Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik-majmua



Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/191
Sana13.01.2022
Hajmi6,23 Mb.
#355671
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   191
Bog'liq
adabiyot 7-sinf

so‘z san’ati
 deb yuritiladi.
badiiy  adabiyot  san’atning  murakkab  va  serqirra  turi,  in-
sonda yuksak ma’naviyat shakllantirishning eng ta’sirchan vo-
sitasidir.  insondagi  ismsiz  tuyg‘ular,  nozik  kechinmalar,  ko‘z 
bilan  ko‘rib,  quloq  bilan  eshitib,  qo‘l  bilan  ushlab,  til  bilan 
totinib,  burun  bilan  iskab  bo‘lmaydigan  ruhiy  holat  jilvalari-
ni faqat so‘z yordamida ifoda etish mumkin. badiiy adabiyot 
san’atning  boshqa  turlaridan  asosiy  ish  quroli  ham,  materiali 
ham so‘z ekanligi bilan ajralib turadi.
san’atning  adabiyotdan  boshqa  har  qanday  turi  inson 
hayo ti  yoki  hissiyotining  faqat  birgina  holatini  ifoda  eta 
olad i. badiiy adabiyot esa tasvirlanayotgan narsa yoki kimsa-


4
ning  hozirgi  holatini  qanchalik  ishonarli  aks  ettirsa,  uning 
o‘tmishini ham, kelajagini ham shunchalik ta’sirchan va jonli 
tasvirlay  oladi.  demak,  odamda  yuksak  ma’naviy  fazilatlar 
shakllantirishda  ko‘rkam  (badiiy)  adabiyotning  imkoniyati 
benihoya  katta.  siz  teatr,  kino,  televideniyeda  ham  shunday 
imkoniyatlar  bor-ku,  deyishingiz  mumkin.  Unutmangki,  har 
qanday spektakl, kino yoki telefilmlarning negizida ham ba
-
diiy so‘z turadi.
ko‘rkam  adabiyotda  aks  ettirilgan  hayot  serqirra  ekani-
dan tashqari, kishiga qattiq ta’sir ham qiladi. o‘zingizga juda 
yoqqan  badiiy  asarni  o‘qigan  holatingizni  bir  eslab  ko‘ring. 
asarda  tasvirlangan  obrazlarning  ham,  bu  qahramonlar  ke-
chirgan  tuyg‘ularning  ham  sizga  to‘g‘ridan  to‘g‘ri  daхli 
yo‘qligini  yaхshi  bilasiz.  Asar dagi  voqealar  hozir  ro‘y  ber
-
mayotganligini ko‘rib turibsiz. lekin siz asardan bosh ko‘tara 
olmaysiz.  asar  qahramonlari  sizga  hech  kim  bo‘lmasalar-
da,  ular  bilan  go‘yo  qarindosh-u  taqdirdoshday  bo‘lib  qola-
siz. Ularning tuyg‘u va kechinmalari siznikiga aylanib ketadi. 
kitob  qahramonlariga  qo‘shilib  quvonasiz  yoki  kuyunasiz. 
ba’zan  hatto  yig‘laysiz.  nega  shunday?  san’atning  boshqa 
turlari ham odamga shu хilda ta’sir qilganligini ko‘rish mum
-
kin. san’at asarlari ta’sirchanligiga sabab nima ekan?
mana, siz yettinchi yildirki bir qancha o‘quv predmetlari 
bilan  tanishib  kelmoqdasiz.  Ularning  hammasi  ham  sizga 
cheksiz  olamning  biror  tarmog‘idagi  hodisalar  haqida  ilmiy 
ma’lumotlar  berishga  intiladi.  bu  o‘quv  fanlari  sizning  aq -
lingizni  o‘stirishga,  tafakkuringizni  yangi-yangi  aхborotlar 
bila n boyitishga, shu tariqa sizni zamonning talablariga javob 
bera  oladigan,  hayotning  sinovlariga  chidaydigan  qilib  tay-
yorlashga хizmat etadi. Siz o‘rgangan o‘quv predmetlari yor
-
damida dunyoning sirlari haqida bilimga ega bo‘lasiz.
Badiiy  asarlar  ham  sizning  aqlingizni  o‘stirishga  хizmat 
qiladi.  lekin  ular  aqlingizdan  ham  ko‘ra  ko‘proq  hissiyo-
   ting iz      ga, tuyg‘ularingizga ta’sir ko‘rsatadi. o‘zbekiston prezi-
denti  islom  karimovning  «yuksak  ma’naviyat  –  yengilmas 
kuch» asarida ham bu holat alohida ta’kidlangan. badiiy asar 


5
yuragingizni  bezovta  qiladi.  Sizni  loqaydlikdan  хalos  etadi. 
kitob varaqlari ichida yashayotgan qahramonlarning holatiga 
befarq  bo‘lmaydigan  odam  o‘zining  atrofidagi  tirik  kishilar-
ning  quvonch-u  g‘amlariga  ham  loqayd  qarab  tura  olmaydi. 
nima  uchun  badiiy  asarlardagi  qahramonlarning  tuyg‘u-ke-
chinmalari bizga o‘tadi, «yuqadi». biror qiziqarli badiiy asar-
ni o‘qigan kitobхon: «Ha, hayotda shunaqasi ham bo‘lar ekan-
da»,  –  deb  qo‘ya  qolmaydi.  U  qaysidir  qahramonni  yaхshi 
ko‘rib  qoladi  va  unga  o‘хshagisi  keladi.  Boshqa  bir  qahra
-
mondan esa nafratlanadi hamda unday bo‘lmaslikka intiladi. 
asar ta’sirida bir muddat o‘yga cho‘madi.
Siz bultur o‘rgangan «Materik va okeanlar tabiiy geografi
-
yasi»,  bu  yil  o‘qiydigan  «O‘zbekiston  tabiiy  geografiyasi» 
singari darsliklarda kecha va kunduz, uning eng go‘zal hamda 
so‘lim fursati bo‘lmish tong to‘g‘risida, quyosh haqida ancha 
ma’lumot  beriladi.  quyosh  bo‘lmasa,  yerda  hayot  bo‘lishi 
mumkin  emasligi  ham  aytila di.  bu  ma’lumotlar  sizning  bi-
limlaringizni  ko‘paytirishga  ta’sir  qiladi.  Ular  tufayli  kecha, 
kunduz,  tong  va  hokazolar  borasida  oldin  bilmagan  narsa-
lardan xabardor bo‘lasiz. ayni vaqtda, sizda tong payti juda 
go‘zal  bo‘lishi  haqida  tushuncha  ham  paydo  qilinadi.  lekin 
bu tushuncha va axborotlar tafakkuringizni o‘stirsa ham hissi-
yot  va  tuyg‘ularingizga  deyarli  ta’sir  qilmaydi.  endi  shoir 
Rauf  Parfining  «Tong  otmoqda...»  deb  nomlangan  she’ridan 
bir parchani o‘qib ko‘raylik:
tong otmoqda. tong o‘qlar otar,
tong otmoqda, quyosh – zambarak.
yaralangan yer shari yotar
boshlarida yashil chambarak.
shoir tong otishi qanday sodir bo‘lishini batafsil tasvirlab, 
nima  uchun  shunday  bo‘lganligini  ilmiy  asosda  tu shuntirib 
bera yotgani yo‘q, balki mavjud hayotiy holatning badiiy man-
zarasini  yaratmoqda.  bu  manzarada  tabiatshunoslik  yoxud 
geografiya  ilmidagi  axborotlarda  bo‘lmagan  bir  narsa  bor: 
u  ham  bo‘lsa,  shoirning  tuyg‘u  va  kechinmalari!  shoir  tong 


6
otish  jarayonini  juda  go‘zal  tasvir  etadi.  o‘quvchini  ham 
tongning  chindan-da,  chiroyli  otishiga  ishontiradi.  quyosh-
ning zambarak bo‘lib, «o‘qlar» (nurlar) otishi, o‘sha o‘qlardan 
yerni ng yaralanishi va bu yaralanish tufayli o‘lim emas, balki 
boshida «yashil chambarak», ya’ni hayot paydo bo‘lishi juda 
ham o‘ziga xos, ta’sirchan ifodalangan. ayni damda, she’rda 
ma’lum darajada ilmiy axborot ham yo‘q emas. 
Chor  rossiyasi  tomonidan  bosib  olingan  ona  yurtimiz 
turkis tonning  ozodligi  yo‘lida  kurashgan  kishilarni  bolshe-
viklar qanday shafqatsizlik bilan qirganligi, o‘lka nechog‘liq 
oyoqosti  etilganligi  to‘g‘risida  tarixchi  olim  shunday  yo-
zadi:  «butun  turkiston  o‘lkasida  1918-yildan  1930-yillar-
gacha  davom  etgan  milliy  ozodlik  kurashi  jarayonida  halok 
bo‘lganlarning  sonini  hech  kim  bilmaydi.  taxminiy  hisob-
kitob qilishlaricha, faqat turkiston o‘lkasida halok bo‘lganlar 
soni 800000 dan ortiq... ko‘plab oilalar o‘z uy-joylarini tash-
lab, ...boshqa o‘lkalarga bosh olib ketishga majbur bo‘ldilar. 
o‘nlab qishloqlar bo‘shab, quzg‘unlar o‘lkasiga aylangan, da-
lalarni o‘t-o‘lan bosib, ekin ekilmay qolgan»
1
.
Xuddi shu hodisa ko‘plab turkistonlik vatanparvar adiblar 
tomo nidan  turli  janrlardagi  asarlarda  zo‘r  qayg‘u-alam  bilan 
aks  ettirilgan.  Cho‘lponning  «buzilgan  o‘lkaga»  she’ridan 
olingan q uyi da gi parchaga quloq tutaylik:
ko‘m-ko‘k, go‘zal o‘tloqlaring bosilg‘on,
Ustlarida na poda bor, na yilqi.
podachilar qaysi dorga osilg‘on?
ot kishnashi, qo‘y ma’rashi o‘rniga
oh, yig‘i. bu nega?!
Cho‘lponning  she’ri  ham  bolsheviklar  qirg‘ini,  sho‘ro 
mustamlakachilari tomonidan o‘lkamizning vayronaga, o‘lik-
xonaga  aylantirilgani  haqida.  lekin  bunda  bironta  raqam, 
bironta  ism,  nasab,  nom  keltirilmaydi.  Vayron  qilingan  sha-
harlar,  egasiz  qishloqlar  sanalmaydi.  shunday  bo‘lsa  ham 
o‘quvchining qalbida bosqin chiga nafrat uyg‘onadi, u millati-
1
 yurakdagi buxoro (to‘plam). toshkent. «sharq», 1998. 55-bet.


7
miz boshiga ko‘p balolar keltirgan yovuz lardan g‘azablanadi, 
o‘tmishga  beparvo  qaramaydigan  bo‘ladi.  aslida  tarixchi 
olim  ham  raqamlarni  loqaydlik  bilan  keltirgan  emas.  Uning 
ham qalbida nafrat tug‘yon urganligi ayon. lekin ilmda olim 
xolis  bo‘lishi  shart.  Xolis  tasvir  o‘quvchining  ongiga  ta’sir 
ko‘rsatsa  ham,  tuyg‘ularini  junbishga  keltiradigan  darajada 
bezovta qilmaydi. 
Cho‘lponning she’ri esa aynan tuyg‘ularga ta’sir ko‘rsatish 
uchun bitilgan. U she’rxonning hissiy dunyosini bezovta qila-
di. Chunki shoirning o‘zi tuyg‘ular girdobida. U xolis emas. 
negaki,  yomon  ko‘rmay  turib,  nafrat  qo‘zg‘ashning,  yaxshi 
ko‘rmasdan  esa,  muhabbat  uyg‘otishning  imkoni  yo‘q.  de-
mak,  olim  ilmiy  tad qiqotda  xolis  bo‘lishga,  tuyg‘ularini 
mumkin  qadar  jilovlab,  kechinmalarini  bildirmaslikka  urini-
shi  shart  bo‘lsa,  shoir  o‘z  hissiyotini  yashirmaydi,  uni  im-
kon qadar o‘quvchiga «yuqtiradi». shuning uchun ham badiiy 
asar  ta’sirchan  bo‘ladi.  Uning  musiqiy  ohangi,  so‘zlarning 
mahorat bilan ishlatilishi natijasida paydo bo‘lgan sehr li ho-
lat o‘quvchini o‘ziga jalb etadi. Aytilganlardan хulosa qi lish 
mumkinki, inson ilmiy adabiyot orqali dunyoni aql bilan tani-
sa,  badiiy  adabiyot  orqali  olamni  ko‘ngil  bilan  tuyadi.  shu 
ma’noda ada biyotni hayotning in’ikosi (surati) deyish mum-
kin. Ammo unin g suratga tushirilgan ayni nusхasi emas.
badiiy adabiyotning ilmdan tub farqi shundaki, u ma’naviy 
haqiqatlarni aks ettiradi, fan esa ilmiy haqiqatlarni ifoda eta-
di.  Il miy  haqiqatning  haqiqatligi  fikr,  mantiq  orqali  bilinsa, 
ma’naviy  haqiqatni  his-tuyg‘u  vositasida  tuyish  mumkin. 
ma’naviy haqiqatlar inson mavjudligining maqsadini belgilab 
bersa,  ilmiy  haqiqatlar  ana  shu  maqsadga  erishishga  хizmat 
qiladigan  vositalarni  topib  beradi.  bu  holat  ko‘rsatadiki,  in-
son faoliyatida ma’naviyat birlamchi ahamiyatga ega, ammo 
ilmsiz uni shakllantirish mumkin emas. Chunki ma’naviyatsiz 
fan bo‘lmaganidek, ilmsiz ma’naviyat ham yo‘qdir.
badiiy  asarlarning  kishida  his-tuyg‘u  uyg‘otishi  sababi 
shundaki, har qanday badiiy asar, avvalo, kechinma, hissiyot, 
munosabatning  mahsuli.  adabiyotdan  bo‘lak  o‘quv  fanlari-


8
da hissiyot bo‘rtib, ko‘zga tashlanib turmaydi. badiiy adabi-
yotda  asosan  tuyg‘ular  bilan  ish  ko‘riladi.  hamisha  ta’sirlar 
og‘ushida, munosabatlar va kechinmalar qurshovida bo‘linadi. 
Chunki yozuvchi o‘z kechinma va hissiyotlarini kitobхondan 
bekitmaydi,  aksincha,  unga  yuqtirishga  intiladi.  mana  shu-
ning  uchun  ham  badiiy  asar  qahramonlari  хuddi  tirik  odam
-
larday,  go‘yo  yaqin  kishilarday  kitobxonni  bezovta  qiladi, 
o‘ylantiradi.
Asar  yozayotgan  ijodkor  hech  qachon  хolis  turmaydi. 
Chunki  ijod  jarayonining  o‘zi  хolislik,  betaraflik  holatining 
buzilishi  oqibatidir.  shuning  uchun  ham  ijodkor  hamisha 
tuyg‘ular og‘ushida bo‘ladi. Chinakam ijod namunalari ijod-
korlarning hissiyotlari ifodasidir. adib doimo nimanidir yoq-
laydi  yoki  inkor  qiladi.  yozuv chining  tuyg‘ulari  nechog‘liq 
kuchli,  nigohi  o‘tkir,  dardlari  sal moqli,  tili  biyron  bo‘lsa, 
o‘quvchi  uning  asarlariga  shunchalik  qattiq  beriladi.  buning 
ustiga,  badiiy  asarlarning  o‘ziga  хos  musiqiyligi,  ohangdor
-
ligi, so‘zlarning mahorat ila ishlatilishi tufayli paydo bo‘lgan 
holat,  ijodkorning  dunyoni  tasvirlashdagi  o‘ziga  хosligi 
kitobхonni rom etadi.
ba’zilar  badiiy  asarlarning  ta’sirchanligiga  sabab  sifatida 
ularda qiziqarli voqealarning tasvirlanganligi deb o‘ylashadi. 
holbuki, qiziqarli voqealarning o‘zi hali asarning badiiyligi-
ni to‘la ta’minlay olmaydi. Aхir, har bir odamning boshidan 
qanchadan  qancha  qiziq  voqealar,  sarguzashtlar  o‘tgan.  le-
kin ular qog‘ozga tushirilsa, badiiy asar bo‘lib qolavermaydi-
ku? ko‘rinadiki, badiiy adabiyotni ilmiy adabiyotdan farqlab 
turadigan narsa uning qiziq voqealar tasviriga bag‘ishlangani 
emas  ekan.  e’tibor  qilgan  bo‘lsangiz,  siz  shu  vaqtga  qadar 
o‘qigan, yodlagan ko‘pgina she’rlarda, umuman, hech qanday 
voqea  tasvirlanmaydi  ham.  lekin  ular  sizga  ta’sir  ko‘rsata 
olga n.
ko‘rkam  adabiyotning  asosiy  belgisi  va  odamga  chuqur 
ta’sir  etishining  boisi  uning  obrazli  ekanidir.  agar  shunday 
bo‘lsa,  badiiy  obraz  o‘zi  nima  degan  savol  tug‘ilishi  mum-
kin.  yuqorida  aytilganlarga  asoslanadigan  bo‘lsak,  qisqagi-


9
na  qilib 

Download 6,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish