Uyimlab eritmaga o’tkazishda uyum asosini kengaytirish va unung tuzilishini asoslash. Reja



Download 116,3 Kb.
Sana23.06.2022
Hajmi116,3 Kb.
#696650
Bog'liq
Jasurjon


Uyimlab eritmaga o’tkazishda uyum asosini kengaytirish va unung tuzilishini asoslash.
Reja:

1. Uyumda tanlab eritish jarayonining mohiyati.


2.Tanlab eritish jarayoniga rudalarni tayyorlash.
3. Uyumda tanlab eritish jarayonining ijobiy va salbiy tomonlari.
4. Uyumda tanlab eritish amaliyoti.

1. Uyumda tanlab eritishning moxiyati sizdirib eritish jarayoniga yaqinroq. Jarayon shundan iboratki ruda uyum holida suv o’tkazmaydigan asos ustiga yig’iladi va ustidan sian eritmasi yuboriladi. Eritmani ruda qavati orqali sekin sizib o’tishi bilan oltin va kumush boyitiladi. Pastdan oqib keladigan oltin saqlagan eritma oltinni cho’ktirishga yuboriladi.







Uyumda tanlab eritish sxemasi.


1 - Uyum asosi(maydon); 2 - Uyum; 3 - Sian eritmalarni purkovchi qurilma(forsunka); 4,6- Eritmalarni yig’ish uchun hovuzlar; 5- Eritmadan metallni ajratuvchi qurulma. Xuddi sizdirib eritishdagi kabi uyumda tanlab eritish jarayonida ham granula holidagi sianni yaxshi o’tkazadigan rudalar qulaydir. Odatda uyumda tanlab eritishda maydalash jarayonidan keyin olingan ruda ya'ni diametri 5-20 mm bo’lgan rudalar ishlatiladi. Ko’p hollarda maydalanmagan diametri 100mmgacha bo’lgan rudalar ishlatiladi. Ruda tarkibida gil tuproqni ko’p bo’lishi sian eritmasini o’tishini, boyitishni sekinlashishini va oltinni ajralishini kamaytiradi. Uyumda boyitish ochiq havoda, maxsus tayyorlangan maydonlarda olib boriladi. Suvni o’tkazmasligi uchun maydonni beton qavati bilan qoplanadi yoki sun'iy plenkalar bilan qoplanadi. Erigan oltin saqlagan eritmani oqishini tezlashtirish maqsadida maydon 2-4o qiya holida bo’ladi. Tayyor maydonga ruda uyum holida yig’ila boshlanadi. Ko’pincha uyum to’rt burchakli piramida ko’rinishida yig’iladi. Uyumning balandligi 3-15 m gacha bo’ladi va unda 100-200 ming tonna ruda yig’iladi. Uyum ustidan sian eritmasi maxsus sepadigan qurilmalar yordamida sepiladi. Eritmani yuborish tezligi ruda tarkibiga bog’liq bo’lib 1 kunda uyumni 1 m2 yuzasiga 0,15- 3 m3 eritma berilishi mumkin. Eritmaning konsentratsiyasi 0,05- 0,1% bo’lib, muhiti ishqoriy pH 10-11. Ishqor sifatida ko’pincha o’yuvchi natriy qo’shiladi, chunki oxak eritma sepadigan qurilmaga tiqilishi mumkin.




Uyum ostidan oqib keladigan oltin saqlagan eritma uyum oldidagi eritma yig’iladigan joyga keladi. U yerdan oltin cho’ktirishga yuboriladi. Oltin cho’ktirish jarayonida oltin ko’mirga sorbsiyalanadi. Oltinsizlashtirilgan eritma sianlash va ishqor xususiyati tiklanadi va boyitishga yuboriladi.


Boyitish jarayoni tugaganidan keyin erigan oltinni yuvish maqsadida yuqoridan suv sepiladi va yuvilgan ruda chiqindiga yuboriladi.


Jarayonning davomiyligi hamma bosqichlarini hisoblaganda, ya'ni uyumni yig’ish, sian eritmasini yuborish, suv bilan yuvish va rudani bo’shatish o’rtacha 30 kundan 90 kungachani tashkil qiladi. Oltin va kumushning ajralishi 50-70 %ni tashkil qiladi.
Uyumda tanlab eritish chiqindilarni qayta ishlaganligi, glinali va balansdan tashqari rudalarni, shuningdek flotatsiya jarayoni chiqindilarini qayta ishlaganligi sababli rivojlanmoqda.
Shuning uchun ham uyumda tanlab eritish uchun ruda tayyorlashning birlashtirish(okomkovaniye) va g’ovaklashtirish(aglomeratsiya) jaroyonlari muhim bosqich sanaladi. G’ovaklashtirib biriktirish jarayoniga barcha yanchilgan ruda mahsulotlari yoxud faqat tasniflangan mayin shlamli fraksiya jo’natiladi.
Birlashririlgan mahsulot olish uchun qo’shiladigan mahsulotlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • Biriktiruvchi mahsulot miqdori(Portland sement), rudaga qo’shiladi;


  • Suv va sian eritmasi miqdori;


  • Ushlab turish vaqti.


Uyum ustidan quyib turish mustahkamligi xom-ashyoning minerologik tarkibiga bog’liq, asosan natriy ionlarining kalsiy ionlari bilan ion-almashinuviga bog’liq. Mayda zarralarni kattalari bilan birlashtirish ustidan eritma berishni mustahkamlaydi. Glinali rudalar oxaktosh va portlandsement yordamida birlashtiriladi. Kam glina saqlagan mayin yanchilgan chiqindi mahsulotlar uchun birlashtiruvchi sifatida faqat portlandsement qo’llaniladi. Birlashtirish vaqtida namlik darajasi 12%, ruxsat etilgan ko’rsatgich 8…16%gachadir. Namlikning yuqori bo’lishi biriktiruvchi qo’shimchalarning xususiyatlarini yo’qqa chiqaradi va ustidan sepishni izdan chiqaradi. Oltin-kumush tarkibli rudalarni g’ovaklashtirishning 3ta usuli mavjud: lentali, barabanli(quvurli) va kosasimon.


Uyum maydonini tashkil qilishda o’sha tub erning tuzilishi, yuzasi, yer osti yer usti, ichimlik suvi holati, ob havo sharoiti, elktr energiya va transport kommunikatsiya tizimi, qayta ishlanadigan ruda hajmi asosiy ta’sir etuvchi omillardan sanaladi. Bu barcha ko’rsatgichlar uyumda tanlab eritish jarayonining texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini belgilaydi.
Maydonlar qo’llanilishiga ko’ra 3ga bo’linadi: qayta qo’llaniladigan, doimiy o’suvchi (ko’tariluvchi, balandlashuvchi), damba ostida tanlab erituluvchi maydon. Maydonlarning o’lchami tanlab eritish davomiligi bilan belgilanadi. Birinchi tur maydonlari uchun muvifiq jarayon davomiyligi 1kungacha. Ikkinchi tur uyum maydoninig o’sib borish balandligi 60m gacha bo’lishi mumkin.

Dambali tanlab eritish maydonli uyumlar yer joyi tabiiy qiya bo’lgan joylarda amalga oshiriladi. Bu jarayonning afzalligi shundaki eritish tezligi 1 necha yillarga qisqarishi mumkin.


Rudalarni taxlash quyidagi talablarga javob berishi lozim: ruda massasini va transportlarni ko’tarishga mustahkamlik va chidamlilik; erituvchi eritmalarga kimyoviy bardoshliylik; eritmaning sizib o’tishi. 3 xil turdagi asoslar qo’llaniladi: 1 qatlamli, ikkiqatlamli, 2pasto’tkazuvchanli ekran, uch qatlamli, 3 ta pasto’tkazuvchanlikka ega ekran.
Maydon qoplamasi sifatida turli xildagi mahsulotlar ishlatilishi mumkin. O’suvchi maydonlar uchun yuqori mustahkamlikka ega polietilen, gipalon, polivinilxlorid, gil, doimiy qo’llaniluvchi maydonlar qoplamasi sifatida asphalt, sintetik yoki gil himoyalovchio ishaltiladi.
Asoslarning yuza qoplamasini tanlashda geomembranaga yetadigani yo’qdir, u maxsus qayta ishlangan yerdir (grunt). Shuni aytish lozimki geomembranalrning takibi juda mustahkam (qalinligi, mustahkamligi, uzoq xizmat qilishi)ligi uning qator xususiyatlarida namoyon bo’ladi. Bu xususiyatlar quyidagilar; suv o’tkazuvchanlik, cho’ziluvchanlik, kimyoviy bardoshliylik, shuningdek ekpulatatsiya xarakterlari: ekran qalinligi, yerlarni tayyorlash(aralashish, jipslashish, namlik, shimish).
2. Uyumda tanlab eritishning asosiy jarayonlaridan biri bu uyumni taxlash jarayonidir. Uyum 1 yoki bir necha qavatlardan tashkil topgan bo’lishi mumkin. Uyumning balandligi asosning mustahkamliligiga bog’liq.

Uyumning asosiy vazifasi mahsulotlarning bir xilda taxsimlanishidadir.


Uyumda tanlab eritish shtabel inshoati 3 turga bo’linadi:
Birinchi usul - uyum saralanmagan rudadan tayyorlanadi, ko’p kremniyli rudalar uchun qo’llaniladi. Uyumlar 1…2m balandlikka samasval-buldozerlar bilan chiqariladi, 10 metrgacha bo’lgan balandlikka o’ziyukortar gredorlar yordamida yuklanadi;
Ikkinchi usul mexanik kuch ta’sirida yanchilgan mayin mahsulotda yoki aglomeratsiyadan o’tgan mahsulotlar uchun qo’llaniladi. Uyum balandligi 2…4 m;
Uchinchi usul konveyerli usl bo’lib- yuqori ish unumdorligiga ega, rudaga bog’liq bo’lmagan, uyum balandligi 6m gacha. Uyumning balandligi maydon o’lchamiga, qayta ishalandigan ruda hajmiga va jarayonning samaradorliligiga bog’liq. Ayrim hollarda uyum balandligi 40…60m gacha bo’lishi mumkin.
Uyumni qavatma qavat ertish jarayoni kenga tarqalgan bo’lib bunda har bir qavat alohida eritiladi.
Maydonning yuqori qismi va yon tomonlari eritmani parlanish hisobiga uchib ketmasligi uchun izolyatsiya qilish lozim. Qiyaliklar yer qatlami va salafan qoplamalar bilan himoyalanadi. Salafan old qismidan ruberoid qatlami, shishamaterial va charmmateriallar qoplanadi.
Sug’orish tizimi quyidagi elementlardan tashkil topgan: sug’orish qurilmasi, sug’orish sxemasi, sug’orosh tartibi va turi. Balandligi 4m bo’lan ochiq usuldagi uyumlarni sianid eritmasi bilan sug’orishda ypiq tartibli sug’orishdan foydalaniladi.

Kollektorlar yohud forsunkalar(eritmani tomchilatib sepib beruvchi qurulmalar), ta’sirlashmaydiga materiallar(qum, yer, ruda) bilan, suvo’tkazmaydigan salafanlar bilan himoyalangan. Sug’orish quyidagicha bo’lishi mumkun: doimiy, bosqichli, ma’lum nuqtaga qaratilgan, forsunka orqali sepiluvchi, ariqsimon, zovursimon va hovuzsimon.


Drenaj tizimi uyum orqali o’tgan eritmalar yig’indisidan va mahsulot saqlanuvchi havza va uni yetkazib beruvchi qurilmalardan iborat. Shuningdek drenaj sitemasida kollektor qismi, filtirlovchi mahsulot va yig’uv quvurlari, uyum ichida maydon qiyaligi, rudaning o’tkazuvchanligi va eritma hajmi. Ruda o’zining o’tkazuvchanligi yaxshi bo’lsa uning o’zi drenaj vazifasini bajarishi mumkin.
Drenaj tizimi tashqi tomondan erituvchi eritmani va oqimni o’tkazadi.

Drenajning quyidagi ko’rinishlari qo’llaniladi:




  • qum gravi qatlam orqali o’tuvchi eritma mahsulotlar drenaji, himoyalangan ekranda ushlab qolinuvchi; eritmalar arigi orqali qabul qiluvchi zumfga tushadi yoki uyum chegarasi bo’ylab yig’iladi;


  • Drenaj quvurlari orqali o’tgan tarmoq, uyum bo’ylab qumdan o’tgan; barcha quvurlar yig’uvchi kollektorda bog’langan, qaysiki eritma qabul qiluvchi hovuzga yig’iladi;


  • haydash qudug’i eritmasi filtir orqali drenaj ga o’tgan, ular himoyalangan ekran ustiga o’rnatilgan, u yerdan eritma yig’ish hovuziga jo’natiladi;


  • Eritmalar drenaj quduqlarida yig’iladi, uymning qum gravi qatlamlari uyum asosiga qurilgan; so’ngra eritmalar yiguvchi hovuzlarga har tomondan oqib keladi.


Uyumda tanlab eritish natijasida olingan mahsulotlar undan oltinni ajratib olish maqsadida quyidagi usullarga jo’natiladi:


Sementatsiya(cho’ktirish) o’zidan faol bo’lgan metall yordamida (rux, alyuminiy, qo’rg’oshin, temir);
Sorbsiyalash usuli, faollangan ko’mir va ionalmashinuvchi qatronlar yordamida sorbsiyalash;
Elektrolitik ajratib olish;
Erimaydigan sulfid shaklida cho’ktirish.
Chet el amaliyoti shuni ko’rsatdiki eng ko’p tarqalgan usul bu sementatsiya va faollangan(aktivlangan) ko’mirda sorbsiyalashdir.
Uyumda tanlab eritish tugagandan so’ng chiqindi uyumda qoldiq sianid va og’ir metallar uchraydi. Bu massa va eritmalar zararsizlantirilishi lozim. Sianli eritmalarni zararsizlantirish uchun maxsus usullar qo’llaniladi: kimyoviy oksidlash va biologik tozalash.
3. Kimyoviy oksidlash gipoxlorit, vadorod qo’shoksid, kaliy permanganate, ozon, SO2 gazlari va havo yordamida olib boriladi.
Uyumda tanlab eritish texnologiyani oddiyligi va iqtisodiy kamxarjligi bilan boshqa jarayonlardan farq qiladi. Shuning uchun ham oltin va kumushning ajratib olish foizi kam. Shu omillarni hisobga olganda uyumda tanlab eritish jarayoni 1-2 g/t oltin saqlagan kambag’al rudalarni va oltin ajratib oladigan fabrikalarining chiqindilarini qayta ishlashga mo’ljallangan. Uyumda tanlab eritishning qo’llanilishi nisbatan boy ruda uchun ham samaralidir, lekin juda ham boy ruda uchun emas.
Ko’p afzalliklarga qaramasdan uyumda tanlab eritishning kamchiliklari ham mavjud: kimyoviy reagentlarning ko’p sarf bo’lishi, ko’p yer maydonining sarf bo’lishi, xarajatlarning ko’pligi.
Murakkab tarkibli(sulfidli) rudalar va chiqindilar uchun uyumda tanlab eritish kam samarali.
Sianidli eritmada uyumda eritish olib borish iqlimi mo’tadil maskanlar uchun foydalidir chunki eritish 6-8 oy va ba’zida yil talab qilishi mumkin. Shimoliy rayonlarda issiq havoi faqatgina 3oy davom etadi bu esa sianidli eritmada uyumda tanlab eritish uchun samarasizdir.
Rossiyalik bir guruh olimlar uyumda tanlab eritishning alternativ usulini ishlab chiqishdi, bu sulfat-xlorid kislotali marganes ikki oksid ishtirokidagi tanlab eritish. Jarayon juda tez amalga oshirilib bir necha kun davom etadi. Jarayonning mohiyati shundaki sulfat-xlorid kislotali muhitda marganets ikki oksidining gidratlnishi hisobiga 3 va 4 valentli marganets xlorid komplekslarini hosil bo’ladi va ular nodir metallarni eritmaga o’tishini ta’minlaydi. Sianidli uyumda tanlab eritishdan ko’ra sulfat-xlorid kislotali uyumda tanlab eritish quyidagi afzalliklarga ega:


  • Atrof muhitga xavflilikning kamayishi;


  • Atrof muhitni himoya qilish bilan bog’liq xarajatlarning tejalishi;


  • Jarayonning yuqori tezligi;


  • Nodir metallartni ajralishining yuqorililigi;


  • Murakkab tarkibliu sulfid-margumushli rudalardan oltinni to’g’ridan to’g’ri ajratib olinishi.



Xuloxa

O’zbekistonda bu usul bilan Kumusti konlari qayta ishlanadi. Sulfat kislota sarfining yuqoriliga qaramasdan (1g oltin uchun 50kg H2SO4) rudani qayta ishlash samaralidir. Ba’zi alohida olingan rudalarda sulfat kislorta sarfi 1gr oltin uchun 20…208kg, marganets ikki oksidi 4…128kg. Ruda tarkibidagi oltin miqdori 2,8…7,5g/t bo’lganda oltinning ajralishi 80…94%, eritmadagi oltin miqdori 1,0…4,8mg/l. Tanlab eritish jarayoni davomiyligi taxminan13…48soatga teng ekan.



Download 116,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish