V bob. Pul massasi va pul agregatlari



Download 72,08 Kb.
bet6/8
Sana10.04.2023
Hajmi72,08 Kb.
#926524
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-ma\'ruza

Pul agregatlari


Pul agregatlari pul massasini o‘lchovchilardan (ko‘rsatkichlaridan) iborat. Pul agregatlari statistikada pullar harakatining muayyan sanaga bo‘lgan yoki muayyan vaqt davridagi o‘zgarishini tahlil etish uchun qo‘llaniladi.


Pul agregatlarini qurish uchun moddiy ne’matlarning likvidliligi darajasiga qarab ularning bosqichma-bosqich joylashtirilishi asos qilib olingan. Moddiy ne’matlarning likvidliligi deganda ushbu ne’matlarning tez va unchalik ko‘p zararlarsiz pulga aylanishi qobiliyati tushuniladi. Moddiy ne’matlarning likvidliligi vaqt bilan o‘lchanadi. Moddiy ne’matni pulga aylantirish uchun qanchalik kam vaqt talab qilinsa, uning likvidliligi shunchalik yuqori bo‘ladi. Naqd pullar mutloq likvidlilikka ega, chunki ularni pulga aylantirish uchun zarur bo‘ladigan vaqt nolga tengdir.
Pul agregatlari – bu pul massasini muqobil o‘lchash imkoniyatini beruvchi ko‘rsatkichlardir.
Muomaladagi naqd pullar Mo agregatini tashkil etadi. Naqd pullar banknotalar, g‘azna pattalari (biletlari) (agar mamlakatda ikkita emissiya markazi mavjud bo‘lsa) va metall tangalardan iborat bo‘ladi. Metall tangalar naqd pullarning juda kam qismini (rivojlangan mamlakatlarda 2%-3% ni) tashkil qiladi. Ularni keyinchalik yombiga aylantirib sotishga yo‘l qo‘ymaslik uchun odatda arzon metallardan zarb qilinadi. Shuning uchun tanganing haqiqiy qiymati nominal qiymatidan birmuncha pastroq bo‘ladi.
Mo agregatini pul bazasidan farqlash zarur. Pul bazasi tarkibiga tijorat banklarining markaziy bankdagi majburiy zaxiralari kiradi. Mo agregatining tarkibiga tijorat banklarining markaziy bankdagi majburiy zaxiralari rasman kirmaydi.
Mo agregatiga kamroq likvidli mablag‘larni izchillik bilan qo‘sha borish bilan M1, M2, M3... MN gacha bo‘lgan agregatlar olinadi.
Pul agregatlarining soni va tarkibi mamlakat kredit tizimining o‘ziga xos xususiyatlari va tuzilishiga hamda uning moliya bozorlarining rivojlanish darajasiga bog‘liqdir.
Pul massasi alohida elementlardan iborat bo‘lib, bunday elementlar pul massasining holatini baholash jarayonida qo‘llaniladi va uni tartibga solish uslublari va hajmlarini birmuncha aniqroq tanlashga imkon beradi.
Ushbu pul agregatlari asosan to‘lovning turli shakllarda ifodalangan u yoki boshqa vositalarini hisobga olish asosida ajratiladi. Odatda, har bir agregat nominal raqamga ega bo‘ladi. Raqamning o‘sib borishi bilan ushbu agregat yordamida hisobga olinadigan vositalar soni ham oshadi. Shunday qilib, katta sonli koeffitsiyentli agregat kichik indeksli (raqamli) agregatlarda hisobga olingan barcha pul mablag‘larini o‘z ichiga oladi. Faqat muomalada bo‘lgan naqd pul mablag‘larini hisobga oladigan Mo pul agregati o‘z ma’nosi va mohiyatiga ko‘ra, birinchi bo‘lib hisoblanadi.
M1 – muomaladagi naqd pul mablag‘lari (ya’ni, Mo agregati), korxonalarning hisob-kitob, joriy va maxsus hisobvaraqlaridagi mablag‘lari, sug‘urta kompaniyalari mablag‘lari, aholining tijorat banklaridagi “talab qilib olingungacha” hisobvaraqlaridagi depozitlari.
M 2 – M 1 agregati + aholining banklardagi muddatli omonatlari.
M 3 – M 2 agregati + davlat zayomlarining sertifikatlari va obligatsiyalari.
M 4 – M 3 agregati + xorijiy valutadagi depozitlar.
Xalqaro amaliyotda quyidagi pul agregatlaridan keng foydalaniladi:

  1. M0 – bu agregatni hisoblash uchun Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan ya’ni emissiya qilingan barcha naqd pullar summasidan banklar va korxonalarning kassasidagi naqd pullarning qoldig‘i ayriib tashlanadi. Taraqqiy etgan mamlakatlar bank amaliyotida M0 hisobga olinmaydi.

  2. M1 = M0 + talab qilib olinadigan depozitlar + yo‘l cheklari. Ayrim mamlakatlarda kredit kartalari ham M1 tarkibiga kiritiladi.

  3. M2 = M1 + muddatli depozitlar + jamg‘arma depozitlar. M2 hisoblashda summasi uncha katta bo‘lmagan muddatli va jamg‘arma depoztlar olinadi.

  4. M3 = M2 + yirik summadagi muddatli depozitlar + deposit sertifikatlari + jamg‘arma sertifikati.

M4 (L- AQShda) = M3 + davlatning qisqa muddatli obligatsiyalari + korporativ obligatsiya + jamg‘arma obligatsiyalar + bank akseptlari + pul bozori o‘zaro fondlari paylari.
Taniqli olim F.Mishkenning fikriga ko‘ra, Markaziy bank pul agregatlarining qisqa muddatli davriy oraliqdagi o‘sishini e’tiborga olmasligi lozim, chunki pul agregatlarining qisqa davrda o‘sishi mavsumiy omillar ta’sirida bo‘ladi. Shuning uchun pul massasining yillik o‘sish sur’atlarini nazorat qilish lozim.
Pul muomalasining muhim ko‘rsatkichi pul massasi hisoblanadi. Pul massasi xo‘jalik aylanmasidagi naqd pullik hisob-kitoblarni aholi, korxonalar, davlat muassasalariga tegishli xarid va to‘lov vositalarining yalpi hajmini o‘zida ifodalaydi.
Pul muomalasining belgilangan muddat va belgilangan davridagi miqdoriy o‘zgarishlarini bilish uchun, shuningdek, pul massasi hajmi va o‘sish sur’atlarini tartibga solish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqarish uchun turli xil ko‘rsatkichlar (pul agregatlari)dan foydalaniladi.
Sanoati rivojlangan mamlakatlarning moliya statistikasida pul massasini aniqlashda quyidagi asosiy pul agregatlari to‘plamidan (guruhidan) foydalaniladi:

    1. agregati – muomaladagi naqd pullar (banknotalar, tangalar) va joriy bank hisob raqamlaridagi mablag‘larni o‘z ichiga oladi;

    2. agregati – M-1 agregati va tijorat banklaridagi muddatli va jamg‘arma qo‘yilmalaridan (to‘rt yilgacha) tarkib topgan;

    3. agregati – o‘z ichiga M-2 agregati va ixtisoslashgan kredit muassasalaridagi jamg‘arma qo‘yilmalarini kiritgan;

    4. agregati – M-3 agregati hamda yillik tijoriy banklarining depozitli sertifikatlaridan iborat.

AQSh da pul massasini aniqlash uchun 4 ta pul agregati, Yaponiya va Germaniyada – 3 ta, Angliya va Frantsiyada – ikkita pul agregatidan foydalaniladi.
Rossiya Federatsiyada muomaladagi jami pul massasi hisob-kitobi uchun quyidagi pul agregatlari qo‘llaniladi.
M-O agregati – naqd pullar;

    1. agregati – M-O agregati va hisob-kitob, joriy va boshqa hisoblar (maxsus hisoblar, kapital qo‘yilmalar hisoblari, akkreditiv va chek hisoblari, mahalliy budjet hisoblari, budjet, kasaba, uyushmalari, jamoat va boshqa tashkilotlarning hisoblari, davlat sug‘urta mablag‘lari, uzoq muddatga kreditlash fondi) dagi mablag‘lar tijorat banklariga qo‘yilmalar va jamg‘arma banklaridagi talab qilib olinadigan depozitlarning yig‘indisiga teng;

    2. agregati – M-1 agregati va jamg‘arma banklaridagi muddatli qo‘yilmalardan iborat;

    3. agregati – M-2 agregati hamda depozitli sertifikatlar va davlat zayom obligatsiyalari yig‘indisidan iborat.

Pul massasi tarkibini uning harakatiga qarab ikkiga bo‘lish mumkin, ya’ni pul massasining aktiv qismi – bu pul mablag‘larining xo‘jalik faoliyatidagi turli xil shakldagi hisob-kitoblarni olib borish bilan bog‘liq qismi va ikkinchisi passiv qism – jamg‘armadagi pullar va hisob raqamlardagi qoldiqlar hisoblanadi.
Pul massasi naqd pullardan tashqari muddatli hisob raqamdagi mablag‘ va jamg‘armalarni, depozit sertifikatlari, investitsion fondlarning aksiyalarini o‘z ichiga oladi. Pul massasining yuqoridagi elementlari “kvazi” - “qariyb pullar” deb ham yuritiladi. Kvazi - pullar likvid aktivlar bo‘lib, ular tez orada pulga aylanishi mumkin.
Pul massasi tarkibi va dinamikasini tahlil qilish Markaziy bank tomonidan to‘g‘ri pul-kredit siyosati olib borishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuni hisobga olish kerakki, bunday agregatlarning belgilanishi turli mamlakatlarda turlicha amalga oshiriladi. Ushbu agregatlar o‘z holicha mamlakat to‘lov oboroti sohasida yuz beradigan jarayonlar, jamg‘armalar hajmlari, shuningdek, ushbu jamg‘armani amalga oshirishda qo‘llanilgan vositalarning sonli ifodasi vositalari hisoblanadi. Ular iqtisodiyotning joriy holatini belgilashga imkon beradi va keyingi vaziyatni prognoz qilishda ko‘maklashadi.
Pul massasi agregatlari, iqtisodiyot monetizatsiyasi koeffitsiyentini hisobga olish yordamidagi hisob-kitob eng namunali hisob-kitobdir. Monetizatsiya koeffitsiyenti iqtisodiyotning pullar bilan ta’minlanishi darajasi yoki tovar aylanishining to‘lov vositalari bilan ta’minlanishi darajasini aks ettiradi. Bunday koeffitsiyent M2 pul agregati summasi va ushbu iqtisodiyotda mavjud bo‘lgan xorijiy valutadagi depozitlarning YaIM hajmiga o‘zaro nisbati sifatida hisoblab chiqiladi. Ushbu koeffitsiyentni hisob-kitob qilishda suratga birdaniga M2 agregatini va xorijiy valutadagi depozitlarni o‘z ichiga oladigan M4 pul agregatini qo‘yish qulayroq bo‘ladi. Ushbu koeffitsiyent mohiyati idealda birga teng bo‘ladi. Shunga qaramasdan, 0,7 yoki 0,8 darajasidagi natijalar yo‘l qo‘yilishi mumkin mohiyatlar deb hisoblanadi.



    1. Download 72,08 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish