Urug’ning biologiyasi


URUG’LIKNING SIFAT KO’RSATKICHLARI



Download 78 Kb.
bet4/12
Sana30.12.2021
Hajmi78 Kb.
#95893
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
urugning biologiyasi

URUG’LIKNING SIFAT KO’RSATKICHLARI

«Qishloq xo’jalik ekinlarining urug’i, sifatini aniqlash usul­lari» kitobida urug’lar sifatini aniqlash usullari bo’yicha davlat standartlari belgilangan. «Urug’larning navdorlik va ekinboplik si­fatlari» kitobida hamma dala ekinlarining sifatiga qo’yilgan talab­lar keltirilgan: tozalik, namlik, urug’lar kasalliklari va boshqa ko’rsatkichlar.

Ekinboplik sifatlariga ko’ra urug’lik sinflarga bo’linadi. Urug’lik uchun ekilgan dalalarda faqat I sinf urug’lar, ishlab chiqarishda I va II sinf talablariga javob beradigan urug’lar ekiladi. Ko’pgina ekinlar uchun I sinf urug’larda unuvchanlik 95 %, tozaligi 99 % dan kam bo’lmasligi kerak, III sinf urug’lari ayrim hollardagina umu­miy ekin­zorlarga ekish uchun ruxsat etilishi mumkin.

O’zbekistonda urug’lik sifatlarini aniqlashni «O’zDavurug’nazo-ratmarkaz» va uning viloyat hamda tumanlardagi bo’limlari amalga oshi­radi.

Urug’larning ekinboplik va hosildorlik sifatlariga ekologik hamda agrotexnik omillar katta ta’sir ko’rsatadi. Urug’lik yetishtirila­yotgan mintaqa va ob-havo sharoiti ekologik omillarning asosini tash­kil qiladi.

Urug’lik ob-havo sharoiti qulay, unumdor tuproqli dalalarda yetish­tirilishi maqsadga muvofiq.

O’zbekiston sharoitida sug’oriladigan yerlarda yetishtirilgan urug’lik sifati lalmikorlikda yetishtirilgandagiga nisbatan yuqori bo’ladi. Ko’plab o’tkazilgan tajribalarning ko’rsatishicha, mahalliy sha­ro­itda yetishtirilgan urug’lar boshqa mintaqa yoki respublikadan kelti­ril­gan urug’larga nisbatan yuqori hosil yetishtirishni ta’minlaydi.

Donning to’lish va pishish davrida issiq va havo nisbiy namligi op­timal bo’lsa, bunday urug’larning ekinboplik va hosildorlik sifat­lari yuqori bo’ladi. Namlik yuqori, havo salqin, yoki juda issiq sha­ro­itda yetishtirilgan urug’larning ekinboplik va hosildorlik xususiyat­lari past bo’ladi.

O’simliklarning yotib qolishi, bir tomonlama azotli o’g’itlarning ko’p qo’llanishi, o’simliklarning qalin bo’lishi urug’larning ekinboplik va hosildorlik sifatlarini pasaytiradi. O’simliklar yotib qolishining oldini olishda retardantlar qo’llaniladi.

Urug’chilik xo’jaliklarining asosiy maqsadi faqat sifatli urug’ yetishtirishgina emas, balki har gektar yerdan maksimal hosil olish hamdir. O’simlik yuqori hosil va sifatli urug’larni faqat hamma texno­logik usullar o’z vaqtida, tez va sifatli o’tkazilgandagina shakllanti­radi.

Urug’larning hosildorlik sifati uning yirikligi, bir tekisligi, o’sish energiyasi, unuvchanligi, o’sish kuchi, oqsil miqdori, kasalliklarga chidamliligi va boshqa ko’rsatkichlardan iborat. SHuning uchun urug’lik ekinzorlar parvarishi bo’yicha alohida texnologiya qo’llanilishi zarur.

Urug’lik ekinzorlar eng yaxshi o’tmishdoshlardan keyin joylashti­ri­lishi kerak. Bunda o’tmishdoshlar o’simliklarning o’sishi, rivojla­nishi uchun qulay sharoit yaratishlari hamda tur va navlarning iflosla­nishiga yo’l qo’ymasligini ta’minlashlari juda muhim.

O’zbekistonda kuzgi boshoqli don ekinlarini urug’ uchun yetishti­rishda eng yaxshi o’tmishdoshlar – g’o’za, makkajo’xori, sabzavot ekinlari, kartoshka, beda, dukkakli don ekinlari hisoblanadi.


Download 78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish