Tuproqning unumdorligini oshirishda mikroorganizmlarning ishtiroki


Tuproq unumdorligi va agrosenozlar maxsuldorligi



Download 34,13 Kb.
bet5/7
Sana16.12.2022
Hajmi34,13 Kb.
#888508
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tuproqning unumdorligini oshirishda mikroorganizmlarning ishtiro

Tuproq unumdorligi va agrosenozlar maxsuldorligi.
Tabiat dehqonlarga tabiiy o’simliklar tipiga bog’liq o’laroq, agronomik unumdorligi jihatidan juda turli-tuman bo’lgan tuproqlarni inom etgan.
Madaniy o’simliklarning tuproqqa nisbatan bir xildagi ta’siri tufayli, agrosenozlardagi tuproqlar va ular unumdorligining oldingi va juda turli tuman shakllanish yo’llari bir oqimga o’taboshlaydi. Moddalarning biologik aylanishi tuproq unumdorligi rivojlanishining eng asosiy omili sifatida, tabiiy o’simliklar madaniy o’simliklar bilan almashingandan keyin ham davom etadi. Biologik aylanishning eng muhim ko’rsatkichi yerga tushadigan xazonlarning hajmi, ya’ni har yili tuproq paydo bo’lish jarayoniga jalb etiladigan o’simliklar qoldig’ining miqdori hisoblanadi. Ushbu o’simliklar qoldig’i, ko’pgina tuproq jarayonlarini ta’minlaydigan, energetik biomaterialning xajmini ko’rsatadi.
Agrosenozlarda har yili to’planadigan biomassa qatoriga qishloq xo’jalik ekinlarining ang’iz qoldiqlari va ildizlari kiradi, bunda o’simlik ildizlari ko’pchilikni tashkil etadi: bug’doyda – 85% , ko’k no’xat va makkajo’xorida – 90, o’tlarda – 90-93%. Har yilgi xazonlarning tuproqqa tushish xarakteri va hajmi bo’yicha yuqori mahsuldor, agrosenozlar o’tloq dasht biosenozlarga yaqin turadi. O’simlik qoldiqlaridan tashqari, ildiz ajratmalari gumus hosil bo’lishida muhim manba hisoblanadi. Bu agrosenozlar faqat tuproq unumdorligini istemol qiluvchilar deb qarash mumkin emasligini ko’rsatadi. Madaniy biosenozlar tuproqda katta miqdorda organik moddalarni qoldirishi bilan tuproq unumdorligining shakllanishida ham, va saqlab turishda ham ishtirok etadi.
Tabiiy biosenozlarning agrosenozlar bilan almashinishi tuproq xossalari va biologik obyektlar o’rtasidagi tenglikning mavjudligini buzadi. Natijada tuproq xossalari va madaniy o’simliklar orasida turli darajadagi nomuvofiqlik vujudga keladi. Qishloq xo’jalik ekinlari va tabiiy biosenozlar ekologik xususiyatlarining bir xilda bo’lmasligi bilan bog’liq bo’lgan, qaramaqarshilik, hardoim ham vujudga kelavermaydi. Qo’rik yerlarni o’zlashtirganda madaniy o’simliklarni ekishning birinchi davrlarida almashlab ekishdagi o’simliklar jamoasining yangi komplektiga mos bo’lmagan tuproqning ko’pgina xossalari yangi sharoitga chidamsiz ekanligi ma’lum bo’lib qoladi. Shuning uchun tuproqda, asosiy yo’nalishi – tuproq xossalarini madaniy biologik muhit bilan muvozanatga keltiradigan, jarayonlar vujudga keladi. Shuningdek bunda tuproq va o’simliklarning o’zaro aloqasidagi inson aralashuvining roli ham katta. O’g’itlash, turli meliorativ va agrotexnik usullar qo’llash, tuproq xossalarining o’zgarishiga yordam beradi, ularni madaniy o’simliklar ekologiyasiga moslashishiga olib keladi. Tuproqning bunday o’zgarishi, ularning madaniylashtirilishi tuproq rivojlanishining alohida antropogen stadiyasi hisoblanadi.
Madaniylashtirishda tuproq xossalari muvozanati, dehqonchilik va almashlab ekish sistemasiga mos ravishda, ma’lum darajagacha o’zgaradi. Dehqonchilikning va almashlab ekishning turli sistemalari turli darajadagi unumdorlikni shakllantiradi. Almashlab ekishda ekinlar tarkibining o’zgarishi tuproq unumdorligining o’zgarishiga olib keladi. Ilg’or dehqonlar chopiq qilinadigan ekinlar ekilgan maydonlarda, va o’t-dalali almashlab ekishda, poliz (sabzavot) ekinlari ekilgan yerlarda, sug’oriladigan va lalmi yerlarda tuproq unumdorligi turlicha ekanligini hardoim ta’kidlab kelganlar.
Madaniylashtirishda tuproq tabiiy xossalarining o’zgarish darajasi biosenozlar va agrosenozlarning ekologik o’xshashligi yoki yiroqligiga bog’liq. Qora tuproqlar to’q tusli kashtan, to’q-sur tusli o’rmon tuproqlari kam o’zgarishga uchraydi, chunki agrosenozlar o’zining tuproqqa ko’rsatadigan ta’siri bo’yicha o’tchil o’tloq-dasht o’simliklariga yaqin turadi. Aksincha, podzol qizil, bo’z tuproqlar va ularga yaqin boshqa tuproqlar madaniylashtirish jarayonida kuchli o’zgaradi.
Madaniy biosenozlarda tuproq unumdorligining rivojlanishi ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga bog’liq. Ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishining har bir darajasiga mos ravishda agrosenozlar maxsuldorligi mavjud. Ushbu bog’liqlik shundan iboratki, biologik aylanish hajmi qishloq xo’jaligida foydalanishning jadalliligi bilan aniqlanadi. Bu antropogen tuproq paydo bo’lish jarayonining eng muhim xususiyati hisoblanadi.
Tuproq-yer qishloq xo’jaligida asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblanib, bir vaqtning o’zida ikki funksiyani bajaradi: mehnat quroli va mehnat predmeti (ashyosi). Ularning yordamida kishilar o’zlari uchun ekinlar ekib yetishtiradi, turli xildagi qishloq xo’jalik mahsulotlari oladi. Tuproq ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishi bilan, o’zi insonning ko’p qirrali faoliyati ta’sirida o’zgaradi, mehnat maxsuli, ishlab chiqarish faoliyatining natijasi bo’lib qoladi. Mana shu yerda tuproqni muhofaza qilish muammosi paydo bo’ladi: mehnat maxsuli sifatida tuproq yomonlashmasligi, o’zining tabiiy unumdorligini yo’qotmasligi zarur.
Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining asosiy vositasi sifatida tuproqning eng muhim xususiyati shundan iboratki, tuproq to’g’ri agrotexnika, o’g’itlar qo’llash va boshqa tadbirlar ta’sirida o’zining unumdorligini pasaytirmaydi, balki oshiradi. Tuproqni unumsizlanishi hosildorlikning yuqoriligida emas, balki bu ishlab chiqarish mahsuldorligining pastligi va yerdan foydalanish darajasini yomon ekanligidadir. Bizning tuproqlarimiz avaylab asrashga muhtoj. Ammo, tuproqni asrash va undan samarali foydalanish, unumdorligini oshirish – ajralmas tushuncha ekanligini hyech qachon esdan chiqarmasligimiz kerak. Tuproqni muhofaza qilish – demak ulardan oqilona foydalanish, barqaror yuqori hosildorlikka, va pichanzor va yaylovlarning yuqori mahsuldorligiga erishishdir. Bunga faqat ishlab chiqarishni muntazam jadallashtirib borish, yerlarni to’g’ri quritish va sug’orish, o’g’itlash tuproq eroziyasiga qarshi kurash, ihota daraxtzorlari barpo etish, ilmiy asoslangan almashlab ekish sistemalarini joriy etish, ekin maydonlari strukturasini takomillashtirish va boshqa ilg’or agrotexnik tadbirlar qo’llash tufayli erishish mumkin.
Shubhasiz, agrosenozlarning tuproqqa bir tipda ta’sir etishiga qaramasdan, tuproqlar avvalgi tabiiy rivojlanish stadiyasining belgilarini yuqotmaydi. Har bir tuproq tipi barqaror madaniylashgan holatida o’zining takrorlanmaydigan belgilariga ega bo’ladi. To’liq madaniylashgan tuproq xossalari haqida fikr yuritish qiyin, chunki tuproqqa ta’siri bo’yicha dehqonchilik sistemalari teng emas, tuproqlar barqarorlik holatiga o’tishidan oldin, dehqonchilik sistemalarining almashinishi sodir bo’ladi. Tuproq paydo bo’lish jarayonlarining davomiyligi yuz va ming yillarga teng. Insonning tuproqqa ta’sir etish sistemasi ancha tezroq o’zgaradi. Tuproqlar barqarorlik davriga kirishga ulgurmasdanoq, yana xarakatlanish, o’zgarish qobiliyatiga ega bo’ladi.
Bu masalaning yana ikkinchi tomoni ham bor. Bitta dehqonchilik sistemasi doirasida turli yerdan foydalanuvchilarning tuproqqa bo’lgan munosabati birxil emas. Beparvo dehqonlar farovonlikka qo’shaloq zarar keltiradi: birinchi tomondan oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat uchun xomashyoni kam beradi, ikkinchidan – unumdorlikni pasaytiradi, qaysiki u sekin, yillar, o’n yillar mobaynida tiklanadi. Tuproqqa va uning unumdorligiga yetarli e’tibor bermaslik dalalar xosildorligi oshishining material asosiga putur yetkazadi, yerdan foydalanuvchilar manfaatiga zarar keltiradi.
Dehqonchilik madaniyatining yuqoriligi va qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining jadalligi tuproqning saqlanishi, ular unumdorligining oshishiga sabab bo’ladi, tuproqning kimyoviy tarkibi va fizik-kimyoviy xossalarini yaxshilaydi. Yuqori hosildorlikda tuproqda qoladigan organik moddalar hajmi, tabiiy sharoitda o’tloq-dashtlarda yaratiladigan hajmga, ya’ni tabiatda eng unumdor tuproq-qora tuproqlarni shakllantiradigan, o’simliklar jamoasi to’playdigan xajmga yaqin bo’ladi.
Yuqori unumdorlikka ega bo’lgan tuproqlar xossalari yuqori xosildorlikka mos kelishi kerak. Fiziologlar ma’lumotlariga ko’ra, optimum qonuni bo’yicha o’simliklarni barcha zarur sharoitlar bilan ta’minlaganda bug’doy hosildorligi 60 s/ga bo’lsa qoniqarli, 80-90 s/ga – normal, 120 s/ga bo’lsa yuqori hisoblash mumkin. Ushbu raqamlar haqiqatda mavjud narsa. O’zbekistonda qadimdan sug’oriladigan bo’z tuproqlar sharoitida ko’pchilik hollarda har gektardan 70-80 va hatto 100 s g’alla, 40-50 s paxta hosili olinmaqda.

Download 34,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish