Turklarning Kichik Osiyoga kelib o‘rnashishi masalasi. Turk hoqonligi Kichik Osiyo Vizantiya imperiyasi davrida


V asr oxiri - XI asr o‘rtalarida Kichik Osiyo



Download 67,68 Kb.
bet7/9
Sana11.06.2022
Hajmi67,68 Kb.
#654221
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-MAVZU Qadimgi turklar

V asr oxiri - XI asr o‘rtalarida Kichik Osiyo.
Biron-bir xalq tashqi olamdan mutlaqo ajralgan holda yakka o‘zi yashay olmaydi. Istisnosiz, har bir qavm boshqa qavmlar bilan aloqaga tabiiy ehtiyoj sezadi, madaniy yutuqlar va qadriyatlar bilan ayirbosh qiladi.
Shiddatli tus olayotgan etnik jarayonlar hozirgi zamon davlat va xalqlar hayotiy faoliyatida etnomadaniy asosdagi o‘zaro munosabatlar va aloqalarning muhim ahamiyatga egaligidan dalolat beradi.
Tarixiy faktlarga ko‘ra xulosa qilganda, bu jarayonlarning uchta asosiy omilini ko‘rsatib o‘tish mumkin:
- xalqlar o‘rtasidagi munosabatlarning shakllanishida muhim rol o‘ynagan tarixiy voqealar rivoji;
- etnoslararo aloqalarda ramziy ma’noga ega tarixiy voqealar;
- o‘zaro aloqada bo‘lgan xalqlarning tarixiy-ijtimoiy rivojlanish xususiyatlari.
Etnoslar bir-biri bilan odatda turli tarixiy vaziyatlar taqozosi bilan aloqaga kiradi. Masalan, ular o‘rtasida har xil sabablar tufayli kelib chiqadigan o‘zaro etnik keskinlik, bu keskinlikni keltirib chiqaradigan bosib olish, kuch ishlatib qo‘shib olish va bir vaqtlar amalga oshirilgan kolonial siyosat mazkur masalani dolzarb nuqtaga olib chiqadi. Ma’lumki, bosqinchilikning har qanday ko‘rinishi bosib olingan xalq xotirasida abadiy saqlanadi, o‘zaro munosabatlarda salbiy aks etadi.
Kichik Osiyoning etnik tarixi quyidagicha:
- Bolqon-Dunay mintaqasidan miloddan avvalgi V-III asrlarda ro‘y bergan migratsiya jarayonlari;
- hind-evropaliklarga oid ikki tarmoqning Kichik Osiyoga kelishi:
1. Bo‘g‘ozlar orqali o‘tgan - luviya tarmog‘i.
2. Kavkaz orqali Sharqdan kelgan - palay tarmog‘i.
Galis daryosi atrofini egallagan xett (nesit)lar palay tarmog‘ining bir qanoti hisoblanadi. Xettlar atamasi ham shu yerda yashagan mahalliy qavm nomidan olingan.
Kichik Osiyo aholisi tarkibi bu davrda turli-tuman bo‘lib, yunon, arman, kurd, gruzin, arab, ossuriyalik, laz kabi boshqa ko‘plab etnoslardan iborat bo‘lgan. Ularning xo‘jalik hayoti turlicha edi. Armanlar va yunonlar yerga ishlov berishning yuqori taraqqiy etgan usullarini ishlatgan, shaharlarda yashash madaniyatiga ega bo‘lgan bo‘lsa, kurdlar va arablar ko‘chmanchilik hamda chorvadorlik borasida tengsiz edi. Yunonlar va lazlar dengiz bo‘ylarida azaldan baliqchilik bilan shug‘ullanib kelgan va malakali dengizchilar sifatida mashhur bo‘lgan. Ko‘plab ko‘chmanchilar (arab va kurdlar) dehqonchilik bilan shug‘ullanib, asta-sekin o‘troqlasha boshlagan. Shaharlar aholisi asosan yunonlar, armanlar hamda ossuriylardan tashkil topgan bo‘lib, ular hunarmandlar va savdogarlar qatlamini tashkil etgan.
Kichik Osiyoning lingvistik ko‘rinishi ham rang-barang bo‘lgan. Bu hududlarda dunyoning yirik tillar oilasi vakillari: hind-evropa (yunon, arman, kurd), semit (arab, ossuriylar, yahudiylar), kavkaz (laz, gruzin) tillarini uchratish mumkin bo‘lgan.
Bu hududlarda xristianlikka e’tiqod qiluvchilar provaslav, nestorian, yakobinlar, arman-grigoryan oqimlariga mansub bo‘lgan. Musulmonlar asosan, sunniylar va qisman shialar (asosan Sharqiy Anado‘lu hududlarida yashagan) vakillaridan iborat bo‘lgan.
Turkiya shaharlari va tarixiy maskanlarining nomlanishi bu mintaqada ming yillar davomida etnik shakllangan tamaddun, o‘ziga xos taraqqiyot bo‘lganligidan, insoniyat madaniy takomilida o‘z o‘rniga egaligidan dalolat beradi. Troya (Gissarlik-Chanoqqal’a), Xattusa (Bo‘g‘oz ko‘y, Anqaradan 150 km.) Bergama (Izmir yaqinida), Galikarnas (Bodrum), Konstantinopol (Istanbul) va boshqalar bunga misol. Kichik Osiyo atalmish bu maskan o‘zining boy va murakkab tarixi bilan goh u - goh boshqa davlat tasarrufiga o‘tgan, gullab-yashnagan, tanazzulga yuz tutgan, pirovardda, turklar ixtiyoriga o‘tgan. Albatta, qayd etilgan jarayon o‘z-o‘zidan sodir bo‘lmagan. Kichik Osiyo turklar tili bilan aytganda – Anado‘lu necha avlod tarafidan jangu-jadal, uzoq davom etgan urushlar natijasida qo‘lga kiritilgan.
Aslida Anado‘lu yoki Kichik Osiyo, ya’ni Turkiya miloddan avvalgi YII ming yillikda insonlarning muqim joylashgan ilk manziliga aylangan. Biroq fanda miloddan avvalgi II ming yillikda bu yerlarga xettlar kelgunga qadar yashab o‘tgan qadim qavmlar haqida ma’lumot juda kam. Xettlar tarixi ham davr taqozosiga ko‘ra uzoq davom etmagan (miloddan avvalgi 1680-1190 yy.). Frigiyaliklar, lidiyaliklar kabi “dengiz xalqlari” bosqini natijasida barham topgan.
Tarixning keyingi bosqichlarida bu yerlar Gresiya va Eron, so‘ngra Rim imperiyasi ta’siriga o‘tgan.
Konstantinopolga miloddan avvalgi IY asrda asos solingan. Bu shahar xristian olami taraqqiy etgan joy sifatida yuz yillar davomida buyuk Rim bilan bahslashgan. Miloddan avvalgi 1054-yilda Rim katolisizmi va Sharqiy xristianlik o‘rtasida bo‘linish sodir bo‘lgandan, shaharga saljuqiy turklar kelganidan keyin o‘zining dastlabki mavqeini yo‘qota boshlagan.
Qadimgi turklar ko‘chmanchi xalqlar olamiga mansub bo‘lib, ko‘hna dunyo xalqlari etnik tarixida favqulodda katta o‘ringa ega. Uzoq va bepoyon hududlarga ko‘chib yurish davomida turklar mahalliy o‘troq aholi bilan aralashib, butun-butun qit’alar etnik xaritasini bir necha bor o‘zgartirib yuborgan. Ulkan davlatlar barpo etgan, ijtimoiy taraqqiyot yo‘nalishini o‘zgartirib, tub joy aholisi madaniy durdonalarini boshqa xalqlarga o‘tkazib borgan. Nihoyat, o‘zlari ham jahon madaniyati tarixiga mislsiz ulushini qo‘sha olgan xalqlardan hisoblanadi.
Ma’lumki, Yevroosiyoning dastlabki ko‘chmanchilari hind-evropa qabilalari hisoblanadi. Aynan ular Dneprdan Oltoyga qadar yastangan cho‘llarda yetakchilari dafn etilgan ilk qo‘rg‘onlarni qurib qoldirgan. O‘sha davr hind-evropa qabilalari orasidan Qora dengiz atrofidagi cho‘llarda qolib ketganlar evaziga fors tilli kimmeriyaliklar, saklar, savromatlarning yangi ko‘chmanchi ittifoqlari shakllangan. Bunday jarayon takrorlanib turgan. Miloddan avvalgi I ming yillikda ajdodlari izidan borganlar va takroran ro‘y bergan jarayonlar haqida qadimgi grek, fors va ossuriyaliklarning yozma manbalari dalolat beradi.
Hind-yevropaliklardan nisbatan sharqda joylashgan Markaziy Osiyoda boshqa yirik tilli jamiyat – oltoyliklar shakllangan. Bu yerdagi qavmlarning aksariyati turklar, mo‘g‘ullar va tungus-manchjuriyaliklar bo‘lgan.

Download 67,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish