Turdimatova Dilrabo



Download 47,5 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi47,5 Kb.
#249267
Bog'liq
Hisobot 2


Muxammad Al-Xorazimiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg`ona filiali "Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim" fakulteti “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta’limi” yo`nalishi 620-18 guruh talabasi

Turdimatova Dilraboning

2019 - yil 19-sentyabrdan 2020-yil 26-mayga qadar malakaviy bitiruv oldi amaliyot


H I S O B O T I
Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim fakultetining

20___ yil "___" martgi "_________" – sonli buyrug`iga asosan Farg’ona Sanoat kollejida amaliyotni o`tadim. Amaliyot davomida kollejning ichki kompyuter tarmoqlarining tuzilishi, ishlash jarayoni, server xonasidagi holatlar kabi qator ishlar bilan tanishdim. Jumladan:

___________ yil kuni _____________________________- buyruqga asosan Farg’ona Sanoat kollejiga bordim. U yerda bizni Farg’ona Sanoat kolleji direktori _____________________ kutib oldi. Shu litseyda amaliyot rahbari sifatida _________________ biriktirdi. U bilan amaliyot vaqti, amaliyot o`tash joylari va bo`limlari bilan tanishdim. Bundan tashqari tibbiyot bo’yicha juda yaxshi jihozlangan ekan. Talabalar uchun amaliyot o’tashlari uchun barcha turdagi eksponatlar yetarli. Farg’ona Sanoat kollejiga ko’plab yo’nalishlar mavjud bo’lib, 1000 dan ortiq talabalar tahsil olishmoqda. Ularga 100 dan ortiq mutahasis o’qituvchilar dars berib kelmoqdalar. Farg’ona Sanoat kollejida amaliyot o’tash davomida faqat axborot kommunikatsion texnologiyalariga oid bilimlarnigina emas balki litsey nizomlari boshqa yo’nalish fanlarini o’qitilish metodlari haqida ham bilimlarga ega bo’laman degan umiddaman. Amaliyot o`tash bilan bog`liq masalalarda texnika xavfsizligi, kompyuter tizimlarining ishlash jarayoni, ichki tarmoqlarning tuzilishlari bilan tanishdim.

16.09.2019 yil kuni – kollejning yangi binosida joylashgan auditoriyalardan 202-201-xonalardagi ichki lokal tarmoqlar orqali kompyuterlarni bir-biri bilan bog`lanishlarini amalga oshirdik. Bugun litseyda 1- kurs 106-guruhdagi dars jarayonida qatnashdim. O’quvchilarni kompyuter savodhonliglari juda yaxshi. Bu bizni yurtimizda Axborot texnologiyalarini tez sur’atda rivojlanayotganini bildiradi desak mubolag’a bo’lmaydi.

23.09.2019 yil kuni – Farg’ona Sanoat kollejida axborot resurs markazida joylashgan 12 ta kompyuter jamlanmalarini Farg’ona Sanoat kollejida internet tarmog`iga ulab, axborot resurs markazi uchun tayyorlangan "KARMAT" dasturi ishga tushirildi. Ushbu dastur asosan axborot resurs markazidagi mavjud kitoblar soni, ularning elektron xolati, elektron darsliklar, barcha fanlardan elektron majmualar, fanlar oid xorijiy adabiyotlar ro`yhati kiritildi hamda kataloglar bo`yicha joylashtirildi. Hamda 2-kurs talabalarida bo’ladigan “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini dars jarayonida qatnashdim. Ular bilan birgalikda kompyuterda joylashgan qurilmalar haqida o’tganlarini takrorladik.

30.09.2019 yil kuni - kollejning ichki internet tarmog`ini nazorat qiluvchi server xonasini tuzilishini, u yerdagi mavjud axborot uzatish qurilmalarini xamda kompyuter jixozlarining boshqa qurilmalarini ishlatish jarayoni bilan tanishdim. Hamda 2-kurs talabalarida bo’ladigan “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini dars jarayonida qatnashdim. Ular bilan birgalikda kompyuterda joylashgan qurilmalar haqida o’tganlarini takrorladik.

07.10.2019 yil kuni - serverdagi ma’lumotlar bazasining doimiy yangilab borish, kollejning tibbiyotga oid saytlar bilan ishlash jarayonlari, saytga doimiy ma’lumotlarni kiritib borish, ularni taxrirlash va joylashtirish ishlari bilan tanishdim. Kollejda bo’lib o’tgan talabalarni yozgi ta’til davomida bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish borasida o’tkazilgan tadbirda qatnashdim. Bunda yozgi ta’tilda kitoblarni ko’proq o’qish kerakligi haqida so’z bordi. Qatnashgan o’qituvchilar yosh talabalarga yaxshi maslahatlar berishdi.

14.09.2019 yil kuni - kollejdagi mavjud bo’limlar, kafedralarning ichki axborot almashinuvchi dasturlaridan biri bulgan «e-xat», «e-xujjat» dasturi bilan ishlashni o’rgandim. Ushbu dastur orqali litseyga kelgan va kelayotgan barcha xujjatlarni kiritish va biriktirilgan mas’ullarga yuborish xamda xujjatlar ijrosi bajarilgandan so`ng ularni bajarilganligini nazorat kiluvchi tegishli mutassaddi tashkilotlarga yuborish ishlari amalga oshirildi.

21.10.2019 yil kuni – Farg’ona Sanoat kollejining ayrim xonalar ya’ni ximoyalangan, maxsus signalizatsiya o’rnatilgan xonalarning jixozlanishi va ximoyalanish xolati, ogoxlantiruvchi signallarni uzatuvchi qurilmalarning ishlash xolati bilan tanishdim. Ushbu qurilmalarning texnik tavsifi, ishlash jarayoni, ma’lumot uzatish tizimi xamda boshqa tashkilotlar bilan bog`langanlik shakllari bilan tanishdim.

28.10.2019 yil kuni - kollejning qo’shimcha mutahasislikka o’qiyotgan talabalarni yozgi ta’tilga chiqishlaridan oldingi yakuniy darslar bo’ldi. Bunda men ustozlarga yordam berdim.

04.11.2019 yil kuni Farg’ona Sanoat kollejining “Aniq fanlar” kafedrasi faoliyati bilan tanishdim. Ushbu kafedralardagi mavjud o`quv-ilmiy laboratoriyalar soni, laboratoriyalarda qurilmalarning texnik tavsiflarini o`rgandim. “Aniq fanlar” kafedrasidagi mavjud o`quv-ilmiy laboratoriyalardagi qurilmalardan modulyator, atselograf, chastota generatori, sumator, programmator kabi ko`plab qurilmalarning texnik tavsifi, ishlar jarayoni xamda ishlash davomida yuzaga keladigshan natijalar bilan tanishdim.

11.11.2019 yil kuni - kafedragi o`quv laboratoriyalardan biri bo`lgan signallarni uzatish, qabul qilish, mobil tizimlar bo`yicha tayyorlangan DAMPS xonasidagi qurilamaparning texnik tavsifi, mobil tizimlarning ishlash jarayoni signallarni uzatish va qabul qilish bilan bog`lik jarayorlarni o`rgandim. Kafedralardagi mavjud o`quv laboratoriya xonalaridagi kompyuter qurilmalarning dasturiy ta’minoti bilan tanishdim. Ushbu dasturlar orqali laboratoriyalarni o`tkazish jarayonlari, ishlar tizimi xamda yakuniy natijalari bilan tanishdim.

18.11.2019 yil kuni - kollejdagi mavjud axborot almashinish xonasidan biri bo`lgan video konferensiya xonasidagi qurilmalar bilan tanishdim. Ushbu xonadagi ma’lumotlarni o`zatuvchi va qabul qiluvchi qurilmalarning ishlash tavsifi bilan tanishdim. Ushbu video konferentsiya xonasidagi monitor video konferentsiyasini tashkil etuvchi moslamalarning texnik tavsiflari bilan tanishdim. litseydagi ma’ruza xonalaridagi proyektor, kompyuter jamlanmasi xamda elektron doskalardan foydalanish tizimlari bo`yicha tanishdim xamda ular bilan ishlash bo`yicha kiritilgan dasturiy ta’minotlar bilan tanishdim.

25.11.2019 yil kuni - qabul komissiyasi bilan bog`liq ishlarni amalga oshirdim. Xususan kerakli materiallar bilan, kerakli dasturiy ta’minotlar bilan ta’minlashishga ko`maklashdim. Farg’ona Sanoat kollejining ayrim xonalar ya’ni ximoyalangan, maxsus signalizatsiya o’rnatilgan xonalarning jixozlanishi va ximoyalanish xolati, ogoxlantiruvchi signallarni uzatuvchi qurilmalarning ishlash xolati bilan tanishdim. Ushbu qurilmalarning texnik tavsifi, ishlash jarayoni, ma’lumot uzatish tizimi xamda boshqa tashkilotlar bilan bog`langanlik shakllari bilan tanishdim.

02.12.2019 yil kuni - kafedalardagi o`quv laboratoriyalaridagi maxsus fan o`qituvchilaridan ilmiy labaratoriya o`tkazish uchun ko`rsatmalar oldim xamda telekommunikatsiya tarmoqlaridagi ma’lumotlar uzatish, ma’lumotlarni qabul qilish xamda ma’lumotlarni saklash qurilmalarida amaliy ishlarni tashkil etdik.

09.12.2019 yil kuni - o`quv laboratoriya xonalarida ma’lumotlarni uzatish va qabul qilish bo`yicha qurilmalardan bo`lgan optik tolalarning texnik tavsifi, ularni ta’mirlash, payvandlash, joylashtirish xamda ularni saqlash bilan bog`lig` ishlarni o`rgandim.

16.12.2019 yil kuni - kollejdagi ma’lumot almashinuvchi xamda internet tarmog`iga simsiz bog`lanish uchun Wi-Fi tarmog`i bilan ishlash jarayonlari bo`yicha, ushbu qurilmaning texnik tavsifi, ma’lumot almashinish jarayonlarini o`rgandim.

23.12.2019 yil kuni – kollej hududidagi kompyuter jihozlari sozligini guruh bo’lib tekshirdik.Tekshirishdagi xatoliklarni to’g’irlashga harakat qildik.

30.12.2019 yil kuni – o’quvchilarga yangiyil ta’tilidan oldin test sinovlari orqali bilimlarini sinovdan o’tkazdik.

11.02.2020 yil kuni – kompyuterdan foydalanish uchun foydalanuvchi uchun mos muhitni tashkil etish bo’yicha o’quvchilar bilan bahs yuritdim.

18.02.2020 yil kuni – 1-18 guruh model va modelllashtirish mavzusi yuzasidan dars olib borildi.

25.02.2020 yil kuni - 1-18 guruhiga kompyuter tarmog’I va tarmoq turlari mavzusida oraliq nazorat ishi olindi.

03.03.2020 yil kuni – Tarmoq turlari mavzusi takrorlandi.

10.03.2020 yil kuni – Lokal kompyuter tarmoqlari qurilmalari mavzusida dars olib borildi va bu darsda qurilmalar haqida ko’plab ma’lumotlarni o’rganib chiqdim.

17.03.2020 yil kuni – 8-19 guruhida forma hosil qilish mavzusida online dars olib borildi.

24.03.2020 yil kuni – 1-18 guruhida shakl qurish loyiha o’rgatildi.Bunda Delfi dasturidan foydalanildi.

31.03.2020 yil kuni – 3-19 guruhida internet tarmog’ida saqlanayotgan axborotlar xavfsizligi mavzusida online dars bo’lib o’tdi.

07.03.2020 yil kuni – 3-19 guruhida svetofor loyihasini label dan foydalanagn holda Delfi dasturida ishlab chiqildi.

14.03.2020 yil kuni – Delfi dasturida button komponentasidan foydalanish tushuntirildi.

21.03.2020 yil kuni – 1-18 guruhida internet tarmog’ini shakllantirish mavzusida maruza bo’lib o’tdi.

28.03.2020 yil kuni – 3-18 guruhida parol kiritish dasturi Delfi dasturida o’rgatildi va bu jarayonda men ham qatnashdim.

05.05.2020 yil kuni – 1-18 guruhida amaliy mashg’ulot olib bordik va Delfida o’rganilgan dasturlarni qaytadan yozib tekshirdik.

12.03.2020 yil kuni – 3-19 guruhida ON bo’lib o’tdi.

19.03.2020 yil kuni – 1-18 guruhida electron pochta mavzusida ish olib bordik .Har bir o’quvchi o’zi uchun elektorn pochta ochishga muvaffaq bo’ldi.



26.05.2020 yil kuni - ma’lumotlar almashinish bilan bog`liq Farg’ona Sanoat kollejining ichki lokal xamda tashqi global tarmoqqa ulanish jarayonlari bilan tanishdim. Ushbu jarayonlar bo`yicha litseydagi mavjud barcha kompyuter qurilmalarining biri-biri bog`lovchi tarmoqlar ustidagi ishlarni o`rgandim xamda barcha bo`lim va kafedralarning ichki xujjjat aylanishi, internet bilan ulanishini xamda ularga kerakli dasturiy ta’minotlar bilan ta’minlashga ko`maklashdim. Amaliyot davomida barcha o`rganilgan bilimlarni va amaliy ishlarning xujjatlarini tayyorladim xamda chop etdim.

Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, amaliyot o’tash davrimda informatika va axborot texnologiyalari sohasida olgan bilimlarimni mustaxkamladim va albatta yangi bilimlarga ega bo’ldim. Kollej ta’lim tizimi bilan yanada chuqurroq tanishdim, fanlarni o’qitish metodikasini yanada chuqurroq o’rganishga muvaffaq bo’ldim.
Download 47,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish