Turon zarmed universiteti “Maktabgacha ta’lim” yo’nalishi


Bir marta erkin fikr yuritamiz!



Download 424 Kb.
bet2/3
Sana16.04.2023
Hajmi424 Kb.
#929107
1   2   3
Bog'liq
4.10 (2)

Bir marta erkin fikr yuritamiz!
Bugun kimdan so‘ramang, o‘zbek tilida 6ta unli bor deydi. Bu o‘ziga xos «norma» maktabdan miyamizga qo‘rg‘oshinday quyilgan. Yuqorida aytganimizdek, 1920 yillargacha esa xalqimizda «uchta unli bor» degan aqida hukm surgan. 1929-1934 yillar oralig‘ida esa hamma 9 ta unliga ko‘nikkan edi. (tilimiz talaffuzidagi barcha unlilar maksimal ko‘rsatilgan). Bunda yozuv va talaffuzda bir xillik, ya'ni qanday talaffuz qilinsa shunday yozilardi.
Lekin, yana qanaqadir tushunarsiz sabablar bilan, boshqa turkiy tillardan farqli unlilar 6taga tushirilgan. Bu, qardosh tillar ichida eng minimum ko‘rsatkich! Ikki hatto uch xil unlilar, hatto ikki xil undosh tovushlar ham bitta harf bilan ifodalanyapti. Bu tilimiz fonetik boyligidan yuz o‘girish, eng achinarlisi befarqlik emasmi? «Yana murakkablik ortadi, savodsizlik ko‘payadi» deysizmi? Xuddiki, savodlilik hozir a'lo darajada... Biz yozuvni sodda bo‘lishini xohlab aholida, jamiyatda ham odamlar ongida ONA TILImiz yozuviga nisbatan mas'uliyatsiz kayfiyatni shakllantirib bo‘lganmiz. Natijada islohot tugul, oddiy lotin yozuviga o‘tishda katta-yu kichik, amaldoru ishchida «imloviy jur'atsizlik» ruhi paydo bo‘lgan.
Bu imloviy mas'uliyatsizlik va jur'atsizlikning asosi esa, hozirgacha boshlang‘ich sinflardan kelajak avlod ongida shakllanmoqda. Marhamat, maktab o‘quvchisida harf va tovush o‘rtasidagi farqni yoki ularning ifodalanishini so‘rang... 90-95% holatda «2» baho qo‘yasiz unga. Nahotki, tilshunoslarimiz ham 6ta unli va 23 undosh harf qoidasidan boshqa yoqqa o‘ta olishmasa? Balkim, oshirib yuborgandirman. Darsliklarda faqat bitta o‘rinda qisqagina, «tovushlarni aytamiz va talaffuz qilamiz, harflarni esa yozuvda ifodalaymiz» shaklida qoidacha bor, xolos. O‘zbek adabiy tilida nechta harf va nechta tovush mavjudligini kerak bo‘lsa, oliy ta'lim muassasalaridagi filolog talabalarning ham ko‘pchiligi bilmaydi.
Masalan, inglizlar 20ta va fransuzlar 16ta o‘z tillarida unlilari borligini biladi va yozuvda farqlaydi. Frantsuz tilida esa 16 unli tovushning hammasi alohida ko‘rinishda bo‘lsa ham jahon tillaridan biri sifatida o‘z o‘rniga ega bo‘lishiga xalaqit bermayapti. Soddalashtirish masalasi esa rejalashtirilmayapti. Birinchi raqamli dunyo tili ingliz tilida esa unli tovushlar soni 20 (!) ta. Bu faqat siz uchun 2tagina misol xolos.
Yozuv islohoti savodsizlikni chiqarishi haqida ikki og‘iz so‘z... Misol uchun fransuz tili 1990 yilda, nemis tili 1901, 1944, 1996 yillarda, portugal tili 1911 va 1990 yillarda, rus tili 1918 va 1956 yillarda, flamand (nederland) tili 1980, 1995 va 2005 yillarda, yapon tili 1900 va 1946 yillarda, indonez (malay) tili 1942 va 1972 yillarda, xitoy tili 1950, 1982 va 2009 yillarda, norveg tili 1905, 1907, 1917, 1938, 1941, 1981 va 2005 yillarda yozuvlarini isloh qilishgan. Lekin, hech kim savodsizlashib qolmagan va bundan qo‘rqmagan.
O‘zbek tili o‘tgan asrda 3 marta yozuvini isloh qilganini tilshunoslar va jamiyatimizda ortiqcha vahimaga yo‘yish noto‘g‘ri bo‘lardi. Kemaga kirganni joni bir degandek, o‘tgan asrda sobiq ittifoqdagi boshqa turkiy, tojik, slavyan va boshqa tillar ham o‘z yozuvlarini bir asrda uch marta o‘zgartirishgan. Xuddi bizga o‘xshab... Yakunda esa, bizning jamoatchilikdagi ko‘nika olmaslik, tushkunlik, vahima, ishonqiramaslik va «imloviy erinchoqlik», qabul qila olmaslik kayfiyati ularda deyarli kuzatilmadi. Quyosh hammaga bir xil nur sochishini inobatga olsak, bizdagi «Savodsizlashib qolish» vahimasi ichimizda, «kirillga dasturlangan» qotib qolgan miyamizda bor xolos.
Demakki, millatning savodliligi tilning alifbosidagi harflarning kam yo ko‘pligida emas ekan. Faqatgina o‘qitish tizimini takomillashtirish, jamiyatda tilning nufuzini oshirish, fuqarolik pozitsiyasida tilga nisbatan talablarni kuchaytirish, davlat tiliga siyosiy darajada ahamiyat berish, davlatning o‘z chegaralaridan tashqarisida tilning targ‘iboti va obro‘sini oshirishi kerak ekan, xolos. Hech qanaqa savodsizlik va qo‘rquvga o‘rin yo‘q, nazarimda. Bu hammasi, islohotdan so‘ng umumiy til qoidalarini yozib chiqish bo‘yicha mas'ullarning o‘z mas'uliyatiga bog‘liq. Mas'ullar va filolog olimlarimiz bir narsani bilib qo‘yishi shart: kirill alifbosi ham hozirgi lotin alifbosi ham tilimiz fonetik tabiatini ochib bera olmaydi!

Download 424 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish