Tushunchalari. Barkarorlikning uzgaruvchanligi. Barkarorlik va



Download 34,19 Kb.
bet2/3
Sana21.04.2022
Hajmi34,19 Kb.
#570311
1   2   3
Bog'liq
5-мавзу

«Sinergetika» (yunon. sinergeia «sinergeni») so’zi kelishuv, hamkorlik, o’zoro ta’sir degan ma’nolarni anglatadi. Sinergetika XX asrning 70- yillarida Ovro’pada yuzaga kelgan ilmiy- tadqiqot yo’nalishi bo’lib, unga ko’ra har qanday jarayonlar (fizik, ximik, biologik, ijtimoiy) tizimida o’z-o’zini tashkillashtirish tamoyili asosida yuz beradi. Bunda dialektik tamoyillarga qat’iy bo’ysunmaydigan makrasnotik tizimlarda yuzaga keladi.
Sinergetikada taraqqiyotning evolyusion tamoyili asos qilib olinadi. Bunda evolyusiya borliqning umumiy qonuni sifatida, inson va tabiat o’rtasidagi munosabatlarning i fodasi deb qaraladi. Sinergetika taraqqiyot jarayonida beqaror holat bilan barqaror holat o’rtasidagi barqarorlikka aloxida e’tibor beradi. Belgiyalik fizik I. Prigojin «Barqarorlik falsafasi» asarida beqarorlikni borliqning muhim jihati sifatida talqin qiladi. Har qanday eski sistema yangisi bilan almashar ekan, avvalo beqarorlik, taribsiz yuz beradi. Bunday holatning ro’y berishida oddiy tasodif ham muhim ahamiyat kasb etishi mumkin. Agar dialektika ko’proq «chiziqlilik» (zaruriyatga asoslangan) tafakkurga asoslangan bo’lsa, sinergiteka chiziqsizlik (tasodifiylik) tamoyiliga tayanadi. Ushbu tamoyil harakat, taraqqiyot oldindan belgilab quyilgan yo’ldan ketmay, har bir narsaning ichki o’zgarishi barcha obyektlar mavjudligining eng umumiy xususiyati, u har qanday harakat, o’zaroloqadorlik, o’zaro ta’sirini va umumiy holatdan ikkinchisiga o’tishni ifodalaydi.
Yuqorida aytilganlardan ma’lum bo’ladiki,barcha falsafiy metodlar borliqning o’zgarishi, o’zaro aloqadorligi, bog’liqligi, harakati, taraqqiyoti haqidagi bilish usullari bo’lib, ularning mohiyatini tushintirish, tadqiq qilishda turlicha o’ziga xos tamoyillarga tayanadi. Va, aytish mumkinki, ular bir -birini to’ldiradi. Va borliqning qayd etilgan xususiyatlarini falsafiy metodlar xususan, dialektika, sinergitika metodlari tamoyillarining birligisiz chuqur anglab yetish mumkin emas. Va, falsafa ana shu metodlarga tayangan holda ilmiy bilishda metodogologik ahamiyatga ega bo’ladi.
Borliq – bu megamiqyosdagi yaxlit tizim-sistema bo’lib uning tarkibiga kiruvchi barcha mikro va makro miqyosdagi kichik sistema-tarkibiy qismlar, o’zaro bog’liqlikda, o’zaro aloqadorlikdadirki, bu ularning doimiy harakatda, o’zgarishda taraqqiyotda bo’lishligini belgilaydi.
O’zgarish – barcha obyektlar mavjudligini umumiy xususiyati, u har qanday harakat, o’zaro ta’sirni va bir holatdan ikkinchisiga o’tishni ifodalaydi. Masalan, insoniyat tarixini olib qaraydigan bo’lsak, kishilik jamiyat doimo o’zgarishda (bir bosqich-sivilizasiyadan, yuqorisiga o’tish) bo’lganki, bu jarayon jamiyatdagi ijtimoiy kuchlarning bir –biriga ta’sir ko’rsatish asosida kechadi. Va tabiatdagi jarayonlarni ham shu nuqtai nazardan ko’zdan kechiradigan bo’lsak, ana shu holni kuzatishimiz mumkin.
Har qanday o’zgarish harakatdir, lekin har qanday harakat o’zgarish emas. Masalan, oddiy mexanik harakat narsa, xodisalarning fazodagi o’rin almashishidir. O’zgarishning sababi o’z o’zgarishlari emas. O’zgarish borliqdagi narsa – xodisalarning o’zgarishi o’zaro aloqadorligi va ularning o’zaro ta’sirida kechadi. O’zaro aloqadorlik olam mavjudligining eng muxim qonuniyati va bu qonuniyat narsa, xodisalarning universal o’zaro ta’siri orqali amal qiladi. O’zaro aloqadorlik bunday o’zaro ta’sirning barcha narsa, xodisalarning ichki strukturaviy birligi, ya’ni muayyan sistema (tizim) sifatida mavjudligi va ularning o’zaro munasobatlarini ifodalaydi.
Har qanday o’zgarishlar o’zaro aloqadorliklar asosida yuz beradi. O’zaro aloqadorlik-borliq, olam mavjudligining eng umumiy qonuniyati bo’lib, bu qonuniyat barcha narsa, xodisalarning universal o’zaro ta’sirining natijasi va yuz berishidan iborat. U har bir yaxlit tizimdagi barcha narsalar va xodisalarning universal o’zaro ta’sirining barcha elementlar va hodisalarning ichki strukturaviy birligini, shuningdek, o’sha tizimning qurshab turgan boshqa tizimlar yoki xodisalar bilan benixoya xilma-xil aloqa va munosabatlarini ifodaoaydi. Narsa, xodisalarning,universal o’zaro aloqadorligi mikro va makro miqyosdagi obyektlar tarzida mavjudligining sababidir. Masalan, atomning mavjudligi uning tarkibidagi yadro, elementar zarrachalarning o’zaro aloqadorligi, ta’siri bilan shartlangandir. Yoki bizning Quyosh sistemamiz uning tarkibiga kiruvchi planetalarning o’zaro aloqadorligi , o’zaro ta’siri natijasidir o’laroq mavjuddir. O’zaro aloqadorlik qonuniyati insoniyat jamiyati soxasida,uning taraqqiyotida o’ziga xos tarzda amal qiladi. Unda sivilizasiyaning rivojlanishi bilan kishilar , butun – butun davlatlar o’rtasidagi aloqalar murakkablashadi va siyosiy, iqtisodiy, mafkuraviy va boshqa munosabatlar tobora xilma-xil bo’lib boradi.
Narsa, hodisalarning o’zaro aloqadorligiga konkeret sistema, obyektlar va ularning o’zaro xos xususiyatlarining mavjudligi sabab bo’ladi. Shu bois o’zaro aloqadorlik xilma-xil tur , ko’rinishlarda namoyon bo’ladi. Bular konkret borliq tiplari hodisalari o’rtasidagi munosabatlarni, shuningdek, borliqning umumiy xossalari bilan taraqqiyot yo’nalishlari o’rtasidagi munosabatlarni o’z ichiga oladi. Shunga ko’ra har qanday qonunlar o’zaro aloqadorlikning konkret ifodasidir. O’zaro aloqadagi xodisalarning yagona, universal qonuniyati olamiy harakat jarayonidir.
O’zaro aloqadorlik, eng umumiy sabab va oqibat bog’lanishda bo’ladiki, bu mohiyatan o’zaro ta’sir natijasidir. O’zaro aloqadorlik tushunchasi bilishda metadologik axamiyatga ega.
O’zaro aloqadorlik borliqdagi barcha narsa, hodisalar o’rtasidagi sababiy bog’lanishlarini tadqiq qilish, ularning eng muhimlarini o’zaro ta’sir jarayonidan ajratib ko’rsatishda muhim ahamiyat kasb etadi. Barcha fanlar ilmiy bilish tizimlari sifatida o’zaro aloqadorlik tamoyiliga tayanadilar. Fanlarning strukturasi va turkumlanishining o’zi o’zaro aloqadorlikning in’ikosidir.
Bugungi kunda fanlar integrasiyasi eng samarali bilish usuli vazifasini o’tamoqdaki , bu eng avvalo o’zaro aloqadorlik tamoyilining ilmiy bilishga tadbiq qilinishining natijasi xisoblanadi. Masalan bioximiya, astrofizika , sosiobiologiya va boshqa fan yo’nalishlari shular jumlasiga kiradi.
O’zaro aloqadorlik o’zaro ta’sirni keltirib chiqaradi va ayni paytda keyingisi o’zaro aloqadorlikning sabab va oqibat bog’lanishi tarzida amal qilinishini belgilaydi.
Masalan, Yerdagi hayotning mavjudligi (oqibat) ning sababi uning quyosh tizimidagi boshqa planetalar bilan o’zaro ta’siridir.
Harakat falsafada borliqning eng muhim umumiy atributiv xususiyati bo’lib , uni qisqacha o’zgarish deb ta’riflash mumkin. Mazkur tushuncha alohida – alohida mavzuda o’rganiladi, iga ko’ra hozircha shu bilan chegaraniladi.
O’zaro ta’sir falsafiy ma’noda harakat, o’zgarishning universal shaklidir. Faqat o’zaro ta’sir orqali narsalar sifat o’zgarishiga uchraydi, bir xolatdan boshqa xolatga o’tadi, rivojlanadi.
O’zaro ta’sir – narsa, hodisalarning bir-biriga ta’sir ko’rsatish va ularda ichki o’zgarishlarni yuzaga keltirish jarayoni bo’lib, harakat taraqqiyotning sababidir. Shu ma’noda har bir oqibat hodisa o’zaro ta’sirning yakunidir. Masalan, yerning o’z o’qi atrofida aylanishi, uning boshqa planetalar bilan o’zaro tortishishi va itarilishi yo’nalishidagi o’zaro ta’sirning oqibatidir. Har qanday yaxlit tizimda o’zaro ta’sir shunday bir sabab bilan o’rin almashib turadi va sabab –oqibat bolanishlari zanjirini hosil qiladi. Masalan, Yerning o’z o’qi atrofida aylanishi fasllarning almashinishi keyingisi esa o’z navbatida boshqa xodisalar uchun sabab bo’lib xizmat qiladi.

Download 34,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish