Transport mashinalar haqida umumiy ma’lumotlar. Reja



Download 304,95 Kb.
Sana27.06.2022
Hajmi304,95 Kb.
#708583
Bog'liq
dilmurod


Transport mashinalar haqida umumiy ma’lumotlar.
Reja:

  1. Konchilik sanoatining halq xo’jaligida tutgan o’rni

  2. Foydali qazilmalarni qazib olish va ularni xalq xo’jaligiga jalb etish

  3. Transport mashinalarni tasnifi.

  4. Ko’p qo’llaniladigan transport mashinalari.

O’zbekistonning iqtisodiy rivojlanish sur’atini har tomonlama jadallashtirishda konchilik sanoatining halq xo’jaligida tutgan o’rni alohida ahamiyatga ega.


Hozirgi vaqtda O’zbekiston konchilik sanoati rivojlangan mamlakatlar qatoriga kiradi. Shu bilan bir qatorda uning zaminida hali sanoat ishlab chiqarishiga jalb etilmagan juda katta va qimmatbaho mineral xom ashyo resurslari mavjud. O’zbekiston Respublikasi I Prezidenti I.A. Karimov ta’kidlaganidek «O’zbekiston zaminida mavjud bo’lgan boyliklarga ega davlatlar jahon xaritasida ko’p emas. Bu boyliklarning ko’pchiligi hali ishga solinmagan.
O’zbekiston o’z yer osti boyliklari bilan haqli suratda faxrlanadi, bu yerda Mendeleev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan. Hozirga qadar 2,7 mingdan ziyod turli foydali qazilma konlari va ma’dan namoyon bo’lgan istiqbolli joylar aniqlangan. Ular 100 ga yaqin mineral xom ashyo turlarini o’z ichiga oladi. Shundan 60 dan ortig’i ishlab chiqarishga jalb etilgan 900 dan ortiq kon qidirib topilgan bo’lib, ularning tasdiqlangan zahiralari 970 milliard AQSH dollarini tashkil etadi. Har yili respublika konlaridan taxminan 5,5 milliard dollarlik miqdorda foydali qazilmalar qazib olinmoqda va ular yoniga 6,0-7,0 milliard dollarlik yangi zahiralar qo’shilmoqda. Bir qator foydali qazilmalar, chunonchi, oltin, uran, mis, tabiiy gaz, volfram, kaliy tuzlari, fosforitlar, kaolinlar bo’yicha O’zbekiston tasdiqlangan zahiralar va istiqbolli rudalar jihatidan MDHdagina emas, balki butun dunyoda ham yetakchi o’rinni egallaydi. Masalan, oltin zahiralari bo’yicha respublika dunyoda 4-o’rinda, uni qazib olish bo’yicha 7-o’rinda, mis zahiralari bo’yicha 10-11 o’rinda, uran zahirasi bo’yicha 7-8-o’rinda turadi. O’zbekiston hududidagi ko’mir zahiralari 3 milliard tonnani tashkil qiladi. Undan 1 milliard tonnasi yuqori sifatli toshko’mirdir.
Foydali qazilmalarni qazib olish va ularni xalq xo’jaligiga jalb etish mamlakatimizda islohatlar tobora yuqori ko’tarilishi uchun salmoqli asos bo’ladi. Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi hududida 400 ga yaqin foydali qazilma konlari ishlatilmoqda. Bu konchilik korxonalari jumlasiga O’zbekistondagi eng yirik korxonalardan biri bo’lgan Olmaliq kon metallurgiya kombinatiga qarashli noyob Kalmakir koni, Navoiy kon metallurgiya kombinatiga qarashli dunyodagi gigant konlar jumlasiga kiruvchi Muruntov koni, «O’zbekko’mir» aktsionerlik jamiyatiga qarashli respublika ko’mir konlari orasida eng noyob kon hisoblanadigan Angren ko’mir koni va ko’mirni yer osti usulida qazib olish boshqarmasi hamda ko’plab neft va tabiiy gaz qazib chiqaruvchi korxonalar kiradi.
Respublikamizning indisturial rivojlanishi konchilik sanoatini o’sishi bilan uzviy bog’liq. O’z navbatida, konchilik sanoatini rivoji va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning ko’payishi, yangi shaxta va karyerlarni ishga tushirish, eskilarini rekonstruktsiya qilish, yangi zamonaviy texnika va texnologiyalarni qo’llash, ilm-fan va texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga jalb etish bilan amalga oshiriladi. Bu borada ishlab chiqarish jarayoni kompleks mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan texnologiyalarga suyanadi.
Zamonaviy shaxta va karyerlar qudratli elektromexanik xo’jalikga ega. Ular qatoriga kon transporti ham kiradi. Kon transporti shaxta, rudnik va karyerlarning sanoat transporti sifatida foydali qazilmani qazib olish texnologik jarayonining eng asosiy bo’g’inlaridan biridir.
Yer osti kon transporti sanoatning boshqa sohalarida ishlatiladigan transportdan maxsus xususiyatlari shundan iboratki, birinchidan, kon laximlarining kesim yuzasi kichik bo’lganligi uchun transport qurilmalarini ishlatish tor sharoitda amalga oshiriladi va ikkinchidan zaboy qazish joyining jilishiga qarab u yerda o’rnatilgan transport qurilmalarini ham surib turish va shu bilan birgalikda zaboyga bevosita yaqin joylashgan lahimda o’rnatilgan transport vositalari va jihozlarini vaqti-vaqti bilan uzaytirib yoki qisqartirib turish lozim bo’ladi. Bularning hammasi kon transport mashinalari va qurilmalarining konstruktsiyasiga maxsus talablar qo’yadi va ularni ishlatishni ancha murakkablashtiradi.
Karyerlar tashkil qilishda foydali qazilmalarni tashish uchun geotexnologik sharoitdan kelib chiqib bitta transport vositasini qo’llash bilan loyihalanadi. Konlarda ishlab chiqarish ish unumdorligi oshishi bilan rudalarni tashish masofasi uzoqlashadi, ya’ni karyerlar chuqurligi oshadi va loyihalangan transport vositasining ish unumdorligi pasayib ketadi. Shunda rudalarni tashish masofasi va karyer chuqurligidan kelib chiqib quyi qismida avtomobil va yuqori qismida konveyer yoki temir yo’l transportidan foydalaniladi. Bunday holat kombinatsiyalashgan deb nomlanadi. Kombinatsiyalashgan transportning keng tarqalgan uch turi mavjud bo’lib, bular avtomobil-temir yo’l, avtomobil-konveyer va avtomobil-skipli transportidir.
Karyer transport mashinalari foydali qazilmalarni tashishda va ochilgan tizmalarni, ya’ni karerlardagi asosiy yuklarni tashishga mo’ljallangan. Eng ko’p keng qo’llanadigan temir yo’l, avtomobil va konveyer transporti va shuningdek ularning aralash qo’llanishidir. Gidravlik transport, arqonli ilgakli transport, skipli ko’taruvchi qurilma, kabelli kranlar qo’llaniladi. Transport uskunalariga kiradi, shuningdek, yuklash, qayta yuklash, yukni bo’shatishning mexaniklashtirishda ishlatiladigan jihozlar ham kiradi (oziqlantiruvchilar, me’rlovchilar, to’xtatuvchi va. boshqalar).
Tog’ ishlariga yordam ko’rsatuvchi yuklar, ya’ni jihozlar, qo’shimcha qismlar, yoqilg’i-moylovchi materiallar, portlovchi moddalar va boshqalar avtomobil yoki temir yo’l transporti orqali tashiladi.
Temir yo’l transportlari rejalashtirish va hajm jihatidan katta o’lchamdagi tog’ tizmasi yiliga tashish 20 dan 150 mln t. Ishlanma chuqurligi 250 m, tashish masofasi 5-15 km karerlarda mo’ljallangan. Avtomobil transporti quyidagi karerlarda keng qo’llaniladi – past va o’rta ishlab chiqarish kuchiga ega karerlardan (yiliga yuk aylanmasi 15-20 mln t tog’ tizmasi bo’lgan) 1,3 – 3 km masofodali karerdan to katta karerlargacha ( 70-100 mln t) 5 km masofagacha bo’lgan tashishlarda (ayrim vaqtlarda undanda ko’proq). Konveyer transporlari keyingi paytda yumshoq tog’ tizmalaridan ( yilida yuk almashinishi 50-60 mln t va ko’proq) tortib to toshli tizmalarda (20-30 mln t yuk almashinish) tashish masofasi 4-6 km (ayrim paytlarda 20 km) li karerlarda samarali qo’llanmoqda.
Kon transporti shaxta, rudnik va karyerlarning sanoat transporti sifatida foydali qazilmani qazib olish texnologik jarayonining eng asosiy zvenolaridan biridir. Transport qurilmalari kon korxonalarida foydali qazilmalarni zaboy (qazish joyi)dan yer osti yoki ochiq kon lahimlari bo’ylab va undan keyin kon tepasidan boyitish fabrikasi yoki temir yo’l vagonlariga yuklash punktigacha, tog’ jinslarini esa ag’darmagacha tashish uchun hizmat qiladi. Shu bilan birgalikda kon transporti to’lg’azma va yordamchi materiallar hamda jihozlarni kon ustidan shaxtaga tashishni ta’minlaydi. Undan tashqari, kon transporti odamlarni gorizontal va qiya lahimlar bo’ylab ish joyigacha va smena tugagandan so’ng stvol atrofi qo’rasigacha tashishga hizmat qilib, konchilarning mehnat sharoitlarini yaxshilaydi va ish vaqtining unumsiz sarfini qisqartiradi.

Kon korxonalarida transportning narhi foydali qazilmani umumiy tannarhining ko’pgina qismini tashkil qiladi. Shuning uchun transportni ishlatish bo’yicha xarajatlarni turli yo’llar bilan kamaytirish korxonaning umumiy harajatlarini va uning mahsuloti tannarhini sezilarli darajada kamayishiga olib kelishi mumkin.
Kon transporti, odatda, anchagina parallel va ketma-ket bo’g’inlardan tashkil topgan bo’lib, shu bilan birgalikda jihozlarining turlari ham har hil bo’ladi.
Shuning uchun kon transportini mexanizatsiyalash faqat har bir bo’g’inini alohida mexanizatsiyalashdan iborat bo’lib qolmay, balki texnik va tashkiliy jihatdan bog’langan va bir tekisda ishlaydigan majmua tizimini barpo etishdan iboratdir. Bu shu jihatdan ham zarur-ki, ba’zi vaqtlarda transportning alohida bo’g’inlari o’rtasida to’laqonli tashkiliy bog’lanish bo’lmaganligi tufayli, ular foydali qazilmani qazib chiqarishni cheklab qo’yishi, biri ikkinchisining ishi to’xtab qolishiga majbur qilishi va bo’g’inlar oralig’ida anchigina ishchilarni qo’shimcha jalb qilishga olib kelishi mumkin.
Kon transportini to’g’ri va samarali ishlashi hamda takomillashib borishi:
- transport vositalari turlari va majmuasini konning kon-texnik sharoitlariga qarab va qazish tartibiga mos ravishda belgilash;
- transport qurilmalarining asosiy parametrlarini hisoblash belgilangan me’yorlarga, unumdorlik va quvvatning zarur zapaslariga rioya qilish;
- mashina va mexanizmlarning sifatini oshirish;
- mashinalarning reja - ogohlantiruv ta’mirini o’z vaqtida tashkil qilish va ularni kuzatib turish;
- kon transportini boshqarishni to’g’ri yo’lga qo’yish va havfsizlik talablariga rioya qilish yo’llari orqali ta’minlanadi.

Transport mashinalar tasnifi. Kon korxonalarida qo’llaniladigan barcha transport mashinalari xarakatlanish usuli bo’yicha ikki guruhga bo’linadi .Birinchi guruhga uzluksiz ishlaydigan transport vositalari kiradi. Bunday qurilmalarda ish xarakati uzliksiz bo’lib, odatda, uzoq vaqt davomida o’zgarmay qoladi. Ikkinchi guruhga uzlukli (tsiklik) ishlaydigan transport vositalari kiradi. Ularda yuk tashish ma’lum xarakat tsikli bo’yicha davriy ravishda amalga oshiriladi. Uzluksiz ishlaydigan qurilmalarda ularni ishga tushurgandan keyin ish xarakati avtomatik ravishda bajariladi. Uzlukli ishlaydigan qurilmalarda esa, odatda, xarakatni boshqarish talab qilinadi.
Konveyer va skreper transporti, odatda, «eltish», temir yo’l transporti - «tashigich», karyerdan yuqoriga klet, platforma yoki skipda chiqarish transporti - «ko’tarish» deb ataladi.
Uzluksiz ishlaydigan transport qurilmalariga quyidagilar kiradi:
- barcha ko’rinishdagi konveyerlar (kurakli, tasmali, plastinali, kovshli va x.k.);
- uzluksiz simarqonli tashigich (vagonchalarda temir iz bo’ylab);
- osma sim - arqon yo’llari qurilmalari;
- pnevmatik va gidravlik transport qurilmalari;
- gravitatsion transport, ya’ni yukni yo’naltiruvchi (nov, quvir va h.k) lar bo’ylab og’irlik kuchi hisobiga tashish qurilmalari.
Uzlukli ishlaydigan transport qurilmalariga quyidagilar kiradi:
- lokomotiv transporti;
- avtomobil transporti;
- temir iz bo’ylab o’ziyurar tashigichlar va o’ziyurar vagonchalar;
- skreper qurilmalari;
- temir iz bo’ylab uchli sim – arqon tashigichlar.

Adabiyotlar:



  1. Transport mashinalr fanidan maruzalar top’lami

  2. www.google.com

Download 304,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish