Toshkent moliya instituti "pensiya ishi" kafedrasi "davlat xaridi"



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/113
Sana14.01.2022
Hajmi1,58 Mb.
#365883
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113
Bog'liq
Davlat xaridi umk

KIRISH 
 
 
Mamlakatimizning  har  tomonlama  rivojlanishida  davlat  xarajatlarini 
boshqarishning zamonaviy tizimlari muhim ahamiyat kasb etadi. Davlat xarajatlari 
sarflanishining  samaradorligini  oshirish,  ulardan  optimal  darajada  foydalanishni 
yo’lga qo’yish milliy iqtisodiyotimiz rivojiga sezilarli ijobiy ta’sir ko’rsatadi. 
Davlat  xaridi  davlat  infratuzilmasini  iqtisodiy  jihatdan  ta’minlash  uchun 
amalga oshiriladi. Davlat infratuzilmasi iqtisodiy va ijtimoiy infratuzilmadan iborat 
bo’ladi.  Iqtisodiy  infratuzilma  transport,  ishlab  chiqarish  sohalarini  kengaytirish, 
zamonaviy texnika va texnologiyalarni turli sohalarga jalb etishdan iborat bo’lsa, 
ijtimoiy  infratuzilma  jamiyatning  ijtimoiy  hayoti  bilan  bog’liq  bo’lgan 
sohalar(ta’lim,  sog’liqni  saqlash,  ijtimoiy  himoya  kabilar)ni  o’z  ichiga  oladi. 
Davlat  xaridi  ushbu  infratuzilmalarni  moliyaviy  jihatdan  ta’minlashda  katta 
ahamiyatga  ega.  Davlat  xaridi  orqali  iqtisodiyotning  turli  sohalarida  ishlab 
chiqarish 
darajasini 
yuksaltirishga, 
korxonalar 
o’rtasidagi 
raqobatni 
rivojlantirishga,  korxonalar  tomonidan  ishlab  chiqarilayotgan  mahsulotlar  sifatini 
yanada yaxshilashga, kichik biznesni rivojlantirishga ta’sir ko’rsatish mumkin. Shu 
bilan birga, davlat xaridi orqali milliy ishlab chiqaruvchilarning chet el korxonalari 
bilan  raqobatbardosh  bo’la  olishi  imkoniyati  ortadi.  Chunki  davlat  o’ziga  kerakli 
xaridni  amalga  oshirar  ekan,  bunda  xizmat  yoki  mahsulot  sifati  yuqori  bo’lishi 
kerak.  Bu  esa  mahalliy  ishlab  chiqaruvchilarni  turli  elektron  savdolar  va 
tenderlarda  faolligini  oshiradi.  Sifatli  mahsulot  yaratuvchi  korxonalar  chet  elda 
o’tkaziladigan  tenderlarda  ham  ishtirok  etishi  mumkin.  Natijada  eksport  ortadi, 
aholi daromadlari ko’payadi. 
Bozor  iqtisodiyotining  muhim  talablaridan  biri  ishlab  chiqarilayotgan 
mahsulotga  erkin  narx  shakllanishidir.  Bozor  sharoitida  korxona  talab  va  taklif 
nisbatidan kelib chiqib mustaqil narx belgilash imkoniga ega bo’ladi. 1994 yildan 
boshlab  respublikada  xarajatlarni  shakllantirishning  o’ziga  xos  tartibi  amal  qilib, 
unga ko’ra korxona tomonidan narx belgilashda ishlab chiqarish tannarxi va davr 
xarajatlari  hisoblab  chiqiladi.  Bunda,  joriy  xarajatlar,  ma’muriy  va  boshqa  ayrim 
xarajatlar  davr  xarajatlari  (yalpi  foyda)ga  kiritila  boshlandi.  Mahsulotning  “to’liq 
tannarxi”  iborasi  narx  belgilash  bo’yicha  uslubiy  qoidalardan  umuman  chiqarilib 
tashlangan edi. Natijada mahsulotning ishlab chiqarish samaradorligini belgilovchi 
to’liq  tannarxiga  nisbatan  rentabelligi  ko’rsatkichini  aniqlash  mumkin  bo’lmay 
qoldi.  Ko’pchilik  korxonalar  o’z  xarajatlarini  tahlil  qilishga  rasmiy  qaray 
boshlashdi. Faqat tabiiy monopoliyalar va qonunchilikka muvofiq o’z mahsulotlari 
narxini vakolatli organlarda deklaratsiyalashi lozim bo’lgan monopolist-korxonalar 
bundan  mustasnodir.  Ayni  paytda,  ayrim  korxonalar  o’z  xarajatlarini  faoliyat 
turlari  bo’yicha  ham,  iqtisodiy  elementlar  bo’yicha  ham  hisoblashni  davom 


ettirdilar.  Mazkur  usullardan  foydalanish  korxonalarga  talab  va  taklifdan  kelib 
chiqqan  holda  sotuv  hajmlari  va  narxlar  nisbatini  aniq  hisobga  olishga  imkon 
beradi,  bu  esa  ishlab  chiqarilayotgan  mahsulotning  raqobatbardoshligini  oshiradi. 
Narx  belgilashning  bunday  tartibidan  hozirgi  paytda  birmuncha  o’zgartirishlar 
bilan foydalanilmoqda.   
Amalga  oshirilayotgan  islohotlardan  ko’zlangan  maqsad  davlat  byudjeti  va 
byudjetdan tashqari jamg’armalarining mablag’lari hisobidan byudjet tashkilotlari, 
byudjet va byudjetdan tashqari jamg’armalardan mablag’ oluvchilarning ehtiyojlari 
uchun tovar(ish,xizmat)larni muqobil variantda sotib olishga erishishdir. 
Shuningdek,    bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  narxlar  va  narx  tizimini  davlat 
tomonidan  tartibga  solish  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Jumladan,  iqtisodiyotda 
narx  tizimini  tartibga  solish  orqali  makroiqtisodiy  barqarorlikka  erishiladi,  bozor 
raqobat  natijasida  sifatli  mahsulot,  ish  va  xizmatlarga  to’yinadi.    Korxonalar 
tomonidan ishlab chiqaladigan strategiyalar bevosita narx siyosatiga bog’liq bo’lib, 
raqobat  kurashi  kuchaygan  sharoitda  oqilona  narx  siyosati    korxona  moliyaviy 
natijalariga  sezilarli  ta’sir  ko’rsatadi.  Qolaversa,  davlat  xaridi  tizimida  raqobatni 
rivojlantirish  maqsadida  optimal  narxda  tovar(ish,xizmat)  etkazib  beruvchi 
korxonalar  va  kichik  biznes  sub’ektlarining  elektron  katolog  va  elektron 
savdolarda  ishtiroklari ko’lamini kengaytirish dolzarb masalalardan biridir. 
Bu maqsadga erishish uchun  bo’lajak moliya tizimidagi  mutaxassislarda, ya’ni 
talabalarda davlat xaridi va narx siyosatining mohiyati, uni tashkil etish jarayoni va 
mexanizmi,  davlat  xaridini  tashkil  etishdagi  mavjud  muammolar  hamda  ularni 
bartaraf etishning istiqbol yo’nalishlari, xorijiy davlatlarning davlat xaridi tizimini 
o’rganish  va  taqqoslash  asosida  tegishli  xulosalar  ishlab  chiqish,  ularning  ilg’or 
tajribalarini  o’zimizning  amaliyotga  tadbiq  etish  borasida  nazariy  va  amaliy 
bilimlarni  shakllantirish  muhim  ahamiyatga  ega.    Maskur  o’quv  majmua  aynan 
mana shu maqsadga xizmat qiladi. 

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish