Toshkent teleminorasi



Download 42,63 Kb.
Sana16.01.2022
Hajmi42,63 Kb.
#373757
Bog'liq
SILDIOKNohLaidXB675

Toshkent teleminorasi


Toshkent teleminorasi Ismail tomonidan qurilgan Oʻrta Osiyodagi eng baland binodir. Uning balandligi 375 metrdir. Rasmiy t ilda Toshkent teleminorasi H-375m obyekti deb ataladi.

Teleminora 1978-yildan boshlab, 6 yil davomida qurib bit ilgan. 1985-yilning 15 yanvarida ishga tushirilgan.

Minora haqida maʼlumot

Teleminora tarxi

Qurilish boshlangan yil

1978

Teleminora Mualliflari

Y.P. Semashko va N.G. Terziyev- Sarukov

Konstruktorlar

Y.P. Morozov va M.D. Musheyev

Qurilish vaqti

6 yil

Ishga tushirlgan vaqti

15- yanvar 1985- yil

Teleminora balandligi

375 metr

Teleminora poydevorining balandligi

11 metr

Umumiy massasi

6000 tonnadan ortiqroq

Hajmi

55500 m3

Qurilishda ishlatilgan materiallari

Payvandlangan poʻlat

Inshoot mustahkamligini taʼminlash usullari

Har biri 93 metrlik uchta konussimon oyoqlar

Tarqatiluvchi davlat telekanallari soni

4

Tarqatiluvchi davlat radiokanallari soni

5

Aylanuvchi ikki zalli „Koinot“ restorani, balandlik

120 metr

Tomosha maydoni, balandlik

115 metr

Tezkor lift lar soni (tezligi 4,8 m/s’dan kam emas)

3

Ishga tushirilayotgan paytida Toshkent teleminorasi jahonda balandligi bo‘yicha to‘rt inchi o‘rinda turgan. O‘shanda u Toronto, Moskva, Nyu-York va Tokiodagi inshootlar qatorida dunyoning buyuk minoralari xalqaro federatsiyasining a’zosiga aylangan. Bugungi kunda u Markaziy Osiyoning shu xildagi yagona va eng baland binosi hisoblanadi. MDH davlatlari teleminoralari ichida esa, Ostankinodan keyingi ikkinchi o‘rinni egallaydi. [1]

XX asrning 60- yillariga kelib televideniye va radio O‘zbekiston madaniy hayotida mustahkam joy egallay boshladi. 1957- yilda bunyod etilgan 180 metrlik birinchi O‘zbekiston telemarkazi 4 millionlik poytaxt va Toshkent viloyati aholisi ehtiyojini yetarlicha qondirish, televizion

ko‘rsatuvlarni ko‘paytirish va tog‘li tumanlarga dasturlarni yetkazishga ojizlik qilib qoldi.

1971-yilning 1-sentyabrida O‘zbekiston Aloqa vazirligi (hozirgi Respublika Aloqa va axborotlashtirish agentligi) tasarrufida Toshkent radiotelevizion uzatish markazi qurilishi

direksiyasi tashkil etildi. Qisqa fursat ichida yangi teleminora loyihasini tayyorlashga kirishildi.

Tarixi

Loyiha juda sinchkovlik bilan o‘rganildi, qayta- qayta sinovlardan o‘tkazildi. Chunki bunday balandlikdagi inshoot qurilishi hali tajribada bo‘lmagandi. 1978- yilda teleminora qurilishi boshlandi.



Har qanday inshootning mustahkamligi albatta poydevoriga bog‘liq. Teleminoraning to‘rt

tayanchi va unga tutashgan uchta oyoqlari 11 metrlik chuqurlikdan ko‘tarilib chiqilgan, bir- biri bilan bog‘lanmagan temir- beton asoslarga tayangan bo‘lib, muvozanatini o‘ta yuqori darajada ushlab turishga qodir klassik t izim yaratildi.

Teleminora qurilishi “11- Balandqurilish” boshqarmasi quruvchilari tomonidan amalga oshirildi. 1984—85- yillardagi qahraton qish sharoiti, balandlik va muntazam shamol, tobora yuqorilab borayotgan qurilmalar nishab o‘lchovini to‘g‘ri olish oson kechmadi. Qurilishda Rossiyalik

mutaxassislar ham faol isht irok etishgan. Minora qurilishi 25 tonna yukni 240 metr balandlikka ko‘tarish qobiliyatiga ega bo‘lgan maxsus kran yordamida amalga oshirilgan. [2]

1985- yil 15- yanvarda Poytaxtning Yunusobod tumani Bo‘zsuv yoqasida Toshkent teleminorasi qad rostladi, inshootning eng baland nuqtasida bayroq hilpiray boshladi.

Balandligi — 375 m. (14 ta to‘qqiz qavatli uy va yana bitta bir qavatli uyning umumiy balandligi bilan teng) Poydevor chuqurligi — 11 m Qurilmaga t irgak bo‘lib turgan po‘lat oyoqlar uzunligi — 93 m Po‘lat oyoqlar poydevori diametri — 15 m Teleminora qurilish materiali — yaxlit payvandlangan po‘lat Minoraning og‘irligi (jihozlarsiz) — 6000 tonna. (Bu 6192 dona „Neksiya“ avtomobilining jamlangan og‘irligiga teng.)

Teleminoraga chiqish uchun Shveytsariyaning uchta „Shindler“ lift i o‘rnatilgan bo‘lib, ularning tezligi 1 soniyada 4,8 metrni tashkil qiladi.[3]

Teleminorada sayyohlar uchun tomosha maydonchasiga ekskursiya va „Koinot“ restorani xizmatlari yoʻlga koʻyilgan. 2019 yil noyabrdan boshlab teleminoraga tashrif buyuruvchilardan shaxsni tasdiqlovchi hujjat soʻrash tartibi bekor kilindi. Yaʼni endi teleminoraga pasportsiz kirish mumkin.

Shu bilan birga, mehmonlarga yanada kulaylik yaratish maksadida QR- kodli t izim qurilmalari oʻrnatildi. Minoraning 100 metr balandligida tomosha maydonchasi va 105 metr balandlikda

„Koinot“ restoranining „Moviy“ zali faoliyat koʻrsatyapti.

Ish vaqti — har kuni 10:00 dan 20:00 gacha. Chipta narxi kattalar uchun 35 ming soʻm, 7- 16 yoshgacha boʻlganlarga esa 15 ming soʻmni tashkil etadi. Dam olish kunlari narx 5 ming soʻmga oshadi.

Teleminora raqamlarda

Qishki mavsumda kuniga 200- 300 nafar tashrifchi keladi. Boshqa vaqtlari esa tashrif buyuruvchilar soni 1500 nafardan ham oshadi.

100 metr balandlikdagi tomosha maydonchasida shahar manzarasini tomosha qilish uchun bir nechta binokulyarlar oʻrnatilgan. Undan foydalanish uchun jeton tashlanadi. Bitta jeton narxi 2 ming soʻm.

105 metr balandlikdagi „Koinot“ restorani har 45 daqiqada bir marta aylanadi. Mehmonlar taom tanovul qilish asnosida shaharni yuqoridan toʻliq tomosha qilib olishlari mumkin.

Toshkent teleminorasining asosiy vazifalari tele- va radiouzatuvdir. Signal Toshkent shahri,



Toshkent viloyati, qisman Sirdaryo viloyati hamda Qozog'iston janubiga uzatiladi. Bundan tashqari gidrometeorologiya xizmati ham oʻtaladi.

Minora qoʻllanishi



Galereya
Download 42,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish