qilayotgan 
kompaniya 178.396 AQSH dollari emas, balki 182.329 dollar to‗lashi zarur bo‗ladi, 
ya‘ni import qiluvchi kompaniya valyuta kursining tebranishi natijasida 3933 AQSH 
dollari miqdorida zarar ko‗rishi ma‘lum bo‗lib qoldi. 
YUqorida ko‗rsatib o‗tkanimizdek, eksport-import operatsiyalari bilan faoliyat 
ko‗rsatuvchi kompaniya va YAponiyaning tashqi savdo firmasi o‗rtasida tuzilgan 
shartnomaga asosan 15000 dona yapon soatlari noyabr oiyda etkazib berish ko‗zda 
tutilgan, shu sababli import qiluvchi kompaniya fyuchers bozorida ijro muddati dekabr 
oyida bo‗lgan valyuta fyuchers operatsiyalarini amalga oshirishga qaror qiladi. Buning 
sababi shuki, dekabr oyidagifyuchers shartnomasi ijro qilinadigan davrdagi valyuta 
kursi import qiluvchi kompaniya uchun zaruriyat tug‗ilgan davrda (ya‘ni noyabr 
oyida) shakllangan ―spot‖, ya‘ni real bozordagi valyuta kursiga juda yaqin turadi. 
Ikkinchidan, 
dekabr 
fyuchers 
shartnomalari 
bilan 
amalga 
oshiriladigan 
operatsiyalarning sarf-harajatlari boshqa davrdagi (ya‘ni matr, iyun, sentyabr oylari) 
shartnomalari harajatlariga nisbatan ancha miqdorda kam bo‗ladi. Valyuta fyuchers 
shartnomasining miqdori 12500 ming yapon ienasi miqdorida standartlashtirilganligi 
bois import qiluvchi kompaniya navbatdagi muammoga duch kelishi mumkin, chunki 
15000 dona yapon soatlari qiymatini to‗lash uchun unga 42750 ming yapon ienasi 
zarur, u holda u fyuchers bozorida 3 valyuta valyuta fyuchers bitimini amalga 
oshiridagan bo‗lsa, ularning umumiy miqdori 37500 ming yapon ienasiga, 4 ta valyuta 
fyuchersi bitimini tuzadigan bo‗lsa, ularning umumiy miqdori 50 mln yapon ienasiga 
teng bo‗lib qoladi.


«Bank ishi» fani. «Bank ishi» kafedrasi. TMI-2015. Tel:+(998)71 234-43-42, email: 
kbni@tfi.uz

Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish