Toshvil uz 1



Download 53,68 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana10.06.2022
Hajmi53,68 Kb.
#650945
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
pdf

toshvil.uz
6
vatandoshlarimiz bilan mustahkam aloqa o‘rnatilayotgani va qo‘llab-quvvatlanayotgani mamlakatimizning
nufuzi va obro‘-e’tiborini keskin oshirmoqda. O‘tgan yili oktyabr oyida Afg‘onistondagi rasmiy tillardan biri
sanalgan o‘zbeklarning davlat miqyosida keng bayram qilinishi, bu yerdagi o‘zbek millati vakillari
tomonidan katta tantana qilishini albatta, butun millatimiz vakillarining qalbiga cheksiz faxru iftixor
uyg‘otadi.
Yoki pandemiya davrida xorijda qiyin ahvolda tushib qolgan yuz minglab vatandoshlarimizning og‘irini
yengil qilish, muammolariga yechim topish maqsadida qilingan beqiyos ko‘mak xalqimizda o‘z davlatiga,
uning rahbariyatiga nisbatan ishonchni yanada mustahkamladi. Murojaatnomada dunyoning ko‘plab
mamlakatlaridagi vatandoshlarimiz bilan yanada mustahkam aloqa o‘rnatish, ular haq-huquqlarini himoya
qilish maqsadida “Vatandoshlar” jamg‘armasini tuzishni taklif etildi.
Albatta, taqdir taqozosi bilan chet mamlakatlarda yashayotgan, ba’zan muammolarga duch kelayotgan
vatandoshlarimiz shu yurt, shu zaminni o‘zining ona Vatani deb biladi. Imkon topsa, muqaddas
tuprog‘imizga sajda qilishga, shu yurt uchun jon fido qilishga tayyor. Ular bilan aloqalar o‘rnatish,
huquqlarini himoya qilish insonparvarlikning eng yorqin namunasidir. Shu jihatdan men davlatimiz
rahbarining bu tashabbusini faol qo‘llab-quvvatlayman.
Muqaddas Tirkasheva qo‘mita a’zosi:
– Murojaatnomada kelgusi yil mamlakatimizning tashqi siyosatini amalga oshirishda Orol dengizi halokati
oqibatida yuzaga kelgan ekologik fojialar ta’sirini yumshatish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni chuqurlashtirish
masalasiga ham keng e’tibor qaratildi.
Bu juda ham muhim masala hisoblanadi. Zero, Orol dengizining qurishi insoniyat tarixidagi eng yirik
ekologik fojialaridan biri ekanligini, sahroga aylangan dengiz tubidagi tuzlar, qum-chang va zaharli o‘g‘itlar
bashariyat hayotini va jahon tabiatini xavf ostiga qo‘yganini hammamiz yaxshi anglaymiz.
Hozirda O‘zbekiston dunyoda misli ko‘rilmagan tajribaga qo‘l urmoqda. Dengiz o‘rnidagi millionlab gektar
sahroni o‘rmonzorlarga, yashil belbog‘ga aylantirmoqda. Bu ezgu reja va amal aslida eng arzon, foydali va
qulay chora sifatida tanlangan. Orolbo‘yidagi bepoyon sho‘rlangan yerlarda ilmiy-tadqiqot va amaliy ishlar
ko‘lamini kengaytirish, ekotizimni yaxshilash hamda munosib hayot faoliyatini ta’minlash, tadqiqotlar va
innovatsiyalarning ilg‘or tajribalarini joriy etish maqsadida tashkillashtirilgan Orolbo‘yi xalqaro inovatsion
markaz faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Ammo bu qiyin ishlarni faqat O‘zbekistonning o‘zi amalga oshirishi ochig‘i murakkab kechmoqda. Bu
jarayonlarga butun dunyo hamjamiyati birdam va yakdil bo‘lib ko‘mak ko‘rsatishi ayniqsa muhimdir.
Ta’kidlab o‘tilgan taklif eng samarali va maqbul yo‘l sifatida Orolbo‘yi mintaqasining ijtimoiy-iqtisodiy
holatini tiklash, shuningdek aholi sog‘lig‘ini yaxshilash va ekologik tahdid zonasida genofondni saqlashga
qaratilganligi bilan ham nihoyatda ahamiyatlidir.
Ayniqsa, BMT bilan hamkorlikda 2018 yilda tuzilgan Orolbo‘yi mintaqasida inson xavfsizligini ta’minlash
bo‘yicha ko‘p tomonlama Trast fondi doirasidagi amaliy ishlarni yanada kuchaytirish – kelgusida xalqaro
hamkorlikni yanada mustahkamlashga, pirovardida esa Orolbo‘yi mintaqasining manzarasini butunlay
o‘zgartirib yuborishga xizmat qiladi.

Download 53,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish