Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti gumanitar fanlar fakulteti tarix kafedrasi


I.2 Xisrav I Anushirvon va boshqa sosoniy hukmdorlar olib borgan islohotlari va tashqi siyosati



Download 36 Kb.
bet3/7
Sana09.07.2022
Hajmi36 Kb.
#763300
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kurs ishi

I.2 Xisrav I Anushirvon va boshqa sosoniy hukmdorlar olib borgan islohotlari va tashqi siyosati .

Sosoniylar davlati – Yaqin va О‘rta Sharqdagi III – VII asrlarda hukm surgan Sosoniylar sulolasi tomonidan boshqarilgan davlat bо‘lib, Parfiya davlatini о‘rnida tashkil topgan.


Ardasher I 224 yilda Eronni va ba’zi qо‘shni viloyatlarni egallab olib, Parfiya hukmdori Artaban V ning qо‘shinlarini tor – mor qildi, hamda milodiy 226 – 227 yillarda Ktesifonda hukmdorlik tojini kiydi.
Parfiya podsholigi tarqoq bir podsholik edi, unda har bir viloyatning hokimi о‘z viloyatining merosxо‘ri bо‘lib, podsho bilan faqat vasallik munosabatlarida bо‘lar edi, bunga qarama-qarshi о‘laroq, sosoniylarning yangi Eron podsholigi ancha markazlashgan davlat edi. Ularning zamonida mamlakat 18 ta satraplikka bо‘lingan edi, Satrapiya, satraplik- ayrim davlatlar (Ahamoniylar, Salavkiylar, Parfiya va Sosoniylar) da satraplar boshqargan harbiy-ma’muriy okrug. Satraplarga satraplardan tashqari harbiy boshliqlar ham tayinlangan, ular chegara, yо‘llarni qо‘riqlagan, о‘g‘rilik va bosqinchilikka qarshi kurashgan. Har bir satraplik belgilangan miqdorda soliq tо‘lashga majbur bо‘lgan. Kо‘pchilik satraplarning о‘z qonuni, urf-odati bо‘lgan, о‘z tilida sо‘zlashgan, bularning tepasida satraplar turardi, bular podsho tomonidan tayinlanib, ular podshohga bо‘ysunar edilar.
Sosoniylar davlat moliyasiga katta e’tibor berdi. Ular aholiga turli-tuman yer va jon soliqlari solar va bu soliqlarni yig‘ib olish uchun amaldorlar sonini kо‘paytirar edilar. Yangi sulolaning poytaxti rasman qadimgi Ahamoniylarning poytaxtlaridan biri-Persepol edi. Lekin Mesopotamiyada uzluksiz urush olib borilganligi tufayli, podsho odatda Tigr daryosi bо‘yidagi chegara shahari-Ktesifonda turar edi. Haqiqatda shahanshohning («shohlar shohi»ning) poytaxti shu shahar edi.
III-asrda sosoniylar davlatida hali kо‘p sonli mahalliy zodagonlarning eski mulklari va bir qator «podsholiklar»: Sakaston, Kermon, Marv va boshqalar mavjud bo'lgan, biroq bir qator viloyatlarning hukmdorlari etib sosoniylar urug‘i vakillari tayinlangan. Xusrav.I.Anushirvon hukmronligi davrida mamlakatda bir qator islohotlar o‘tkazdi. Mamlakatni markazlashtirishga xarakat qildi. Yuqorida yuz bergan 
xalq xarakati hukmron sinfga eski boshqaruv usulini saqlab qolish mumkin emasligini ko‘rsatdi. Shu boisdan ham tarixiy adabiyotlarda "O‘lmas" nomini 
olgan yangi sosoniy hukmdor Xusrav I Anushirvon davlat rivoji va hukmdor hokimiyatni mustahkamlanishiga turtki bergan islohotlarni o‘tkazishga xarakat qildi. Xalq xarakati paytida bosib olingan yerlarning katta qismi davlat ixtiyoriga o‘tkazildi. 
Soliq islohoti. Xusrav.I Eron tarixia yirik islohotchi sifatida kirdi. Davlat yerlari egalik munosabatlarini rivojlantirib, yer solig‘ini tartibga soldi. 
Xusravning islohotiga qadar yer solig‘i-xarag natura shaklida olingan bo‘lib, uning miqdori hosilning 1/8 dan 1/3 qismigacha bo‘lgan. Uning buyrug‘i bilan ekin ekiladigan hamma yerlarning xisobi olinib, yiliga 2 marta olinadigan yer solig‘i o‘rnatildi. Moliya amaldorlari bo‘lgan mirzala, yerlardan olinadigan hosilni tubdan tekshirib chiqib, har yili hosilga qarab soliq miqdorini belgilaydigan bo‘ldilar. Islohot natijasida soliq yer maydoni yoki ayrim mevalar uchun esa tub soniga qarab belgilanadigan bo‘ldi. Yer 
solig‘i to‘lash uchun o‘lchov birligi sifatida 1 garib (tax. 0,2-0,3 ga) olindi. Yer solig‘i shunga asosan xisoblangan. Masalan, 1 garib maydonda bug‘doy yoki arpa ekkan odam 1 dirxam soliq to‘laydigan bo‘ldi. To‘rt tub xurmo yoki olti tub zaytun daraxti uchun esa 7 dirxam, 1 garib uzumzor uchun 8 dirxam soliq solingan. Yer solig‘idan tashqari jon solig‘i-gezit pul bilan almashtirildi. Kohinlar, amaldorlar,
harbiylar va barcha davlat xizmatidagilar jon solig‘idan butunlay ozod qilindi. Lekin ular ma’lum miqdorda yer solig‘i to‘lab turadigan bo‘lishdi.Eronning 20yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan aholisi yiliga mulkiy imkoniyatiga qarab gezitni 4, 6, 8, 12 dirxamgacha to‘lashi belgilandi. Xusrav I savdogar va sudxo‘rlarning pul muomilasi sohasidagi amaliy tajribasidan foydalanish maqsaddida davlat moliya bo‘limiga xizmatga yolladi. U mamlakat xazinasiga tushuvchi soliqlar miqdorini tartibga solish orqali xazinaning qudratini saqlab qolishni amalga oshirdi. 

Download 36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish