Tovar-moddiy zahiralar hisobi reja tovar-moddiy zahiralar hisobini tashkil etish


TMZlarning  buxgalteriya hisobiga



Download 471,95 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/19
Sana24.06.2022
Hajmi471,95 Kb.
#699820
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
13-14 мавзу маъруза

TMZlarning 
buxgalteriya hisobiga 
qo‘yiladigan asosiy 
talablar
Zaxiralar hisobining 
tezkorligi 
(o‘z vaqtidaligi) 
Zaxiralarning harakatlanish jarayoni 
(kelib tushishi, joylashtirilishi va 
chiqlb ketishi) va shuningdek 
haqiqiy mavjudligini to‘laqonli va 
uzlukssh tartibda to‘la aks ettirish 
Tovar-moddiy zaxiralar bo‘yicha 
(aylanmalari va qoldiqlari bo‘yicha) 
sintetik hisob ma’lumotlarining 
analitik hisob ma’lumotlariga 
muvofiqligi 
Korxonalarda tovar-moddiy zaxiralarning butligi ustidan samarali ichki nazorat 
o‘rnatishning zaruriy shartlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: 

kerakli darajada jihozlangan omborlar va saqlash xonalari (kladovne) yoki maxsus 
mo‘ljallangan maydonchalarning (ochiq holda saqlanadigan zaxiralar uchun) mavjudligi; 

ombor sektsiyalari bo‘yicha va ularning ichida aloxida guruhlar va tur-nav-o‘lchov 
bo‘yicha zaxiralarni shunday tartibda joylashtirishki, bunda ularni tezkorlik bilan qabul qilish, 
chiqarish va mavjudligini tekshirish (har bir turdagi zaxiralarni saqlash joylarida zaxirada 
turganlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan yorliqlarni biriktirish zarur) imkoniyati 
ta’minlangan bo‘lishi kerak; 

zaxiralar saqlanadigan joylarni tarozilar, o‘lchov asboblari va o‘lchov idishlar bilan to‘la 
ta’minlash; 

oldindan kelishilgan grafiklar bo‘yicha tashkilot omborlaridan uning tsexlari 
(bo‘linmalari)ga materiallarni markazlashtirilgan tartibda etkazishni, qurilish korxonalarida esa 
mol etkazib beruvchilardan, asosiy omborlardan va butlovchi uchastkalardan bevosita qurilish 
ob’eklariga butlovchi vedomostlar orqali etkazishni qo‘llash; 

ortiqcha oraliq omborlar va saqlash xonalarini qisqartirish; 

materiallarni bichishning markazlashtirilgan uchastkalarini zarur bo‘lgan joylarda va 
maqsadga muvofiq bo‘lgan joylarda tashkil etish; 

markaziy (asosiy) omborlar, alohida hisob birliklari hisoblanadigan omborlar (saqlash 
xonalarn) ro‘yxatini belgilash

zaxiralar sarfining me’yorlash tartibini o‘rnatish (me’yorlarni ishlab chiqish va 
tasdiqlash, tashkilot bo‘linmalariga materiallarni chiqarishda me’yorlarning bajarilishi); 

zaxiralarga hisob baholarini shakllantirish tartibi va ularni qayta ko‘rib chiqish tartibini 
belgilash; 

zaxiralarning qabul qilinishi va chiqarilishiga mas’ul (omborlar, saqlash xonalari 
mudirlari, ekspeditorlar va boshqalar), ushbu operatsiyalarning to‘g‘ri va o‘z vaqtida 
rasmiylashtirilishi, shuningdek ularga ishonib topshirilgan zaxiralarning butligi uchun mas’ul 
shaxslar ro‘yxatini belgilash; 

yuqorida keltirilgan shaxslar bilan o‘rnatilgan tartibda moddiy javobgarlik to‘g‘risidagi 
yozma shartnomalarni tuzish;

moddiy javobgar shaxslarni ishdan bo‘shatishda va boshqa joyga o‘tkazishda xashkilot 
bosh buxgalteri bilan kelishilgan holda qaror kabul kilish; 

zaxiralarni qabul qilish va omborlardan chiqarish hujjatlarini imzolash, va shuningdek 


tashkilot omborlari va boshqa saqlash joylaridan zaxiralarni chiqarib ketish ruxsatnomasi 
(o‘tkazish varaqasi)ni berish hukuqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslar ro‘yxatini belgilash; 

tashkilot rahbari tomonidan bosh buxgalter bilan kelishilgan holda tasdiklangan 
birlamchi hujjatlarni imzolash huquqiga ega shaxslar ro‘yxatining mavjudligi (ro‘yxatda 
shaxslarning mansabi, familiyasi, ismi, otasining ismi va vakolati darajasi (ushbu mansabdor shaxs 
tomonidan qaror qabul qilinadigan operatsiyalarning turlari va ko‘rinishlari) ko‘rsatiladi). 
Tovar-moddiy zaxiralarni ma’lum muddatga (masalan, moliyaviy hisobotni tuzish 
sanasigacha) bo’lgan davrda xo’jalik yurituvchi sub’ekt ixtiyorida bo’lgan barcha zaxiralar, ular 
qaerda joylashgan bo’lishidan qati nazar, tovar-moddiy zaxiralarga olib boriladi. Ya’ni, buyumni 
xo’jalik yuri-tuvchi sub’ektning tovar-moddiy zaxiralariga o’tkazishning xal qiluvchi mezoni 
bo’lib uning mazkur buyumga bo’lgan mulkiy huquqi hisoblanadi. Shu bilan birga, xo’jalik 
yurituvchi sub’ektga tegishli hududda boshqa jismoniy va yuridik shaxslarning mulki bo’lgan 
buyumlar bo’lishi mumkin. Konsignatsiya shartnomasi asosida kelib tushgan
 
tovarlar yoki tovar-
moddiy zaxiralarni sotish haqida hisob-kitob hujjatlari rasmiylashtirilib, ammo o’z vaqtida xaridor 
tomonidan olib chiqib ketilmagan tovarlar bunga misol bo’la oladi. Bular xo’jalik yurituvchi 
sub’ektning tovar-moddiy zaxiralariga kirmaydi. 
Tovar-moddiy zaxiralarning buxgalteriya hisobi birligi xo’jalik yurituvchi sub’ekt 
tomonidan mustaqil tarzda shunday belgilanadiki, ushbu birlik mazkur zaxiralar to’g’risida to’liq 
va ishonchli axborotning shakllantirilishini, shuningdek ularning mavjudligi va harakati ustidan 
tegishli nazorat o’rnatilishini ta’minlashi lozim. Tovar-moddiy zaxiralarning xususiyatiga, ularni 
xarid kilish tartibi va ulardan foydalanishga qarab tovar-moddiy zaxiralarning birligi deb 
nomenklatura raqami, partiyasi, bir turdagi guruhi va hokazolar olinadi. 
4-BHMSga muvofiq, yuqori sanab o’tilgan tovar-moddiy zaxiralar turlari buxgalteriya 
balansining «Tovar-moddiy zaxiralar» umumiy moddasi doirasida birlashtirilgan. Ushbu moddaga 
21-son BHMSning quyidagi schyotlari koldiqlari mos keladi: 
1000— «Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar»; 
1100— «O’stirishdagi va boquvdagi hayvonlarni hisobga oluvchi schyotlar»; 
1500 —«Materiallarni tayyorlash va xarid qilishni hisobga oluvchi schyotlar»; 
1600 — «Materiallar kiymatidagi farklarni hisobga oluvchi schyotlar»; 
2000 — «Asosiy ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schyotlar»; 
2100— «O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlarni hisobga oluvchi schyotlar»; 
2300— «Yordamchi ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schyotlar»; 
2500 — «Umumishlab chiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar»; 
2600 — «Ishlab chiqarishdagi yaroksiz mahsulotlarni hisobga oluvchi schyotlar»; 
2700 — «Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklarni hisobga oluvchi schyotlar»; 
2800 — «Tayyor mahsulotlarni hisobga oluvchi schyotlar»; 
2900 — «Tovarlarni hisobga oluvchi schyotlar». 
Oldingi hisobot davri oxiridagi tovar-moddiy zaxiralar koldig’i ushbu hisobot yili 
boshlanishiga o’tkaziladi. Unga ushbu hisobot davr davomida sotib olingan yoki yaratilgan tovar-
moddiy zaxiralar qiymati qo’shiladi. Hosil bo’lgan summa sotilgan mahsulot va ushbu hisobot 
pavri oxiridagi tovar-moddiy zaxiralar qoldig’i o’rtasida taqsimlanadi. Birinchi ko’rsatkich 
moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda (sotilgan mahsulot (ish, xizmat) va tovarlar tannarxi 
tarkibida) ko’rsatiladi va asosiy faoliyatdan olingan sof foydani hisoblashda ishlatiladi. ikkinchisi 
buxgalteriya balansida aks ettiriladi. 

Download 471,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish