Transport inshootlarini loyihalash va


 Yig‘ma va yig‘ma-monolit tayanchlarni qurish



Download 7,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/77
Sana13.01.2022
Hajmi7,79 Mb.
#358213
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77
Bog'liq
transport inshootlarini loyihalash va qurish.

12.3. Yig‘ma va yig‘ma-monolit tayanchlarni qurish 
 
Yig„ma  tayanchlarning  montaji  elementlarni  tayyorlash  va  ularni 
yig„ish, poydevor yoki rostverkni elementlarni vaqtinchalik mustahkamlab 
va  montaj  qilib  bo„lingandan  so„ng  tutashma  joylarini  monolitlab 
o„rnatishga tayyorlashdan iboratdir. 
Estakada va yo„l o„tkzgichlarning yig„ma tayanchlari o„zi yurar strelali 
yoki  kozlovoy  kranlar  bilan  montaj  qilinadi.  Ustunlar  poydevorning  yoki 
ustun osti elementi 
5
 ning chuquriga vaqtinchalik yog„och ponalar 
4
 bilan 
mustahkamlab  o„rnatiladi  (rasm  12.12)  va  yig„ish  tugatilgandan  so„ng 
ustun osti elementining chuquri 
6
 beton bilan to„ldiriladi. 
 
So„ngra  ustunlar  ustiga  shu  kran  yordamida  rigel 
1
    o„rnatiladi, 
rigelning  tutashma  joylari 
2
  betonlab  monolitlanadi.  Rigelni  o„rnatish  va  
tutashma 
joylarini 
monolitlash 
uchun  ustunlarga  podmostlar 
3
 
mahkamlanadi.  Rostverksiz  ustunli  tayanchlarda  rigel  qoziqlar  yoki 


208 
 
obolochkalar ustiga o„rnatiladi va tutashma joylari monolitlanadi. 
Qurilish  ishlari  qish  mavsumida  bajarilganda,  birlashma  betoni  muzlab 
qolguniga  qadar  o„zining  100%  loyihaviy  mustahkamligiga  erishgan 
bo„lishi  lozim.  “Termos”  usulini  qo„llash  yotqiziladigan  beton  hajmi  oz 
bo„lganda  maqsadga  muvofiq  bo„lmaydi.  Qorishma  issig„ini  saqlash 
o„zgaruvchan tokda ishlaydigan elektrod usuli bilan elektr vositasida isitish 
yoki  issiqhonalar  qurish  orqali  ta‟minlanadi.  Bunda  beton  qorishmasi 
ichiga  diametri  6†10mm  bo„lgan  sterjenli  elektrodlar  tushiriladi  va 
qotayotgan  betonning  qarshiligi  qanchaga  oshsa,  kuchlanish  ham  shunga 
qarab oshiriladi. 
Yig„ma-monolit  tayanchlarning  konturli  bloklari  (rasm  12.13)  kranlar 
yordamida yarus–yarus qilib (har bir yarusda to„rt qatorgacha) sement-qum 
qorishmasi  ustiga  qo„yiladi.  Bloklar  diametri  12mm  bo„lgan,  bloklardan 
chiqarilgan diametri 22mm bo„lgan  ilgaklarga payvandlangan tortqichlar 
3
  
bilan  birbiriga  mahkamlanadi.  Bloklarning  holati  ichki  podmostlar 
4
  dan 
turib regulirovka qilinadi.  
 
    Tayanchning  yadrosi  beton  bilan 
to„ldiriladi. 
Qish 
paytida 
beton 
muzlamasligi 
uchun 
tayanchning 
tepasiga 
shchit 
o„rnatiladi, 
yon 
tomonlari  esa  matolar  bilan  o„raladi. 
Tayanch  ich  tomoniga  kalorifer  bilan 
issiq havo purkaladi.              
 
Rasm  12.12.  Yig„ma  ustunli  tayanchning 
montaji: 1–rigel; 2–rigel chuquri;  
3–podmostlar; 4–pona; 5–rigel osti elementi;  
6–ustun osti elementining chuquri
 


209 
 
 
Rasm 12.13. Yig„ma-monolit tayanchning qurilishi: 1–inventar podmostlar;  
2–reshtak (beton o„tkazuvchi element); 3–diametri 12mm bo„lgan tortqich;  
4–podmostlar; 5–konturli blok; 6–monolit beton 

Download 7,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish