Toshkent viloyatida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari kuch va vositalarini boshqarishning sifat jihatdan yangi tizimini joriy etish to



Download 62,5 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana31.12.2021
Hajmi62,5 Kb.
#275852
1   2   3   4
Bog'liq
PQ-4343-сон 29.05.2019. Toshkent viloyatida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari kuch va vositalarini boshqarishning sifat jihatdan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida

Oldingi tahrirga qarang.

8.  Boshqaruvda  katta  amaliy  ish  tajribasiga  hamda  sohada  obro‘  va  hurmatga  ega

bo‘lgan  ichki  ishlar  organlarining  pensionyerlari  orasidan  jamoatchilik  asosida  jamlanadigan

Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  ichki  ishlar  vaziri,  Toshkent  shahar  va  Toshkent  viloyati  ichki

ishlar  bosh  boshqarmalari,  viloyatlar  ichki  ishlar  boshqarmalari  boshliqlarining

maslahatchilari  lavozimi  kiritilsin  va  ularga  to‘lanayotgan  pensiyasining  100  foizi  miqdorida

budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan oylik ustama haq belgilansin.

(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-apreldagi PQ-5050-sonli qarori tahririda

— Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 07/21/5050/0280-son)

9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar

hokimlari, shuningdek, tuman (shahar) hokimlariga hududiy ichki ishlar organlarining o‘rnak

ko‘rsatgan  rahbar  xodimlarini  ular  faoliyatini  baholash  natijasiga  ko‘ra,  mahalliy  budjet

daromadlarining prognozdan oshirib bajarilishi hisobidan har chorakda pul ta’minotining 100

foizigacha bo‘lgan miqdorda mukofotlash huquqi berilsin.

14.  Toshkent  viloyati  ichki  ishlar  organlari  xodimlarining  egallab  turgan  lavozimi

bo‘yicha  pul  ta’minoti  va  ijtimoiy  imtiyozlari  mazkur  qarorga  muvofiq  tashkiliy-shtatlar

o‘zgarishlariga asosan ular lavozimga qayta tayinlanishi yoki pensiyaga chiqishiga qadar saqlab

qolinsin.

15.  O‘zbekiston  Respublikasi  Axborot  texnologiyalari  va  kommunikatsiyalarini

rivojlantirish vazirligi ikki oy muddatda:

O‘zbekiston  Respublikasi  Ichki  ishlar  vazirligi  bilan  birgalikda  Toshkent  viloyatining

shaharlari  va  tegishli  tumanlarida  “Xavfsiz  shahar”  apparat-dasturiy  kompleksini  joriy  etish

bo‘yicha takliflar kiritsin;

O‘zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  bilan  birgalikda  Toshkent  viloyatida

huquqbuzarliklarni foto- va video fiksatsiya qilish tizimi va uskunalarining uzluksiz ishlashini



ta’minlash  bo‘yicha  ko‘rsatiladigan  xizmatlari  uchun  tariflarini  kelgusida  respublikaning

boshqa viloyatlariga ham tatbiq etishni nazarda tutgan holda qayta ko‘rib chiqsin.

16. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:

a)  O‘zbekiston  Respublikasi  Axborot  texnologiyalari  va  kommunikatsiyalarini

rivojlantirish  vazirligi,  Mudofaa  sanoati  davlat  qo‘mitasi  bilan  birgalikda  2019-yil  1-dekabrga

qadar Bosh boshqarma faoliyatida sodir etilgan jinoyat va hodisalar haqidagi xabarlarni qabul

qilish  va  ro‘yxatga  olishning  “102”  avtomatlashtirilgan  ma’lumotlar  tizimi  joriy  etilishini,

shuningdek,  Toshkent  shahridagi  ushbu  tizimning  takomillashtirilishi  va  rekonstruksiya

qilinishini ta’minlasin;

b) Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda:

Toshkent  viloyati  ichki  ishlar  organlarining  profilaktika  inspektorlari  va  tezkor

xodimlarini  maqsadli  dasturiy  ta’minot  o‘rnatilgan  va  ichki  ishlar  organlari  elektron  axborot

tizimlarining ma’lumotlar bazalariga ulangan uyali xizmat telefonlari bilan bosqichma-bosqich

ta’minlash;

biriktirilgan  bo‘linmalarning  to‘laqonli  faoliyatini  ta’minlash  uchun  ular  faoliyatining

xususiyatlarini  hamda  mintaqaviy  markazlarda  qayta  joylashuvini  inobatga  olgan  holda

joylashtirish, ta’minlash va boshqa tashkiliy masalalarni hal etish choralarini ko‘rsin;

v)  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  hamda  boshqa  manfaatdor  vazirlik  va  idoralar

bilan  birgalikda  uch  oy  muddatda  profilaktika  inspektoriga  yuklamani  kamaytirish  va

hududlararo  harakatlanganda  xarajatlarni  qoplash  manbalarini  belgilashni  inobatga  olgan

holda, shaxslarni protsessual harakatlarda yoki sud majlislaridagi ishtirokini ta’minlash uchun

majburiy  keltirish  tartibi  va  mexanizmlarini  takomillashtirish  bo‘yicha  takliflarni  o‘rnatilgan

tartibda kiritsin;

g)  O‘zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  huzuridagi  Davlat-xususiy  sherikchilikni

rivojlantirish  agentligi  bilan  birgalikda  bir  oy  muddatda  ichki  ishlar  organlari  xodimlari  va

harbiy  xizmatchilarining  uy-joy  sharoitlarini  yaxshilash  sohasiga  davlat-xususiy  sherikchilik

mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;

d)  O‘zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi,  Axborot  texnologiyalari  va

kommunikatsiyalarini  rivojlantirish  vazirligi,  boshqa  manfaatdor  vazirlik  va  idoralar  bilan

birgalikda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga:

mintaqaviy  muvofiqlashtirish  markazlari  uchun  Toshkent  shahar  tajribasi  bo‘yicha

jamoat  tartibini  ta’minlash  kuchlarini  muvofiqlashtirish  va  aloqa  mobil  markazlari  sifatida

qayta jihozlashni nazarda tutgan holda 4 dona avtobus xarid qilish;

2022-yil 1-yanvarga qadar mintaqalar hududlarida to‘liq moto- va avtopatrullik qilishga

o‘tish  maqsadida  Toshkent  viloyati  ichki  ishlar  organlari  patrul-post  xizmatini  bosqichma-

bosqich skuter va yengil transport vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha takliflar kiritsin.

17. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda ikki

oy  muddatda  Toshkent  viloyati  tuman  (shahar)larida  jamoat  tartibini  ta’minlash  kuchlari

tarkibida  birgalikda  patrullik  xizmatini  o‘tashni  tashkil  etish  bo‘yicha  chora-tadbirlarni

belgilasin.

18.  Toshkent  viloyati  hokimligi  O‘zbekiston  Respublikasi  Ichki  ishlar  vazirligi  bilan

birgalikda  ikki  oy  muddatda  yirik  bozorlar  va  savdo  komplekslarida  ichki  ishlar  organlari

tomonidan  huquqbuzarliklar  profilaktikasi  sohasida  xizmat  ko‘rsatish  borasida  shartnomalar

tuzish bo‘yicha choralarni ko‘rsin.

19. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:

bir oy muddatda Bosh boshqarma va uning bo‘linmalarining, shu jumladan maqsadga

nomuvofiq deb topilgan bir qator amaldagi ichki ishlar bo‘linmalarini qisqartirish va mavjud

kriminogen  vaziyatni  inobatga  olib  zarur  joylarda  yangilarini  tashkil  etishni  nazarda  tutgan

holda yangilangan shtat jadvalini tasdiqlasin;

bir oy muddatda mazkur qaror talablarini inobatga olgan holda mintaqalarning jamoat

tartibini  saqlash,  huquqbuzarliklar  profilaktikasi  va  jinoyatchilikka  qarshi  kurashish

sohasidagi faoliyatining samaradorligini reyting tizimida baholash to‘g‘risidagi nizomni ishlab

chiqsin va tasdiqlasin;



ikki  oy  muddatda  Toshkent  viloyati  ichki  ishlar  organlarining  mintaqalararo,  shu

jumladan  poytaxt  ichki  ishlar  organlari  bilan  hamkorligining  uyg‘unlashgan  mexanizmini

nazarda tutuvchi tartibni belgilasin;

ikki oy muddatda Toshkent viloyati ichki ishlar organlarining patrul-post va yo‘l-patrul

xizmatlari  naryadlarining  yagona  joylashuvini  mintaqalar  tashkil  etilayotganligini  inobatga

olgan holda tanqidiy qayta ko‘rib chiqsin;

uch  oy  muddatda  Toshkent  viloyati  ichki  ishlar  organlari  yo‘l-patrul  xizmatining

avtomobil  parkini  kuchaytirish,  shu  jumladan  yurtimizda  ishlab  chiqariladigan  mototsikllar

bilan ta’minlash bo‘yicha tashkiliy choralarni ko‘rsin;

20.  Belgilansinki,  mazkur  qarorda  nazarda  tutilgan  chora-tadbirlarni  amalga  oshirish

bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining asoslantirilgan hisob-

kitoblari bo‘yicha har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari, Ichki ishlar vazirligining budjetdan

tashqari  mablag‘lari,  shuningdek,  qonun  hujjatlarida  taqiqlanmagan  boshqa  manbalar

doirasida amalga oshiriladi.

21.  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  ayrim  hujjatlariga  7-ilovaga  muvofiq

o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.

22.  Mazkur  qarorning  ijrosini  nazorat  qilish  O‘zbekiston  Respublikasining  Bosh  vaziri

A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining kotibi V.V.

Maxmudov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M.

Mavlonov zimmasiga yuklansin.




Download 62,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish