Toshkent signallashtirish va aloqa distansiyasi (шч-1)



Download 84,95 Kb.
Sana13.06.2022
Hajmi84,95 Kb.
#661964
Bog'liq
5. Toshkent signallashtirish va aloqa masofasi (ШЧ-1)


Toshkent signallashtirish va aloqa distansiyasi (ШЧ-1)
Toshkent signallashtirish va aloqa distansiyasi (yoki masofasi) “O`zbeksiton Temir Yo`llari” AJ ning “Toshkent mintaqaviy temir yo`l uzeli” unitar korxonasi tarkibiga kiruvchi tuzilmaviy bo`linmasidir (keyinchalik, masofa).
Masofaning telegraf indeksi: ShCh-1 (ШЧ-1).
Masofaning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
- Masofaning xizmat ko`rsatish hududida o`rnatilgan temir yo`l avtomatikasi va aloqasi vositalarini texnik soz holatini saqlash, ularning O`zbekiston Respublikasi me’yoriy-huquqiy qonun hujjatlari, “O`zbeksiton Temir Yo`llari” AJning normativ hujjatlariga ko`ra normal ishiga xavf tug`diruvchi holatlardan ogoh bo`lish va ularni bartaraf etish;
- poyezdlar harakatining uzluksizligi va xavfsizligini ta’minlash;
- avtomatika va aloqa vositalarining ishonchli ishlashini, ularning samaradorligi hamda kamxarjliligini oshirish bo`yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Temir yo`llarda qo`llaniladigan avtomatika va telemexanika qurilmalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
- avtomatikali blokirovka (yoki avtoblokirovka);
- lokomotivlarning avtomatikali signalizatsiyasi;
- poyezdlar harakatining dispetcherlashtirilgan nazorati;
- temir yo`l kesishmalarining avtomatikali signalizatsiyasi va avtoshlagbaumlar;
- releli yarimavtomatika blokirovkasi;
- strelka va signallarning elektrlashtirilgan markazlashuvi;
- saralash tepaliklarining mexanizatsiyasi va avtomatizatsiyasi.
Stansiyalardagi poyezdlar harakati va manyovr ishlari tinimsiz o`zgaruvchan sharoitlarda amalga oshirilishi tufayli lokomotiv brigadalari va poyezdlar harakati bilan bog`liq bo`lgan boshqa ishchilarga buyruq va ko`rsatmalarni masofadan turib zudlik bilan berilishi maqsadida temir yo`l signalizatsiyasi qo`llaniladi.

Temir yo`llardagi signalizatsiyalar harakat xavfsizligini ta’minlash uchun shuningdek, poyezdlar harakati va manyovr ishlarini mukammal tashkil etishga xizmat qiladi.
Masofada ta’mirlanadigan temir yo`l avtomatikasi va telemexanikasi tizimi bir-biri bilan o`zaro ulanadigan alohida elementlardan tashkil topgan. Har bir element olingan ta’sirni sonli yoki sifatli avtomatik shakllantirishni va ta’sirni keyingi elementga uzatishni amalga oshiradi. Bu elementlarga datchiklar (yoki uzatgichlar), elektrli filtrlar, relelar, transmitterlar, stabilizatorlar, kuchaytirgichlar, dvigatellar, taqsimlagichlar va hokazolar kiradi.
Datchiklar nazorat qilinuvchi yoki tartibga solinuvchi kiruvchi kattalikni jismoniy kattalikka shakllantirish, uni tizimda yanada yanada qulayroq qayta ishlash uchun mo`ljallangan.
Elektrli filtrlar muayyan chastotadagi toklarni o`tqazadi va boshqa chastotadagi elektr signallari uchun katta so`ndirishga ega.
Rele – bu kiruvchi kattaligi bir maromda (sakrashlarsiz) o`zgarganda, chiquvchi kattaligi birdan o`zgaradigan elementdir.
Transmitter bu avtomatika va telemexanika tizimlarida qo`llaniladigan elektr signallarini yoki ularning ketma-ketligini ishlab chiqarish uchun mo`ljallangan.
Stabilizator kirish kattaligi muayyan chegarada o`zgarganda o`zgarmas chiqish elektr kattaligini ta’minlashga mo`ljallangan.
Kuchaytirgich elektr signallarini kuchaytirish uchun mo`ljallangan, kuchaytirgichning kiruvchi va chiquvchi kattaliklari bir xil jismoniy tabiatga ega.
Dvigatel deb, u yoki bu turdagi energiyani mexanik energiyaga shakllantiradigan elementga aytiladi.
Taqsimlagich deb, bitta kirish va oldindan berilgan chiqish miqdorlariga ega bo`lgan ko`p pozitsiyali elementga aytiladi.
Temir yo`l avtomatikasi va telemexanikasi tizimlarida yuqorida sanab o`tilgan elementlarning bir nechtasidan iborat bo`lgan, bir muncha murakkab elementlar ham qo`llaniladi. Murakkab elementlarga o`zida transmitter, filtr, kuchaytirgich, rele va boshqa elementlarni mujassamlashtirgan rels zanjirini misol qilsa bo`ladi.
Kiruvchi va chiquvchi kattaliklar ham eletrli (tok, kuchlanish, o`tkazuvchanlik), ham noelektrik (bosim, ko`chish, harorat, tezlik, tezlanish va hokazolar) bo`lishi mumkin. Temir yo`l avtomatikasi va telemexanikasi tizimlarida elektr kattaligi eng oddiy yo`l bilan qayta shakllanadigan, o`lchanadigan va har qanday masofaga uzatsa bo`ladigan hamda hech bo`lmaganda bitta kattaligi (kirishi yoki chiqishi) elektrli bo’lgan elektrli elementlar qo`llaniladi.
Masofa zimmasiga yuklatilgan vazifalar bilan bir qatorda:
- o`zining balansiga biriktirilgan bino, inshoot, o`rnatma, mashina va mexanizm, uskuna, texnik va transport vositalaridan “O`zbeksiton temir yo`llari” AJ me’yoriy hujjatlariga muvofiq tarzda texnik foydalanishni amalga oshiradi;
- avtomatika va aloqa qurilmalarini rekonstruksiya qilish, modernizatsiyalash, ta’mirlash, texnik soz holatini saqlash, masofadagi avariya va favqulodda vaziyatlardan ogoh bo`lish bo`yicha ishlarni tashkillashtiradi;
- ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlarini, yuqori texnologiya va ilg`or tajribani joriy etish asosida masofaning texnik, ta’mirlash va texnologik quvvatlarini rivojlantirish va mustahkamlash bo`yicha ishlarni olib borish;
- poyezdlar harakati xavfsizligini, SMB (signallashtirish, markazlashtirish va boshqaruv) va aloqa qurilmalarining faoliyati ishonchliligini oshirish, ularni O`zbekiston Respublikasi me’yoriy-huquqiy qonun hujjatlari, “O`zbeksiton Temir Yo`llari” AJning normativ hujjatlari talablariga muvofiqlashtirish bo`yicha tashkiliy-texnik chora tadbirlarni amalga oshiradi;
- xalq iste’molidagi tovarlarni ishlab chiqarish bo`yicha yordamchi-ikkilamchi faoliyatini, masofaga berilgan litsenziya asosida qo`shimcha faoliyat turlari bilan O`zbekiston Respublikasi me’yoriy-huquqiy qonun hujjatlari, “O`zbeksiton Temir Yo`llari” AJning normativ hujjatlariga muvofiq tarzda shartnomaviy ishlarni amaldagi narxlar bo`yicha hisob-kitob qilgan holda amalga oshirish.
Download 84,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish