Turdibayeva shaxnozaning aruz va poetika fanidan tayyorlagan bajardi: turdibasheva shaxnoza



Download 184,25 Kb.
bet9/9
Sana07.01.2022
Hajmi184,25 Kb.
#328624
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
aruzdan mustaqil iw

jab

ru




ki

yik

ni




-










-

Ushbu so'zlardagi «jab-», «-yik» bo'g'inlari cho'ziq hijoning birinchi turiga kiradi, ya’ni yopiq bo'g'inli cho'ziq hijo. Agar bu holni to'liq shaklda ko'radigan bo'lsak, quyidagi manzara hosil bo'ladi:

jab

ru




ki

yik

ni




-







-

-

U N U T M A NG!

(Kirill alifbosidagi ayirish («ъ»), lotin alifbosidagi tutuq (‘) arab alifbosida «ауn» undosh tovushini ifodalagani uchun o`zbek tilida bu belgi bilan yakunlanuvchi bo‘g‘inlar (lotin alifbosida yoziladigan as’hob, mus’haf so'zlaridagi belgi bundan mustasno cho`ziq hijo hisoblanadi.)

ma’

no

ta`

lim

a`

lo

-










-




QISAQA HIJO

Matnda «V» belgisi bilan ifodalanadi. Bunday hijo doim ochiq bo'g'inga asoslanadi. Faqat bu hijoni ifodalovchi ochiq hijo, yuqoridagi holatdan farqli o'laroq, qisqa unli bilan yakunlanishi kerak. Demak, bu o'rinda endi «о» unlisining kelish ehtimoli kamroq (10 foizga yaqin hollarda). Tilimizdagi ba’zi so'zlar, xususan, «bo-shim», «to-pib», «so-tib» kabi so'zlardagi «о» unlisi qisqa talaffuz qilinganligi uchun qisqa hijo hisoblanadi:



bo

shim

to

pib

so

tib

V




V




V




Qolgan unlilar (i, e, u, o', a) esa quyidagi holatlarda qisqa hijoni hosil qiladi:

- ko'pincha so'zning boshi va o'rtasida kelganida; V

- urg'usiz bo'lganidAruz A

Ya’ni bunday hijo ko'pincha so'zning boshi hamda o'rtasida keladi va urg'u olmaydi. Masalan:



ki

tob




ja

hon




mu

him




ko`

rik




kel

ma

di

V







V







V







V










V




Qisqa hijoni ochiq cho'ziq hijodan yaxshi ajratib olish uchun unga urg’u berib, ya’ni biroz cho'zib o'qib ko'rish mumkin. Agar sun’iy cho'ziqlik paydo bo'lsa, ya’ni shu so'zning talaffuzi qulog'imizga notabiiy eshitilsa, demak, ushbu hijo qisqa hijo bo'ladi. Masalan, «kitob» so'zidagi birinchi hijoning «i» harfini cho'zib o'qib ko'rsak, sun’iy eshitiladi (kii:tob). Ko'rinyaptiki, bu so'zdagi birinchi hijo qisqa hijo ekan. Shu tariqa qolgan bo'g'inlarni ham aniqlash mumkin bo'ladi.

O‘TA CHO'ZIQ HIJO

O‘ta cho'ziq hijo matnda «- V» belgisi bilan ifodalanadi. Misra oxirida esa «~» belgisi qo'llaniladi. Bunday belgining qo'yilishiga sabab, odatda, misra qisqa hijo bilan yakunlanmaydi.

Aruzda cho'ziq hijo bir to'liq bo'g'in hisoblansa, qisqa hijo yarim bo'g'inga teng sanaladi:

- ” =1; “V” = 0,5

Shuni nazarda tutgan holda o'ta cho'ziq hijoni bir yarim hijo deyish mumkin:

" - V ” = 1,5

Bu hijo ikki xil bo'ladi:

a) qator undosh bilan tugagan yopiq bo‘g‘in. Bunda bir bo‘g‘inda ikki hull undoshning ketma-ket kelishi nazarda tutiladi. Masalan, qadr, mehr, dard, charx, aql kabi so'zlar qator undoshli so'zlar hisoblanadi. Bu hodisa O'zbek tiliga xos bo'lmay, arab va fors tillaridan kirgan o'zlashma so'zlardu uchraydi. Shuning uchun talaffuzda biz birinchi undoshdan so'ng qisqa «I» unlisini qo'shib aytamiz: qad(i)r, meh(i)r... kabi. Aslida, qisqa «i» unlisi Ikkinchi undoshdan so'ng talaffuz qilinishi kerak. Chunki mazkur so'zlarni urg`u asosida talaffuz qilsak, ular tarkibidagi unlini cho'ziq aytishimiz hisoblga bo'g'inning oxirida qisqa «i» unlisi orttiriladi, ya’ni: Mehr(i), qadr(i), charx(i) va hokazo.

U N U T M A NG !

Bunda orttirilayotgan «i» tovushi odatiy talaffuzdagi «i»dan ham qisqa, bilinar-bilinmas talaffuz etiladi. Boshqacha aytganda, o‘ta cho‘ziq hijodagi ikkinchi undosh alohida holda talaffuz qilinganday taassurot qoldiradi, ya’ni



meh-r, char-x.

Natijada ushbu bo'g'inlarga ikki belgi qo'yiladi:



meh

r(i)




qad

r(i)




char

x(i)

-

V




-

V




-

V

b) tarkibida cho‘ziq unlisi bo'lgan yopiq bo‘g‘in. Bu bo'g'inning oddiy yopiq bo'g'indan farqi shundaki, uning tarkibida nisbatan cho'ziqroq talaffuz qilinuvchi unlilar (aksariyat holatlarda «о», «е», «u» tovushlari) qatnashadi. Masalan, hech, dod, voy kabi so'zlarni talaffuz qilayotganda bo'g'in oxiridagi undosh tovushdan keyin yuqoridagi kabi qisqa «i» qo'shib o’qiladi: hech(i), dod(i), voy(i). Bu so'zlar matnda quyidagicha belgilanadi:

he

ch(i)




do

d(i)




vo

y(i)

-

V




-

V




-

V

Endi savol tug'ilishi tabiiy: biz bu so'zlarni oddiy cho'ziq hijodan qanday farqlaymiz? Bordi-yu shoir uni oddiy cho'ziq hijo sifatida qo'llagan bo'lsachi. Bunda bizga misra chizmasi yordam beradi. O'rganishning dastlabki bosqichi uchun shu narsani hisobga olishimiz kerakki, misrada har uchta cho'ziq hijodan keyin bitta qisqa hijo keladi. Masalan, Navoiyning «Ey mug'anniy, yor bazmidAruz..» deb boshlanuvchi g'azalidagi kichik bir parchaning hijolar sifatini kuzatsak:

ey

mu

g`an

niy

yor

baz

-

V

-

-

-

-

Chizmaga e’tibor qaratadigan bo'lsak, qisqa hijodan keyin 4 ta cho'ziq hijoning kelishini ko'rish mumkin. Dastlabki bosqich uchun shuni ta’kidlashimiz lozimki, an’anaviy va keng tarqalgan vaznlarda, odatda, 3 cho'ziq hijodan so'ng yana qisqa hijo kelishi kerak, biz ko'rayotgan misolda esa qisqa hijodan so'ng 4 ta cho'ziq hijo kelyapti. Demak, qayerdadir xatoga yo'l qo'yildi. Misolni qaytadan tekshirib chiqamiz: «Ey» - cho'ziq hijo, chunki yopiq bo'g'indan iborat, «mu» - qisqa, chunki so'zning boshida kelyapti va urg'u olmayapti, «g‘an» - cho'ziq, «niy» - cho'ziq, «yor» - cho'ziq. Shu o'rinda biroz to'xtashimizga to'g'ri keladi, chunki qisqa hijodan keyin 3 ta cho'ziq hijoni aniqlab bo'ldik. Qoidaga ko'ra, endi bizga bir qisqa hijo kerak, uni qayerdan topamiz? Diqqat qaratsak, uchinchi cho'ziq hijo «yor» so'zidan iborat. Bu so'z esa «o'ta cho'ziq hijo»ning ikkinchi turi haqidagi qoidaga ko'ra bir yarim bo'g'in bo'lishi kerak. Ko'rinyaptiki, bu o'rinda bizga hijoni to'g'ri aniqlashda misra chizmasining o'zi yordam berdi. Ana endi hijolar haqidagi bilimlarimizni mustahkamlash uchun Alisher Navoiyning «Navodir ush-shabob» devonidan olingan 105-g‘azali matla'sinl ko'rib chiqsak:

Hajrdin asru hazinmen, soqiyo, tutqil qadah

Har necha sog'ar ulug‘ bo`lsa to’lo, tutqil qadah.

haj

r(i)

din

as

ru

ha

zin

men

so

qi

yo

tut

qil

qa

dah

-

V

-

-

-

V

-

-

-

V

-

V

-

V

-

har

ne

cha

so

g`ar

u

lug`

bo`l

sa

to`

lo

tut

qil

qa

dah

-

V

-

-

-

V

-

-

-

V

-

V

-

V

-

Misralardagi har bir hijoni alohida o`rganib chiqamiz:

«Hajr» - ikki qator undosh bilan tugagan bo'g'in bo'lganligi uchun o'ta cho'ziq hijo sanaladi, shuning uchun undagi ikkinchi undoshdan keyin qisqa «i» unlisini qo'shamiz va ushbu hijoni ikkita belgi bilan ajratamiz: - V, «din» - cho'ziq hijo, chunki yopiq bo'g'in, «as» ham xuddi shunday, «ru» - so'zning oxirida kelganligi va urg'u olganligi uchun cho'ziq hijo hisoblanadi, «ha» - qisqa hijo, chunki so'zning boshida kelyapti, urg'u olmayapti va qisqa talaffuz qilinyapti, «zin» va «men» bo'g'inlari esa undosh bilan tugaganligi, ya’ni yopiq bo'g'in bo'lganligi uchun cho'ziq hijo sanaladi, «so» - cho'ziq hijo, chunki yuqorida aytganimizdek, «о» unlisi bilan tugagan bo'g'inlar aksariyat hollarda cho'ziq hijo hisoblanadi. «qi» - qisqa hijo, chunki so'zning o'rtasida kelyapti va urg'u olmayapti, «уо» ham xuddi «so» singari so'zning oxirida kelganligi va «о» unlisi bilan tugaganligi uchun cho'ziq hijodir; «tut», «qil» bo'g'inlari - cho'ziq hijo, chunki yopiq bo'g'indan iborat, «qa» - qisqa hijo, chunki so'zning o'rtasida kelyapti va urg'u olmayapti, nihoyat, «dah» - cho'ziq hijo, chunki undosh bilan tugallangan.

Yana shu o'rinda ta’kidlash lozimki, misra hech qachon qisqa hijo bilan yakunlanmaydi, demak, u asosan cho'ziq, ayrim hollarda o'ta cho'ziq hijo lio'llshi mumkin. Ikkinchi misra ham shu tariqa davom etadi. lEndi ushbu chizmalarni alohida holatda ko'rsak:

- V --- V ---V ---V--

- V --- V --- V --- V--

Xulosa

Aruz (arab.– arz qilmoq) – she’-riy oʻlchov, vazn. Yaqin va Oʻrta Sharq xalqlari she’r tizimi. Aruz nazariyasi tur-kiy xalqlarga, xususan oʻzbek she’riyatiga arablardan oʻtgan.Navoiyning "Mezon ul-avzon" asarida koʻrsatilishicha aruz vodiy, rukn nomiga toʻgʻri keladi, koʻchma ma’noda "ustun" de-gani. Aruz nazariyasi birinchi marta Xalil ibn Ahmadning "Kitob al-aruz"i ("Aruz kitobi")da bayon qilingan, keyinchalik Rashididdin Vatvot, Tusiy, Shams Qays Roziy, Mavlono Yusuf Aruziy Nishobu-riylar tomonidan rivojlantirilgan. Turkiy xalqlarda aruzning ilk namunalari islom kirib kelgungacha boʻlgan dav-rlardagi qadimgi maqol va topishmoqlarda, "Devonu lugʻotit turk"da uchraydi. Yusuf Xos Hojibning "Qutadgʻu bilig"i shu vaznda bitilgan turkiy dostondir. Aruz avval arab alifbosi asosidagi eski oʻzbek yozuviga asoslanadi, unda 29 undosh va 3 unli harf, ya’ni choʻziq unli tovush boʻlgan.Harakatlar bilan koʻrsatiluvchi yana uchta unli – zabar –a, zer, – i, pish – u mav-jud. Harakatlarni undosh harflarning usti yo ostiga qoʻyib, ochiq boʻgʻinlar hosil etilgan, yopiq boʻgʻin undosh ustiga sokin (koʻpligi sukun) alomati (–)ni qoʻyish orqali hosil qilingan. Choʻziq unlilar ochiq boʻgʻinda sokinli deb tushu-nilgan va bunday boʻgʻinlar, asosan, choʻziq hisoblangan. Harf va harakatlardan juz-vlar tuzilgan.

Foydalanilgan adabiyot:

1. Абдурах;мон Жоиий. Рисолаи аруз / масъул мухаррир А.Эркинов, таржимон, шархлар ва изохлар муалифи Д.Юсупова. - Т.: ТАМАДДУН, 2014. - 100 б.

2. Алишер Навоий. Хазойин ул-маоний: Гаройиб yc-cnfap. МАТ. 20 томлик. - Т.: Фан, 1988. Т.3.-616 6.

3. Алишер Навоий. Хазойин ул-маоний: Наводир уш-шабоб. МАТ. 20 томлик. - Т.: Фан, 1989. Т.4. - 557 б.

4. Алишер Навоий. Хазойин ул-маоний: Бадоеъ ул-васат. МАТ. 20 томлик. - Т.: Фан, 1990. Т. 5 .-5 4 2 6.

5. Алишер Навоий. Хазойин ул-маоний: Фавойид ул-кибар. МАТ. 20 томлик. - Т.: Фан, 1990. Т.6.-568 б.

6 .Алишер Навоий. )^айрат ул-аброр. МАТ. 20 томлик. - Т.: Фан, 1991. Т.7.-392 б.

7. Алишер Навоий. Фарход ва Ширин. МАТ. 20 томлик. - Т.: Фан, 1991. Т.8. - 544 б.

8. Алишер Навоий. Лайли ва Мажнун. МАТ. 20 томлик. - Т.: Фан, 1992. Т.9. - 356 б.

9. Алишер Навоий. Сабъаи сайёр. МАТ. 20 томлик. - Т.: Фан, 1992. Т. 10. - 448 б.



10. Алишер Навоий. Садди Искандарий. МАТ. 20 томлик. - Т.: Фан, 1993. Т. 11. - 640 б.

11. Алишер Навоий. Лисон ут-тайр. МАТ. 20 томлик. - Т.: Фан, 1996. Т. 12. - 326 б. 1
Download 184,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish