Umumiy qism [okoz



Download 0,78 Mb.
bet341/344
Sana31.03.2022
Hajmi0,78 Mb.
#520869
1   ...   336   337   338   339   340   341   342   343   344
Bog'liq
Soliq kodeksi

Qarang: mazkur Kodeksning 17-moddasi.
Ushbu Kodeksning 11-bobida nazarda tutilgan soliqlarni to‘lash bo‘yicha kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish tartibi soliqlarni to‘lash bo‘yicha foizsiz kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berishning ushbu moddada nazarda tutilgan tartibiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 11-bobi.
Soliqlarni, soliqlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha foizsiz kechiktirish va bo‘lib-bo‘lib to‘lashning:
1) ushbu modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan imkoniyati — soliq to‘lovchining arizasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi hududiy bo‘linmalari rahbarlarining xulosalari asosida, boshqa hujjatlar talab qilib olinmagan holda beriladi;
2) ushbu modda birinchi qismining uchinchi xatboshisida ko‘rsatilgan imkoniyati — mikrofirmalar, kichik korxonalar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan ular soliq organlariga quyidagilarni taqdim etgan taqdirda qo‘llaniladi:
soliq solish obyekti joylashgan joy bo‘yicha — mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha kechiktirishni (bo‘lib-bo‘lib to‘lashni) qo‘llash to‘g‘risidagi bildirishni ushbu Kodeks 417-moddasining oltinchi qismida, 432-moddasining birinchi qismida va 448-moddasining uchinchi qismida belgilangan soliqni, soliq bo‘yicha bo‘nak to‘lovini to‘lash muddatlaridan kechiktirmay, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan esa mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha kechiktirishni (bo‘lib-bo‘lib to‘lashni) qo‘llash to‘g‘risidagi bildirishni;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 417, 432-moddalari, 448-moddasining uchinchi qismi.
soliqqa doir hisobga olish joyi bo‘yicha — aylanmadan olinadigan soliq va ijtimoiy soliq bo‘yicha kechiktirishni (bo‘lib-bo‘lib to‘lashni) qo‘llash to‘g‘risidagi bildirishni soliq hisobotini taqdim etish uchun belgilangan muddat bilan bir vaqtda.
Soliq to‘lovchilar tomonidan ushbu modda birinchi qismining uchinchi xatboshisida ko‘rsatilgan soliqlarni, soliqlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha kechiktirishni (bo‘lib-bo‘lib to‘lashni) soliq organlarini xabardor qilmagan holda qo‘llanilganligiga soliqlarni, soliqlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lamaganlik sifatida qaraladi. Mazkur hollarda bunday soliq to‘lovchilarni aniqlagan soliq organlari to‘lanmagan soliqlarning, soliqlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarining summasiga ushbu Kodeksning 110-moddasida belgilangan tartibda penya hisoblaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu modda birinchi qismining uchinchi xatboshisida ko‘rsatilgan, kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) imkoniyati berilgan soliqlarga nisbatan soliqning, soliqlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarining summalarini to‘lash amalga oshiriladi:
(482-modda beshinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-714-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2021-y., 03/21/714/0874-son — 2021-yil 1-yanvardan e’tiboran yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi)
1) ijtimoiy soliq bo‘yicha — olti oy davomida teng ulushlarda, ushbu Kodeks 407-moddasining beshinchi qismida va 408-moddasining to‘rtinchi qismida belgilangan soliqni to‘lash muddatlaridan kechiktirmay;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 407-moddasining beshinchi qismi, 408-moddasining to‘rtinchi qismi.
2) quyidagilar bo‘yicha o‘n ikki oy davomida teng ulushlarda:
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha — ushbu Kodeks 417-moddasining oltinchi qismida belgilangan soliq bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarini to‘lash muddatidan kechiktirmay, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun esa har oyning o‘n beshinchi kunidan kechiktirmay;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 417-moddasining oltinchi qismi.
yuridik shaxslarning yer solig‘i bo‘yicha — ushbu Kodeksning 432-moddasi birinchi qismida belgilangan soliqni to‘lash muddatidan kechiktirmay, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun esa — har oyning o‘n beshinchi sanasidan kechiktirmay;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 432-moddasining birinchi qismi.
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha — ushbu Kodeks 448-moddasining uchinchi qismida belgilangan soliq bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarini to‘lash muddatidan kechiktirmay;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 448-moddasining uchinchi qismi.
aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha — har oyning o‘n beshinchi kunidan kechiktirmay.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq mol-mulk va yer solig‘ining 2020-yil 31-dekabrdagi holatiga ko‘ra kechiktirilgan hamda to‘lanmagan summalarini to‘lash 2022-yil 1-yanvardan e’tiboran amalga oshiriladi. Bunda mahalliy davlat hokimiyati organlari ushbu modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisiga muvofiq kechiktirilgan soliq summasi keyinchalik to‘lanadigan, biroq ikki yildan ko‘p bo‘lmagan muddatni mustaqil ravishda belgilashga haqli.
(482-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-714-sonli Qonuniga asosan oltinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2021-y., 03/21/714/0874-son — 2021-yil 1-yanvardan e’tiboran yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi)
Soliqlarni, soliqlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati berilgan davrda soliq to‘lovchi tugatilgan taqdirda kechiktirilgan (bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati berilgan) to‘lov summasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda budjet tizimiga to‘lanadi.
2020-yil uchun jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni va jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lash 2020-yil 15-oktabrga qadar amalga oshiriladi.
2020-yilda foyda solig‘ining soliq to‘lovchisi joriy hisobot davri birinchi oyining yigirmanchi kunigacha joriy hisobot davri uchun foyda solig‘i bo‘yicha har oylik bo‘nak to‘lovlari summasi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi soliq organiga mo‘ljallanayotgan foydadan kelib chiqqan, foyda solig‘ini o‘tgan chorak natijalari asosida hisoblab chiqarishning belgilangan talabi bekor qilingan holda taqdim etishga haqlidir. Foyda solig‘i bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari summasini kamaytirish holatlari aniqlangan taqdirda, soliq organlari har oylik bo‘nak to‘lovlari summasini qayta ko‘rib chiqishga haqli.
Ushbu Kodeksning 393-moddasida ko‘rsatilgan daromadlar bo‘yicha soliq to‘lovchilar 2019-yil uchun jami yillik daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyani doimiy yashash joyidagi soliq organiga 2020-yil 1-avgustga qadar taqdim etadi. 2019-yil uchun jami yillik daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiya ma’lumotlariga ko‘ra jismoniy shaxslardan olinadigan hisoblab chiqarilgan daromad solig‘ini to‘lash bunday deklaratsiyani taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Umumiy ovqatlanish korxonalariga aylanmadan olinadigan soliq, foyda solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha 2021-yil 15-avgust holatiga ko‘ra yuzaga kelgan qarzdorlikni, shuningdek barcha soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha jarimalar hamda penyalarni 2022-yil 1-yanvardan 1-iyulga qadar bo‘lgan davrda mahalliy davlat hokimiyati organlariga ariza yubormasdan, soliq organlarini xabardor qilgan holda foizlarni to‘lamasdan, teng ulushlarda kechiktirib (bo‘lib-bo‘lib) to‘lash huquqi beriladi.
(482-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonuniga asosan o‘n birinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son — 2021-yil 15-avgustdan e’tiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 393-moddasi.

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   336   337   338   339   340   341   342   343   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish