Tuzuvchilar: Maxmudov A. M



Download 12,98 Mb.
bet29/37
Sana15.04.2022
Hajmi12,98 Mb.
#554085
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   37
Bog'liq
metodichka gor mash

Barabanli ishchi organi
Ingichka nishabli qatlamlarni chiqarishda bugungi kunda vertical o’q bo’ylab aylanuvchi barabanlardan foydalanilmoqda (KA80, MK67M kombaynlari). Bunday organlar maydalangan ko’mirni zaboy konveyeriga tashishni taminlaydi va bir ishchi organi bor quvvati bilan qatlamga ishlov beradi, oqimning istalgan joyida qatlamda o’zi maydalash ishlarini olib boradi.
Yemirish organining bunday kamchiliklarida quyidagilarni amalga oshirish kerak: qatlamdan konveyerga yuklashning qiyinligi, qatlamda quvvatni boshqarish diapazonining kichikligi, konstruksiyasining qiyinligi va ishonchlilik darajasining kichikligi.

51-rasm. Vertikal o’q bo’ylab aylanuvchi barabanli ishchi organi.

Vertikal o’q bo’ylab aylanuvchi barabanli yemirish organi (51-rasm) suriladigan disk 4 bilan pastki 1 va ustki 3 barabanlardan tuzilgan. 1 va 3 barabanlar yulduzchalar 7 va9 aylanishidan, yassi bar 8 ning kesuvchi zanjirlaridan 2 harakatga keladi. Gidrodamkrat 5 bilan diskning (170 mm gacha) surilishi hisobiga yemirish organi qatlam quvvati bo’yicha boshqariladi. Baraban ZR2 - 80 keskichlar bilan taminlangan, ular buraladigan mushtlarga 6 juft qilib o’rnatilgan. Mushtlarning bunday konstruksiyasi keskichlar joyini o’zgartirmasdan harakat yo’nalishini o’zgartirish imkonini beradi.


Shnekli ishchi organlari
Bugungi kunda kichik qamrovli (uzkozaxvatnыx) kombaynlarda nishabli qatlamlarni chiqarishda gorizontal o’q bo’ylab aylanuvchi shnekli yemiruvchi organlardan keng foydalaniladi.
Shnekli yemiruvchi organning asosiy afzalliklari quyidagilar hisoblanadi: massivdan foydali qazilmani ajratishda bir nechta operatsiyalarni bajarish imkoniyati va uni zaboy konveyeriga yuklash; minimal maydonda mustaxkamlanmagan ustki qatlam bilan taminlash; ko’p mehnat talab qilishni va oxirgi operatsiyalarni bajarish davomiyligini pasaytirish uchun o’zida maydalagich bilan taminlanganlik imkoniyati; konstruksiyasining soddaligi va yetarli darajadagi yuqori ishonchlilik; qatlam gipsometri va quvvati bo’yicha shekni o’rnatishni boshqarishni qulayligi.
Umuman olganda shnek (52-rasm) gupchaklardan (stupitsы) 6 tashkil topgan, unda vintli parraklar 2, keskichlarni 3 maxkamlash uchun tutib turuvchi mushtlar 2 joylashtirilgan. Vintli parraklar maydalangan tog` jinsini zaboyli konveyerga yuklashni taminlaydi. Zaboyning yon tomonidagi shnekda lobovina 7 joylashtirilgan, unda zaboyning kutkavoy qismini qazishda ishlatiladigan ko’p sonli keskichlar o’rnatiladi. Shnek lobovinasida frontal buzilishni amalga oshirishda maydalangan ko’mirni o’tishi uchun maxsus oynalar 4 dan foydalaniladi, lobovinaning ko’ndalang kesilgan joyida esa qo’shimcha ko’ndalang keskichlar 5 bilan taminlanadi.

52-rasm. Shnekli yemirish organining sxemasi

Shneklar quyma va payvandlash bilan tayyorlanadi. Ular ikki, uch yoki to’rt kirishli doimiy yoki davriy qadamli spirallar ko’rinishida bo’ladi. Shneklarda o’ng yoki chap parraklar o’rami bo’lishi mumkin, kombayn qaysi zaboyda ishlashiga qarab (o’ngda yoki chapda). Shneklar radial, tangensial keskichlar yoki qandaydir boshqa tog’ jinsini buzuvchi uskunalar bilan taminlangan bo’ladi.


Koronchatli ishchi organlar
XX asrning 60-yillarida ingichka qatlam va o’rtacha quvvatdagi qatlamlardan qattiq va qovushqoq ko’mirlarni olib chiqishda qator davlatlar koronchatli va burg’ilovchi yemiruvchi organli tozalash kombaynidan foydalanish imkonini topdi. Bunday yemiruvchi organlar yemirish vaqtida nisbatan kam solishtirma energiya hajmini va yetarli darajadagi qoniqarli sifatni taminlaydi.
Kombayn KTSTG ning koronchatli yemiruvchi organi (56-rasm) to’rtta kesuvchi koronka 1 dan tashkil topgan, ular reduktorning kesuvchi qismidagi kiruvchi valga bir biriga nisbatan aniq burchak ostida o’rnatilgan. Koronkaning uchi zaboydagi konsentrik oraliqni kesuvchi keskichlar 2 bilan taminlangan. Koronkaning uchi har xil uzunlikka ega, ular koronkalar orasida o’qlararo masofani kamaytirish va qo’shni koronkalar ishlash zonasidagi o’zaro to’siqlarni kattalashtirish imkonini beradi. Barcha koronkalar bir xil yo’nalishda aylanadi.

56-rasm. Kombayn KTSTG ning koronchatli yemiruvchi organi

Kombaynning burg’ilash koronkasi BK – 52 (57-rasm) ko’mirdan namuna kesadi, u chuqur ingichka halqasimon oraliqqa ega. Kesib olingan ko’mir namunasi koronka ichiga joylashtirilgan keskichlar bilan maydalanadi. Maydalangan ko’mirni konveyerga tashish yon tomon koronka parraklari yuzasidan unga o’rnatilgan maxsus oynalar orqali amalga oshiriladi. Zaboyga to’g’ri burchakli forma berish uchun bu kombaynda vertical o’q bo’ylab aylanuvchi qo’shimcha barabanli yemiruvchi organ o’rnatilgan edi.


Tozalovchi kombaynlarda qo’llaniluvchi koronchatli va burg’ilovchi yemirish organi qator kamchiliklarga ega: ko’mir qatlamida kombayn o’zi maydalagichlar bilan taminlanmagan; mukammal konstruksiyaga ega chunki zaboyni rasmiylashtirishda qo’shimcha yemiruvchi organlar talab qilinadi; mos ravishda unumdorligi va ishonchlilik darajasi kichik.

57-rasm. Kombayn BK – 52 ning burg’ilash koronkasi

Struglarning yemiruvchi organi kichik quvvatli qatlamlardan (2.0 m gacha) ko’mirni chiqarishda tarqalishni oladilar. Struglarni qo’llashning yanada foydali tomoni ko’mirni kesishda 200-300 N/mm gacha qarshilik qiladigan qatlamlarda foydalanish hisoblanadi. Bundan tashqari ko’mir qatlami bir tekisda (quvvatning va qatlam gipsometrining birdan oshib ketmasligi) joylashgan bo’lishi kerak, yon tomondagi tog’ jinslar o’rtada joylashganidan pastda bo’lmasligi kerak.


Struglarning afzalligiga kam enlamli tozalovchi kombaynlar bilan solishtirganda quyidagilar kiradi: gabarit o’lchamining kattaligi va ancha soda konstruktiv tuzilishga egaligi; oqimda kuch kabellarining yo’qligi; ko’mirni sifatlashning o’ta yuqoriligi; havoning kamroq changlanishi.
Struglarning kamchiliklariga quyidagilarni kiritish mumkin: ko’mir qatlamini ajratib olish jarayonida qatlam quvvati bo’yicha strug balandligini bir tekis boshqarish imkoniyatining yo’qligi; struglarning past mexanik FIK (0.2-0.3).
Bugungi kunda uzilib va surpanib harakatlanadigan struglar keng tarqalgan. Strug uskunasining yemiruvchi organi CO75M (58-rasm) ikkita konveyer osti 3, ikkita oraliq 4 va o’rta 5 qatlamdan tuzilgan.
Bunday turdagi struglarning o’ziga xos xususiyati shundaki undagi tortuvchi zanjir strugning konveyer osti qatlamiga birlashtirilgan. Bunday konstruksiya kuch momentining paydo bo’lishini taminlaydi.

58-rasm. Strug CO75M
Strugli qurilmaning yemirish organi CH75M (59-rasm) maxsus yo’naladigan zaboy konveyerlari bo’ylab ko’chirish uchun zaxvatlari bilan rama 1 dan tuzilgan. Ramada simmetrik qilib chap 2 va o’ng 4 kesuvchi boshchalar o’rnatilgan, ular orasiga esa suriluvchi keskich ushlagich 3 joylashtirilgan, u strug balandligini o’zgartirish imkonini beradi.

59-rasm. Strug CH75M
Koronchatli aylanish o’qiga ega, zaboyga perpendikulyar joylashgan yemirish organidan streloli o’tuvchi kombaynlarida foydalanishning imkoni topildi.
Kombayn GPKS (60-rasm a)ning radial kesuvchi koronkasi quyma korpus 1, ikkita radial sferasimon 4 va bitta tirgakli 2 podshipnik bilan unga montaj qilingan val 3 dan tuzilgan. Kesuvchi koronka 6 olinadigan vtulka 7 va shponka 8 yordamida chiquvchi oxirgi valga o’rnatilgan. Koronka korpusiga keskichlarni 9 maxkamlash uchun mushtlar 10 payvandlangan. Koronka vali reduktorning chiquvchi vali bilan tishli mufta 5 yordamida birlashtiriladi.
Aksial kesuvchi koronka (60b-rasm) quyma korpus 5 dan tuzilgan, unga oxirgi ikkita valga 2 yetkazuvchi 3 va 4 montaj qilingan. Chiquvchi valga 2 kesuvchi koronkalar 1 maxkamlangan.



60-rasm. Streloli yemirish organi koronkasi: a- radial; b- aksial.

Download 12,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish