Umumiy o'rta ta'lim maktablari yuqori sinf o'quvchilariga Sodda gaplar'' mavzusini o'qitish usullari



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/27
Sana02.07.2022
Hajmi0,85 Mb.
#729499
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27
Bog'liq
ona tili talimida yigiq gapni oqitish muammolari (1)

2.2.
 
O‘rta-maxsus kasb-hunar ta’limi tizimida sodda 
gaplarni o‘qitish muammolari 
O‘zbek xalqi erishgan milliy mustaqillik fanimizni «o‘zbek tili hodisalarini rus tili 
qoliplariga solib tushuntirish» tutqunligidan ozod qildi, uning erkin va mustaqil 
rivojlanish yo‘liga o‘tib, tilshunoslik va ona tili ta’limining milliy ong, milliy 
tafakkur va mafkuraning muhim suyanchiqlaridan, yosh avlodga ijodiy tafakkur 
ko‘nikmalarini sindirishning asosiy vositalaridan biriga aylanishga imkon berdi
29

N.Mahmudov aytganidek, istiqlolga qadar “O‘zbek tili hodisalarini rus qoliplariga 
solib tushuntirish“ majburiy edi. Bu nafaqat o‘zbek tiliga, balki barcha turkiy 
tillarga munosabatda ham ko‘zga tashlanar edi
30
. O‘zbek tili grammatikalari va 
ilmiy tadqiqotida sintaksisning juda ko‘p masalasi tadqiq etilgan, ammo 
27
Mahmudov N., Nurmonov A. va b. Ona tili: 5 sinf uchun darslik. –T.: Ma’naviyat, 2004. –B.44. 
28
Zikrillayev G‘. Istiqlol va adabiy til: monografiya. –T.: Fan, 2004. –B.12. 
29
Umumiy o‘rta ta’lim davlat standartlari va o‘quv dasturlari. Ona tili. Adabiyot. O‘zbek tili // Ta’lim taraqqiyoti. 
1999y. 1-maxsus son. 
30
Дмитриев Н.К. Грамматика башкирского языка. -М.Л.: 1948. -С.244 


27 
ularda bu kategoriyalar sistema sifatida talqin etilmadi. Zero, sistemaviy yondashuv 
tillarning asl barqaror sifatlarini ochishning mahsuldor usulidan biri. Fanlarda erkin 
tafakkur tarzining shakllanishi va taraqqiyoti natijasida sistemaviy sintaksis 
grammatik qurilishining ayrim muammolari talqinidan o‘zbek tilining mukammal 
substansial sintaksisini yaratishga qarab jadal taraqqiy etdi. 
O‘zbek tilining yaxlit sintaktik ta’limotini ishlab chiqishda gapning lisoniy sathdagi 
eng kichik qurilish qolipi (KQQ), ya’ni [WPm] asos qilib olindi va tadqiq etildi
31

Bunday substansial yondashuv o‘zbek tili grammatik qurilishi talqinini tubdan 
yangilashga olib keldi. 
Gapning eng kichik qurilish qolipi o‘zida uning umumiy grammatik ma’nosini 
mujassamlashtirib, qurilish elementlari orasidagi munosabatni ifodalalaydi. Gapning 
lisoniy qolipi – nutqda namoyon bo‘layotgan gaplarning shartli bir ko‘rinishi. 
Shuning uchun gapning [WPm] va tarmoqlanishidan vujudga kelgan quyi lisoniy 
qurilish qoliplari nutqda voqelanayotgan gaplardan umumiylik va xususiylik 
munosabati darajasida farq qiladi. Shu ma’noda So‘fi Olloyorning “sifat zoti emas, 
na g‘ayri zoti” tezisini keltirish o‘rinli. Nutqiy gap qolipning ko‘rinishidan, hosilasidan 
biri, lekin aynan uning o‘zi emas. 
Har bir milliy tilning o‘z qonuniyati, milliy xususiyati mavjud. Tilning ontologik 
tabiati masalasiga milliylik asosida yondashish lozim. Ya’ni milliy tilning o‘z ichki 
qonuniyat va xususiyatini hisobga olib, tahlil etish lozim. Zero, dunyoda turli-tuman 
xalqlar bo‘lgani kabi ularning nutqi, gapi ham turlicha. Masalan, turkiy tillar guruhiga 
kiruvchi o‘zbek, qozoq, qirg‘iz tillaridagi gapning sintaktik qurilishi Hind-Yevropa 
tillari guruhiga kiruvchi rus, ingliz va nemis tillaridagi gap qurilishidan tubdan farq 
qiladi. Hind- Yevropa tillari guruhiga kiruvchi ingliz, nemis, rus tillaridagi gaplar 
«ikki cho‘qqili» bo‘lib, ularda doim eganing ifodalanishi shart. Chunki bu tillarning 
kesimi yaxlit holda, bir o‘zi kelganda, gap hisoblanmaydi. Chunki bu tillardagi 
31
Нигматов Х. и др. Структура предложения и актуальные вопросы синтаксиса тюркских 
языков (Тезисы формально-функционального исследования) // Советская тюркология , 1984, -№5. - С.5-10. 


28 
gaplarning kesimida zamon, shaxs-son, maylni ifodalovchi maxsus morfologik 
ko‘rsatkichlar yo‘q. 
Turkiy tillarda esa, xususan, o‘zbek tilida gapni so‘z, so‘z birikmasidan farqlovchi 
maxsus morfologik ko‘rsatkich mavjud. Gapning bu maxsus morfologik ko‘rsatkichi 
kesimlik qo‘shimchasi, ya’ni kesimlik shakllari. Gapning kesimlik qo‘shimchalari 
bilan shakllanganligi tufayli so‘z va so‘z birikmasidan farq qiladi. 
O‘zbek tilida kesimlik shakli boshqa morfologik shakldan farq qilib, u gapning 
mohiyatini belgilaydi va bir necha ichki kategoriyaning birikuvidan hosil bo‘ladi. 
Ya’ni «kesimlik kategoriyasi kesimlik vazifasini birgalikda qaror toptiruvchi shaxs-
son, zamon, tasdiq-inkor, mayl kategoriyasi sintezidan iborat. Morfologik shakldan 
faqat kesimlik kategoriyasigina gapning mohiyatiga tegishli bo‘lganligi sababli usiz 
gap shakllanishi mumkin emas. 
Gap lisoniy sathda kesimlik kategoriyasi bilan shakllanadi. Nutqda esa gapning 
muhim belgisidan biri – uning tugallangan ohangga ega bo‘lishi. “Har qanday gap 
shakl va mazmun birligidan iborat. Gapning lisoniy sathidagi shakliy va mazmuniy 
jihati uning nutqiy sathdagi shakliy va mazmunidan farqlanadi”
32

Litsey darsligida sodda gap va uning ko‘rinishlari haqida fikr yuritilar ekan, unda 
fikrimizni birgina kesim orqali ham bayon qila olishimiz ta’kidlanadi. Shuning 
uchun ham gapning eng kichik ko‘rinishi faqat kesimdan iborat bo‘lgan gaplardir, 
deb aytiladi. Shuningdek, kesimning ma’nosini kengaytirish ehtiyoji tug‘ilganda, 
boshqa bo‘laklardan foydalaniladi. 
Kesim va kesimdan boshqa bo‘laklarning ishtirokiga ko‘ra gaplar ikki turga 
bo‘linadi: 
1) Yig‘iq gaplar; 2) Yoyiq gaplar. 
Faqat kesimdangina tashkil topgan gaplar yig‘iq gaplar deyiladi. 
Masalan, 
keldi, kuz 
kabi. 
32
Qurbonova, R.Sayfullayeva, G.Boqiyeva, B.Mengliyev. O‘zbek tilining struktural sintaksisi. -T. 2004; –B. 53. 


29 
Kesimdan tashqari boshqa bo‘laklar ham ishtirok etgan gaplarga yoyiq gap 
deyiladi. 
Masalan, 
Keldi bahor, gul bahor. (Z. Diyor) 
Dialogik nutqda fikr ifodalash uchun kerak bo‘lgan barcha bo‘laklar ishtirok eta 
bermaydi. So‘zlashish jarayoni doimo ixchamlikka, ortiqcha so‘zlardan qutulishga 
amal qiladi. Shuning uchun so‘zlashish jarayonida oldingi gapdan yoki so‘zlashish 
vaziyatidan bilinib turgan so‘zlar ko‘pincha ishlatilmaydi, lekin uning mazmuni 
oldingi gapdan va nutq vaziyatidan bilinib turadi. Masalan, 

Isming nima? 

Yodgor. 
Keyingi gapda 
mening ismim 
so‘zlarining qo‘llanilishi ortiqcha. Chunki uning 
mazmuni yuqoridagi gapdan bilinib turadi. 
Nutq 
jarayonida fikr ifodalash uchun kerak bo‘lgan
so‘zlarning qo‘llanilish yoki qo‘llanilmasligiga ko‘ra gaplar 
ikkiga bo‘linadi: 
1) to‘liq gaplar; 2) to‘liqsiz gaplar. 
Fikr ifodalash uchun kerak bo‘lgan barcha bo‘laklar ishtirok etgan gaplar to‘liq 
gaplar deyiladi. 
Masalan: 
Yurtimiz kundan kun go‘zallashib bormoqda. 
Fikr ifodalash uchun kerak bo‘lgan so‘zlarning ba’zilari matn yoki nutq vaziyati 
taqozosi bilan ishlatilmagan gaplar to‘liqsizgap deyiladi. 
Masalan, 

Gulni kimga terding? 

O‘qituvchimga. 
Mazkur darslikda so‘z-gaplar haqida ham fikr yuritilib, ularning dialogik nutqda 
ko‘p qo‘llanilishi aytiladi. 
Dialogik nutqda 
ha, yo‘q, shaksiz, shubhasiz, ofarin, yashang, to‘g‘ri ehtimol, 
albatta 
kabi so‘zlarning o‘zi alohida gap bo‘lib keladi va oldingi gapning 
mazmuniga so‘zlovchining munosabatini bildiradi. 


30 

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish