Tushunchalarni shakllantirish metodikasi



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
Sana07.07.2022
Hajmi0,65 Mb.
#755471
Bog'liq
773-Текст статьи-2148-1-10-20220329



256 
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QISH DARSLARIDA O‘QUVCHILARDA ADABIY 
TUSHUNCHALARNI SHAKLLANTIRISH METODIKASI 
DOI: 10.53885/edinres.2021.11.57.098
 
Ibragimova Dinara Jabbor qizi, 
Boshlang‘ich ta’lim fakulteti 4 kurs talabasi 
Respublikamizda uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari 
imkoniyatlarini oshirish, o‘quvchilar savodxonlik darajasini rivojlantirishning samarali mexanizmlarini 
ishlab chiqish hamda joriy etishga katta e’tibor qaratilmoqda. O’zbekiston Respublikasini yanada 
rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “Yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo‘llab-
quvvatlash va ro‘yobga chiqarish, bolalar va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularni 
jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish” kabi muhim vazifalar belgilab berildi. Bu esa, ilg‘or xorijiy 
tajribalarni boshlang‘ich ta’limga keng joriy etish, o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini baholashning 
milliy tizimini takomillashtirish, ularda mustaqil o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirishga doir interfaol 
topshiriqlar tizimi, o‘qish va matnni tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirishning metodik mexanizmini ishlab 
chiqish, texnologik bosqichlarini aniqlashtirishni taqozo etadi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada 
rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son Farmoni, 2017 yil 13 sentyabrdagi 
“Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik 
madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi PQ-
3271-son, 
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash 
sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 997-son qarorlari hamda mazkur 
faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-xuquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar mazmunida boshlang‘ich sinf 
o‘qish darslarida o‘quvchilarda adabiy tushunchalarni shakllantirish metodikasini ishlab chiqish muhimligini 
ko‘rish mumkin. 
O’quvchilarning bilish faolligini oshirish va mutolaa madaniyatini rivojlantirishning nazariy-tarixiy 
asoslari Sharq mutafakkirlari Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Abu Nasr 
Farobiylarning asarlarida keng yoritib o‘tilgan. 
Respublikamizda o‘quvchilarni o‘qishga o‘rgatish va kitob mutolaasining sotsiologik, akmeologik, 
pedagogik va metodik jihatlari A.Umarov, B.G’aniyeva, A.Abdulazizov, Q.Yo‘ldoshev, F.Aminova, 
T.Ziyadova, D.Muminova, D.Qosimova, S.Qambarova, Q.Husanboyeva, B.Xodjayev, B.Ma’murov, 
R.Niyozmetova, M.Sobirova kabi olimlarning ilmiy tadqiqotlarida o‘z aksini topgan. 
Mustaqil davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlari olimlaridan E.Xudayberdiyev, E.Karsalova, 
D.Xafizov, S.Tarasova, L.Titarenko, T.Atroxova, N.Kiselev, L.Menchikova, N.Seliverstova, V.Borodina, 
O.Shishkina, S.R.Pribыlыx, S.Ikramova, N.Zbarovskayalarning tadqiqot ishlarida o‘qish va matn ustida 
ishlashning samarali yo‘llari yoritib berilgan. 
Xorijda ham mazkur yo‘nalish bo‘yicha olimlar tomonidan qator ilmiy izlanishlar olib borilgan bo‘lib, 
S.Allen, R.Sagor, R.Brown, S.Swennumson, F.Vellutino, S.Fisher, T.Scarlach, K.Miharalarning tadqiqot 
ishlarida o‘quvchilarni matn bilan ishlashga o‘rgatish va o‘qish savodxonligini baholash mexanizmlari tadqiq 
etilgan. 
Biroq boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘qish va matnni tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirishning 
asosiy yo‘nalishlari, o‘qish savodxonligini baholashning pedagogik-psixologik, metodik jihatlari maxsus 
tadqiq etilmagan. Shuningdek, o‘quvchilarni o‘qish va matn ustida ishlashga o‘rgatish, matn bo‘yicha 
tuzilgan mantiqiy savollarga javob topish hamda badiiy matn tahliliga tanqidiy yondashish texnologiyasining 
ishlab chiqish zaruriyati mavjudligi ko‘rinadi. 
PIRLS (Progress in International Reading and Literacy Study) – boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining 
o‘qish va matnni tushunish darajasini baholash bo‘yicha halqaro tadqiqot dasturidir. Boshlang‘ich sinf 
o‘quvchilarining o‘qish va matnni tushunish ko‘nikmalarini qay darajada rivojlanganligi haqidagi 
ma’lumotlarni xalqaro miqyosda taqqoslash imkonini beradigan, o‘qish va o‘qitishni yaxshilash uchun ta’lim 
sohasidagi davlat siyosatiga oid ma’lumotlarni o‘zida aks ettiradigan yirik xalqaro baholash dasturidir.
O’qish va matnni tushunish bo‘yicha tuzilgan mantiqiy savollar tafakkur jarayonlarini faollashtiradi va 
ta’limda turli darajadagi o‘quv jarayonini takomillashtirishga asos bo‘la oladi. PIRLS o‘quvchilar tomonidan 
maktab va maktabdan tashqari ta’lim olishning katta qismini tashkil etuvchi, ya’ni badiiy tajriba orttirish, 


257 
ma’lumot olish va undan foydalanish ko‘nikmalarini baholash kabi ikkita keng qamrovli maqsadlarni o‘zida 
ifoda etadi. 
Ta’limda tarbiyalanuvchining hayotiy tajribasi, ma’lumotlarni o‘zlashtirish imkoniyatlari ko‘p 
hollarda uning yosh xususiyatiga bog‘liqdir. Ma’lumki, maorif tizimida adabiy ta’limning a) boshlang‘ich 
(1-4- sinflar), b) o‘rta sinflar (5-7-sinflar), d) yuqori sinflar (8-9-sinflar), ye) o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim 
bosqichlari (9-10 sinflar, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari) mavjud.
Boshlang‘ich sinflarda adabiyot predmeti o‘qitilmaydi. Lekin adabiy ta’limning boshlang‘ich uzvi 
bo‘lmish "O’qish kitobi" o‘qitiladi. Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida adabiy-estetik tarbiya bosh maqsad 
sifatida qo‘yilmaydi. Shuning uchun ham tizimli tarzda adabiy materiallar ham berilmaydi. Kitobda adabiy 
matnlar bilan bir qatorda tarix, geografiya, odobnoma kabi fanlarga oid matnlar ham berilgan. Chunki bu 
bosqichda o‘quvchilarning a) bexato, ravon, ifodali o‘qishlari, b) o‘qiganlarini tushunish, tushunganlarini 
tushuntira olishi, v) ular asosida og‘zaki nutqni o‘stirish, g) yozma nutqni va savodxonlik rivojlantirish 
asosiy maqsad hisoblanadi. Boshlang‘ich sinflarda o‘rganilgan materiallarni estetik yoki to‘la ravishda 
didaktik tahlil qilishni vazifa sifatida belgilanmaydi, balki o‘qilgan matnlardan didaktik xulosalar chiqarshi 
muhim sanaladi.
Sinf o‘quvchilarining saviyasi, tayyorgarlik darajasiga ko‘ra 3-4-sinflarda matnlarni didaktik tahliliga 
keng o‘rin berish mumkin, shuningdek, estetik tahlil unsurlarini ham kiritsa bo‘ladi. Bu sinflarda she’rlar 
qofiyasini topish, qofiyaning she’r musiqiyligini ta’minlashdagi ahamiyatiga e’tibor berish, so‘z o‘yinlarga 
diqqat qaratish estetik tahlil chizgilari deyish mumkin.
O’rta sinflarda boshlang‘ich sinflarda shakllana boshlagan ko‘nikmalar rivojlantiriladi, malaka 
darajasiga ko‘tariladi. Bu bosqichda o‘rganilayotgan asarlarni didiktik tahlil qilish ustuvor vazifa bo‘lib, 
estetik tahlil oldingi o‘ringa chiqarilmaydi (ya’ni asosiy vazifa sifatida belgilanmaydi). Lekin estetik tahlil 
e’tibordan soqit ham qilinmaydi.
Diqqat qilinsa, dasturga ko‘ra 5-sinfda dastavval xalq og‘zaki ijodi namunalaridan maqollar
topishmoqlar va ertaklar darslikka kiritilgan. Bu o‘quvchilar yosh xususiyatiga ko‘ra mantiqlidir. Chunki 
kechagina boshlang‘ich sinfdan chiqqan bolalarni bu adabiy materiallar asosida o‘qitish oson, qulay hamda 
ko‘zlangan maqsad, vazifalarga muvofiq keladi.
Boshlang‘ich sinfdagidan farqli o‘laroq matnlar to‘la didaktak tahlilga tortiladi. Ezgu ishlar, ezgu 
qahramonlardan ibrat chiqarish, ibratlanish, yaxshilarning yaxshiligi, yomonlarning yomonligi asosi va 
omillarini aniqlash asarlarni o‘rganishda yetakchilik qiladi, qahramonlarning xarakterli tomonlari, xatti-
harakati, gap-so‘zlari tahlilga tortiladi.
Ertaklardan keyin rivoyat, afsonalar, ularga adabiy ertaklarni, so‘ng yozuvchilar hikoyalarini o‘rganish 
ulanib ketadi. Tanlangan adabiy material sezilarli darajada murakkablashtirilgan. Bola bu yoshda kunma-
kun, haftama-hafta, oyma-oy jismoniy, fiziologik, aqliy jihatdan rivojlanib boradi. Demak, o‘qituvchining 
vazifasi ana shu o‘sishga muvofiq tarzda tanlangan dars materiali asosida tarbiyalanuvchining ongi hamda 
ma’naviy taraqqiyotini ta’miinlashdir. Bunda asar tahliliga qo‘yilayotgan talab va shaklni ham 
takomillashtirib borish zarurati oldingi o‘ringa chiqadi. Tahlilda qiyoslash, solishtirish, zidlash kabi usullarni 
keng qo‘llab borish maqsadga muvofiq. Avval bolalar ko‘rgan multfilm, kinofilm qahramonlariga, 
o‘rganilgan asar obrazlari, voqeligiga qiyoslash uchun murojaat qilinsa, asta-sekin hayotdagi odamlar, 
voqea-hodisalar, o‘qilgan boshqa asarlar qahramonlari, syujeti solishtirish obekti bo‘lib xizmat qiladi. Bu 
keyingi sinflarda keng ko‘lamli hikoyalar, hissa va romandan parchalarni to‘laqonli o‘rganish uchun zamin 
hozirlaydi. Ko‘rinadiki, tahlillash "yuki" 5-sinfdan boshlab mavzudan mavzuga murakkablashib boradi va bu 
o‘quvchilarning ham tahlillash ko‘nikma va malakalarini rivojlanishiga asos bo‘ladi.
Adabiy ta’lim oldida turgan vazifalar ham badiiy asarlarni chuqur tahlil etishni talab qiladi. Negaki, 
maktab o‘quvchilarida kitobga muhabbat o‘qilgan kitobning sir-asrorini bilgandan keyingina shakllanadi. 
Talaba badiiy asardan lazzat tuysa, o‘zining zavqini keltirgan tasviriy unsurlarni payqay bilsa, chinakam 
badiiyat namunasini soxta asarlardan ajrata olish malakasini egallayotgan bo‘lsagina kitobxonga aylanadi. 
Chunki biror asarni o‘qish jarayonida, uni tahlillash mobaynida tuyilgan lazzat o‘quvchini boshqa asarlarni 
o‘qishga, ulardan ham zavqlanishga undaydi. Adabiy asarni tahlil qila olmagan, binobarin, undan ta’sirlana 
bilmagan bola ma’naviy qadriyatlarga mensimay qaraydigan bo‘ladi. Chunki bunday bolaga insonni 
tushunish, o‘zgani his etish begona. Unda tor amaliyotchilik, manfaatparastlik illatlari huruj qilish imkoniyati 
katta. Shuning uchun ham badiiy tahlil oddiy o‘quv tadbiri emas, balki o‘ta muhim ma’naviy hodisadir.

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish