Toshkent «noshir» 2017


Depozit sertifikatlari blanklarining majburiy rekvizitlari



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/100
Sana10.07.2022
Hajmi0,94 Mb.
#767807
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   100
Bog'liq
kimmatli kogozlar

Depozit sertifikatlari blanklarining majburiy rekvizitlari:
1. Qimmatli qog‘ozning nomi.
2. Sertifikatning berilishi sababi (depozit yoki jamg‘arma
omonatining kiritilishi).
3. Depozit yoki jamg‘arma omonatining kiritilish sanasi.
4. Depozit yoki jamg‘arma omonatining hajmi.
5. Bankning depozit yoki omonatga kiritilgan summani
qaytarish haqidagi so‘zsiz majburiyati.
6. Omonatchi tomonidan sertifikat bo‘yicha summani
talab qilish sanasi.
7. Depozit yoki omonatdan foydalanganlik uchun foiz
stavkasi.
8. Tegishli foizlar summasi.
9. Emitent bank manzili, egasining nomi yozilgan sertifikat
uchun esa omonatchining nomi.
10. Bank tomonidan bunday turdagi majburiyatni imzolash
uchun vakil etilgan ikki shaxsning bank muxri bilan mustah-
kamlangan imzolari.
Sertifikatlar blanklari faqat Markaziy bankdan qimmatli
qog‘ozlar blanklarini chiqarish uchun litsenziya olgan matbaa
korxonalari tomonidan tayyorlanadi. Blank qo‘lda siyoh
bilan, sharikli ruchka bilan yoki bosmalash usuli bilan to‘l-
dirilishi mumkin.
Sertifikat egasi uni boshqa shaxsga o‘tkazishi mumkin.
Blankli egasining nomi yozilgan sertifikat bo‘yicha talab
qilish huquqining boshqa shaxsga o‘tkazilishi (sessiya) uning
orqa tomonida o‘z huquqlaridan voz kechuvchi (sedent) va
mazkur huquqlarga ega bo‘luvchi (sessionariy)ning ikki to-
monlama kelishuvi bilan rasmiylashtiriladi. Blankli ko‘rsa-
tuvchi egalik qiladigan sertifikat bo‘yicha talab qilish huqu-
qining boshqa shaxsga o‘tkazilishi ushbu sertifikatni oddiy
topshirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Veksellar
Veksel (nemischa 
Wechsel 
so‘zidan) – veksel beruvchining
yoki vekselda ko‘rsatilgan boshqa to‘lovchining vekselda
nazarda tutilgan muddat kelganda veksel egasiga muayyan
summani to‘lashga doir shartsiz majburiyatini tasdiqlovchi
noemissiyaviy qimmatli qog‘oz.
Oddiy veksel (solo veksel) – bu qarzdorning (veksel
beruvchining) muayyan pul summasini ko‘rsatilgan muddatda
kreditorga (birinchi oluvchisiga) to‘lash majburiyatini
ifodalovchi hujjat.
O‘tkazma veksel (tratta) – bu veksel beruvchi kreditor
(trassant)ning qarzdor(trassat)ga ma’lum pul summasini
ko‘rsatilgan muddatda uchinchi shaxs birinchi oluvchi
(remitent)ga to‘lashi buyrug‘ini ifodalovchi hujjat.


28
29
O‘tkazma veksel, agar u qarzdor – trassat tomonidan
akseptlanmagan bo‘lsa, qonuniy kuchga ega bo‘lmaydi.
Aksept (to‘lash uchun rozilik) yozma ravishda vekselning
ustki tomonida amalga oshiriladi. Aksept umumiy yoki
chegaralangan (qisman) bo‘lishi mumkin. Qismli aksept –
bu qarzdorning veksel valutasi bir qismini to‘lash uchun
yozma ravishdagi roziligidir. Veksel akseptlanmagan hollarda
yoki u bo‘yicha to‘lovdan bosh tortilsa, veksel bo‘yicha da’vo
qilinishi mumkin. Bunda uning egasida veksel bo‘yicha maj-
buriyatga ega bo‘lgan oldingi shaxslarga regress, ya’ni
qaytarma talab tartibida to‘lash huquqi paydo bo‘ladi.
Veksel majburiy rekvizitlarga ega bo‘lishi lozim, ulardan
hech bo‘lmaganda bittasining yo‘qligi vekselni haqiqiy
bo‘lmasligiga olib keladi.

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish