Tosnkent moliya instituti u. K. Yakubov, yo. S. Ilxamova, M. I. Azizova elektron tijorat


Raqamli texnologiyalarning xususiyatlari



Download 3,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/121
Sana20.07.2022
Hajmi3,75 Mb.
#828901
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   121
Bog'liq
amaliy ish\'

Raqamli texnologiyalarning xususiyatlari. 
Butun dunyoda
raqamlashtirish tendensiyasi rivojlanmoqda. Bu rivojlanish asosida 
bizga yangi qarashlar va tushunchalar kirib keldi. Raqamli 
texnologiyalarning asosiy xususiyatlari mavjud bo‘lib, ular 
quydagilardan iborat: 

raqamli signallarni uzatish, saqlash va qayta ishlashning yuqori 
sifati, tezligi va ishonchliligi (aniqlik, bexatolik, xavfsizlik, tasvirning 
yuqori sifati); 

moslashuvchanlik 

raqamli texnologiyalar ishlaydigan 
ma’lumotlar doirasining kengligi (matnlar, raqamlar, foto, audio, video 
materiallar); 

signalni (ma’lumotni) sifatini yo‘qotmasdan cheksiz ko‘p 
marotaba o‘qib olish imkoniyati (masalan, Internetdagi sahifani o‘qish); 

tarmoq ichidagi signallarni uzatishning nol (minimal) xarajatlari; 

foydalanishning qulayligi, interfeyslarning do‘stonaligi, 
moslashuvchan va qulayligi, iste’molchilar uchun ko‘plab xizmatlarning 
rivojlanishi (masalan, turli xil ekran formatlari, tasvirning tiniqligi, rasm 
o‘lchamlari va boshqalar); 

turli xil tizimlarning birga ishlash imkoniyatlari, chunki raqamli 
texnologiyalarda 
qurilmalar 
o‘rtasida axborot 
almashinuvda
standartlashtirilgan protokollar qo‘llaniladi. Bu esa moslashuvchan ko‘p 
darajali integratsiyalashgan tizimlarni yaratishga imkon beradi. 
Raqamli 
texnologiyalarning 
noyobligi 
va 
potensial 
foydalanuvchilar uchun ularning eng muhim afzalliklari shundaki, ular: 
-
arxivda yoki bulutda saqlanishi mumkin bo‘lgan zarur 
ma’lumotlarga deyarli darhol kirishni ta’minlaydi; 
-
ma’lumotni turli mezonlar bo‘yicha izlash imkoniyatini yaratadi 
(sana va vaqt, harakatlanuvchi obyektlarning mavjudligi, voqea raqami 
va boshqalar bo‘yicha); 
-
bir vaqtning o‘zida ko‘plab foydalanuvchilarga joriy va saqlab 
qo‘yilgan ma’lumotlarga kirishni ta’minlaydi. 
Shubhasiz, raqamli texnologiyalarning keng tarqalishiga ijobiy 
ta’sir qiluvchi omil raqamli qurilmalarning funksional imkoniyatlari 
kengayib borishi bilan ular narxlarining tez pasayib borishi hisoblanadi. 


19 
Raqamli qurilmalarga yillar davomida xizmat ko‘rsatmasdan ishlatish 
mumkinligi ham muhimdir. 
Biznes sohasida va odamlar hayotida raqamli qurilmalarning 
xilma-xilligi va soni muttasil ravishda o‘sib bormoqda: notebooklar, 
planshet kompyuterlar va smartfonlar safiga raqamli televizorlar
videokameralar, fitness bilakuzuklari, aqlli soatlar, turli xil taqiladigan 
qurilmalar va datchiklar, shu jumladan ko‘chma qurilmalar va 
datchiklar, meditsina qurilmalari va datchiklari, avtomobil navigatsiya 
tizimlari va boshqalarni ham qo‘shish mumkin. Allaqachon odatiy bo‘lib 
qolgan bankomatlar qatoriga ichimlik va sneklar (yengil gazaklar) 
sotadigan vending (vend – savdo qilish (avtomatlar yordamida) 
apparatlari, qahva va choy tayyorlaydigan, kserokopiya va fotosuratlarni 
tayyorlaydigan, to‘lovlarni qabul qiladigan va hokazolarga 
mo‘ljallangan turli xil avtomatlar qo‘shildi. 
Raqamli qurilmalar va raqamli texnologiyalar tufayli, 24/7 
rejimida, ko‘pincha sutkada turli xil ma’lumotlarni ishlab chiqarish, 
saqlash va uzatish qobiliyatiga ega bo‘lgan jismoniy obyektlar sonining 
keskin o‘sishi kuzatilmoqda. Mohiyati jihatidan mobillik va Big Data 
(katta ma’lumotlar) davri kelmoqda. 
Tarixan, raqamli texnologiyalarning kirib kelishi va raqamli 
transformatsiya 90-yillarning o‘rtalaridan – musiqa, rasmlar va videolar 
olamidan boshlangan. 2009- yildan so‘ng, narsalar Interneti paydo 
bo‘ldi, 21-asrning ikkinchi o‘n yilligi esa raqamli televidenie va raqamli 
marketingni rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lib, keyinchalik raqamli 
transformatsiya sanoat (4.0 industriyasi)da boshlanib, sog‘liqni saqlash, 
ta’lim, chakana savdo, uy-joy kommunal xo‘jaligi va boshqa sohalarga 
kirib keldi. 
Raqamli texnologiyalarning salohiyati 2004-2007-yillarda, 
raqamli iqtisodiyot va jamiyat rivojiga katta ta’sir ko‘rsatgan asosiy 
xizmatlar va mahsulotlar yaratilganda aniq namoyon bo‘ldi. 2004-yilda 
aloqa va axborot almashinuvi kanali sifatida 

Download 3,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish