Transportning mamlakat rivojlanishidagi o'rni va ahamiyati


III.BOB. SANOAT, QURILISH, QISHLOQ VA SUV XÒJALIGI YUKLARINI TASHISHNI TASHKIL QILISH



Download 1,8 Mb.
bet6/9
Sana12.07.2022
Hajmi1,8 Mb.
#779883
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
TRANSPORT

III.BOB. SANOAT, QURILISH, QISHLOQ VA SUV XÒJALIGI YUKLARINI TASHISHNI TASHKIL QILISH
3.1. Yuk tashish va yuklar turlari
Paxtachilikda transport vositalarining yuk tashish hajmi har gektar Shudgor hisobiga 30…80 tkm ni tashkil qiladi. Aniq sharoitlarga qarab har qaysi 100 gektar Shudgorga qarab 0,5…1,5 birlik shartli transport, paxta hosilini tashishda qo'shimcha ravishda 3,2 dona 2-PTS-4-793 pritsepi talab qilinadi.
Transport yuklarini qariyb 75 % xo'jalik ichida, ya‘ni yaqin masofaga tashiladigan yuklarni tashkil etadi. Transport va yuk ortish-tushirish ishlari paxta etishtirishda sarflanadigan barcha mehnatning 20…30 % va energiya sarfining 30 % gacha to'g'ri keladi.
Yuklar va ularning turlari. Xududlarda yuk tashish xususiyatigako'ra quyidagi turlarga bo'linadi:
Tomorqalarda (fermer xo'jaligi ichida) – 1…3 km masofada yuk tashish; Bunda em-xashak va poliz mahsulotlarini omborga, chorva mahsulotlari va chiqindilarni 1-3 km gacha masofaga tashish tuShuniladi. Bunday hollarda asosan traktor transport vositalari ishlatiladi.
Xo‘jalik ichida – 3…25 km masofada yuk tashish; Bunda urug'lik materiallar, har xil mahsulotlar, o'g'itlar, qo'rilish materiallari, neft mahsulotlari va xizmatchilarni ishga olib borish va kelish tuShuniladi. Bunday hollarda traktor va avtomobil transport vositalari ishlatiladi.
Xo‘jalik tashqarisida 25…100 km masofagacha yuk tashish. Bunda Davlat topshirish punktlari, temir yo'l stansiyalari yoki kema pristanlaridan iste‘molchilarga jo'natish uchun tashiladigan yuklar tuShuniladi. Bunday yuklarga Davlat zaxiralaridan olinadigan urug'lik materiallar, ozuqa-em, extiyot qismlar, qishloq xo'jaligi mashinalari, o'g'itlar, neft mahsulotlari, qurilish materiallari va boshqa yuklar misol bo'ladi. Bunday hollarda traktor transport vositalaridan K-700, K-701, T-150K, avtomobillar va maxsus furgonlardan foydalaniladi.
Yuk tashishni tashkil qilinishigako'ra transport ishlari texnologik operatsiyalarga va umumtransport ishlariga bo'linadi. Transport yuklari deb har qanday tashish uchun yuklangan va qabul qlib oluvchiga topshirishga olib kelingan narsaga aytiladi. Yukning turi asosiy omil bo'lib, harakatdagi vositaning turini tanlashga aniqlik kiritish, foydalanish sharoiti va yuklash-tushirish ishlarini bajarish uslubini qabul qilishga xizmat qiladi.
Yuklar yuklash-tushirish usuligako'ra - donali, to'kiluvchi va qo'yiluvchi yuklarga turlanadi. Donali yuklar Tarali va Tarasiz bo'ladi. Yuklarni tarada tashishda og'irligining ikki ko'rsatkichi qo'llaniladi: netto va brutto. NETTO-yukning o'zini og'irligini, BRuTTO-yukning tara bilan birga og'irligini bildiradi.
Tayyorlangan materiali bo'yicha taralar temirli, yog'ochli, shishali, tekstil matoli, qog'oz-kartonli, savatli va boshqa turlarda bo'ladi.
Mustahkamligi bo'yicha taralar qattiq (yashiklar, bochkaklar, sig'imlar va boshqalar), yumshoq (tekistil matoli qoplar, yarimetilenli xaltalar, qog'oz qoplar va boshqalar) va yarim qattiq (savatlar, setkalar va boshqalar) turlarda bo'ladi.
Taralar bir martalik va ko'p marta ishlatiladigan turlarda bo'ladi.
Taralar bir xil turdagi yuklarni taShuvchi (tuxum setkasi, oyna taShuvchi tara, shisha butilkalarni taShuvchi tara va boshqalar), barcha turdagi yuklarni taShuvchi (bochkalar, konteynerlar, yashiklar va boshqalar) turlarga ham bo'linadi.
Tashish sharoiti va saqlashgako'ra yuklar oddiy va o'ziga hos turlarga bo'linadi.
Oddiy yuklarga tashish, yuklash-tushirish va omborlarda taxlab saqlashga maxsus sharoitlar talab qilmaydigan va bortli avtomobillarda tashish mumkin bo'lgan yuklar kiradi.
O'ziga hos yuklar yuklash-tushirishda, tashishda, saqlashda saqlanishi va havfsizligi uchun alohida tadbirlarni talab qiladigan yuklar hisoblanadi.
Bunday yuklar gabaritsiz, uzun o'lchamli, katta og'irlikdagi, havfli, tez ayniydigan (buziluvchan), ma‘lum sanitar sharoitlarga rioya qilishni talab qiladigan yuklar hisoblanadi.
Qishloq xo'jaligi yuklari o'zining har hilligi bilan boshqa yuklardan farq qiladi. Qishloq xo'jaligi yuklarini shartli ravishda quyidagi sxema bo'yicha turlash mumkin.
Yuklar fizik-mexanik hossalarigako'ra quyidagicha bo'lishi mumkin:
Qattiq
Suyuq;
YArim suyuq;
Gazsimon
Yuklar o'lchami bo'yicha quyidagi yuklarga bo'linishi mumkin:
Gabaritli (uzunligi 3 metrgacha);
Yirik gabaritli (3 metrdan ortiq, kengligi 2…2,5 m, balandligi 2,8…3,8 m);
Gabaritsiz (platformalardan 2 metr chiqib turadigan yuklar).

Qishloq xo‘jaligi yuklarining tasniflanish sxemasi

Yuk ko'tarish kuchidan foydalanish darajasi bo'yicha transport vositalari 5 ta yuk sinfiga (O'zbekiston xududida 4 ta) bo'linadi:


1 sinf – K = 1;
2 sinf – K = 0,99…0,71; Ko'rt = 0,85;
3 sinf – K = 0,70…0,51; Ko'rt = 0,60;
4 sinf – K = 0,50…0,41; Ko'rt = 0,45;
5 sinf – K = 0,40…0,31; Ko'rt = 0,3 5 (O'zbekiston, Turkmaniston, Qozog'iston, ukraina davlatlaridan tashqari).
Yo‘llar, ularning turlari va tavsiflari
Yo'llarning sharoiti, holati va qoplamasi ko'p jihatdan transport vositalarining harakatlanish tezligini, ish unumdorligini, yuk tashish tannarxini, yukning saqlanishi va harakat havfstzligini ta‘minlaydi.
Avtomobil yo‘llarining toifalari bo‘yicha tavsifi

Traktor transport vositalarining harakatlanadigan yo‘llari tavsifi



Asfalt yo'lda tashiladigan yuklarning 1 t-km bajargan ish unumining tannarxi o'rtacha 3-3,5 shartli pul birligiga teng bo'lsa, bu ko'rsatkich tuproq yo'llarda 6-7,5 va yo'l yo'q joylarda 15-30 ni tashkil etadi.
Avtomobil yo'llari harakat tezligi va intensivligi bo'yicha 5 ta toifaga bo'linadi .Traktor transport ishlarini me‘yorlashda yo'llar 3-ta toifaga bo'linadi .

Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish