Umumiy psixologiya fanidan 2-mustaqil ish. Qo’qon universiteti. Talaba: Marjona Tursunbayeva



Download 10,88 Kb.
bet1/2
Sana01.01.2022
Hajmi10,88 Kb.
#304395
  1   2
Bog'liq
Umumiy psixologiya fanidan 2


Umumiy psixologiya fanidan 2-mustaqil ish.

Qo’qon universiteti.

Talaba:Marjona Tursunbayeva.

1.Psixolog kasbiy faoliyati nimalardan iborat ekanligi haqida ma’lumot bering.

Psixolog kasbi turli xil yoshdagi,turli xil muhitdagi insonlarni ruxiy holatini ijobiy tomonga olib chiqadigan faoliyat turi.Shuning uchun xalqda psixolog muamolarni yechib,inson taqdirini mo’jizaviy tarzda o’zgartirishiga ishonch katta.Lekin psixolog kasbining asl yo’nalishi insoning muammolarini bartaraf qilish emas,har bir inson o’z kamchilik,o’z qiyinchiliklarini o’zi yechadi,psixolog esa unga bu vaziyatda to’g’ri yo’l ko’rsatuvchi va unga ijobiy dalda beruvchi kasb vakili sanaladi.Menimcha yahshi psixolog yonidagi muammoli odamni shunday ishontirishi kerakki,u o’z hayotini hech kimning muruvatisiz bu yog’iga mustaqil boshqara olishiga intilishi kerak.Chunki ayni vaqtda psixolog bu insoni hozirgi qiyin vaziyatidan chiqara oldi deylik,ammo uning hayotida yana bunga o’xshash muammo bo’lmaydi deya olmaymiz.Shuning uchun o’z kasbining ustasi nafaqat insonga vaziyatdan chiqish yo’lini ko’rsatmog’i balki kelajakda uni kuchli inson bo’lishi uchun tarbiyalamog’i,uni tubdan o’zgartirmog’i lozim.

2.Psixologiya metodlari;kuzatish,eksperement,suhbat,intervyu metodlarini tushuntirib bering?

Psixologik hodisalarni o’rganishdagi birinchi usul(metod)bu kuzatishdir.Kuzatish ham o’z-o’zini kuzatish va tashqi kuzatishga bo’linadi.Biz o’zimiz boshimizdan kechirgan hislarimizni,birovni hatti harakatlari orqali solishtiramiz va unda ham biznikiga o’xshahsh muammo bor deb kuzatib baho beramiz.Bu tashqaridan shunchaki kuzatib bergan xulosamiz bo’ladi,ammo biz bu metod orqali yanglish xulosa chiqarishimiz mumkun.Chunki hamma insonlar har xil his tuyg’uga ega va takrorlanmas,shuning uchun bu metodni o’zi orqali yakuniy fikrimizni chiqazishimiz to’g’ri bo’ladi.

Kuzatish metodiga qaraganda ijobiyroq metod bu suhbat metodidir.Suhbat metodida biz o’rganilayotgan insoni savol-javob yordamida uning bevosita xarakterini,shaxsiy qobilyatini va o’y-qiziqishkarini bilib olishimiz osonroq.Chunki suhbat jarayonida undagi mimika yordamida asl individual holatlarni aniqlashimiz mumkun.

Ekslerement usulini biz mahsuldor metod desak bo’ladi.Chunki eksperement(tajriba)usulida muammoli vaziyatni labaratoriya sharoitida va istalgan vaqtda,qayta-qayta tashkillashtirsak bo’ladi.Bunda asosiy etiborni olingan natijalarni vaqtida qayt etib borishga qaratishimiz kerak bo’ladi holos.

Psixologik hodisalarni o’rganishdagi yana bir usul bu anketa usulidir.Bu usul ko’proq jamoa bo’lib ishlashga mo’ljallangan.Biz jamoa muhitini bilish uchun turli xil anketa ko’rinishidagi testlar,qiziqarli o’yinlar orqali ichki muhitni aniqlashtirib olishimiz mumkin.Yana jamoada kim lider,kim etibortalab,kimga bu jamoa yoqmaydi,kimning ko’ngli bunday ish jarayoniga qarshiligini bilib olishimizda yordam beradi.Shaxsan o’zim ishlaydiga ish joyimda bunday testlar,o’yinlarni ko’p tashkillashtirganman va bu orqali bir-birimizga ishonch,ko’mak,tajribani almashinishdagi yaqinlikni his qilganman.Bu jamoa ruxini yahshilashda eng zo’r metod.

Yana bir usul bu insonni faoliyat mahsulini o’rganib xulosa chiqarish metodidir.Inson mehnat natijasini chiqarishi jarayonida unda turli o’y fikirlar yuzaga keladi va uning ruxiyati faoliyat natijasida namoyon bo’ladi.Misol qilib bolani chizgan rasmini olaylik.U ham insoning mehnat mahsuliga kiradi.Ushbu rasimda qanday ranglar,qanday predmentlar ishlatilganiga qarab bola nimani hahlayotgani,nimalar haqida o’ylashini bilib olishimiz mumkin.

Biz insonlarni biografik ma’lumotlarini o’rganishimiz orqali ham uning ruxiyatini bilishimiz mumkun.Inson yashayotgan muhit uning ruxiyatiga asos bo’lib xizmat qailadi ku ahir.

Yana test,intervyu metodlar ham bor.Test usulida biz ko’proq ochiq testlar berib insoni psixikasini o’rganishimiz osonroq.Intervyu metodida esa biz aniq tashkillashtirligan vaqtda va joyda,oldindan o’ylab qo’yilgan savollar orqali insoni bilib olishimiz mumkun.


Download 10,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish