Transport va logistika


-rasm. Texnik holat parametrining o‘zgarish shakli



Download 5,64 Mb.
bet7/130
Sana29.01.2022
Hajmi5,64 Mb.
#415950
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   130
Bog'liq
2 5447187050195326190

1.2-rasm. Texnik holat parametrining o‘zgarish shakli.


ILM-ishga layoqatlilik mintaqasi; BM-buzilishlar mintaqasi; BOM-buzilishlardan ogohlantiruv mintaqasi; Uch, Uyq-parametrlarning chegaraviy va yo‘l qo‘yilgan qiymatlari; lp-buyum resursi; lo-ogohlantiruv (texnik xizmat ko‘rsatish davriyligi) resursi

Konstruksion parametrlar va texnik holat o‘zgarishining asosiy sabablari:


- elementlarga yuklama tushishi;
- elementlarning o‘zaro harakati;
- issiqlik va elektr energiyasining ta’siri;
- kimyoviy faol komponentlarning ta’siri;
- tashqi muhit ta’siri (namlik, shamol, harorat, quyosh radiyatsiyasi);
- operator ta’siri va h.k.
Konstruksion parametrlarning vaqt bo‘yicha o‘zgarish shakllari va oqibatlari: yeyilish, zanglash, charchash yeyilishlari, plastik shakl o‘zgarishlari, harorat ta’siridagi buzilish va o‘zgarishlar, eskirish va h.k.
Yeyilish. Yeyilish jarayoni material va sirtlarga ishlov berish sifati, moylash, yuklama, sirtlarning nisbiy harakati tezligi va birikmalar ishining issiqlik rejimiga bog‘liq bo‘lgan ishqalanish ta’siri ostida paydo bo‘ladi. Yeyilish – bu, buzilish jarayoni va detal sirtidan materialning ajralib chiqishidir yoki ishqalanishda o‘lchamlari va shakllarining asta sekin o‘zgarishida namoyon bo‘ladigan detallar qoldiq deformatsiyasining jamg‘arilish jarayonidir. Belgilangan birliklarda aniqlanadigan yeyilish natijasi yeyilganlik, deb ataladi. Yeyilganlik chiziqli, xajmli va massali bo‘lishi mumkin. Yeyilish jadalligi – bu yeyilganlikning nisbiy miqdorlari (yeyilganlikning ishqalanish yo‘liga yoki buyumning ishi bilan bog‘liq ko‘rsatkichga, masalan, avtomobilning yurgan yo‘liga yoki buyumning ishi bilan bog‘liq ko‘rsatkichga, masalan, avtomobilning yurgan yo‘liga yoki ishlash vaqtiga, sikllar soniga nisbati) orqali aniqlanadi.
Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi amaliyotida ko‘pincha abraziv, charchoq, zanglash-eroziyali, oksidlanish, elektr-eroziyali, tishlashish, freting va freting-zanglash yeyilishlari kuzatiladi. Freting, abraziv, eroziyali va charchoq yeyilishlari mexanik turiga, oksidlanish va freting-zanglash yeyilishlari korroziyali mexanik turiga kiradi.
Transport vositasining ekspluatatsiya muddati oshgan sari detallarning yeyilishi va nosozliklar natijasida uning texnik holati asta-sekin yomonlashib boradi: dvigatel quvvati va harakat texnik tezligi pasayadi, yonilg‘i sarfi va yeyilish jadalligi o‘sadi, boshqaruv qulayligi yomonlashadi, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash hajmi ortadi, ishonchliligi pasayadi. Transport vositasining texnik holatiga ko‘pgina ekspluatatsion omillar ta’sir etadi. Ularning asosiylari quyidagilar:
- ekspluatatsion materiallar sifati (benzin, dizel yonilg‘isi, gaz yonilg‘isi, moylash materiallari, maxsus suyuqliklar.
- antifriz, tormoz suyuqligi va boshqalar);
- yo‘l sharoitlari;
- iqlim sharoitlari;
- transport vositasidan texnik foydalanish (quvvatdan foydalanish tartibotlari, avtomobilni haydash sifati);
- texnik xizmat ko‘rsatishning sifati;
- transport vositasini saqlash sifati va h.k.
Yonilg‘i-moylash materiallariga qo‘yiladigan asosiy talab - ularning Davlat standartlariga va avtomobil dvigateli konstruktsiyasiga hamda iqlim sharoitlari va avtomobil ekspluatatsiyasining tartibotlariga mos kelishidadir. SHuning uchun yonilg‘ilar vazifasi (karbyurator va dizel dvigatellari uchun, yoz va qish uchun) va sifati bo‘yicha (oktan va tsetan sonlari) rusumlarga bo‘linadi.
Yonilg‘i-moylash materiallari yonilg‘i iqtisodiyoti, ishonchlilik, dvigatel quvvati, harakat tezligi kabi transport vositasining ekspluatatsion sifat ko‘rsatkichlariga ta’sir etadi. Yonilg‘i-moylash materiallarining sifatini saqlab qolish ularni tashish, saqlash va tarqatish jarayonlarida juda muhimdir.
Benzinning asosiy sifatlari – bug‘lanish (fraktsion tarkib), detonatsion va korrozion xususiyatlari hamda mexanik aralashmalar va suvning yo‘qligidir. Uning detonatsiyaga qarshi sifatlari maxsus antidetonatorlar yordamida oshiriladi. Benzin tarkibida oltingugurtning mavjudligi tsilindrporshen guruhi va klapanlarning korrozion-mexanik yeyilishlarini keltirib chiqaradi. Oltingugurt miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, dvigatel tsilindrlarining yeyilish jadalligi va yonilg‘i sarfi shuncha oshib boradi, dvigatel quvvati esa kamayib ketadi. Yonilg‘i tarkibidagi mexanik aralashmalar karbyurator moslamalarini ifloslantiradi, yonilg‘i aralashmasining paydo bo‘lishini qiyinlashtiradi, avtomobilning tortish sifatlarini va yonilg‘i iqtisodiyotini yomonlashtiradi. Eng asosiysi-mexanik aralashmalar dvigatel tsilindr–porshen guruhining yeyilish darajasini oshirib yuboradi.
Dizel yonilg‘isining tsetan soni, qovushqoqlik, bug‘lanish, korrozion xususiyatlari va mexanik aralashmalarning mavjudligi kabi sifatlari avtotransport vositasining ekspluatatsion ko‘rsatkichlariga ta’sir etadi. Agar tsetan soni dvigatelning chidamliligi va yonilg‘i iqtisodiga kuchli ta’sir etsa, yonilg‘ining qovushqoqligi uning purkalishiga, havo bilan aralashma hosil qilishiga va yonishiga hamda yonilg‘i apparaturasidagi nozik juftlarning yeyilishiga sababchidir. Dizel yonilg‘isining korrozion xususiyati uning tarkibidagi oltingugurtning miqdoriga bog‘liq: u qanchalik ko‘p bo‘lsa, dvigatel tsilindrlari va porshen halqalarining korrozion-mexanik yeyilishlari shunchalik ko‘payadi. Yeyilishlar, ayniqsa, dvigatelning past haroratlarida ortadi. Dizel yonilg‘isi tarkibida mexanik aralashmalarning bo‘lishi yonilg‘i yetkazib berish apparaturasidagi nozik juftliklar yeyilishiga sabab bo‘ladi. Mexanik aralashmalarni dizel yonilg‘isidan ajratishning eng oddiy usuli - uni bir necha kun davomida tindirishdir.
Gaz yonilg‘ilari yuqori ekspluatatsion sifatlarga ega. Ularning qo‘llanishi dvigatel yeyilishlarini pasaytiradi, detonatsiyasiz ish tartibotini ta’minlaydi, ishlatilgan gazlar zaharliligini kamaytiradi, motor moyi xizmat muddatini uzaytiradi. Ekspluatatsiyada yonilg‘ini dvigatel konstruktsiyasiga, tabiiy-iqlim sharoitlariga va standart talablariga mos ravishda qo‘llash, saqlash, tashish va tarqatishda bug‘lanib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik, uning tarkibida mexanik aralashmalar va suvning bo‘lmasligini ta’minlash lozim.
Moylash materiallari ham (yonilg‘ilar singari) vazifasi bo‘yicha (karbyurator va dizel dvigatellari uchun karter moylari, transmissiya moylari), sifati bo‘yicha (tozalash turi, qovushqoqligi, qo‘shilma (prisadka) ning mavjudligi va h.k.) rusumlashtiriladi va standartlashtiriladi.
Moy va moylash materiallari suyuq yoki chegaraviy ishqalanishni ta’minlash, ishqalanish ishi va yeyilishni kamaytirish, issiqlikni ishqalanish juftliklaridan, yeyilish mahsulotlarini tirqishlardan haydash, tirqishlarni zichlash, moylash sirtlarini zanglashdan himoya qilish uchun ishlatiladi.
Dvigatel moyi yuqori harorat va solishtirma bosimlarda ishlaydi. Bunda zanglash mahsulotlari, qatron (saqich, smola) va qasmoq hosil bo‘lishi mumkin. Uning asosiy ekspluatatsion xususiyatlari – qovushqoqlik, yuvish va zanglashga qarshilik, mexanik aralashmalar va suvning yo‘qligidir. Dvigatel moylarining ekspluatatsion xususiyatlarini yaxshilash ularga har xil kimyoviy modda (qo‘shilma)lar qo‘shish bilan erishiladi. Qo‘shilmalar ishqalanayotgan detallar yeyilish jadalligini kamida ikki barobar kamaytiradi.



Download 5,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish