Ulug’bek xazinasi



Download 5,61 Kb.
Sana11.11.2022
Hajmi5,61 Kb.
#863886
Bog'liq
Ulug\'bek xazinasi (annotatsiya) G Abduqodirova


O‘zbek adabiyotining yorqin namoyondasi, so‘z san’atkori odil Yoqubovning “Ulug’bek xazinasi” romani aniq tarixiy haqiqat asosida yaratilgandir. Asarda Mirzo Ulug’bekning umrini so‘nggi damlaridagi tarixiy ziddiyatlar ifodalangan. Roman katta umuminsoniy mavzuga bag’ishlangan bo‘lib, unda ko‘pchilikni hayajonga solgan masala ko‘tariladi. Asar syujetidan o‘rin olgan voqealar silsilasida Mirzo Ulug’bek va o‘z farzandi Abdullatif o‘rtasidagi qarama-qarshiliklardan iztirob chekkan shaxs qismati, farzandining taxt uchun o‘z padariga qarshi kurash boshlashi, bundan ruhlangan ba’zi saroy amaldorlarining xiyonatkorliklari tarixiy haqiqat nuqtai nazaridan talqin etilganligiga jiddiy e’tibor qaratilgan.
Ayniqsa, ana shunday murakkab tarixiy sharoitda shogirdi Ali Qushchining ustozi Mirzo Ulug’bekka bo’lgan ishonchi va sadoqati, farzandi Abdullatif xiyonat qilib turgan bir paytda uning ustoziga munosabatini o’zgarmaganligi, aksincha, hayotini xavf ostiga qo‘yib, saroydagi yillar davomida yaratilgan asarlarni saqlash uchun qilgan harakatlari yorqin lavhalarda talqin etilganligi, u esa tarixiy haqiqatning badiiy ifodasi ekanligini alohida ta’kidlaydi,
Tarixiy faktlardan oziqlangan Odil Yoqubov romanda Mirzo Ulug’bek va o‘g‘li Mirzo Abdullatif ziddiyatlaridan, uning toj-taxt uchun olib borayotgan kurashlaridan iztirob chekayotgan xalq hayoti, uning murakkablashish jarayoni, podshohlikdagi kurashlardan ozor chekkan xalq fojealari juda asosli ifodalangan.
Asarning yetakchi g‘oyasi Mirzo Ulug‘bekning xazinasi – kitoblarini asrab qolishi, deb olsak, to‘g‘ri bo‘ladi. Mirzo Ulug‘bekning jon-jahdi bilan himoya qilgan mol-davlat toj-taxt emas, balki kitoblardir.
Romanga tanqidiy jihatdan qarasak, Mirzo Ulug‘bekning o‘z o‘limida, avvalo, o‘zi aybdorligini ko‘rishimiz mumkin. Sababi, ota o‘z farzandiga tarbiya bera olmaganidandir. Butun hayotini davlat ishlariga, kitoblariga bag‘ishlagani deb olsak ham bo‘ladi. Eng birinchi tarbiya o‘z uyidan, ota-onadan olinadi, balki Mirzo Ulug‘bek o‘z farzandiga vaqtida e’tibor berganida, hayoti fojeali yakunlanmagan bo‘lar edi.
Asar real tarixiy voqealar asosida yaratilgan. Romandagi ota va o‘g‘il o‘rtasidagi bunday ziddiyatli munosabatlarni hozirgi hayotimizda ham ko‘plab uchratishimiz mumkin. Mirzo Ulug‘bek ota sifatida o‘z o‘g‘lining “padarkush” nomini olishini xohlamaydi va o‘g‘liga taxtni berishni o‘zini esa faqat kitoblari bilan ishlashni so‘raydi. Hozirgi kunda ham ko‘plab noqobil farzandlarning ota-onasiga faqat qandaydir manfaat uchun qarashi, yoki qarib, kimgadir muhtoj bo‘lib qolgan paytlarida qarovsiz tashlab ketish holatlarining anchayin urchib ketganligini yaxshi bilamiz.
Download 5,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish