Toshkent moliya instituti iqtisodiyot nazariyasi


Ishbay ish haqi ishchining ishlab chiqargan mahsuloti miqdori yoki bajargan ishining hajmiga qarab beriladigan ish haqidir



Download 2,68 Mb.
bet109/141
Sana31.12.2021
Hajmi2,68 Mb.
#215227
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   141
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi Ma'ruzalar TFI @mustaqilishlar

Ishbay ish haqi ishchining ishlab chiqargan mahsuloti miqdori yoki bajargan ishining hajmiga qarab beriladigan ish haqidir. Mahsulot birligi uchun uning miqdori, ta’rif stavkasidagi haqni ishlab chiqarish normasiga taqsimlash yo’li bilan aniqlanadi. Haq to’lash shakllarining aniq mehnat sharoitlarini hisobga oladigan turlari ish haqining tizimini tashkil qiladi. Chunonchi, ishchilarning bir qismiga to’g’ri ishbay tizimi bo’yicha haq to’lanadi. Bunda ishlab chiqarish normasi qay darajada bajarilishidan qat’iy nazar, ish haqi yagona mahsulot birligi uchun belgilangan ratsenka bo’yicha to’lanadi.

Ishbay-mukofot tizimi bir qancha ko’rsatkichlar uchun mukofot berishni nazarda tutadi. Ishbay-progressiv haq to’lashda ishchining belgilab qo’yilgan norma doirasida ishlab chiqargan mahsulotiga uning birligi uchun belgilangan ratsenka bo’yicha ish haqi beriladi, normadan yuqorisiga esa oshirilgan haq (ratsenka) bo’yicha pul to’lanadi. Ishbay-ish haqining tizimida yakka tartibdagi, jamoa va ijara pudratida qo’llaniladigan mehnatga haq to’lash farqlanadi. Bunda olingan tayyor mahsulot uchun uning sifati va ishlab chiqarish chiqimlarini hisobga olib haq to’lanadi. Haq to’lashning jamoa shaklida ish haqi brigada, tsex va boshqa bo’linmaning pirovard mehnat natijalariga bog’liq qilib qo’yiladi. Bunda har bir xodim faqat o’ziga berilgan shaxsiy topshiriqlargagina emas, balki shu bilan birga bo’linmaning butun ish hajmini ham bajarishdan manfaatdor bo’ladi.

Ishchilarning ish haqini tabaqalashtirish eng avvalo davlat tarif tizimi yordamida amalga oshiriladi. Tarif tizimi yordamida tarmoqlar va mamlakat mintaqasi bo’yicha, ular ichida esa ishlab chiqarish turlari, turli toifadagi xodimlar malakasi va mehnat sharoitlariga qarab ishchi va xizmatchilarning ish haqi darajasi tartibga solib turiladi.

Tarif tizimi tarif-malaka spravochniklarini va ish haqiga har xil koeffitsientlarini o’z ichiga oladi.



Tarif-malaka spravochniklari ayrim kasblar va mehnat turlarining batafsil ta’rifi, u yoki bu aniq ishni bajaruvchining bilim va ko’nikmalariga qo’yiladigan talablardan iborat bo’ladi, shuningdek, unda bu ishni tariflash uchun qo’yiladigan razryadlar ham ko’rsatiladi. Tarif setkasida razryadlardan tashqari ta’rif koeffitsientlari ham bo’lib, ular birinchi razryadli ishchiga haq to’lash bilan keyingi razryadli ishchilar mehnatiga haq to’lashning o’zaro nisbatini ko’rsatadi (birinchi razryadning tarif koeffitsienti hamma vaqt birga teng).

Tarif stavkalari tegishli razryadga ega bo’lgan ishchining mehnatiga to’lanadigan haq miqdorini belgilab beradi.

Mehnat qilish sharoiti og’ir va zararli bo’lgan ishchilarga tarif stavkasiga qo’shimcha haqlar belgilanadi. Tarif stavkalariga ustamalar shaklidagi haq (razryadlar bo’yicha farqlantirilgan) professional mahorat uchun belgilanadi.

Alohida tarmoqning xalq xo’jalik ahamiyatiga qarab amalda ish haqini va mansab maoshlarini farqlantirish ishlari amalga oshiriladi. Bunda mamlakat uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan etakchi tarmoqlarga tajribali, malakali kadrlarni jalb etish, bu tarmoqlarda ishchi va xizmatchilar tarkibi barqaror bo’lishini ta’minlaydigan sharoitlarni vujudga keltirish maqsadi ko’zlanadi.

Respublikamizda ham ta’rif tizimi orqali ish haqi tabaqalashtirilib, turli kasblar va ish turlari uchun ish haqi to’lashning yagona razryadlari aniqlangan. Narxlar o’sishi bilan minimal ish haqi darajasi (1-razryad) hamda barcha razryadlar ular o’rtasidagi nisbat saqlangan holda oshirib boriladi.


Download 2,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish