Toshkent moliya instituti d. Tojiboyeva maxsus fanlarni


O‘qitish texnologiyasi va metodikaning asosiy farqlari



Download 4,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/541
Sana16.01.2022
Hajmi4,83 Mb.
#372868
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   541
Bog'liq
fayl 1793 20210913 (1)

O‘qitish texnologiyasi va metodikaning asosiy farqlari 

Ta’lim  texnologiyasi  o‘ziga  xos  jihatlari  bilan  metodikadan 

farqlanib: 

1)    u  eng  avvalo  dars  jarayonini  bir  butun  holda  konstruktiv 

qurilishini  ifodalaydi,  ya’ni  u  darsning  texnologik  xaritasida  aks 

ettiriladi.  Qoyilgan  maqsadga  ko‘ra  butun  dars  jarayonida  bosqichma-

bosqich bajariladigan ishlar loyihalashtiriladi. 

2) ta’lim texnologiyasi o‘z ichiga: 

*  o‘quv  predmeti,  har  bir  o‘rganiladigan  mavzu  bo‘yicha  maqsad 

qo‘yish  va  uni  vazifalar  orqali  ifodalash  (ularning  ro‘yxatini  ishlab 

chiqish); 

* dars o‘tish shakllarini aniqlash

*  o‘quv  maqsadiga  erishish  yo‘llarini  -  metodlarini  tanlash,  ishlab 

chiqish; 

* dars o‘tish vositalarini tanlash; 

*  qo‘yilgan  maqsadni  topshiriqlarda  ifodalash,  ya’ni  maqsadni 

amalga  oshirish  va  uni  qay  darajada  bajarilganini  nazorat  qilish  uchun 

topshiriqlar ishlab chiqish, tayyorlash; 

* nazoratni amalga oshirish va erishilgan natijani baholash: 



 

 

 



88 

a)  xususiy  o‘quv  maqsad-vazifalarni  qayta  ko‘rib  chiqish  va 

tuzatishlar kiritish; 

 

b)  nazorat  natijalarini  tahlil  qilish,  muvofiq  ravishda  tuzatishlar 



kiritish  kabilarni  oladi.

 

Ko‘rinib  turibdi,  metodlar  texnologiyaning 

tarkibiy qismi. Lekin shunga e’tibor qaratish kerakki, o‘qitish metodlari, 

bu  -  pedagogik  texnologiyaning  nerv  tomirlari,  chunki  qo‘yilgan 

maqsadni qanday amalga oshirish, qanday natijaga erishish aynan qaysi 

metodni  qay  tarzda  qo‘llash  hamda  talabalar  bilimini  nazoratiga 

bog‘liqdir. Nazorat ham metodga tayanadi.   

 

 



 

 

 



3)  qanday  o‘qitish  kerak,  degan  savolga  ta’lim  texnologiyasida 

salmoqli  qo‘shimcha  bilan  qanday  qilib  ko‘zlangan  natijaga  erishgan 

holda o‘qitish kerak. O‘quv jarayonini qanday tashkil etish kerak, degan 

nuqtai  nazardan  yondashiladi.  Bu  savollarga  javob  metodlarni  tanlash 

muvofiq ravishda topshiriqlar ishlab chiqish orqali topiladi. 

4) aniq sharoitdan kelib chiqib, taxminiy emas, kafolatlangan, aniq  

natijaga  erishish  mo‘ljallangan  pedagogik  jarayon  loyihalashtiriladi  va 

uni  amalga  oshirishga  yo‘naltiriladi.  Bu  hаm  mеtоdlаr  yordаmidа 

аmаlgа оshirilаdi. 

5) erishilgan natijani takrorlash mumkinligi bilan farqlanadi, chunki 

tayyorlangan  texnologik  xarita  asosida  ko‘zda  tutilgan  metodlar, 

topshiriqlardan boshqa o‘qituvchilar ham foydalana olish imkoniga ega 

bo‘ladilar.   

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

    



6)  o‘quvchi-talaba,  ya’ni  shaxsga  yo‘naltirilgan  texnologiyada 

ularning  o‘qishdagi  muvaffaqiyati  o‘z  faoliyati  evaziga  ta’minlanadi, 

buni ular tezda his qilishadi.  

 

 



 

 

 



 

 

   



7)  o‘qituvchi  eksperiment  emas,  aniq  belgilangan  natija  uchun 

harakat  qiladi.  Qo‘yilgan  maqsadni  yaratilgan  sharoit  va  belgilangan 

vaqtda  amalga  oshirishga  shubha  qoldirmaslikka  asoslangan  o‘qitish 

modeliga  tayanadi.  O‘qituvchining  o‘zini  ham  fikrlash  qobiliyatiga  va 

muammolarni  yechish  ko‘nikmalariga,  vaziyatni  tezda  baholay  olish, 

hozirjavob  bo‘lish  ko‘nikmalariga  ega  bo‘lishi  talab  etiladi.     

Kutiladigan  natijaga  aniq  o‘quv  maqsadi  qo‘yilib,  pedagogik  vazifalar 

belgilanganda  va  o‘quv  jarayonini  tashkil  etishda  zarur  sharoit 

yaratilganda erishiladi.  

 

Ta’lim texnologiyasida ishlab chiqarish natijasi, “mahsuloti”, ya’ni 

ma’lum  malakaga  ega  bo‘lgan  mutaxassis  tayyorlash  uchun 

o‘rgаnilаdigаn fаn mаvzulаri bo‘yichа mаshg‘ulоt jаrаyonini lоyihаsini 

ishlаb chiqish ko‘riladigan uslubiy tadbirlar  majmuasi,  boshqacha  qilib 



 

 

 



89 

aytganda  maqsad  qo‘yish  va  unga  qanday  tarzda  erishish  ko‘rsatiladi. 

Uni umumiy tarzda:  


Download 4,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   541




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish