Uygʻonish davri Renessans



Download 235,24 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana26.02.2022
Hajmi235,24 Kb.
#468401
  1   2
Bog'liq
Uygʻonish davri - Vikipediya



Uygʻonish davri
Uygʻonish davri (Renessans) — 
Markaziy Osiyo

Eron

Xitoy
(9-12 va 15-asrlar) va
Gʻarbiy Yevropada
 yuz bergan alohida madaniy va tafakkuriy taraqqiyot davri.
„Renessans“ atamasi dastlab 
Italiyadagi
madaniy-maʼnaviy yuksalish (14—16-
asrlar)ga nisbatan qoʻllanilgan, uni oʻrta asrchilik turgʻunligidan yangi davrga oʻtish
bosqichi deb baholaganlar. Renessansning asosiy alomatlari: tafakkurda va ilmu
ijodda dogmatizm, jaholat va mutaassiblikni yorib oʻtib, insonni ulugʻlash (qarang
Gumanizm
), uning isteʼdodi, aqliyfikriy imkoniyatlarini yuzaga chiqarish; antik davr
(yunonrum) madaniyatiga qaytib, uni tiklash, boyitish; cherkov sxolastikasidan qutulib,
adabiyot va sanʼatda dunyoviy goʻzallik, hayot taronalarini qizgʻin kuylash; inson erki,
qurfikrlilik uchun kurashish. Buning natijasi oʻlaroq, ijodiy qudrat va tafakkur kuchini
namoyish etadigan ulugʻvor badiiy asarlar, salobatli binolar yaratildi, ilmfan rivojlandi.
Italiyada shoir Petrarka va Dante, rassom Jotto, adib va mutafakkirlar Bokkachcho,
Ariosto, Tasso, Byome Renessans gʻoyalarining jarchilari boʻlib maydonga chiqsilar.
Keyinchalik 
Michelangelo

Rafael

Shakespeare

Miguel de Cervantes
 Yevropaning turli
mamlakatlarida buni davom ettirdilar. Ammo Renessans, yaʼni Uygʻonish faqat
Yevropa hodisasi emas. Dunyo madaniyatini yaxlit olib oʻrgangan olimlarning ishlari
shuni koʻrsatdiki, Osiyo markazida joylashgan 
Movarounnaxr

Xuroson
 va 
Eronda
Italiyaga qaraganda bir necha asr oldin (9—12-asrlar) ulkan madaniy koʻtarilish yuz
bergan, ilm-fan, falsafa, adabiyot kuchli rivojlanib, ilgʻor insonparvarlik gʻoyalari jamiyat
fikrini band etgan, aqliy va ijodiy faollik gurkiragan. Bu davr dunyo ilmida „Musulmon
Renessansi“ (A. Mets) yoki „Sharq Uygʻonishi“ (N. I. Konrad) nomi bilan atalib
kelinmoqda. Sharq Uygʻonish davrida Yevropa Uygʻonish davrining asosiy belgilari
mujassam: joʻshqin ijodiy faoliyat, ulkan bunyodkorlik ishlarining amalga oshirilgani,
aqlni hayratga soluvchi bemisl asarlarning yaratilgani shundan dalolat beradi. Sharq
Uygʻonish davri ham ulugʻ allomalar, qomusiy bilim sohiblari, mashhur mutafakkirlarni


yetishtirdi. Aniq fanlar sohasida Muhammad Xorazmip, Abu Bakr Roziy, 
Abu Rayhon
Beruniy

Ahmad al-Fargʻoniy

Umar Xayyom
, Mirzo Ulugʻbek jahonshumul kashfiyotlar
qildilar. Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Ibn Rushd, Muhammad Gʻazoliy, Nasafiy
Aziziddinlarning falsafiy asarlari tafakkur xazinasini boyitdi, olam, odam va jamiyat
yaxlitlikda tadqiq etilib, yangi qonuniyatlar ochildi, aqliy bilim ufqlari kengaydi, fozil
jamiyat va komil inson nazariyasi chuqur ishlab chiqiddi. Sheʼriyatda Abu Abdullo
Rudakiy, Abulalo alMaarriy, Abulqosim Firdavsiy, Jaloliddin Rumiy, Hofiz Sheroziy,
Nizomiy Ganjavip, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy kabi daho ijodkorlar yetishib,
oʻlmas asarlar yaratdilar, ishqmuhabbat, qahramonlik, ozodlik va ezgulikni kuyladilar.
Miniatyura rassomchiligida bir necha maktablar shakllandi, bunda 
Kamoliddin Behzod
rasmlari yangi ijodiy yoʻnalishga asos soldi. Uygʻonish davri ning yana bir belgisi xalq
ruhini ifodalaydigan 
„Ming bir kecha“

„Kalila va Dimna“

„Qirq vazir“
, „Toʻtinoma“,
„Sindbodnoma“, „Jomeʼul hikoyot“ kabi qiziqarli sarguzashtlarga toʻla, shavqu zavq
qoʻzgʻatadigan asarlarning koʻpaygani, ikkinchi tomondan „Xamsa“larda boʻlganiday,
insoniy ideallarni mujassam etgan hikmat va falsafaga boy umumbashariy
gʻoyalarning tasvirlanishidir.
Eron va Markaziy Osiyo xalqlari bir necha ming yillik sivilizatsiya tarixiga ega. Zotan,
qadimiyati, qad. davlatchiligi boʻlmagan xalqda Uygʻonish davri ham boʻlmaydi.
Markaziy Osiyoda 9—13-asrlarda oʻz xalqining qadimiyatiga qaytish, Avesto falsafasini
Qurʼon maʼrifati bilan uygʻunlashtirib, qayta tiklashga intilish tasavvuf taʼlimoti, „ishroq“
falsafasida namoyon boʻlgan. Shu asosda turli nazariyalar, taʼlimotlar yuzaga kelib,
fikriy xilmaxillik rivojlandi. Tasavvufiyorifona taʼlimotning qaror topishi, tariqatlar ham,
aslida, hurfikrlik va inson kamolotiga boʻlgan ishonchning nishonasi edi. Uygʻonish
davri vakillari dinga emas, balki dinni sxolastika va jaholat manbaiga aylantirgan
kishilarga qarshi kurashganlar.
Tafakkurdagi ikki: akliy (ratsionalizm) va vajdiy (irratsionalizm) yoʻnalish
namoyandalari zohiran oʻzaro kelishmay kelgan boʻlsalarda, amalda Yevropa
Uygʻonish davrida boʻlganidek, inson ongini bedor etish, uni aqidaparastlik
(taqlidchilik) gʻuboridan tozalashda hamkorlik qildilar. Shu bois hurfikrli mutafakkirlar
orasida ratsionalist olimlar bilan birga, orif sufiylar ham bor edi.
Sharq Uygʻonish davri vakillari oʻz xalklarining ked. madaniyat bilan birga, yunon
vahind xalklari merosidan ham foqdalanishgan. Yunon olimlarining asarlari 8—9-
asrlarda arab tiliga tarjima qshshndi, sharxlandi. Aflotun, Arastuni Sharq faylasuflari
ham oʻz ustozlari deb hisoblashgan, Plotin qarashlari Ibn alArabiyga taʼsir etib,


„vahdatul vujud“ falsafasiga turtki berdi. Biroqyunonlar koʻp fikrlarni qad.
osiyoliklardan olganlar. Bu tarix qonuniyati; Abu Rayhon Beruniyning „Kitob attafhim li
avoil sinoat attanjim“ asari qoʻlyozmasi (
13-asr
).yuksalishga shaylangan xalq oʻz
madaniyati va oʻzigacha yaratilgan bashariy yutuqlarni oʻzlashtirib, yana yuksaklikka
koʻtariladi.
Sharq Uygʻonish davri keng koʻlamli: taʼlim va tahlil, madrasamaorif rivojlangan, ulkan
kutubxonalarda yuz minglab jild kitoblar yigʻilgan, „xazinat ulhikma“, „dor ululum“larda
tolibi ilmlar, ustozshogirdlar suhbati bardavom edi, olimning obroʻeʼtibori yuksak
qadrlandi. Sharq Uygʻonish davri yutuqlari Gʻarbiy Yevropadagi Uygʻonish davriga
bevosita taʼsir etgan. Chunki 12—14-asrlarda musulmon olami bilan Yevropa davlatlari
orasida aloqa kuchaygan edi. Ayniqsa, tutash chegara mamlakatlari: Qurdoba
(Ispaniya), Kavkaz, Bolqon yarim orolida bu jarayon kuchli boʻlgan. Yevropaliklar Sharq
olimlarining asarlarini lotin, ispan, yahudiy tillariga qilingan tarjimalar orqali yoxud
bevosita arab tilida oʻqib oʻrganganlar. Ibn Sinoning „Tib qonunlari“, „AshShifo“,
Forobiyning „Ilmlar tasnifi“, Ahmad Fargʻoniyning „Samo harakatlari va yulduzlar
ilmining jami kitobi“, Muxammad Muso Xorazmiyning „Aljabr val muqobila“, Ibn Rushd,
Abu Bakr Roziy asarlari tarjima qilinib, keyinchalik nashr etilgan. Algebra, algoritm
fanlari Xorazmiy asarlari tufayli shakllangan. „Tib krnunlari“ 7 asr mobaynida Yevropa
untlarida tibbiyot darsligi sifatida xizmat qildi. Ibn Sino shogirdi Ibn Rushd goyalari
Italiya, Fransiya hurfikrligini boshlab bergan. Ibn Sino — Avitsenna, Ibn Rushd —
Averroes, Ahmad Fargʻoniy — Al Frageni, Abu Bakr Roziy — Al Ramzats, Abu Maʼshar
Balxiy — Albumazar degan lotincha nomlar ostida mashhur boʻlgan. „Oʻsha paytda (13
—16-asr) jaholat changalidagi Yevropaning koʻpgina qismida musulmonlar ilm
charogʻini yoqdilar…; ispanlar yozuvi ham, shimoliy oramiy yozuvi ham Osiyodan
olingan; shim., gʻarbiy va sharqiy Yevropa madaniyati yunon — rumo — arab urugʻidan
unib chiqqandir“ (G.Gerder). Platon, Aristotel asarlari ham Yevropaga dastlab arabcha
tarjima va talqinlar orqali kirib borgan. „Sharkliklar Gʻarbni Aristotel falsafasi bilan
yoritdilar“ (Gegel).
Aniq fanlar va ularni oʻrganish usullarini, dehqonchilik va chorvachilik ilmlari, dengizda
suzish, qarbiy texnikani Yevropa sharqdan olib rivojlantirdi. „Matematika, kimyo,
tibbiyot sohasida musulmonlarning xizmati buyuk… bu fanlarda musulmonlar
Yevropaning muallimlari boʻlib qoldilar“ (G. Gerder). Yevropa Uygʻonish davri adiblari
Dante, Petrarka, Bokkacho Sharq ilmfani, adabiy asarlaridan ilhomlanganlar. Dante
„Bazm“, „Ilohiy komediya“ asarlarida Ibn Sino va Ibn Rushdni oʻz ustozlari qatorida
ehtirom bilan tilga oladi. Axmad Fargʻoniy asarlaridan foydalanganini qayd etadi. K.


Marloning „Buyuk Temur“ dramasida Amir Temur jasur, xaloskor inson sifatida
tasvirlangan.
Musiqada ham Uygʻonish davri jarayoniga xos yuksalish dastlab Sharkda yuz berdi.
Markaziy Osiyo xalqlarining qad. anʼanalari arab, hind va fors musiqiy meros asarlari,
cholgʻulari bilan oʻzaro taʼsir jarayonlari natijasida yanada boyib qaytadan jonlandi.
Zero, Forobiy va uning izdoshi Ibn Sino musikaning nazariy, falsafiy va estetik
masalalarini atroflicha tadqiq etib, umumsharqiy taʼlimotni yaratishgan. Xususan,
Yaqin va Oʻrta Sharq xalklari musiqa amaliyotiga tayangan holda, kuy va usullar,
qoʻllaniladigan sozlar, muayyan shakl va janrlar doirasida mushtaraklik mavjudligini
isbotlashgan. Forobiyning „Kitob ul musiqa alkabir“ („Musiqaga doyr katta kitob“) va,
ayniqsa, Ibn Sinoning „Javomeʼ ilm ulmusiqi“ („Musiqaga oid ilmlar toʻplami“) kabi
asarlarida yunon olimlari (Pifagor, Aristoksen va boshqalar)ning qarashlari boyitilib,
tovushlar balandpastligi munosabatlari matematik uslubda ifodalangan. Shuningdek,
sof tovushqator tizimi, undan oʻrin olgan budlarning muloyimat va munofirat tasnifoti,
iyqo nazariyasi ilk bor asoslab berilgan. 12—13-asrlarda ijodiy va aqliy kuchlar rivojini
namoyish etgan Oʻn ikki maqom tizimi yuzaga keldi. Amir Temur (14 a.) va Temuriylar
(15—16-asrlar) musiqaning barcha jabhalarida yangi Uygʻonish davri yuzaga kelishini
taʼminlab berishdi. Turli mamlakatlardan Samarqand, Buxoro kabi markazlarga
keltirilgan sanʼatkorlar — bastakorlik, musiqa ijrochiligi va musiqashunoslik jadal
rivojlanishiga hissa koʻshishgan. Mazkur sohalarda nainki muayyan kasb egalari, balki
oʻzga badiiy ijod sohiblari, xususan, Mirzo Ulugʻbek, Jomiy, Navoiy, Husayn Boyqaro,
Zahiriddin Boburlar ham nom chiqarishgan. Bu davrda mahalliy maqom ijodiyoti va
ijrochiligi yuksaldi, ogʻzaki anʼanadagi musiqaning boshqa rivojlangan shakllari
(doston, ashula, cholgʻu kuy va boshqalar) keng oʻrin egallab, oʻzlarining yuqori
pallalariga koʻtarildi. Ayni shu jarayon keyinchalik Buxoro Shashmakrmi, Xorazm
maqomlari va Fargʻona — Toshkent makom yoʻllari, katta ashulalar shakllanishiga olib
keldi.
Yevropa musikasida Uygʻonish davri tamoyillari dastlab 14-asrda tashkil topgan ilgʻor
yoʻnalish — „Are nova“ namoyandalari (ayniqsa, Italiyadagi vakillari — F. Landino va
boshqalar) ijodida oʻz ifodasini topdi. Ular dunyoviy mazmundagi ilk professional
vokal musiqa shakllari (ballada, madrigal, kachcha va boshqalar)ni ijod qilishdi, sheʼriy
matnlar mazmuniga alohida ahamiyat berib ifodali, erkin tuzilishdagi kuylar yaratishdi.
Uygʻonish davri cholgʻu musiqaning dastlabki mustaqil shakl va janrlari (richerkar,
prelyudiya, fantaziya, tokkata) yuzaga keldi, ayniqsa lyutnya, klavesin va klavikord
musiqasi keng rivoj topdi. Ijodkorlar va musiqa nazariyotchilarining antik davr badiiy


merosiga qiziqishi tufayli yangi janrlar (mas, yunon tragediyasini „tiklash“ jarayonida —
opera), koʻp ovozli musiqada polifoniyankng qatʼiy uslubi, keyinchalik gomofoniya
uslubi k, aror topdi. Diniy musiqa janrlari (messa, motet) isloh qilindi, notalar chop
etilishi joriy etildi, jonli musiqa amaliyotini umumlashtiruvchi musiqa nazariyasi
(Tinktoris, J. Sarlino) rivoj topdi. Aynan shu davrda muayyan xalklarda yangi milliy va
mahalliy kompozitorlik maktablari paydo boʻldi: niderland (Dyufai, Y. Okegem, J.
Depre), fransuz (K. Janeken va boshqalar), nemis (G. Fink va boshqalar), ingliz
(Dansteybl, U. Byord va boshqalar), ispan (K.de Morales va boshqalar), Rim
(Palestrina), Venetsiya (A. va J. Gabriyeli) va boshqa Uygʻonish davrining pirovardida
Yevropa kompozitorlik ijodiyotida Sharq mavzu va obrazlariga qiziqish kuchayib, ingliz
G. Pereyem va fransuz J. Ramo umumsharqona ekzotikani ifodalashgan. Bular
anʼanasi keyinchalik Sohibqiron Amir Temurni bosh qahramon sifatida gavdalantirgan
Italiya (A. va D. Skarlattilar, A. Vivaldi va boshqalar), Germaniya (G. Gendel, G. Teleman
va boshqalar) mualliflarining operalarida teranlashgan.
Uygʻonish davrida teatr sanʼati xayot koʻzgusi hisoblanib, koʻpqirrali inson xarakteri,
real voqelik ziddiyatlarini aks ettirishga alohida ahamiyat berdi. Bu davr teatr
namoyandalari antik drama tajribalaridan foydalanib xalq tomosha sanʼati anʼanalarini
rivojlantirdilar, kundalik hayot zavqshavqini idrok qilishga daʼvat etilgan dunyoviy
sahna asarlarini yaratishga harakat qildilar (L. Ariosto, A. Politsiano, N. Makiavelli va
boshqalar). Ispaniyada Uygʻonish davridagi teatr rivoji M. Servantes va Lope de Vega,
Angliyada U. Shekspir ijodi bilan bogʻliqdir. Uygʻonish davrida teatr sanʼati professional
omillari kuchaydi, dramaturgiya va aktyorlik sanʼati nazariyasi qaror topdi, ilk teatr
binolari qurildi.
Uygʻonish davri meʼmorligi qad. anʼanalarni oʻzlashtirib, uni yangi mazmun bilan
boyitdi, yangi meʼmoriy qurilmalar vujudga keldi, koʻp qavatli uylar, yangi qiyofadagi
jamoat binolari qad koʻtardi. Binoni tashqi va ichki tomonlarini bezash, kenglikni
tashkil etish borasida xam muayyan yutuqlarga erishildi. Bu oʻzgarishlar Italiyaning
Florensiya, Piza, Siyena, Genuya, Milan, ayniqsa, Venetsiya sh.larida juda sezilarli
boʻldi. Ulkan binolar, gʻoyat katta gumbazli va bir nechta ustunli saroy va ibodatxonalar
qurildi, ayniqsa, florensiyalik meʼmorlar antik meʼmorlik anʼanalari va order tizimidan
unumli foydalandi. Bu anʼanalarni oʻrta asr Italiya meʼmorlik texnikasi yutuqlari,
mahalliy qurilish xom ashyolari va konstruksiyalari bilan uygʻunlashtirib, renessans
meʼmorligi uslubini yaratdilar. Devor sathi tekisligining yaxlitligiga eʼtibor kuchaydi,
meʼmorlik mujassamotining chizikli ritmi va mutanosibligiga, xonaning kengligiga,
uning yaxlit va koʻrkamligiga ahamiyat berila boshlandi; turar joy va ibodatxonalar


qurilishi ham yangilandi. Shaharning ijtimoiy maʼmuriy markazi tarhi va tuzilishi bilan
bogʻliq boʻlgan yangi tipi paydo boʻldi. Florensiyada shakllangan yuksak Uygʻonish
davrining mumtoz uslubi Rimaa, keyinroq Venetsiyada monumental yodgorliklar
(monumental sanʼat) yaratilishiga sabab boʻldi. Yirik meʼmoriy ansambllar vujudga
keldi, „ideal“ shaharlarning loyihalari yaratildi.
Italiya meʼmorligida paydo boʻlgan yangi anʼanalar Uygʻonish davrining buyuk
meʼmorlari ishlarida uz aksini topdi. Jumladan, Filippo Brunelleski katta gumbazli bino
qurish muammosini hal qildi (diametri 42 m boʻlgan 8 qirrali gumbazli SantaMariya del
Fore sobori), L. Alberti oʻzi yaratgan yangi meʼmoriy kompozitsiyalarini ilmiy nazariy
bayon qilgan „Meʼmorlik toʻgʻrisida 10 kitob“ asari bilan nazariyotchi olim sifatida
namoyon boʻldi. Shu tarzda yuksak Uygʻonish davri meʼmorligi uslubiga zamin
yaratildi. Yuksak Uygʻonish davri ning asosiy tamoyillari Rimda shakllandi va rivojlandi,
davrning insonparvarlik gʻoyalari ulugʻvor va hashamatli meʼmoriy kompozitsiyalarda
oʻz ifodasini topdi. Amaliyotda antik meʼmoriy orderlar erkin va ijodiy ishlatila
boshlandi, meʼmoriy uslublar birlashtirilib yagona milliy meʼmorlik uslubi shakllandi. D.
Bramante, Rafael, Mikelanjelo va boshqa murakkab meʼmoriy majmualarida yuksak
mahorat, boy ilm va nazariy fikr, oʻtkir tafakkurni namoyon qildilar, badiiy yechimining
goʻzalligi, nisbat va shakllar oʻyinining boyligi, kompozitsiya yechimining rang-
barangligi insonga zavq bagʻishlaydigan meʼmoriy makonni yaratdilar.
Soʻnggi Uygʻonish davrida yirik meʼmoriy inshootlar oʻrnini xususiy buyurtmalar
kengroq egalladi. Villa, palatsso qurilishi sohasida koʻzga koʻrinarli ishlar qilindi.
Bogʻpark meʼmorlik uslubi (bogʻ tuzish sanʼati) shakllandi. Pastbalandlikka ega boʻlgan
maydonda bogʻ yaratish muhim ahamiyat kasb etdi: pastbalandliklar birbiri bilan
murakkab zinalar orqali bogʻlandi, tepalik va qiyaliklar turli bezak qurilmalar (gʻor, suv
kaskadlari, favvora, haykallar) hamda manzarali oʻsimliklar bilan bezatildi. Asosiy yoʻl,
qolgan yoʻlka va zinalar darvozaga yoʻnaltirilgan boʻlib, kompozitsiyaning tugal
boʻlishini taʼminlagan. Meʼmoriy nazariy masalalarga eʼtibor ortdi. Bunyod etilayotgan
binolarni ilmiy asoslashga intilish kuchayib, bir nechta ilmiy asarlar yaratildi. 16-asr
oʻrtalaridan Italiyada maxsus oʻquv yurtlari, akademiyalar tuzildi va ularda meʼmorlikka
oid taʼlim berilishi muhim voqea boʻldi. Bu esa Yevropa meʼmorligining keyingi
taraqqiyotiga taʼsir koʻrsatdi, meʼmoriy klassitsizm tamoyillarining shakllanishida
muhim rol oʻynadi.
Uygʻonish davri Italiyadan tashqarida (shartli ravishda „shimoliy“ deb nomlangan) 15-
asrda rivojlandi. Gotika anʼanalarini ijodiy anglagan ustalar ayrim hodisalarni amaliy


yoʻl bilan oʻzlashtirib bordilar. Niderlandiya va Germaniyada Uygʻonish davri meʼmorligi
soʻnggi gotikaning taraqqiy etgan davriga toʻgri keldi (Antverpendagi ratusha, 1561—
65, meʼmori K. Floris; Germaniyaning Geydelbergidagi saroy, 1556—59). 16-asr
oʻrtalarida Fransiyada antik davrga hamda Italiya Uygʻonish davri meʼmorligiga
asoslangan oʻziga xos meʼmoriy uslub shakllandi (Shambor qasri, 1519—40, meʼmori
T. va D. Surdo, P. Nevo va boshqalar). Ispaniya, Chexiya, Polsha, Vengriya Uygʻonish
davri meʼmorligi oʻziga xos milliy xususiyatlarga ega boʻlgan (Pragadagi Belveder
yozgi saroyi, 1535— 63, meʼmori J. Spatsio va boshqalar).
Uygʻonish davrining buyuk gʻoyalari, ayniqsa, tasviriy sanʼatda yorqin ifodalandi;
hayotga muhabbat, insonga, uning irodasi va aqliga katta ishonch bildirildi. Antik davr
merosini ijodiy oʻzlashtirgan italyan rassomlari zamonasining ilmfan yutuklariga
tayanib inson va uni oʻrab turgan muhitni haqqoniy aks ettirishga urindilar. Ular
sanʼatni perspektiva, proporsiya, nursoya, ritm, rangshunoslik, hajm, rakurs va h.k.
hamda odam tanasi tuzilishi haqidagi aniq bilimlar bilan boyitdilar, ikonadan kartinaga
oʻtildi, haykaltaroshlik mustaqil janrga aylandi, freska sanʼati kjsaldi. Yangi davrning ilk
xususiyatlari 13—14-asrlar rassomlar (rassom Jotto, haykaltarosh N. Pizano) ijodida
kuzatildi, 15-asr boshlarida yangi badiiy dunyoqarash rassom Mazachcho,
haykaltarosh Donatello ijodida yorqin namoyon boʻldi. Yuksak Uygʻonish davri Italiya
sanʼatida nisbatan qisqa davrni oʻz ichiga oladi, lekin mazmunan juda ulug boʻlib,
Italiya sanʼatining „oltin asri“ hisoblanadi. Bu davr Leonardo da Vinchining psixologik
taʼsirchan asarlarida, uygʻunlikda ishlangan Rafael polotnolarida, kurash ruhi bilan
yoʻgʻrilgan Mikelanjelo rangtasvir va haykaltaroshlik asarlarida, Jorjone, Titsianning
koloritga boy hayotbaxsh kartinalarida va boshqalarda namoyon boʻldi. 16-asrning
2choragidan boshlangan Italiyadagi iqtisodiy va madaniy inqiroz gumanistik
goyalarning barbod boʻlishi va soʻnishini boshlab berdi. Uygʻonish davrining dunyoviy,
hayotbaxsh sanʼati va madaniyati oʻrnini tushkun gʻoyalarni ilgari suruvchi tashqi
jihatdan yaltiroq, lekin hayotdan, uning muammolaridan uzoq boʻlgan sanʼat
(manyerizm) egallay boshladi va keng yoyildi.
Uygʻonish davri Italiyadan tashqarida Gʻarbiy va Markaziy Yevropada 15-asrdan
boshlab notekis rivojlandi, individual inson obrazi va uning muhitiga boʻlgan katta
qiziqish diqqatga sazovor. 15-asr niderland rassomlari Ya. Van Epk va X. van der Gus,
keyinchalik boshqa rassomlar oddiy odamlarni tasvirlashga katta eʼtibor berdi. 16-asr
2yarmi rassomlari (P. Breygel Katta) ijodida demokratik anʼanalar yorqin namoyon
boʻldi. Germaniyada keskin siyosiy va gʻoyaviy kurashlar davrida oʻtkir ijtimoiy
xususiyatga ega bulgan grafika va rangtasvir keng tarqaldi (A. Dyurer, X. Xolbeyn


Kichkina va boshqalar). Fransiyada oʻta uygunlashgan dunyoviy mazmundagi
Uygʻonish davri rivojlandi, psixologik portretlar va monumental bezak haykaltaroshligi
tarqaldi (rassom F. Klue, J. Fuke, haykaltarosh J. Gujon, J. Pilon va boshqalar).
Uygʻonish davriga xos xususiyatlar Ispaniya, Chexiya, Polsha va boshqa
mamlakatlarda ham namoyon boʻldi. Uygʻonish davri Yevropa mamlakatlarining
madaniy va gʻoyaviy hayotida katta ijobiy rol oʻynadi, bu davrda jahon madaniyatining
eng nodir va bebaho asarlari yaratildi. Sharqda ham, Gʻarbda ham Uygʻonish davri
insoniyat taraqqiyotining benazir davridir. Uygʻonish davrining koʻp gʻoyalarini 18-asr
maʼrifatparvarlik vakillari meros qilib oldi. Uygʻonish davri ijodkorlarining ilmiy va
adabiy asarlari hozirda ham maʼnaviyatimiz yuksalishiga xizmat qilib kelmoqda.
[1]
Mets A., Musulmanskiy renessans, M., 1966; Xayrullayev M ., Uygonishdavri va
Sharq mutafakkiri, T., 1971; Hay itmetov A., Sharq adabiyotining ijodiy metodi
tarixidan [10—15-asrlar], T., 1970; Konrad N . I ., Zapad i vostok, M., 1992;
Sulaymonova F., Sharqu Gʻarb, T., 1997; Komilov N., Tafakkur karvonlari, T., 1999;
Yevdokimov Yu., Simakova N., Muzika epoxi Vozrojdeniya M., 1982; Vseobshaya
istoriya arxitekturi, t. 5, M., 1967; Shramkova G., Iskusstvo Vozrojdeniya, M., 1977;
Gʻafurbekov A., Amir Temur obrazi talqinlari: haqiqat va badiyat // Amir Temur:
shaxsning zamondoshlari tomonidan baholanishi, T., 1997.
1. "Uygʻonish davri" 

Download 235,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish