PODAGRANING BO’G’IMLARDA NAMOYON BO’LISHI - Turlicha nomlanuvchi — podagrik artrit yoki bo’g’imlar podagrasi turli xil tashqi belgilari bilan namoyon bo’ladi. Kasallikning o’tkir xurujida teri atrofi qizarishi kuzatiladi va u og’riq kuchayishi bilan yanada ko’proq qizarib boradi. Podagrik artritining boshqa belgilari mavjud:
- Bo’g’im atrofidagi yumshoq to’qimalarning yallig’lanishi tufayli ikkilamchi etiolgiyali bursit, tendinit, tenosinovit;
- Ta’sirlangan bo’g’im harakatlanishi cheklanganligi, asosan, o’tkir xurujlar davrida namoyon bo’ladi, ammo remissiya davrida ayrim bemorlarda bu belgilar qayd etilgan;
- Yallig’langan sohaning mahalliy gipertermiyasi, mahalliy haroratni 1-2 °C ga oshishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |