Ushbu murojaatga Konstitutsiyaviy sudning munosabati qanday boʻlishi kerak? Konstitutsiya va qonun normalariga zid qabul qilingan viloyat hokimining qarori qaysi davlat organi tomonidan bekor qilinishi mumkin



Download 17,13 Kb.
Sana21.01.2022
Hajmi17,13 Kb.
#395624
Bog'liq
konstitutsiya oraliq


Kazus 5

Navoiy viloyat hokimi Nurota tumani hududida yangi Biznes markazi qurilishi uchun yer maydoni ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Mazkur qarorda Biznes markazi qurilishi rejalashtirilayotgan hududda joylashgan 10ta binoni buzilishi koʻzda tutilgan. Qurilish rejalashitirilayotgan hudududda istiqomat qilayotgan fuqarolar viloyat hokimining ushbu qaroridan norozi boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga murojaat qilgan. Murojaatda qurilishi rejalashtirilayotgan hududda 19 asrda qurilgan masjid binosi joylashganligi, bu bino tarixiy-madaniy yodgorlik hisoblanishi, bunday obʼektlar Konstitutsiyaga muvofiq davlat muhofazasida ekanligini eʼtiborga olib viloyat hokimi qarorini bekor qilishni soʻralgan.



Ushbu murojaatga Konstitutsiyaviy sudning munosabati qanday boʻlishi kerak? Konstitutsiya va qonun normalariga zid qabul qilingan viloyat hokimining qarori qaysi davlat organi tomonidan bekor qilinishi mumkin.

Yuqoridagi muammoli vaziyatga huquqiy baho berishimizdan oldin quyidagi savollarga javob berishimiz kerak:



  1. Hokimlarning biznes markazi qurilishi uchun yer maydon ajratish uchun vakolatlari bormi?

  2. Fuqarolarning hokimning qarori ustidan Konstitutsiyaviy sudga murojat qilishlari qanchalik to’g’ri.

  3. Hokimlarning qarorlarini qaysi davlat organi bekor qilishi mumkin?

Yuqoridagi muammoli vaziytada Navoiy viloyat hokimi Nurota tumani hududida yangi Biznes markazi qurilishi uchun yer maydoni ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan. Mazkur qarorda Biznes markazi qurilishi rejalashtirilayotgan hududda joylashgan 10ta binoni buzilishi koʻzda tutilgani aytimoqda. Hokimlar va Xalq deputatlar kengashi “Mahalliy davlat hokimiyatito’g’risida”gi qonuning 7-8-10-moddasida keltirib o’tilgan vakolatlar doirasida yer munosabatlarini tartibga soladi. Demak bundan ko’rinib turibdiki hokimlar va Xalq deputatlar kengashi yer munosabatlarini tartibga solish huquqiga egadirlar. Lekin hokim tomonidan qabul qilingan qaror noto’g’ri. Mening fikrimcha ushbu qaror hokim tomonidan emas balki Xalq deputatlar kengashi tomonidan qabul qilinishi kerak edi. Chunki ” Mahalliy davlat hokimyati to’g’risidagi” qonuning 24-moddasi Xalq deputatlar kengashi vakolatlarida “ Hokimning taqdimiga binoan, hududni rivojlantirishning istiqbolga mo‘ljallangan dasturlarini, tuman, shaharning bosh rejasi va uni qurish qoidalarini tasdiqlash” vakolati Xalq deputatlar kengashiga berilgan. Shunday ekan ushbu holatda hokim Xalq deputatlar kengashiga taqdimnoma kiritishi kerak va Xalq deputatlar kengashi buni tasdiqlashi kerak edi.

Hokimning qaroridan norozi bo’lgan fuqarolar Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilishgan. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi to’g’risidagi qonunning 4-moddasining 1-bandida “O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, hukumat, mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi davlatlararo shartnomaviy va boshqa majburiyatlarining O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlaydi.” Bundan tashqari O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 44-moddasida “Har bir shaxsga o'z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g'ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.” deb belgilab quyilgan. Ushbu vaziyatda nega aynan konstitutsiyaviy sudga murajaat qilishgan? degan savol tug’iladi. Ba’zi bir insonlar ushbu harakat ya’ni konstitutsiyaviy sudga murajaat qilish mumkin emas. Konstitutsiyaviy sudga murajaat qilishdan oldin quyi turuvchi sudlarga murojaat qilishlari kerak degan fikr ham tug’ulishi mumkin. Ushbu holatda sudga emas balki hokimning o’ziga ham murajaat qilishlar kerak degan fikrlar ham mavjud. Lekin “Ma’muriy organlar va ular mansabdor shaxslarning , harakatlari (harakatsizliklari) ustidan shikoyat qilish to’g’risidagi ishlarni ko’rib chiqish bo’yicha sud amalayoti haqidagi” O’zbekiston Republikasi Oliy sud plenumining qarorida 12 bandida “Arizachi ariza (shikoyat) bilan bevosita sudga yoki bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organ yoxud mansabdor shaxsga murojaat qilishga haqli. Yuqori turuvchi organ yoki mansabdor shaxsga dastlab murojaat qilmaslik, arizani (shikoyatni) qabul qilishni rad etish uchun asos bo‘lmaydi.” deb belgilab quyilgan. Lekin ushbu vaziyatda fuqarolar ushbu qonunda nazarda tutilgan  Ma’muriy organlar va ular mansabdor shaxslari qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan ariza (shikoyat) qarori, harakati (harakatsizligi) nizolashilayotgan organ joylashgan yoxud mansabdor shaxs ishlaydigan joydagi viloyat ma’muriy sudiga berishlari kerak edi. Arizada quydagilar ko’rsatilishi kerak.

qanday qaror, harakat (harakatsizlik) ustidan shikoyat qilinayotganligi;

ma’muriy organning nomi;

mansabdor shaxsning familiyasi va ism-sharifining bosh harflari;
qarorning rekvizitlari;
arizachining aniq qanday huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi;
arizachining fikriga ko‘ra, ustidan shikoyat qilinayotgan qaror, harakat (harakatsizlik) qaysi qonun hujjatiga zid ekanligi;

shunga o‘xshash shikoyat buysunuv tartibida yuqori turuvchi organ yoki mansabdor shaxsga berilgan-berilmaganligi va agar berilgan bo‘lsa, qanday javob olinganligi haqidagi ma’lumotlar keltirib o’tilgan bo’lishi kerak. Shularni asos qilib oladigan bo’lsak fuqarolar tomonidan Konstitutsiyaviy sudga murojat qilishganlari to’g’ri deb hisoblayman.

Muammoli vaziyatning uchinchi qismida esa murojaatda qurilishi rejalashtirilayotgan hududda 19 asrda qurilgan masjid binosi joylashganligi, bu bino tarixiy-madaniy yodgorlik hisoblanishi, bunday obʼektlar Konstitutsiyaga muvofiq davlat muhofazasida ekanligini eʼtiborga olib viloyat hokimi qarorini bekor qilishni soʻralgan. Chunki O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 49-moddasida “Fuqarolar O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga majburdirlar. Madaniyat yodgorliklari davlat muhofazasidadir.” deb belgilab quyilgan. Bundan shuni tushinishimiz kerakki har bir O’zbekiston Respublikasi fuqarosi mamlakatimizdagi tarixiy, madaniy va ma’naviy merosni asrashga majbur. Shuning uchun ham fuqarolar hokimning qaroridan norozi bo’lib Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilishgan. Bundan tashqari hokim agar masjidni buzmayman degan taqdirda ham u Madaniyat vazirligidan ruxsat olishi kerak edi. Shu o’rinda savol tug’uladi. Qanday ruxsat olish kerak? Bu nima uchun kerak? degan savollar vujudga kelishi tabiiy. Hokim Ma’daniyat vazirligidan ta’rixiy, madaniy meros bo’lgan masjid yon atrofida qurilish ishlari olib boorish uchun ruxsat olishi kerak. “Madaniy meros obyektlarini muhofazaa qilish va ulardan foydalanish to’g’risida”gi qonunining 24-moddasining ikkinchi qismida “moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan yerlarda hamda ularga tutash hududlarda yer qazish, yer tuzish, qurilish, melioratsiya, xo‘jalik ishlari va boshqa ishlarni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining ruxsatnomasini olish” kerak ekanligi belgilab quyilgan. Lekin masjid 19 asrda qurilganligini hamda madaniy meros ekanligini inobatga olgan holda ushbu inshoatni buzish mumkin emas. Shuning uchun fuqarolarning qilgan e’tirozlari o’rinli deb hisoblayman.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak hokim tomonidan chiqarilgan qaror O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Hukumat hujjatlariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining davlat manfaatlariga zid keladigan hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan to‘xtatiladi va bekor qilinadi. Menimcha yuqori aytib utganimdek xokim tomonidan chiqarilgan qaror dastlab Xalq deputatlar kengashi tastiqlashi kerak edi. Shundan so’ng hokim imzolaydi. Chunki hokim Xalq deputatlar kengashining raisi hisoblanadi. Fuqarolar esa Konstitutssiyaviy sudga murojaat qilib to’g’ri qilishgan. Hokim esa masjidni buzishni to’xtashishi kerak chunki masjid moddiy meros hisoblanadi. u 19asrda qurilganini inobatga olgan holda Konstitutsiyaviy sud hokimning qarorinibekor qilishi kerak.



Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

  1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

  2. Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risidagi qonun

  3. Ma’muriy organlar va ular mansabdor shaxslarning , harakatlari (harakatsizliklari) ustidan shikoyat qilish to’g’risidagi ishlarni ko’rib chiqish bo’yicha sud amalayoti haqidagi O’zbekiston Republikasi Oliy sud plenumining qarori

  4. Madaniy meros obyektlarini muhofazaa qilish va ulardan foydalanish to’g’risidagi qonun

  5. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi to’g’risidagi qonun

Download 17,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish