Toshkent moliya instituti sirtqi fakulteti “moliyaviy tahlil” fanidan topshirig’i mavzu: Korxonalar iqtisodiy nochorligi (bankrotligi)ni baholash va tahlil qilish


Bankrotlik instituti va uning rivojlanish istiqbollari. Iqtisodiy nochorlikni tartibga solishning huquqiy normalari



Download 46,24 Kb.
bet3/6
Sana13.07.2022
Hajmi46,24 Kb.
#788997
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Шамсиев Маъруф 55-2 МОЛИЯВИЙ ТАХЛИЛ мустакил иш

Bankrotlik instituti va uning rivojlanish istiqbollari. Iqtisodiy nochorlikni tartibga solishning huquqiy normalari

Bankrotlik instituti – murakkab huquqiy muassasadir: huquqiy muassasa tomonidan beligilanadigan protsessual me’yorlarni belgilash, tartiblash amalga oshirishni o‘z ichiga oladi.


O‘zbekiston Respublikasida bankrotlik instituti 1994-yilda tashkil etilgan. O‘tgan davr mobaynida bu borada sezilarli ishlar olib borildi va muhim natijalarga erishildi. Eng muhimi ushbu munosabatlarni tartibga solishning puxta va mukammal qonunchilik bazasi shakllantirildi. Dastlab 1994-yilda 5-mayda “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Ushbu qonun dastlab 35 moddadan iborat bo‘lgan. Lekin qonun amaliyoti bo‘yicha mazkur davrda bironta ham bankrotlik holati ko‘rilmadi.
Qonun amalda bo‘lgan davrda bankrotlik bo‘yicha faqat ikkitagina ariza qabul qilingan va ko‘rib chiqilgan.
1995-yilda Qonun amaliyoti va bankrotlikni amalga kiritish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining maxsus qarori chiqarildi va bu boradagi ishlar biroz jadallashdi. Shu yilda 47 ta bankrotlik holati bo‘yicha ishlar ko‘rib chiqildi.
1996-yil 11-dekabrda “Bankrotlik to‘g‘risidagi qonunni amalda qo‘llash chora tadbirlari to‘g‘risida”gi Respublika Prezidentining maxsus farmoni sohadagi ishlarni yanada jadallashtirish imkonini berdi.
1998-yil 28-avgustda qonun yangi tahrirda qabul qilindi. U ko‘plab moddalar bilan boyitildi. Xususan, ayrim turdagi qarzdorlarning bankrotligi to‘g‘risidagi qoidalar, yangi taomil – tashqi boshqaruv qo‘shildi va bu kreditorlarning huquqlarini kengaytirdi. Ushbu qonunda yuridik va yakka tartibdagi tadbirkor bankrotligi alomatlari alohida ajratib ko‘rsatildi.
2003-yil 24-aprelda Qonun yana yangi tahrirda e’lon qilindi. U 192 moddadan iborat bo‘lib, bankrotlik belgilari va taomillariga tegishli bo‘lgan, to‘lovga qodir bo‘lmagan qarzdorlarning to‘lov qobiliyatini tiklashni maqsad qilib qo‘ygan ko‘plab yangi qoidalarni o‘zida mujassamlashtirdi. Qonunga ikkita yangi bob kiritildi va ular yangi bankrotlik taomillarini o‘zida ifoda etdi: kuzatuv va sud sanatsiyasi, shuningdek, barcha bankrotlik taomillari sud boshqaruvchilari tomonidan amalga oshirilishi, sud boshqaruvchilari sud tomonidan tayinlanishi va nazorat qilinishi belgilandi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bankrotligi O‘zbekiston Respublikasining “Bankrotlik to‘g‘risida”gi qonuni va unga keyinchalik kiritilgan qo‘shimcha, o‘zgartirishlar va boshqa me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra bankrotlik deganda sud tomonidan e’tirof etilgan qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini to‘la hajmda qondirishga va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini to‘la hajmda bajarishga qodir emasligi tushuniladi. Aytish joizki, qarzdorni bankrot deb topishda kreditorlar talablarini va majburiy to‘lovlarni to‘la qondira olmasligi emas, balki «Bankrotlik to‘g‘risida»gi qonunning 5-moddasi ikkinchi qismida belgilangan talablar hisobga olinadi. Ushbu moddada quyidagilar bayon etiladi.
Bankrotlik to‘g‘risidagi ish iqtisodiy sud tomonidan ko‘rib chiqiladi. Bankrotlik to‘g‘risidagi ish bankrotlik alomatlari mavjud bo‘lgan taqdirda, agar qarzdor yuridik shaxsga nisbatan jami talablar eng kam ish haqi miqdorining kamida besh yuz karrasini tashkil etadigan bo‘lsa, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorga yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsga nisbatan esa eng kam ish haqi miqdorining kamida o‘ttiz karrasini tashkil etadigan bo‘lsa, iqtisodiy sud tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkin, ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno”.
Shuningdek, kreditorlarning istalgan talablari bo‘yicha emas, balki aniq belgilangan talablar bo‘yicha to‘lashga qodir emaslik bankrotlik alomatlari hisoblanadi. Qonunchilikda bankrotlik alomatlarini aniqlashda kreditor talabining quyidagi ikki turi: qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha hamda majburiy to‘lovlar bo‘yicha, ya’ni soliq, yig‘im, bojlarni to‘lash bo‘yicha talabi belgilangan. Qolgan boshqa talablarning bajarilmasligi korxona yoki tadbirkorning bankrot deb topilishiga asos bo‘lmaydi.
Qarzdorning pul majburiyatlari tushunchasi bankrotlik qonunchiligida fuqarolik qonunchiligiga nisbatan tor ma’noda berilgan. Bankrotlik qonunchiligiga asosan pul majburiyatlari deganda qarzdorning fuqarolik-huquqiy shartnomasi bo‘yicha hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra kreditorga muayyan pul summasini to‘lash majburiyati tushuniladi («Bankrotlik to‘g‘risida»gi qonunning 3-moddasi).
Pul majburiyatining birinchi belgisi qarzdorning ish bajarishi, xizmat ko‘rsatishi yoki tovarni topshirishi emas, balki pul summasini to‘lash majburiyati hisoblanadi.
Ikkinchi belgisi esa majburiyatlarning faqat Fuqarolik kodeksiga asoslangan bo‘lishidir. Korxonaning o‘z vaqtida ishchilariga ish haqini to‘lay olmasligi oqibatida korxona bankrot deb topilmaydi. Chunki mehnat haqi bo‘yicha kelib chiqqan majburiyat Mehnat kodeksi bilan tartibga solinadi. Shu sababli ushbu majburiyat pul majburiyati hisoblanmaydi.
Bankrotlik instituti tadbirkorlar o‘rtasidagi shartnomaviy munosabatlarni yaxshi yo‘lga qo‘yish, o‘zaro to‘lov intizomini kuchaytirish, yig‘ilib qolgan kreditorlik va debitorlik qarzlarini undirish, oqibat natijada ishlab chiqarishni barqarorlashtirish borasida muhim ahamiyat kasb etadi.
Qarzdorlar bankrot deb e’lon qilinadi qachonki, bankrotlik faktlarini barchasi e’tirof etilsa.
Bankrotlik to‘g‘risidagi ish oliy sud tomonidan ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, “Bankrotlik to‘g‘risidagi” Qonunning III bobiga ko‘ra, xo‘jalik subyektlari sudga murojaat qilmasdan turib ham o‘zini o‘zi bankrot deb e’lon qilish mumkin. Buning uchun korxonaning rahbari ixtiyoriy tugatish haqida qaror chiqaradi, uni kreditorlar ma’qullaydi, so‘ngra bu qaror mulkdor (qarzdorning mol-mulkida davlat ulushi bo‘lsa, Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasi ham) tomonidan tasdiqlanadi. qaror mulkdor tomonidan (qarzdorning mol-mulkida davlat ulushi bo‘lsa Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasi tomonidan ham) tasdiqlangan paytdan boshlab qarzdor bankrot bo‘lgan deb hisoblanadi. Agar kreditorlarning loaqal bittasi bu qarorni ma’qullamasa yoki kreditorlarning barchasi ma’qullasa-yu, ammo mulkdor bu qarorga norozi bo‘lsa, qarzdor o‘zini o‘zi bankrot deb topa olmaydi. Bunday holda u qonunda belgilangan tartibda sudga bankrotlik arizasi bilan murojaat qilishi mumkin.
Qarzdor o‘zini o‘zi bankrot deb topgan taqdirda ham u «Bankrotlik to‘g‘risida»gi Qonunda belgilangan tartibda tugatilishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining 30-moddasiga ko‘ra, tashkilotlar va fuqarolarning bankrotligi to‘g‘risidagi ishlar qarzdor turgan joydagi sudda ko‘rib chiqiladi.
Ushbu Kodeksning 23-moddasiga ko‘ra, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan tashkilotlar yoki tadbirkor jismoniy shaxslar sudda taraf sifatida ishtirok etishlari mumkin. Ya’ni, korxonaning yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lmagan bo‘linmalari bankrot deb topilishi mumkin emas. Chunki ularning qarz majburiyatlari bo‘yicha yuqori tashkiloti javob beradi.
Bankrotlik to‘g‘risidagi ish bankrotlik alomatlari mavjud bo‘lgan taqdirda, agar qarzdor yuridik shaxsga nisbatan jami talablar eng kam ish haqi miqdorining kamida besh yuz karrasini tashkil etadigan bo‘lsa, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorga nisbatan esa eng kam ish haqi miqdorining kamida o‘ttiz karrasini tashkil etadigan bo‘lsa, sud tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkin.
Majburiy to‘lovlar majburiyatini bajarmaganligi natijasida qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojat etish huquqiga qarzdor, prokuror, davlat soliq xizmati organlari va boshqa vakolatli organlar ega.

Download 46,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish