Turkiy tillar fakulteti o’zbek adabiyoti kafedrasi



Download 163,5 Kb.
bet5/10
Sana02.01.2022
Hajmi163,5 Kb.
#311882
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-B Bazarova Rahima kurs ishi

Murabba’. Murabba’ - O'zaro qofiyalangan to’rt misralik band usulida yozilgan she’r. Murabba’ning qofiyalanish tartibi: birinchi band misralari o’zaro bir tekisda qofiyalanadi, keyingi bandlarining uch misrasi o’zaro qofiyalanadi va to’rtinchi misrasiga qofiyadosh bo’ladi.

Ya’ni, a + a + a + a, b + b + b + a, v + v + v + a...

Qo’yma jono, surma, shaxlo ko’zlaring,

Ohularni qildi shaydo ko’zlaring,

Mardum ichra soldi g’avg’о ko’zlaring,

Mardumlari, magar, tarso ko’zlaring.

Ey parivash gulpirahon sumanbar,

Nazokatda qadding sarvu sanovbar,

Qilmas andishai fordo ko’zlaring.

(Muqimiy)

Murabba’ qofiyasining bu tartibi asosan mumtoz adabiyotimizga xos. She’r tuzilishining murabba’ usuli hozirgi o'zbek poeziyasida ham keng qo’llanilmoqda. Qofiyalanish tartibi xilma-xil bo’lgan to’rtlik band usulida G’afur G’ulom, Oybek, Hamid Olimjon, Mirtemir, Amin Umariy, Usmon Nosir va boshqa shoirlarimiz barakali ijod qilishgan.

Bog’imda anorim bor, - a

Chertganda dutorim bor, - a

Shirmonyuz nigorim bor, - a

Yillarim faslim ko’rkam. - a

(Amir Umariy)



Qasida.Qasida-lirik tur janrlaridan biri. Qasida muhim tarixiy voqealar va mashhur tarixiy shaxslar haqida tantanali uslubda yozilgan asardir. Qasida o’zbek, tojik, eron, ozarbayjon va boshqa xalqlar adabiyotida keng tarqalgan janrdir. O’zbek klassik adabiyotida Sakkokiy (XV asr) qasida ustasidir. Qasidaning baytlari miqdori cheklanmaydi. Qasida arabcha “qasd” so’zidan olingan bo’lib “maqsad”, “niyat”, “biror ishga maqsad qilish” degan ma’nolarni bildiradi. Qasidaning umumiy hajmi 15-20 baytdan kam bo’lmaydi. Mumtoz adabiyotimizdagi qasidalarning asosiy qismi aruz vaznida bitilgan. Qofiyalanishi: a-a, b-a d-a yoki a-a, b-b d-d e-e. Masalan:

Ayo, xusravi ma’dalatdastgoh, -a

Najobat sipehrida rahshanda moh. -a

Shahanshohlik о’lsun muborak sango -b

Madadkor tangri taborak sango. -b

Bo’llub lutfi haq doimo nosiring. -d

Malul о’lmasun biz nafas xotiring. -d

Zamiringni sabr aylabon shod tut, -e

Bori kulfati g’amdin ozob tut. -e

O’rta asrlar Sharq adabiyotida qasida keng tarqalgan edi. Podsholar va ular madhiga bag’ishlangan haqiqatdan yiroq bo’lgan, maddohlik xarakteridagi qasidalar ko’proq saroy shoirlari ijodida uchraydi.

U ko’proq shoirlaming ijtimoiy-falsafiy qarashlarini bayon etuvchi janr sifatida yashadi. Bunday qarashlar o’z xarakteriga ko’ra ikki katta qismga ajraladi:

a) maqtovlardan holi falsafiy mazmundagi qasidalar;

b) qasida masnu – san’atli, ya’ni bezakli qasida.

Falsafiy qasidalar arab adabiyotida paydo bo’lib, keyinchalik boshqa xalqlar adabiyotida ham yuzaga keldi. Masalan, Nosir Xisrav, Xoqoniy, Usmoniy Muxtoriy, Jomiy, Navoiy, Fuzuliylar falsafiy qasidalarning ajoyib namunalarini yaratganlar. Qasida masnu esa Salmon Sovajiy, Sakkokiylar ijodida uchraydi. Qasidalar hajm jihatdan katta bo’lib, qofiyalanish tartibiga ko’ra g’azalga o’xshaydi. Odatda, qasida nasib, qurizgoh, madh (asosiy qism), qasd kabi qismlardan iborat bo’ladi. Odatda qasida kirish (nasib yoki tashbib) bilan boshlanadi, keyin tasvir obyektiga o’tiladi. O’zbek adabiyotida o’z qasidalari bilan shuhrat qozongan shoh Sakkokiy (XV asr) Xalil Sulton nomiga bitilgan va Mirzo Ulug’bek nomiga to’rtta qasida, Xoja Muhammad Porsoga bir qasida, Arslon Xoja Tarxong a to’rt qasida bag'ishlagan. Alisher Navoiyning Husayn Boyqaroga bag’ishlab yozgan “Hiloliya” nomli qasidasi va shuningdek, “Tuhfat ul afkor” (“Fikrlar sovg‘asi”) nomli falsafiy qasidasi mashhur. Hozirgi o’zbek shoirlari qasidani xalqimizni madh etuvchi, Vatanni ulug’lovchi, ulug’ ayyom kunlarini tarannum qiluvchi janrga aylantirdilar. Maqsud Shayhzodaning “Toshkentnoma”, Sulton Akbariyning “Mening mahallam”, Erkin Vohidovning “O’zbegim”, Abdulla Oripovning “Men nechun sevaman O'zbekistonni” kabi asarlari yangi zamon qasidachiligining yaxshi namunalaridir.




Download 163,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish