Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari



Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/711
Sana14.01.2022
Hajmi5,65 Mb.
#364978
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   711
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020

venchur  firmalar

  egallaydi.  Ular  juda  moslashuvchan  va  samarali 

kichik korxonalar bo’lib, tavakkalchilik bilan bog’liq bo’lgan raqamli innovatsion 

loyihalarni  (



yangi  ilmiy-texnik  yechimlarni

)  tekshirib  ko’rish,  qayta  ishlash  va 

amaliyotga  tadbiq  qilish  uchun  hizmat  qiladilar.  Ba’zi  hollarda  esa  venchur 

firmalar  biror  bir  aniq  muammoni  hal  qilish  uchun  tuziladigan  vaqtinchalik 

tashkiliy  tuzilmalar  ham  bo’lishlari  mumkin.  Bunday  korxonalar  juda  faol 

ishlaydilar, chunki ularning xodimlari va hamkorlari yangi g’oya, texnologiya yoki 

ixtironing  amaliyotga  tadbiq  qilinishiga  shaxsan  qiziqadilar,  ya’ni  ular  buning 

natijasida  kattagina  daromadga  ega  bo’lishlari  mumkin.  Venchur  korxonalar 

chuqur bilim va ilm-fan talab qiladigan iqtisodiyot tarmoqlarida (

masalan, quyosh, 

shamol,  mini  suv  va  bioenegetika  sohalarida,  qishloq  xo’jalik  mahsulotlarini 

innovatsion  usullar  yordamida  qayta  ishlash,  saqlash  va  yetishtirish  kabilarda

keng  tarqalganlar  va  bu  yerda  ular  aniq  yo’nalishdagi  amaliy  ilmiy  izlanishlar 



hamda katta moliyaviy natija keltirishi mumkin bo’lgan injener-texnik tadqiqotlar 


Toshkent Moliya instituti 

R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 

 

olib boradilar. Raqamli iqtisodiyot sohasida venchur biznesning alohida ahamiyati 



quyidagilardan iborat: 

 



Venchur biznes yangi innovatsion hayot tarziga moslashgan korxonalar hosil 

bo’lishiga  olib  kelib,  an’anaviy  ilmiy  izlanishlar  tizimiga  ta’sir  qiladi  va 

mamlakatning  ishlab  chiqarish  jarayonidagi  zamonaviy  ijobiy  o’zgarishlarga 

olib keladi; 

 

Yuqori  malakali  mutahassislar,  injener-texnik  xodimlar  va  olimlarning 



bandligini ta’minlab, ularga bo’lgan talabni oshiradi; 

 



Iqtisodiyot  an’anaviy  tarmoqlarining  texnik  va  texnologik  jihatdan  qaytadan 

jihozlanishiga erishish imkonini beradi; 

 

Yirik  korxona,  tashkilot  va  korporatsiyalarga  o’z  tuzilishini,  faoliyat 



yo’nalishini  va  maqsadlarini  zamona  talablariga  mos  ravishda  o’zgartirishga 

namuna sifatida hizmat qiladi

 

Venchur  biznesning  turli  hil  mamlakatlardagi  ko’p  yillik  tajribasidan  shu 



ma’lum  bo’ladiki,  mamlakatimizning  uzoq  muddatli  maqsadlarini  amalga 

oshirish  uchun  venchur  kapital  asosida  faoliyat  ko’rsatadigan  maxsus  moliya-

kredit  tizimini  yaratish  zarur  (

masalan,  venchur  biznes  korxonalari  uchun 

banklar  tomonidan  foizsiz,  ammo  foydaga  sherik  bo’linadigan  kreditlar 

berilishini yo’lga qo’yish

). 


Raqamli  iqtisodiyot  sohasidagi  venchur  firmalar  bir  qancha  huquqiy  va 

jismoniy shaxslar orasidagi shartnoma asosida yoki bank kreditlari asosida, yohud 

banklar  va  yirik  kompaniyalarning  mablag’lari  asosida  tashkil  qilinadi.  Venchur 

firmalar tashkil qilish uchun quyidagi shart-sharoitlar bo’lishi kerak: 

 

Innovatsion  yangilik  yaratishning  asoslangan  g’oyasi  –  yangi  texnologiya, 



ixtiro,  ishlab  chiqarish  jarayoni,  hizmat  ko’rsatish,  dastur  tuzish,  internet 

resursi  yaratish,  3D-texnologia,  intellectual  tizim  tashkil  qilish  va  shunga 

o’zshashlar; 

 



Bu  g’oyaning  amalga  oshirilishiga  jahon,  mamlakat,  xudud    yoki  korxona 

miqyosida jamiyatning talabgorligi; 


Toshkent Moliya instituti 

R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 

 



 

Ushbu  g’oya  amalga  oshirilishi  natijasida  ishlab  chiqariladigan  mahsulot 

yoki ko’rsatiladigan hizmatlarga ichki va tashqi bozorlarda talab mavjudligi; 

 



Bu g’oya asosida tavakkalchilik bilan yangi firma tashkil qilib, uni boshqara 

oladigan real tadbirkorning mavjudligi; 

 



Ushbu  venchur  firmani  moliyalashtirish  uchun  kerakli  miqdordagi 

“tavakkalchi” kapitalni topish mumkinligi. 

  Investitsiyalarning  boshqa  turlaridan  farqli  o’laroq,  venchur  biznesga 

moliyaviy mablag’ investitsiya qilish quyidagi hususiyatlarga ega: 

 



Venchur biznesga moliyaviy mablag’lar kafolatsiz hamda moddiy ta’minotsiz 

jalab  qilingani  uchun  investorlar  katta  tavakkalchilikka  duch  keladilar,  chunki 

muvaffaqiyatsizlikka  uchragan  taqdirda  ular  juda  katta  mablag’larni 

yo’qotishlari  mumkin.  Ammo  bunday  tavakkalchilikka  tayyor  bo’lish 

tadbirkorlarning  venchur  biznes  muvaffaqiyatiga  astoydil  ishonishlari  va 

ularning  o’zlari  yakka  holda  bu  ishni  amalga  oshira  olmasliklari  bilan 

tushuntiriladi; 

 



Investorning  venchur  firma  ta’sis  (ustav)  kapitalida  majburiy  50%  dan 

oshmagan  bevosita  yoki  bilvosita  ulushga  ega  bo’lishi.  Ya’ni  tavakkal  kapitali 

firmaning  ustav  kapitaliga  ulush  kiritish  tariqasida  ishtirok  etib,  bu  moliyaviy 

mablag’lar  ajratilishiga  alohida  ta’sir  ko’rsatidi.  O’z  navbatida  investorlar 

moliyalashtirilgan firmaning foydasidan o’z ulushlarini olish huquqiga ham ega 

bo’ladilar; 

 



Mablag’lar qaytib bermaslik asosida uzoq muddatga beriladilar, chunki ba’zi 

hollarda  mablag’larining  samaradorligini  bilish  va  tegishli  daromad  olish 

uchun investorlar 3-5 yil kutishlariga to’g’ri keladi; 

 



Investorning  moliyalashtirilgan  venchur  firmani  boshqarishda  faol  ishtiroki 

talab  qilinadi,  chunki  investorlar  venchur  firmaning  muvaffaqiyatiga  shaxsan 

qiziqadilar va shuning uchun mablag’ berish bilangina kifoya qilmaydilar.  

Venchur  firmalar  ikki  xil  tashkiliy  ko’rinishlarda  faoliyat  ko’rsatishlari 

mumkin.  Bulardan  biri  mustaqil  venchur  firmalar  bo’lsa,  ikkinchisi  yirik 



Toshkent Moliya instituti 

R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 

 

tashkilotlar tarkibida tashkil qilinadigan venchur firmalardir. Yangi mahsulot yoki 



hizmat turi yaratish bo’yicha loyiha tanlanganida ikki holat albatta hisobga olinadi: 

birinchidan,  bu  loyihaning  maqsadlari  va  hal  qiladigan  masalalari  asosiy 

kompaniyaning an’anaviy faoliyati bilan mos tushmasin – ya’ni, ichki venchurning 

asosiy  maqsadi  -  katta  daromad  keltiradigan  yangi  innovatsiyalar  topish  va  uni 

kompaniya faoliyatiga tadbiq etishdir. Ikkinchidan, yangi g’oyalar tanlanayotganda 

ulardan  olinishi  mumkin  bo’lgan  iqtisodiy  natija  sarf-xarajatlarni  oqlashdan 

tashqari, katta foyda keltiradigan darajada yetarlicha miqdordagi kattalikda bo’lishi 

lozim.  Texnologik  rivojlanishning  milliy  qadriyatlarini  hosil  qilishda  va  ularni 

amalga  oshirishda  davlatning,  ilm-fanning  hamda  biznesning  imkoniyatlarini 

birlashtirishda  foydalanilishi  mumkin  bo’lgan  eng  muhim  uskunalardan  biri 

texnologik  platformalardir. 


Download 5,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   711




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish