Turizm va servis ” kafedrasi


Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlangan



Download 0,51 Mb.
bet14/16
Sana08.06.2022
Hajmi0,51 Mb.
#644586
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
SHeraliyev Omadbek Turizmda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlangan:

  • Toshkent shahrida 2022—2026-yillarda9 yalpi hududiy mahsulot hajmini 1,6 baravarga, sanoat mahsulotlari hajmini 1,4 baravarga, xizmatlar hajmini 3 baravarga hamda qurilish ishlari hajmini 1,6 baravarga oshirishni nazarda tutuvchi shahar va tumanlar kesimidagi maqsadli ko‘rsatkichlar parametrlari;

  • hududlarda aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida bildirilgan takliflar va aholini uzoq yillardan buyon qiynab kelayotgan mavjud muammolarni tezkor bartaraf etishga qaratilgan hamda amaliy tadbirlarni o‘z ichiga olgan “yo‘l xaritasi”;

  • 2022-yilda Toshkent shahrida muhandislik-kommunikatsiya, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish hamda ijtimoiy soha obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha kompleks tadbirlar.

Qaror bilan shunday tartib o‘rnatildiki, unga ko‘ra:

  • har oyda tumanlar sektor rahbarlari xalq deputatlari kengashlarida loyihalar ijrosi yuzasidan hisobot berib boradi;

  • har oy yakuni bilan Toshkent shahar hokimi xalq deputatlari Toshkent shahar kengashida loyiha parametrlarini va ko‘rsatkichlari ijrosi hamda erishilgan natijalarni muhokama qilib boradi;

  • har chorakda bosh vazirning o‘rinbosarlari tegishli vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va tijorat banklari ishtirokida joylarga chiqqan holda, o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha loyiha vazifalarning bajarilishi yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazadi va zarur tadbirlarni belgilaydi;

  • har chorak yakuni bilan loyiha ijrosi Vazirlar Mahkamasi rayosati majlislarida ko‘rib chiqiladi va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan Prezident Administratsiyasiga axborot kiritib boriladi. Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 6-maydan kuchga kirgan.

2022-yilda Toshkent shahri mahallalarida infratuzilmani yaxshilashga budjetdan 500 milliard so‘m ajratiladi. Shuningdek, davlat tomonidan m ahallalarda biznesni rivojlantirishga 476 milliard so‘m kredit va subsidiyalar beriladi. Ushbu mablag‘lar hokim yordamchilari tavsiyasiga asosan, mahalladagi eng dolzarb bo‘lgan ijtimoiy va kommunal masalalarga hamda tadbirkorlik loyihalariga yo‘naltirilishi aytilgan.
Toshkent shahar hokimligiga shu paytgacha birorta investitsiya loyihasi bo‘lmagan 271 ta mahalla uchun loyihalar shakllantirib, ularga investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha topshiriq berildi. Yangi sanoat loyihalarini ishga tushirib, shahar eksportini 2 barobarga oshirish mumkinligi qayd etilgan.


Xulosa
Eng avvalo, Toshkent shahrini ta’lim, tibbiyot, biznes va madaniy-ko‘ngilochar markazga aylantirish bo‘yicha loyihalar izchil davom etib bormoqda, kelgusidagi rejalar soni va sifati ortib bormoqda.
Misol uchun, Sergeli tumani hokimi 16 kilometr uzunlikdagi yerusti metrosi atrofida tungi yoritgich, o‘rindiq, sport va boshqa infratuzilma tashkil etish hisobiga savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida 5 mingta ish o‘rni yaratish bo‘yicha taklif bildirilgan.
Yoki poytaxt tadbirkorlarining shahar hududida san’at, rassomchilik, haykaltaroshlik, hunarmandchilik vakillarini keng jalb qilib, yirik «san’at ko‘chalari»ni takliflarini ham qo‘llab-quvvatlayman.
Shu kabi, «Chig‘atoy ko‘chasi» kabi xalqimiz va turistlarni o‘ziga tortadigan joylarda milliy va tematik ovqatlanish ko‘chalarini tashkil etish zarur.
Bundan tashqari, Fransiya, Italiya, Turkiyadan restavrator va muzey ishi mutaxassislarini olib kelib, barcha muzeylarni zamonaviy qiyofaga keltirish va noyob eksponatlarni namoyishga qo‘yish tashkillashtiriladi.
Muzeylar faoliyatini jonlantirish dasturi ishlab chiqilishi kerak. Bu orqali yiliga 500 mingdan ziyod turistlar uchun yangi marshrutlarni tashkil etsa bo‘ladi.
Misol uchun, Olmazor tumanidagi Forobiy ko‘chasida joylashgan tibbiyot maskanlari atrofida diagnostika, dorixona, mehmonxona, savdo va umumiy ovqatlanish obektlari tashkil etilib, tabiiy ravishda tibbiyot klasterlari shakllanmoqda.
Biz bunday kompleks xizmatlar ko‘rsatish joylari ko‘payishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashimiz kerak. Bu aholiga qulaylik yaratishi bilan birga, tibbiy xizmatlar eksportiga ham katta turtki bo‘lmoqda. Shu yilning o‘zida 40 mingdan ortiq chet el fuqarolari tibbiyot xizmatlaridan foydalandi.



Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish